August 18, 2025

Feelings the Eyes can't See


Yozning oxiri.
Shifoxona shahardan chetroqda — jimjit, beg‘am tabiat quchog‘ida. Minimalist oq binolar, doimiy ravishda yangilanadigan toza havosi bilan bu joy bemorlarga orom beradi, ammo ko‘pchilik uchun u vaqtincha to‘xtash nuqtasi, qochib bo‘lmaydigan oraliq dunyo edi.

Bu kun — qaytish kuni.

Jake qadamlarini sekin tashlab, klinikaga kirdi. Eski tanish hid — antiseptik bilan aralash toza havo, haddan tashqari oq devorlar, sokin ro‘yxat xonasi.

U bu joyni yomon ko‘rardi.

…lekin shu bilan birga, kutardi.

Har safar shu joyga kelganda yuragi g‘alati urardi. Bu safar ham istisno emas edi. Ichkariga kirgan zahoti, nimadir ichida siljidi. Nafaqat tanasi, balki esdaliklar ham harakatga keldi.

Jassy shu yerda bo‘lishi mumkin.

Jake ro‘yxatdan o‘tayotganda, stulga o'tirdi. Yuragidagi og'irlik tobora kuchayardi. Qo'llari bilinar-bilinmas terlab ketgan. U oynavand eshik ortidan koridorga qaradi. Yilning shu faslida quyosh nurlari pastroq tushardi, derazalardan chiqqan nur devorga to‘g‘ri tushib, qoramtir soya solardi.

Pov. Jake:

> "Bu joyda hammasi haddan tashqari toza. Ranglar esa g‘ira-shira — go‘yo hammayoq filtrdan o‘tgandek. Har olti oyda shu manzaraga qaytaman. Lekin men bu yerga ko‘zlarim uchun emas, birinchi marta o‘sha qizni ko‘rgan joyimga qaytaman."

———

Bir yil oldin...

O‘sha payt Jake uchun bu joy birinchi marta sovuq, begona va keraksiz tuyulgan. U ko‘zlari bilan bog‘liq genetik muammo tufayli bu yerga yo‘llanma olgan edi. O‘ziga xos qabul jarayoni, sokin xonalar, harakatsiz odamlar... bu joy unga dahshatli darajada jim tuyulgan.

Jake to‘rtinchi kun edi bu joyda. U har kuni ertalab muolaja, tushlikdan keyin... zerikish.

Telefon o'ynash mumkin emas.
O'shanda u— "Juda jiddiy", deb o‘ylagan.

Shifoxonaning bolalar bo‘limida vaqt yurmasdi.
Oq devorlar, soat tiq etmaydi. Yotgan bemorlarning nafasi va uzoqda yurgan hamshiraning ohangsiz qadam tovushlari — bor ovoz shular.

Jake derazaga suyanib o‘tirardi. Quyosh haliyam balandda.  Uning qulog‘i zerikkan. Ko‘zi esa tinimsiz nimadir qidirar edi. Lekin hech nima yo‘q.
Shu payt derazadan bir qiz ko'rindi. Daraxt tagida qartalarni alashtirib òtirayotgan.
Jake qarab turdi. Qiz unga e’tibor bermayotgandek edi. U qartalarni aralashtirar, ba’zida o‘z-o‘ziga pichirlardi. Uzoqdan qaraganda — go‘yoki biror rejaning o‘rtasida.
Jake xonasidan chiqib u tomon bordi.
— "O'ynashni bilasanmi?"
Qiz bir zum ko‘zlarini ko‘tarib qaradi. So‘ng tabassum qilmasdan javob berdi:
— “Yolg‘iz o‘ynab bo‘ladimi?”

— “Shunchaki so‘radim. O‘ynashni bilaman,” — dedi Jake

Qiz hech nima demay kartalarni tarqatdi. Har biri olti. Stolga tushirilgan kartalar — trump belgisi, ♣️.

Ular jim bo‘lib o‘ynay boshlashdi. Jake ilk yurishda hujum qildi — olti. Qiz yettini tashladi, keyin yana ikkilanmadi. Jake ichida g‘o‘r kuldi. “Jiddiy o‘ynaydi bu,” deb o‘yladi.

Ikki yurish o‘tdi. Hech kim “ol” demadi. Harakatlar jimgina, faqat qartalarning stolga tekkanda ovozi.
Nihoyat Jake jimlikni buzmadi, lekin qiziqish ortdi.

— “Isming nima?” — deb so‘radi u, navbatda kartani tashlar ekan.

— “Jassy. Sendan yutganimdan keyin eslab qolasan,” — dedi u.

Jake kuldi.
— “Qanaqa bemorlik bu, xotira bilan tahdid qilishadi.”

— “Bu yerda hamma zerikadi. Kimdir she’r yozadi, kimdir qochishni o‘ylaydi. Men esa odamlarni yutaman,” — dedi Jassy, nihoyat birinchi marta ko‘zlariga qarab.

Jake hushyor tortdi. Bu qiz oddiy qizlardan emasdi. Qandaydir ichki tinchlik bilan yashardi, go‘yoki bu shifoxona — uning ichki dunyosi bo‘lib qolgan.

O‘yin davom etdi.
Oxirida Jake “ol” deganida, Jassy qo‘lida faqat bitta qarta qoldirgan edi.

— “Дурак bo‘lding,” — dedi u sokin ovozda.

Jake yelka qisdi.
— “Yutqazishimning sababi bor edi.”

— “Nima?”

— “Sen bilan gaplashish uchun boshqa yo‘lim yo‘q edi.”

Jassy kulmasdi. Lekin birinchi marta ko‘zlari yumshadi. U kartalarni yig‘ishtirib, yana aralashtira boshladi.

— “Yana bir marta o‘ynaysanmi?”

Jake jilmaydi.

— “Bu safar yutqazishga rozi emasman. Lekin sendan yutish... yaxshi bahona.”


Comeback- hozirgi vaqt

Jake ro‘yxatdan o‘tib, palataga yo‘l oldi. Yo‘laklar haliyam o‘sha: oppoq, silliq, sokin. Qadam tovushlari devorlarga urilib aks etardi. Harakat har doimgidek asta — go‘yo bu yerda vaqt cho‘ziladi.
Xonaga kirar oldidan to‘xtadi.
Ich-ichidan nimadir itarib turardi — yillar davomida faqat bir odam bilan bog‘langan joy bu.
Derazadan pastga qaradi. Daraxt hali ham bor. Barglari to‘q yashil. Soyasi keng. U yerdan... hech kim ko‘rinmasdi.
Jake yuragini bosdi. Ichkariga kirib, sumkasini burchakka qo‘ydi. Ko‘rpa-tepa hali yozilmagan, xona hali ham yangi bemorni kutayotgandek huvillab turardi.

> “Bu safar u bo‘lmasligi mumkin.”

Jake yotoqqa cho‘zilmasdan deraza oldidagi stulga o‘tirdi. Ichki jimlik yana quloqlarini to‘ldirdi. Unga tanish bo‘lgan jimlik. Faqat bu safar... bu jimlikdan hech qanday ovoz ajralib chiqmasdi.

Kartalar ovozi yo‘q.

Yumshoq qadamlar yo‘q.

Jassy yo‘q.

Jake beixtiyor o‘ziga kuldi.

— “Men axmoqman,” — deb pichirladi u. — “O‘zimni bo‘sh umidga bog‘labman.”

Derazadan uzoqqa qaradi. Quyosh botishga yaqinlashayotgan, soya esa asta cho‘zilar edi.

Jakening bir necha kuni muolajalar va zerikib yotish bilan òtdi. Òsha payt qanday qilib qimor boz qizni raqamini olmagani haqida eslab òzidan nafratlandi ammo bir tarafdan qiz boladan raqam sòrash yaxshi bòlmasligi haqida òylab yana tinchlandi. Jakening bu yilgi muolaja kursi unchalik zerikarli bòladi deb òylamagan to kichik bolalar uni futbol òynash uchun taklif qilmaganlariga qadar. Shundan keyin u bolalar bilan zerikmaslik haqida bilib oldi.


Jake klinikadan chiqdi. U ketishiga bor-yo‘g‘i ikki kun qolganini o‘yladi. Shuning uchun oilasiga oz-moz sovg‘a olish niyatida do‘konga qarab yo‘l oldi. Qadamlari sust, boshi egik — fikrlar hanuz bir joyda aylanar edi.

Ko‘chada quyosh charaqlab turar, havoda g‘ayritabiiy sukunat bor edi. Daraxtlar oralab yurganda, u go‘yoki o‘sha eski joylardan yana bir bo‘lagini ko‘rayotgandek bo‘ldi: taxta supalar, chang bosgan yo‘laklar, bolalar qichqirig‘i uzoqdan eshitilar, ammo uning qulog‘ida hali ham faqat o‘sha bir ovoz yetishmasdi.

Do‘kon oldida, Jake sovg‘alar tanlab chiqqanida, yuzini quyosh qamradi. U bir zumga ko‘zlarini qisib to‘xtadi. Qadam tashlamoqchi bo‘lib oldinga yurdi-yu, kim bilandir to‘qnashdi.

Qiz edi. Yengil futbolka, boshida kepka.  Uning yonida bir yigit, nima deb gapirmoqchi bo‘lsa-da, og‘zini ocholmay qoldi.

Jake orqaga bir qadam tashlab, darhol uzr so‘radi.

— “Kechirasiz, men...” — u so‘zini tamomlamay, qizning ko‘zlariga qaradi.

O‘sha nigoh.

Ko‘zlari o‘zgargan — balki o‘sgan, balki ko‘proq jimlik yutgan. Lekin baribir tanish.

Qiz qaradi. Bir zum to‘xtadi. So'ng tanimagandek yigitning qòlidan tutib ketib qoldi. Bu Jassy ammo tanimadi.

     20 yildan sòng

Katta shisha stol atrofida besh kishi o‘tirgan. Markazda — Jake, kompaniya CEO’si. Proyektor ekranida o‘tgan chorakning aksiyalar grafigi chizilgan, qizil va yashil chiziqlar bir-birini kesib o‘tgandek.

CEO:
— O‘tgan oy aksiyalarimiz 12% ga tushdi. Asosiy sabab — raqobatchilarimiz yangi mahsulotni bozordan oldin chiqarishdi. Investorlarimizdan uch kishi qisqa muddatli sotuvga o‘tdi.

Jake (xotirjam ohangda):
— Tushunaman. Lekin bu vaqtinchalik o‘zgarish. Bizning yangi liniyamiz sentabrda chiqadi, marketing kampaniyasi esa oldingi yilga nisbatan ikki baravar kuchli.

Marketing Direktori:
— Ha, lekin investorlar sabr qilmaydi. Agar dividend prognozini o‘zgartirsak, aksiyalar yana tushishi mumkin.

Jake:
— Dividendni hozircha o‘zgartirmaymiz. Aksincha, ichki xarajatlarni optimallashtirib, foyda marjasini oshiramiz. Qisqa muddatda aksiyalarni sotayotganlar — uzoq muddatli strategiyani tushunmayapti.

Operatsion Direktor:
— Demak, biz kelasi majlisda xarajatlarni qisqartirish rejasi bilan chiqamiz?

Jake:
— To‘g‘ri. Men bitta narsani eslatmoqchiman: aksiyadorlar raqamlarni ko‘radi, lekin biz ularga ertangi kunni ko‘rsatishimiz kerak.

Xonada bir zum sukunat cho‘kdi. Proyektor chizig‘idagi yashil o‘sish egri chizig‘i hamma ko‘zida maqsadga aylangandek edi.

Jake majlisdagi suhbatni va boshqa bòlim boshliqlarni nutqi bilan lol qoldirganidan sòng kechki payt dòstlari taklif qilgan ziyofatga borishga qaror qildi.

Shahar chiroqlari tungi osmon ostida miltillab, club derazalaridan ichkariga oqib kirardi. Jake ish kiyimidan faqat galstukni yechib, bo‘shashgan ko‘ylak yoqasi bilan stol tomon yurdi. Jay allaqachon kelib, qo‘lida ichimlik bilan unga qarab jilmaydi.

— “Jake! Nihoyat!” — dedi u o‘rindan turib.

Sunghoon esa kulib qo‘shildi:
— “Bu odamni majlislardan tortib olish uchun butun bir marketing kampaniyasi kerak bo‘ldi.”

Jake ularning yoniga o‘tirdi. Baland musiqa ostida afitsiantlar ularga ichimliklar olib kelishdi.  Birinchi stakandan so‘ng suhbat erkinlashdi. — Jay yangi loyiha haqida gapirdi, Sunghoon esa sayohatlardan qiziqarli voqealar so‘zlab berdi.

Ammo Jake ko‘proq tinglardi. Ularning kulgusi, stakanlarning bir-biriga tegishi, baland ovozda yangrayotgan musiqa, raqsga tushayotgan qizu- yigitlar ba'zida charchatardi.

— “Ey, Jake,” — dedi Jay stakanni stolga qo‘yib, — “Sen hozir shunday jiddiy ko‘rinayapsanki, xuddi hozir ham biror aksiyalar grafigini o‘ylayotgandek.”

Jake jilmaydi -- “Hammasi joyida. Ishdan keyin hamma ham charchaydi”

Sunghoon qo‘lini ko‘tarib, ofitsiantni chaqirdi:
— “Yana uch stakan keltiring, bu kecha uzoq davom etadi.”

Jake stakanni ko‘tardi: — “Abadiy dòstlik uchun”


————— ★★★ —————

— Salom! Ismim Jassy Lee. Erim katta tantana tashkil qilmoqchi. Shaxsiy bosh oshpazga buyurtma bermoqchimiz. Kanton va Hwanyan mutaxasisiga oyning uchinchi sanasida.

— Ellie bu Jassy. Kiyimlarni ijara peshtaxtasiga jònata olasanmi? Raxmat! Bugun ishdan ertaroq chiq. Yòllar tiqilinch bòladi. - Jassy uyida u yerdan bu yerga yurib bir necha odam bilan telefonda ham gaplashib ham uy ishlarini òz maromoda bajarar edi.

———

— Anʼanaviy algoritmlarga qiyoslaganda yangi algoritm tavsiyanomalari sharofati bilan barcha mijozlarimizning shaxsiy ehtiyojlarini qondirib, oldindan beriladigan ma'lumotlarning aniqligini ancha oshiradi. Oddiy qilib aytganda, bu shuni anglatadiki biz hech qachon tarmoqning reklamasini boshqalarga koʻrsatmaymiz.
Til tavsiyanomalari nima?
Ba'zan robot sizning sirlaringizni qayerdan bilishi haqida oʻzingizga savol berganmisiz?
- Lee Heeseung majlisda barchaga yangi algoritmlar va boshqa kompaniyalar bilan yangi shartnoma tuzish yoʻlida oʻzining soʻz boyligidan foydalanib hammani qiziqtirib qoʻygan edi.

— Haliyam ishonmayotgan boʻlsangiz bizning "Elysian Nix" xizmatini sinab koʻrishingizga imkon beraman. - Heeseung telefonida "Elysian Nix" xizmatini ochib majlisda oʻtirgan mehmonlardan biriga uzatdi va oʻsha erkak oʻzi uchun qandaydir ichimlik ichgisi kelayotganini va hech qanday gazli, spirtli yoki energetik boʻlmasligini aytib oʻtdi. Telefondagi ilova esa mijozga kompaniya yonidagi qahvaxonadan xushboʻy va dorivor choylarni tavsiya qilib hammani hayron qoldira oldi. Heeseung esa bir chekkada yuzida tabassum bilan ularni qoyil qoldirganidan mamnun boʻldi.

——— ★★★ ———

— Jassy biram baxtlisan - Jassy tugʻruqxonada yangi tugʻilgan chaqaloq va dugonasi oldida oʻtirar ekan boshqa dugonasi u haqida gapirib qoldi.

— Toʻppa toʻgʻri. Bizning Jassy Lee hayot daryosida bir tekis suzyapti.

— Maktabda yetakchi boʻlgan. Doim a'lo baholarga oʻqigan. Dasturlash boʻyicha jahon universal olimpiadasida birinchi oʻrinni olgan. Bunaqa qiz mamlakatda yagona
- Qoʻshib qoldi boshqa dugonasi. Oyisi esa yuzida tabassum yugurgan Jassyga qarab xoʻrsinib qoʻydi.

— Eng zoʻr muvaffaqiyatli qizim. Ammo porlab turadigan joyi yoʻq.
- Jassy onasi nega bunday deganini tushunib pastga qaradi. U qizi tugʻilganidan soʻng bir vaqtda ham qizi ham ishlay olmagan edi va eri esa buning uchun unga uyda qolishini tavsiya qilgan edi. Mana 6 yil boʻldiki u faqat eri, qizi va uyini nazorat qilib gʻamxoʻrlik qila oladi.

— Eee qoʻysangizchi Lee xola!
- Dugonasi Jassyning qoʻlidan tutib siladi
— Jassy muvaffaqiyatli turmushga chiqdi. Uning eri Lee Heeseung yirik kompaniyaning eng yaxshi namoyondasi. Eng asosiysi u juda baxtli ayol. Hammani ham eri bunday koʻrkam, chiroyli va aqlli emas.

Pov· Jassy: Uyda hamma yoq tartibli, lekin ichimdagini hech kim bilmaydi. Dugonalarimning so‘zlariga kulib qo‘yaman, onamning gaplarini esa jim qabul qilaman. Hammani ko‘zi oldida men “baxtli Jassy”man — yaxshi er, sog‘lom qiz, mustahkam uy. Lekin hech kim bilmaydi, men ba’zan o‘zimni bir chekkaga surib qo‘yilgandek his qilaman.

Heeseungning olamshumul muvaffaqiyatlari, do‘stlarimning yorqin so‘zlari… hammasi men uchun faxr, ammo shu bilan birga o‘z hayotimning ovozini eshitmay qo‘yganman. Bir paytlar mening orzularim bor edi — olimpiadada yutgan qizning orzulari, kodingdan tong otguncha zavq topadigan qizning orzulari. Endi esa men faqat boshqalarning orzularini qo‘llab-quvvatlayman.

Men qizimni juda yaxshi ko‘raman. Heeseungga ham mehrim bor. Lekin ba’zan ko‘zguga qaraganimda, u yerdan menga qaragan ayolni tanimayman. O‘sha Jassy qayerga ketdi? O‘sha qiz — orzularini quvlashdan charchamagan, raqobatdan zavq topgan Jassy?

Ba’zan qo‘limda choy piyolasi, oynaga qarab shunchaki pichirlab qo‘yaman:
— Men hamon shu yerda borman… to‘g‘rimi?

Shunda chaqalog‘im yig‘lasa yoki Heeseung qo‘ng‘iroq qilsa, tezda o‘zimga kelaman. Men “muvaffaqiyatli turmushga chiqqan Jassy”man. Lekin ich-ichimda — men hali ham o‘sha Jassy bo‘lishni xohlayman.

———


Jassy mashinani bog‘cha hovlisining yoniga to‘xtatdi. Noyabr shamoli biroz koʻtarilib, yo‘lak ustida ota-onasini kutib turgan bolalarni titratardi. Eshik oldida esa oʻz qizini boshqa bola oldida yigʻlab turganini koʻrib u tomon darrov yugurib bordi.

— Onajon! — qizalog‘i birinchi bo‘lib yugurib chiqdi. Qizining ovozida titroq bor edi.

U tiz cho‘kib, uni quchoqlab oldi. Qizining mayin sochlari quyoshda yaltirab, yuziga issiq hidi urilib turardi.
— Hannie, senga nima boʻldi?
- Jassy qizining koʻz yoshlarini artib soʻradi va tarbiyachi ayolga qoshini koʻtarib soʻradi.

— Jassy Lee xonim vaqtida keldiz.
- Tarbiyachi qiz boshqa bola va uning oyisiga tekkizib gapirdi. Jassy Hanniening qoʻlidan ushlab ular tomon yurdi.

— Jassy xonim qizingiz hech qachon oʻzini himoya qilolmaydi va oʻzini biroz boʻlsada himoya qilish uchun yolgʻon ishlata olmaydi.
- Hanniening bogʻchasidagi bola qovogʻini solib gapirdi.

— Shunchaki mening oʻgʻlim qizlar bilan kelisha olmaydi. Bundan xafa boʻlmang Lee Jassy xonim.
- Bolakayning oyisi oʻgʻlini sochidan silab uni tomonini olishga urindi.

— Mening Hannieyimning koʻngli nozik. U aldashni ham bilmaydi.
Misol uchun qutb tunlarida shimol yogʻdusi kuzatiladi. Yozda esa Rossiyada Qutb yogʻdusi kuzatiladi. Quyosh ufqdann tushmaydi va hech qanday qutb yogʻdusini koʻrib boʻlmaydi. Shuning uchun oʻgʻil bola qiz bolani tushunishi boshqa boshqa narsa. - Jassy Hanniening qoʻlidan ushlab ketib qoldi.

———

Jassy qizini ovqatlantirib, yotqizib qo‘ydi. Hannie tezda uxlab qoldi, uning mayin nafaslari xonaga tinchlik olib kelayotgandi. Lekin Jassyning ko‘ngli notinch edi — bugungi bog‘cha voqeasidan so‘ng yuragida og‘irlik qolgan, shuning uchun o‘zini ishga urib, butun uy bo‘ylab yig‘ishtirishga kirishdi.

Stol ustidagi kitoblar, divanda qoldirilgan jurnallar, oshxonada chala ichilgan qahva piyolalari — hammasini tartibga soldi. Keyin erining ish kiyimlarini yig‘ishtirish uchun yotoqxonaga kirdi.

Shkafni ochib, kastyumlarini tartiblayotganda, cho‘ntagidan mayda bir narsa tushib ketdi. Polga qaradi — ingichka, pushti rangda, ayol kishining soxta tirnog‘i edi. Bir zum hushidan ketgandek bo‘ldi. Yuragi tez ura boshladi.

“Bu qanaqasiga…? Balki shunchaki hamkasbi tasodifan tegib qolgandir…” — deb o‘zini ovutmoqchi bo‘ldi, lekin ich-ichidan shubha ildiz otib borardi.

Qo‘llari titragancha boshqa kiyimlarni tekshira boshladi. Bir ko‘ylagining yoqasidan nozik atir hidi kelardi — u hidni o‘zidan emas, begona bir ayoldan aniq sezdi. Kostyum cho‘ntagidan esa restoran chekini topdi. Unda ikki kishilik kechki ovqat yozilgandi.

Jassy o‘tirib qoldi. Xayollari tarqoq bo‘lib, ko‘ziga yosh qalqidi.

U tirnoqni qo‘liga olib, bir zum uni diqqat bilan ko‘zdan kechirdi. Pushti rang, mayda oq naqshli, go‘yoki yosh va beparvo bir ayolniki edi. Jassyning barmoqlari esa allaqachon uy ishlaridan qo‘pol tortib qolgan, lak surtishga ham vaqti yo‘q edi.

U o‘rnidan turib, barcha kiyimlarni yana bir-bir ko‘zdan kechirdi. Har bir topilgan dalil unga xiyonatning achchiq haqiqatini yaqinlashtirardi. Nihoyat, divanga o‘tirib boshini qo‘llariga yashirdi.

“Hayot ba’zan shunchaki shu tirnoqqa o‘xshaydi — ko‘zda chiroyli, ammo aslida begona. U mening qo‘limga tegib qoldi, ammo hech qachon menga tegishli emas edi. Ba’zan baxt ham xuddi shunday: yaltiraydi, lekin ushlab bo‘lmaydi.”

Jassy tirnoqni chiqindi qutisi tomon otib yubordi.
“Men qachondir dunyoga katta orzularim bilan chiqqan edim. Endi esa orzularim o‘rnida boshqalarning sirlarini yig‘ishtirib yuribman. Men farzandman, xotinman, onaman… ammo men ham insonman. Inson esa yolg‘on soyasida yashashga mo‘ljallanmagan.”

U derazaga qaradi. Noyabr shamoli barglarni hilpiratar, osmon esa qorong‘u edi.
“Chin haqiqat — qishki osmon kabi. Qanchalik sovuq bo‘lmasin, baribir uni yashirib bo‘lmaydi. Demak, bu ham bir kun ochiladi. Faqat men chidashim kerak.”

U chuqur nafas oldi, qizining uyqusini buzmaslik uchun asta qadam tashlab xonadan chiqdi. Ichida esa birdan shunday bir gap jarangladi:
“Baxtimni hech kim tortib ola olmaydi. Uni faqat men yo‘qotishim mumkin.”