Our Fates
Jimgina yashayman, yashayman sokin.
Bu o'tar dunyoni tanho tinglayman —
Faqat aql bilan etaman talqin,
Men ko‘zlarimni yumdim va birdan o‘zimni boshqa joyda, boshqa vaqtda his qildim. London yomg‘irlari ostida telefonimga tushgan dahshatli suratlar, yerga to‘kilgan suv shishalari, ich-ichimda yongan achchiq xotiralar birdan tirlandi. Atrofdagi kulgi, kulgiga aralash masxara ovozlari menga yopishdi — o‘zimni yolg‘iz, zaif va himoyasiz his qildim.
Hannah meni stolga o‘tirg‘izdi, Heeseung esa qo‘limni tortdi. Nafasim qisildi, ko‘zlarimga tomchilar tomdi, lekin yuzimni sovuqqonlik bilan tutishga harakat qildim. Ichimda bir narsa qotib qolgandek edi — nafrat, g‘azab va achchiqlik bir-biriga aralashib, meni ich-ichimdan yeb borardi. Shu lahzada men tushundim: bu o‘yin emas, bu haqiqiy yaradorlik, va men bundan keyin hech kimning o‘yinchoqqa aylanishini istamayman.
Hamma boshqalar kulayotgan, zavq bilan qarab turgan paytda, Heeseung qo‘limni mahkam ushlab oldi.
Hannah, bas qil! — u qo‘shni stol tomon qarab, uni to‘xtatishga urinardi.
Hannah esa meni muloyimlik bilan stulga o‘tirg‘izdi va Heeseungning gapini bo‘ldi
— Xo'sh endi senga o'yinimiz shartini aytsak. Bugun biz Heeseung o'yinda yutgani munosabati bilan bazm uyushtirayotgan edik. Ammo Heeseung bundan xursand emasligini tushunib seni chaqirdik.
Bu qiz mastligi aniq edi va uni o'zimdan biroz itarib uzoqlashtirdim.
—Bu yerda nima bo'layotganini tushuntiring, Heeseung! Bu telba qiz bilan nimalar qilib yuribsiz? Bu axmoq nima haqida gapiryapti?
Heeseungga biroz yaqinlashib uni so'roq qila boshladim. Hannah bilagimdan tortib stol tomonga tortdi va kompyuterda video lavha qo'yib berdi.
|Hannah: Bugun sinfimizga yangi qiz keldi. Koreyalik ekan. Keling bugungi garovimiz uning ustidan bóladi|
Videoda Heeseungning qo'lida qarta bor edi. Video davom etar ekan men bir Heeseungga va bir Hannahga qarab qo'ydim.
Hannah: Ha otasi Koreyaning eng boy shaxslaridan biri ekan. Ammasi esa shu yerda model — Heeseungning tizzasiga o'tirib bo'sa oldi Hannah.
Heeseung: Unda bu safar garovda men qatnashaman. — Heeseung qo'lidagi qartani qo'yib Hannahni belidan quchoqlab.
— Qanaqa garov? — boshqa bir qiz so'radi
Heeseung: Xo'sh bitiruv kunigacha o'sha qizni meni sevishga majbur qilaman desam-chi?
— Buni iloji yo'q! boshqa bir yigit gap boshladi. — Boylar hech qachon biz dek bezorilarni sevib qolmaydi. Bu juda qiyin
Heeseung: Men buni qilaman desamchi?
— Unda hamma senga 1000$ dan to'laydi. Bitiruv kechasigacha hali vaqt bor. Biz pul yig'ishga ulguramiz. Qizlar yarmini bersa ham bo'ladi. Ammo aksi bo'lsa sen hammaga 1000$ dan berasan!
Heeseung: Kelishdik. Ungacha meni oldimda o'ralashmaslikni tavsiya qilaman.
Video tugadi va Hannah kompyuterni yopib qo'ydi. Men Heeseungga qayrilib qanday ko'z yosh to'kkanimni bilmay qoldim. Heeseung tomon yaqinlashdimda qattiq tarsaki tushurdim. Hamma biz tomondan boshqa tomonga burilib g'alati reaksiya bildirishdi. Men shunchaki hech narsa demay cafedan chiqib ketdim. Heeseung esa darrov ortimdan chiqdi.
Men ko'z yosh to'kkancha yo'lda yuraverdim. Toki u menga tegdirib gapirmaguncha.
— Hannah to'g'ri aytgan ekan. Boylarning sevgisi shunchaki yolg'on!
Bu gap meni to'xtatib qoldi va u tomon qayrildim. U tomon yana bir marta qadam tashlab qarshisida turdim va yana bir marta tarsaki tushurdim. U g'azablangani aniq edi. —"Sendan nafratlanaman Lee Heeseung. Sen bilan tanishgan kunimga ming lanat bo'lsin. Sen dek razil va marazlar faqat biz dek soddalar ustidan kulish qo'lidan keladi. Shuni unutma Lee Heeseung bugundan boshlab oldimdan chiqsang faqat ajalingni ko'rasan. Boyligimni endi ishga solaman. Bugundan boshlab sendan nafratlanaman. Hozirgi lahzadan boshlab. Seni sevib qolgan kunim meni eng katta xatoyim!"
Zal yorqin chiroqlar ostida tovlanar, qimmatbaho liboslar va shampan stakanlari bilan to‘lgan edi. Fon musiqasi past, lekin baribir yurak urishini yutib yuboradigan darajada shovqinli edi. Yunsi stuldan turib, yo‘lakdan chiqib ketishga urinar edi hamki. Shunda orqadan kimdir ismini aytdi
O‘sha ovoz... yillar davomida unutishga uringan, lekin har safar tushlarida qaytib keladigan ovoz. Qadamlari to‘xtab qoldi. Sekin ortiga qaradi.
Endi u o‘sha maktabdagi o‘spirin emasdi. Qomatini tik tutgan, qora kostyumda, ko‘zlarida sovuqqonlik va afsus aralashgan. Ammo baribir — u edi. O‘tmishning yarasi. — Men... Yuvinish xonasi kerak!
- Heeseung shunchaki aytdi. Yunsi atrofga qarab afitsiantlardan biriga murojaat qilmoqchi bo'ldi ammo hamma band. U xo'rsinib unga ergashishini aytdi va yuvinish xinasini ko'rsatdi.
— Shu yer! -deb, ketmoqchi ham bo'ldiki Heeseung uni qo'lidan tortib yuvinish xonasiga kirgizdi. U bir qadam yaqinlashdi, ko‘zlarini Yunsida uzmasdan
— Yillar o‘tdi... lekin men seni hali ham tanidim.
— Aqldan ozdingmi? Bu nima qiliq? Heeseung chuqur nafas oldi
— O‘sha payt… men ahmoq edim. Sen haqingda bunday o‘yinlarga arzimaydigan darajada jiddiy hislarim borligini juda kech angladim.
Yunsi kulib yubordi, ammo bu kulgu achchiq edi. — Kech anglaganing meni qiziqtirmaydi, Heeseung. Men uchun sening sevgining narxi bor edi — o‘sha videoda aniq ko‘rinib turganidek.
U bir lahza jim qoldi. Ko‘zlarida afsus va g‘azab aralashdi. — Yunsi, men o‘sha odam emasman. Endi men sening nafratingni yengib o‘ta olishim kerak.Yunsi unga bir qadam yaqinlashib, yuziga sovuq nigoh tashladi
— Meni yutib olish mumkin deb o‘ylagan kuningda meni butunlay yo‘qotgan eding. Men shifokorman, Heeseung. Men odamlarning yarasini davolayman, lekin... sening qoldirgan yaraning davosi yo‘q.
U jim turdi. — Sen bilan hammasini tuzatishni istayman.
— Men sendan faqat nafratlanaman! Boshqa hech narsa emas! - Yunsi shunday deb ketmoqchi ham bo'ldiki Heeseung Yunsini bilagidan ushlab devorga mixlab qo'ydi.
— Menga bepisand munosabatda bo'lishlariga ko'nikmaganman.
Yunsi uni itarishga harakat qildi.
— Qo'yib yubor. Mendan nima istaysan?! Heeseung achchiq kuldi.
— Nima istaymanmi? Mening yagona istagim qarshimdagi odamni òzimniki qilish, butun umr nafratlanaman degan so'zlariga pushaymon qildirish va bir umr yonimda qolishini ta'minlash!
Heeseung baland ovozda gapini boricha aytdi. Yunsi esa qoshini ko'tarib lab chetidan kulib yubordi. — Bu hech qachon amalga oshmasligini ikkimiz ham yaxshi bilamiz!
Heeseung uning gapidan jinniga qaragan dek kulib yubordi. — Buni qilishimga shubha qilyapsanmi?
Yunsi Heeseungning koʻzlaridan koʻz uzmay tikildi. Heeseung uni birozga qoʻyib yubordi va telefonida nimadir izlashni boshladi. Yunsi uning hatti harakatini kuzatib turdi. Birozdan soʻng Heeseung lab chetidan tabassum qilib qoʻydi.
Heeseung buyruq ohangida aytdi. Yunsi telefonini yoqib yangi kelgan videoni ochib qaradi.
Yunsining koʻzlari kattalashib yuzi oqarib ketti. Bu video bir necha yillar oldin clubdagi VIP xonadan olingan!.
O'shanda Yunsi dugonalari bilan stressdan chiqish uchun borishgan edi. Juda mast boʻlganida turib raqs tusha boshladi. Koʻzlarini yumib ritmga mos tanasini qimirlatdi. U birdan belida sovuq qo'llarni his qildi ammo ko'zini ochishga erindi. Notanish qo'llar Yunsining tanasi bo'ylab harakatlandi va bunisi endi uni ko'zini ochishga sabab bo'ldi. Qizni qarshisida notanish yigit turardi. Ammo Yunsi mastligida bu yigitni faqat yoqimtoy deb bildi. Yigit unga yana bir qadah spirtli ichimlik uzatdi, Yunsi shunchaki uni olib ichdi. Bir necha daqiqadan so'ng Yunsining ko'z oldi xiralashib, boshi aylana boshladi. Bu spirtli ichimlikka aniq dori qo'shilgan edi. Yunsi boshini yigitning ko'ksiga qo'ydi. Yigit esa kulimsirab uni belidan quchoqladi. Bu dori ehtiros kuchaytiruvchi edi. Bu vodeoda esa VIP xonada ehtirosga berilgan yagona insin ham Yunsi edi. Chunki hech kim bilmaydiki bu video tagida qancha haqiqat borligini.
— O'shanda bu videoni olish uchun 10000$ sarflaganimni esladim.
Heeseung Yunsining arvoh ko'rgan dek oqarib ketgan yuziga qarab zavqlandi.
— Koreyadagi yirik kompaniya Calista Group ning yuzi, ajoyib model va asosiy kasbi shifokor. Eng yirik biznessmanlardan biri Kim Seyonning qizi Kim Yunsi erkaklar bilan VIP xonadagi videosi!
Heeseungning aytgan gaplaridan Yunsining butun vujudi muzlab unga qaradi.
Heeseung mag'rur jilmaydi. — Otang bu haqida bilmaydi, to'g'rimi?
— Menga turmushga chiqasan o'z xohishing bilan albatta. Bunday bo'lmasa video birinchi bo'lib dadanga yuboriladi keyin esa butun ijtimoiy tarmoqlarda.
Heeseung qo'llarini cho'ntagiga soldi.
Heeseung indamay ketib qoldi. Yunsining butun vujudi titrab yerga o'tirib qoldi. Qo'lidagi telefon va undagi video uni shunchalik zaif qilib bukishga majbur qildi. Ko'zlari yoshlandi. Nafas olishi og'irlashib kasali huruj qilib qoldi.
Shunda xonaga Sunghoon otilib kirdi.
— Dadam... Dadam meni o'ldiradi... Dadam...
U bir gapni tinmay aytardi. U shivirlab, so‘zlarni takrorladi, lablari titrardi. Har bir takrorlash bilan ichki qo‘rquvi kuchayib, yuragi bilan o‘pkasini bo‘g‘ib yuborayotgan edi. Uning qo‘llari qo‘rquvdan sovuq titrar, oyoqlari ostida yer bo‘shdek edi.
Sunghoon telefonda turgan videoni ko'zdan kechirib og'ir xo'rsindi. U bilar edi ammo bu voqea bir kun kelib unga shunday qattiq zarba berishini kutmagan edi.
— Yunsi hammasi yaxshi bo'ladi. Birga chora topamiz. Sunghoon yonida har ehtimolga qarshi Yunsining dorisini olib unga berdi va ko'tarib xonasiga yotqizdi.
— Dadam o'ldiradi... Yunsi dori tasirida nafas olishi biroz yaxshilanib uxlab qoldi.
Yunsi asta-sekin ko‘zlarini ochdi. Xonada hali ham tunning sokinligi hukm surardi, faqat oynadan kirayotgan shahar yorug‘ligi uning yuzini yoritib turardi. Bir oz charchoq, bir oz qo‘rquv bilan u tanasini cho‘zdi, ammo yuragida hali ham og‘irlik his qilardi.
Telefon yonidagi stolda yotardi — video endi u uchun faqat xotira emas, og‘ir vazn, tahdid va xafagarchilik timsoliga aylangan edi. U qo‘lini yuziga tekkizdi, lablari qurigan, ko‘zlari esa qizarib ketgan edi. Ichidagi qo‘rquv hali ketmagan, u hali ham o‘sha dahshatli videoning ta’siri ostida edi.
Sunghoon xonaga kirdi va uni kuzatdi. U Yunsining yuzidagi ifodani ko‘rib, sust tortib ammo yumshoq ohangda so‘radi
Yunsi butunlay tushkunlikka tushib qolgan edi. U shunchaki Sunghoonga yo'q ishorasi bilan chayqab qo'ydi.
— Sen bilarmiding Heeseung Koreyada ekanligi haqida?
Sunghoon xo'rsinib qo'ydi.
— Shunchaki aytishga mavrid bo'lmagan edi. U bu niyatda kelganini bilmagan edim.
— Bu sharmandalikdan ko'ra hozir jon bersam yaxshi edi.
Yunsining ko'zidan yoshlar oqa boshladi. Sunghoon yuragi siqilib uni oldiga borib o'tirdi va qo'llarini maxkam ushladi.
— U senga nima deb taxtid qilyapti? Men buni tuzatishga harakat qilishim mumkin!
Yunsi boshini yana chayqadi.
— U meni unga turmushga chiqishimni aytdi bo'lmasa... Bo'lmasa videoni dadam va butun ijtimoiy tarmoqlarga tarqatishini aytdi.
— U bu video tagida haqiqat nimada ekanligini bilmaydiku.
— Balki bilar... Ammo manfaati uchun hech qachon yo'lidan qaytmaydi.
Sunghoon yana biroz o'ylab qoldi.
— Axmoqlik qilishni o'ylama. U bilan hammasini o'zim hal qilaman.
Yunsi Sunghoonning qo'lini qattiq siqdi
— Xo'sh? - Ayyorona tirjaydi Heeseung