REVIT OFLAYN IX
100 kv.m. loyihadan boshlab - 1000 kv.m. dan ortiq loyihalarni qisqa muddatda, kechikishlarsiz va uyqusiz tunlarsiz bitirish bo'yicha o'quv dasturi.
Dastur haqida boshlashdan oldin muhim eslatma:
NOUTBUK talab etiladi.
- Interyer Ichshi chizmalarni loyihalash
- Eksteryer (klassik fasad) ishchi chizmalarini loyihalash (Eskiz Loyiha)
- Revitdan tashqari kerak bo'ladigan ko'nikmalar
- 3ds maxda darslari - chizmachilarga kerak bo'ladigan darajada
- Dizaynerlar bilan ishlash prinsipini jamlaganman.
MODUL 1: O'lcham plani. Bosqichlar. Demontaj va Montaj.
Bu bo'limda biz ilk ma'lumotlar bilan to'g'ri ishlash orqali, shu bosqichni o'zidayoq loyihani ancha muncha xatoliklardan tozalaymiz.
Dizaynerga tog'ri savol berish orqali ishni cho'zib yuboradigan omillarga yo'lni yopamiz.
Bugun dedlayn, loyihani deyarli tugatdingiz, dizayner telegramdan audioxabar yozyapti:
Aka, shu xonada rigel esdan chiqib qolibti, o'ziz joyiga qarab to'g'irlab ketarsiz. Rahmat.
Qo'shimcha ishku, qo'shimcha haq olaman deb o'ylaysizmi?
- Tavakkaliga loyihani boshlamasdan, ma'lumotlar bilan ishlashni
- Ehtimoli bor o'zgarishlarni avvaldan hisobga olishni
- Ma'lumotlarga asoslanib, birdaniga to'gri arxitekturani ko'tarishni
- Modeling boshidayoq dizayndagi xatolarni ko'ra bilishni
MODUL 2: Pardoz. Revitda modeling. 3ds maxda Import va Export.
Bu eng katta va ahamiyatli blok. Bu bo'limni mukammal o'rganib, modeling bo'yicha barcha savollardan halos bo'lasiz. Mantiqni to'liq tushunsangiz kifoya.
Nimalar qilamiz:
Pardoz ishlari (отделка) modelingida kontekst orqali bir qancha fishkalarni ko'rib chiqamiz
Revitda modellashni ikkita asosiy turini ko'rib chiqamiz
3ds maxda fayllar bilan to'g'ri ishlashni va modellarni eksport qilishni o'rganamiz
Bu modulni a'lo darajada o'rgansangiz, aslida eksteryer darslariga ehtiyoj qolmaydi, avval fasad yoki eskiz loyihani qilib yurgan bo'lsangiz.
Loyihani modellab tamomlamadik hali.
MODUL 3: Elektrika. Yoritish. Santexnika.
Bu bo'lim aslida demontaj va montaj ishlaridan keyin keladi, reallikda.
Modelingga bog'liq bo'lgani sababli, loyihalash jarayonida modeling va pardozdan keyin.
Modulda elektroshit yoki issiq pol uchun kollektor loyihalamaymiz.
Bu muhandislarning ishi. Interyer ishchi chizmalari - boshqa bo'limlar uchun texnik topshiriq hisoblanadi.
Nimani o'rganamiz:
- yoritish modellarini yasashni
- rozetka va vklyuchatellarni joylashtirishni
- chiroqlarni guruhlarga yeg'ishni
- santexnika jihozlarini tanlashni
- santexnika joylashtirishni
MODUL 4: RASMIYLASHTIRISH.
Bu qismda hamma narsaga tayyor bo'lamiz, sababi modelingdagi xatolar shu yerda yuzaga chiqadi.
Nimalarni o'rganamiz:
- Tartibli marka va o'lcham qo'yishni
- Spetsifikatsiyalar orqali loyihani tekshirishni
- Murakkab modeling talab qiladigan joylarda kichik ayyorliklar ishlatishni
MODULLARDAN TASHQARI, YANA NIMALARNI QO'LGA KIRITASIZ?
PRAKTIKUM FORMATI.
Ha, bu eng qaymog'i. Micasani arxitektorlar bo'limini oyiga 200 kv.m. dan 3000 kv.m. natijaga olib chiqqan omil.
Nima qilamiz:
Guruhlarga bo'linamiz, jamoaviy ishlaymiz.
Har bir jamoaga alohida loyiha.
Minimum nazariya. Maksimum praktika. Test rejimida.
EXPRESS-MODUL: ESKIZ LOYIHA.
Chizmachi sifatida faqat interyer qilishni bilsangiz, huddi bir oyoqli qaroqchiga o'xshab qolasiz.
Bu kichik modulcha emas. To'laqonli alohida ekspress-kurs.
Nima qilamiz:
Real 2 qavatli eskiz loyihani ishlab chiqamiz.
Boshqa shablon, boshqacha ish tartibi.
MODULLARDAN TASHQARI, QANDAY IMTIYOZLAR SIZNI KUTMOQDA:
- Loyihangizni tekshirish uchun tayyor CHECK-LIST
- Istalgan hajmadgi 3ta shaxsiy loyihangiz bo'yicha konsultatsiya
- Ish haqqini narxlash bo'yicha mini-guide
NEGA DARSLIK DASTURI AYNAN SHUNDAY?
Bu faqat sotuv uchun o'ylab topilgan dastur emas.
Siz oladigan barcha ma'lumotlar - bu aniq instrumentlar, insaydlar, o'zimni tajribamga asoslan ishlash falsafam.
Bu dasturni shunchaki sotish uchun o'ylab topganim yo'q, balki avvalgi o'quvchilar, ular orasidan o'zimga tushgan shogirdlar natijalari va yetishmovchiliklariga asoslanib qurdim.
Bu safar darslarni o'zim o'taman.
Bularni barchasi 2 oy davomida, haftada 4 kun, Dushanbadan-Payshanbagacha, soat 10:00-12:00 gacha birga o'rganib bitiramiz.
KURS QIYMATI:
ENG ASOSIYSIGA O'TAMIZ
Sizda savol tu'gilishi tabiiy.
Darslarni o'rgansam, keyin mustaqil ishlay olamanmi?
Darslar yoqmasa pulimni qaytarib olamanmi?
Ko'ngliz hotirjam bo'lishi uchun sizga uchta narsani aytaman.
Darslar davomida ortda qolmasligingiz uchun, assistentim doim yordam bo'ladi. Bajarolmagan yoki qiynalgan joylaringiz alohida onlayn formatda ko'rib chiqamiz.
Chizmachida onlayn ta'lim bepul.
Siz istagan payt, avvalgi maqolada keltirilgan chizmachi manbaalaridan - bularni bepul o'rganishingiz mumkin.
Agar sizga birinchi 4ta darsda qatnashib, qoniqish hosil qilmasangiz, pulingiz %100 qaytariladi.