Criminal Love
Fanficda 21+ joylar to'liq tasvirlanadi. Agar bunga qarshi bo'lsangiz o'qimang.
— Otangni o'ldirdim. Endi sening navbating sevgilim~
Qiz travma olganidan beri faqat uyqusidan bir xil vaqtda qoʻrqib uygʻonadi. Balki bundan hech qachon qutula olmas deb oʻylaydi. Kechalar yana bedor o‘tadi. Xona jimjit, ammo qizning yuragi ichkarida to‘xtovsiz uradi, go‘yo har zarbasi qulog‘ida aks-sado berayotgandek. Nafasi ham tezlashgan, ko‘zlari shiftga qadalgani holda ichida qandaydir og‘irlikni bosolmaydi.
Har safar bir xil lahza. Soat stolda asta 4:00 "tika-tika" deya urayotganida, u birdan qo‘rqib uyg‘onadi. O‘sha tovush – o‘sha nafratli xotira.
"— Otangni o‘ldirdim. Endi sening navbating, sevgilim~"
Shu so‘zlar qulog‘ida qayta-qayta jaranglaydi. U uyg‘onganida ham, uxlaganida ham bu ovoz undan ajralmaydi.
Qizning qo‘llari titraydi, ba’zida u choyshabni changallab, ko‘z yoshini tiyolmay qoladi. Ammo ko‘ngil tubida boshqa bir kuch bor— g‘azab. Bu g‘azab unga nafas berayotgan yagona sababday. Har bir o‘tkazgan kuni, har bir nafasida faqat bitta maqsad yaltirab turardi — qasos.
U biladi, bu jarohatlar hech qachon butunlay tuzalmas. Ammo qasos olmaguncha, u o‘zini tirik sanay olmaydi…
Tong yorishdi. Derazadan tushayotgan quyosh nuri xona ichini asta sekin yoritmoqda, ammo qizning yuzida hech qanday iliqlik sezilmasdi. U odatdagidek, xuddi hayotiy odatdek, oshxonaga o‘tib nonushta tayyorlay boshladi. Hamma narsani mexanik tarzda qilar, qo‘llari ishlasa ham, ko‘ngli butunlay sovuq edi. Go‘yo yuragi emas, bo‘sh qobiq qimirlayotgandek.
Choynak qaynab chiqdi, nonni tilimladi, likopchaga solib qo‘ydi. Qoshida hech qanday his-tuyg‘u yo‘q. Hatto ochlikni ham sezmasdi. Bu faqatgina hayot ko‘ziga tabiiy ko‘rinishi uchun qilinadigan marosim edi, xolos.
Shu payt birdan… orqasidan kimningdir qo‘llari beliga ohista tegdi. Qiz qotib qoldi. U hali tushunib ulgurmasdan, bo‘ynida issiq lablarning his qildi.
Hammayoq jimjit, faqat yuragi qattiq urayotganini eshita olardi.
Jungkookning lablari bo‘yniga tegishi bilan Yunsining butun vujudi titradi. Qo‘lidagi non tilimi yerga tushib ketdi.
— “Jungkook…” -dedi u past ovozda, yuragi tez urayotganini yashirishga urinar ekan.
Jungkook esa jilmayib, uning qulog'ini tishladi
— Seni hayollaringdan uyg'otishning boshqa yo'lini bilmayman
Uning ovozida hazil aralash samimiyat bor edi, ammo Yunsining ko‘ngli xotirjam emasdi. U ko‘zlarini yumdi, ichida shirin titroq va achchiq bo‘shliq aralashib ketgan edi.
Jungkook unga qandaydir iliqlik berardi, ammo bu tuyg‘u hech qachon chin muhabbatga aylanmasligini yuragi allaqachon sezgandi.
Yunsi lablarini qattiq tishlab, stolga suyanib qoldi. Jungkookning quchog‘i iliq edi, ammo yuragining tubida sovuq bir devor bor edi — hech kim uni yorib o‘tolmasdek.
Stol atrofida jamoa yig‘ildi. Nonushta oddiy ko‘rinsa-da, havoda taranglik sezilardi. Hech kim ovqatga to‘liq berilmas, hammaning ko‘zi Jungkookda edi.
Jungkook qoshiqni stolga ohista qo‘yib, yuzida sovuq jiddiylik bilan gap boshladi
— Bugungi o‘lja Park Sangho. U otangni o‘ldirganlar bilan bog‘liq odam.
Yunsining yuragi qisilib ketdi. Qo‘lida ushlab turgan sanchqi ozgina qaltiradi, ammo yuzida hech qanday ifoda sezilmadi.
Jimin ovozini past qilib davom etdi.
— U ertaga qurol kontrabandasini nazorat qiladi. Agar biz unga zarba bersak, butun tarmoq qoqiladi.
Hyunjin jilmayib, qo‘lini stul suyanchig‘iga tashladi. — Uning odamlari son jihatdan ko‘p, lekin men qurollarini yo‘q qilishning yo‘lini topaman.
Felix pichog‘ini nonushta pichog‘iday aylantirib o‘ynar, ko‘zini qisib qo‘ydi.
— Faqat menga ishora qilsangiz kifoya. Bir zarba, va u endi tirik qolmaydi.
Mire noutbukni ochib, klaviaturada hamma narsani nazorat qildi.
— Men ularning xavfsizlik tizimini allaqachon kuzatyapman. Kameralar bir necha daqiqaga o‘chadi, sizga kerak bo‘lgancha vaqtim bor.
Jungkook Yunsiga qarab, bir zum sukut saqladi.
— Qasosni olish vaqti yaqin. Bu safar hech kim bizni to‘xtata olmaydi. Undan otang qotillari kimligini bilishimiz mumkin.
Yunsining ko‘zlari qorong‘ilashdi. Ichida na qo‘rquv, na hayajon bor edi. Faqat sovuq qat’iyat.
— Men ham u yerda bo‘laman. O'sha odamni shaxsan o'zim so'roq qilib keyin o'ldirmoqchiman.
Nonushta stol atrofida jamoa yig‘ilgan. Jamoa nomi "Criminal" Har biri o‘z rolini bilardi. Jungkook — sardor va strateg, Yunsi — sovuq va qat’iyatli qiz. Raqs bilan mushtlashish eng asosiy narsa, faqat qasos bilan yashaydi, Jimin — ishonchli qo‘l va rejalarni tartibga soluvchi, Hyunjin — xavfli qurollar bo‘yicha mutaxassis, Felix — pichoq bilan dahshatli zarba bera oladigan killer, Mire esa IT va xavfsizlik tizimlarini boshqara oladigan Jungkookning singlisi. Birgalikda ular har qanday vazifani mukammal bajarishga qodir
Tungi shahar chiroqlari uzoqdan yaltirar, ammo bu hudud qorong‘u va jimjit edi. Omborxonaga olib boruvchi yo‘lni atigi bitta fonar yoritib turardi. Shamol metall eshiklarni shitirlatib qo‘yardi.
Mashina qo‘nayotganida hech kim gapirmadi. Jungkook oldingi o‘rinda, Felix va Hyunjin orqada, Yunsi esa oynadan tashqariga tikilib o‘tirardi. Ko‘zlari chuqur va o‘chgan, ammo ichida bir nuqta yonardi — nafrat.
Mashina to‘xtagan zahoti Jungkook sekin dedi — Esingizda bo‘lsin, u tirik kerak.
Jimin call orqali Mirega murojaat qildi
— Boshladik. Kamera va signalizatsiya?
— 47 soniya jim turadi. Qolgani sizga bog‘liq.
Ichkarida Park Sanghoning odamlari qurollarni yuklayotgan, kimdir qurol tekshirardi. Havoda tamaki va temir hidlari aralashib ketgandi.
Bu payt Felix chaqqonlik bilan bitta qorovulning og‘zini berkitdi va jim olib bo'ynidan silliqgina pichoqni o'tkazdi. Hyunjin qurol ombori tomon bordi. Jimin va Jungkook markaziy yo‘lakka o'tishdi. Bir zumda hammasi boshlandi — Felix orqa tomondan ikki odamni yiqitdi, Jimin qurolsizlantirdi, Jungkook esa yon chiqishda turgan asosiy soqchini yiqitdi. Hech kim qichqirishga ham ulgurmasdi.
Park Sangho esa yuqori qavatdagi ofisida telefon orqali kim bilandir gaplashayotgan edi. U qo‘lidagi viskisini stolga qo‘ydi va deraza ortidan shovqin eshitib qoldi.
Qulog‘i ostida eshik zarb bilan ochildi.
Yuragida hech qanday titroq yo‘q edi, faqat sovuq nafrat.
Park Sangho jilmayib qo'li cho'ntagi qurol tomon bordi — Siz kimsiz axir?
Javob o‘rniga Jungkook uning orqasidan kirib, stolga tars tortib urdi va yigitning qo‘lini qayirdi. Hyunjin o‘qotarini olib qochgan odamlarni tekshirardi, Jimin esa pastda qolganlarni bog‘layotgan edi.
— Jin ursin. Yana qanday sharmandalik
Yunsi uning yoniga cho‘kkalab, yuziga tikildi. Qoshida hech qanday hissiyot yo‘q, lekin nigohida allaqachon hukm bor edi.
— Gapirasan. Lekin avval eshitasan.
U qo‘lidagi qo‘lqopni yechdi va Park Sanghoning jag‘ini kafti bilan sekin ushlab, yuzini o‘ziga qaratdi.
— Sen mening otamni o‘limi bilan bog'liq hamma narsani aytasan Park Sangho qaltirab, nigohini olib qochdi lekin shunday paytda Jungkook uning bo‘yniga pichoq tiradi.
U vahimada “Yo‘q... men em—” deb ulgurmasdan Felix orqadan bo‘yniga urib hushini yarimga soldi.
Yunsi Felixga norozi qaradi. — Politsiya kelyapti. Uni olib ketamiz. Bu hali boshlanishi ham emas.
Yunsining lablari orasidan faqat bitta gap chiqdi. — Bugun u o‘lmaydi. Lekin jon berishdan ham battarini his qiladi.
Ular Park Sanghoni sudrab olib chiqishar ekan, orqa fonda ombor portlab tushdi. Bu — Hyunjinning imzosi edi.
Shu bilan birinchi qadam qo‘yildi.
Mashina uzoqdagi yerosti tunnelidan o‘tdi. Chiroqlar zanglagan devorlarni qisqa muddat yoritib-o‘chirib turardi. Park Sanghoning qo‘llari temir kishan bilan orqaga bog‘langan, og‘zi esa mato bilan tiqilgan. Felix uni qo‘yib yubormasdan zarb bilan yerga tashladi. Xona qorong‘i, devorlar beton, havoda namlik va zang hidlari bor edi. Bu joy “Criminal” jamoasining yashirin bazalaridan biri edi — iz qoldirmaydigan, ovoz o‘tmaydigan va o‘liklar chiqib ketadigan maskan.
Jungkook karavotga o‘xshagan sovuq metall stulni o‘rtaga surdi.
Hyunjin va Felix birlikda Park Sanghoni stulga mixlab qo‘ydi, qo‘l-oyog‘ini temir tasma bilan mahkamlab. Jimin yon devorda turgan kuzatuv oynasini , Mire esa yuqoridagi kamera va mikrofonlarni ishga tushirdi.
Park Sanghoning peshonasi terlagan, ko‘zlari o‘ynardi. U o‘tirgan holda ham sovuq temir unga orqa suyashga imkon bermasdi.Jungkook uni qarshisiga o‘tib, sekin matoni og‘zidan yechdi.
— Nafas ol. Chunki keyin qiynalib o'lasan — dedi u tinch ohangda.
Park Sangho hushsiz ovozda xirilladi:
— Savol berish vaqti hali kelgani yo‘q -Felix jilmayib aytdi.
Shu payt Yunsi sekin qadam tashlab, qorong‘udan chiqdi. Uning harakati shovqinsiz, nigohi o‘likday sovuq edi. Qo‘lida qurol emas — pichoq ham emas. U hech qanday asbob olib kelmadi. Chunki unga bu yetarli edi... nigoh va savol.
— Qo'rqitishni bas qiling. Uni o'zim so'roq qilaman. Yolg'iz qoldiring!
U Park Sanghoga yaqinlashdi, stul yoniga kelib, pastdan yuqoriga termuldi. Hatto nafas olayotgani ham bilinmasdi.
— Otamni kim o‘ldirgan? – dedi u sokin, ohangsiz, lekin keskin ovozda.
Park Sangho lablarini qimirlatdi, ammo gapira olmadi — qo‘rquv tomog‘ini siqib turardi.
Jimin yon tarafdan sensorli panelni bosib, metall stolni sekin yoritdi. Yorug‘lik Parkning yuziga urildi — ko‘zlarini qisdi.
Felix pichog‘ini stolga “tuk” etib tiqdi, lekin hali hech narsa demadi.
Yunsi Felixga hafsalasi pir bo'lib qaradi va birgina nigoh Felixni orqaga chekinishga sabab bo'ldi.
— Xo'sh Park Sangho! Meni otamni tanishing kerak. Uning ismi Han Seyun edi. Uni kim o'ldirganini bilasan shundaymi?
Park Sanghoning tepasidan sovuq ter oqdi.
Yunsi muloyimlik bilan so'radi. Jungkook sekin Parkning yuziga qaradi va uning iyagidan ushlab, ko‘zlarini yuqoriga qaratdi.— Gapirasan. Bu hozir ham emas, keyin ham emas. Lekin sen tanlagan usulda bo‘ladi. Osonmi yoki jirkanchmi, farqi sening og‘zingda.
Yunsi cho'ntagidan otasining sur'atini chiqarib Park Sanghoni oldiga qo'ydi. Sangho tanidi. Jungkook uning sukutidan jahli chiqib pichoq bilan uning bir barmog'ini kesib tashladi. Park Sangho nihoyat dod deyishga ulgurmasdan Yunsi uning eng yaqin qulog‘iga egilib pichirladi.
— Sen qanchalik kech gapirsang… mening nafratim shunchalik uzoq yashaydi.
Xona Sanghoning baqirishi bilan to'lib ketdi.— Gapir deyapman! - Bu safar Yunsining hafsalasi pir bo'lib baqirib yubordi. Jungkookning pichog'i Sanghoning ikkinchi barmog'i tomon harakatlanganda u nihoyat gapirdi
— K-Kim... Taehyung... Faqat u. Boshqa hech kim emas!...