September 17

Out step sisters

Haeni ko‘tarib zina oldiga yaqinlashgan Taehyung zinadan tushib kelayotgan Chon xonimni koʻrgach  qo‘lidagi qizni tashlab yubordi polga zarb bilan tushgan qiz jon holatida  ingrab yubordi . Chon honim ularni ko‘zi ilg‘ab ular tomon kela boshladi

~Hae nega yerda yotibsan

Hae Taehyunga g‘azab bilan qararkan gapirish uchun og‘iz juftlaganda Taehyung gaplarini  boʻldi

~Menimcha Hae  ko‘rish qobilyati yoʻqotgan koʻrinadi  yurgan yo‘lida qoqilib yuribdi 

Taehyung Haega bir nazar tashladida undan uzoqlashib ketdi. Hae Taening ortidan oʻqrayib qaradida oʻrnidan shart  turibog‘riqlarga etibor bermay tepaga qarab yura boshladi .Xonasiga kirgan qiz yuzini ozroq burishtirdi. Yerga tushganidagi ogʻriq hamda tanasidagi yoqimsiz hoʻl kiyimlar uning asablarini buzgandi. Ustki footbolkasini  yechish uchun beligacha ko‘targanda eshik ruxsatsiz ochildi . Hae esa qornigacha ochilgan footbolkasini tezlikda qayta tushurdi va eshik yonida unga qarab turgan yigitni ko‘rib asablari buzildi.

~Haddingni bilmaysan chogʻi. Menga qara oʻzinga koʻp baxo berma tushundingmi-? Xohlagan vaqtim xohlaganimni qila olaman deb oʻylayotgan boʻlsang adashasan Janob Kim !

Biroz baland ovozda gapirilgan gapga Taehyung etibor bermay eshikni yopdi.

~Davom et menga bu yoqayotgan edi. ~Yaramas iflos Hae Taehyung tomonga kelib uning yuziga bir tarsaki tushirdi.

~Sen iflos qayerdan ham bilaridng ayol qadrini-? Onang tarbiya bermagandan keyin yana nima boʻlsin !

~Uningni oʻchir

~Oʻchirmayman tushundingmi-?

Taehyung Haega yaqinlashib uni yuzidan qattiq ushlab siqimladi.

~Menga qara tilim bor deb har narsani valdiraverma ayniqsa mening oyimni tilinga ola koʻrma zotipast ! Sen ham sening onang ham va singling ham. Oʻzingizni osmon tutishga urishingiz ortiqcha doimgidek bizning oyoqlarimiz ostida boʻlasiz ! Taehyungni oxirgi gaplari Haega  ogʻir botdi ammo u buni sezdirmaslikka harakat qildi. Taehyung qizni yuzidan qoʻlini tortib oldida xonani tark etdi.

Erta tong

~Dasturxon  atrofida o‘tirgan oila birga nonushta qilishardi ularga chetdan qaragan inson ularni oila deb o‘ylashi mumkin lekin aslida unday emasdi ovqatlanish davomida Taehyung va Jimin Haega koʻz tashlab turar. Hae esa ovqatidan boshini koʻtarmasdan ovqatini qoshiq bilan  oʻynab oʻtirardi. Jungkook bilan Minso esa umuman boshqa dunyo. Ular goʻyoki atroflarida hech kim yoʻqdek oʻz ishlari bilan majhul ediZ  Chon xonim bilan turmush o‘rtog‘i ularga etiborsiz bir birlari bilan suxbatlashgancha ovqatlanisharkan . Birdan eshik taqillagan ovozi bilan xizmatkor borib eshikni ochdi eshikdan kirib kelgan qizni ovqatlanib o‘tirgan oila tomon olib keldi

~ Hammamingiz Xayrli tong

Yoshgina qiz ularga tabassum qilgancha  tazim qildi  uni ko‘rgan Minso va Haeni ensasi qotdi va bir biriga qarab qo‘yishdi. Chon honim uni yaqinroq kelishini ishora qildi

~ Xo‘sh bolalar bugun biz otangiz bilan safarga joʻnab ketyabmiz . Serin esa sizlarga koʻz quloq boʻladi. Biz kelgunga qadar urushmasdan talashmasdan kelishib yashanglar .

Serin esa birma bir yigitlarga qarab chiqdi va bildirmaygina jilmayib qo‘ydi

~ O‘zi sen yetmay turganding .

O‘zi eshitadigan darajada sekin gapirdi

Minso•

~Xonamdan chiqib atrofni ozroq aylanmoqchi boʻldim. Oshxonaga kirganimda stol ustida xolavacham Serin va Jungkookning birga bir biriga qilayotgan nozu karashmalarini koʻrib ensam qotdi. Ularga e’tibor bermasdan muzlatkich ichida sharbatni olib qayta chiqib ketdim. Nega uni toʻxtatmadim chunki xolavacham qanday yengiltak ekanini bilaman va oʻgay akam ham bundan mustasno emas

Pov Hae ~Onamni va Janob Kimni kuzatgandan soʻng oshxonaga u bu narsa yegani kirdim . Koʻzim stol ustida turgan qulupnaylarga tushdi. Ulardan birini sekin olib ogʻzimga soldim. Oshxonaga kirib kelgan Taehyunga koʻzim tushdi. Kechagi taqirlagani halli ham qulogʻim ostida jaranglayabdi. Asabim buzilgancha oshxonani tark etdim. U bilan yana aytishib oʻtirishni istamayman ! Xonamga kirgach ichkarida meni kutayotgan Minsoni koʻrdim

~Tinchlikmi Minso-?

~Hae bir masala boʻyicha gaplashib olishimiz kerak

~Qanday -?

~Men koʻchib ketmoqchiman . Ya’ni dadam bilan yashashni oʻylab koʻrdim

~Ammo Minso

~Hae sen onam bilan qolaver . Men Amerikaga joʻnab ketaman. Dadamni yolgʻiz qoldira olmayman

~Bu haqida oyimga aytdingmi-?

~Yoʻq hozircha aytmadim. Hujjatlarim shu 1-oy ichida tayor boʻladi .

~Qaroringni hurmat qilaman . Endi yosh qizaloq emassan

~Shunay opa

•Ertangi kun

~Hae Jimin va Taehyung Jungkook va Minsodan 2- yosh katta ekanliklari sababli ularning oʻqishi alohida alohida edi. Janob Kim oʻgay qizlarini ham oliy ta’lim va obroʻli universitet va kollejda ta’lim olishini xohladi va qizlarning xoxishiga qaramasdan joylashtirdi.

Erta tongdan Hae  Jimin va Taehyung universitet darvozasidan kirishdi. Ulardan oldinlab ketgan Haeni Jimin va Taehyung ortidan qarab qolishdi. Taehyung halli ham Haedan dargʻazab edi Hae uning onasi haqida gapirgani uchun Tae bir muddat Haeni xushlamay qolgandi. Lekin ikki aka ukani diqqatini Hae bilan birga quchoqlashib koʻrishgan yigit tortdi.Bunga javoban qizda hech qanday qarshilikni koʻrishmagach Jimin Taehyungni yelkasiga qoʻlini qoʻydi.

~ Menimcha yugurganniki ham buyurganniki ham bo‘lmaydiganga oʻxshaydi  u allaqachon band ekan.

Taehyung hech qanday javob bermasdan universitet ichiga kirib ketdi. Dars davomida Hae bilan birga oʻtirgan yigitdan nigohini uzmagan Taehyung Universitetning eng oldi yigitlaridan bir boʻlmish Min Yoongi Haedak qiz bilan qanday ishi borli qiziqtirib qoʻygandi. Dars tugagach Hae Yoongining matasiklida Yoongini ortiga joylashgancha bu yerni tark etishdi.

• Kollej yuvinish xonasidan chiqgan qiz bir yigitga urilib ketdi va unga sovuqqonlikcha qarab yo‘lida davom etayotganda yigit uni bilagidan tutib qolib ortiga qayatardi

~Uzr soʻrash kerakligini bilmaysanmi-? Minso yigitdan qoʻlini tortib olgancha shunchaki unga e’tibor bermaslikka harakat qildi. Afsuski bu safar Yigit Minsoning qoʻllarini qayirdi.

~Tushunmagan koʻrinasan . Qonun qoidalarni bilmaysanmi

~Sen kimsanki men sendan uzr soʻrashim kerak. Qoʻlingdan mendan tort ! Minso qoʻlidan qayirgan yigitni oyoqlarini oʻrtasiga zarba berdi.

~Ming la’nat jin ursin sen ahHyunjin egilib qoldi. Minso uni itarib yoʻlida davom etarkan ortidan kelgan ovozdan u qayrilganda kutilmagan zarbadan yerga quladi. Jungkook sumkasini yoʻlakdan yurarkan. Qulogʻiga chalingan gaplardan sergaklandi . ~Yangi kelgan oʻquvchi bor ediku-? Ismi nima edi Miami-? Xullas

~Minso edi

~Xa oʻsha Hyunjin bilan mushtlashayotgan ekan Jungkook bu suhbatni eshtib chuqur nafas oldi. Va oldinga haraklandi. Ammo joyida qotib qolgan yigit ortiga qayrilib yoʻlakning oxirga harakatlandi.Hyunjin Minsoni yoqasidan ushlab olganida ortidan kelgan yigitning qoʻllari uni chetga qulatdi

~Jeon sen

~Hammangiz tarqaling bu yerda tekin tomosha boʻlmayabdi. Jungkook atrofdagilarga qarab baqirdi. U Minsoga qoʻl choʻzdi . Minso qonayotgan lablari va burninidagi qoni sekin artib tashladi. Uzatilgan qoʻllarga qarab ulardan tutdi. Hovligacha chiqach Jungkook yonidagi qizga qaradi.

~Raxmat

~Bilaman sen zodagonlarning hayot tarzini bilmaysan. U yerda seni qutqarmadim balki oilamiz shanini himoya qildim. Aqlsizling bilan oilamni sharmanda qilma . Qonimizga ham tegishli boʻlmagan bir begonalar sabab turli xil sharmandaliklar ostida qolishni istamayman. Qadamingni oʻylab bos ! Jungkook oldinlab ketdi. Kun ham yakunlanib quyosh o‘z o‘rnini oy va yulduzlarga bo‘shatib berarkan hovli darvozasi yonida u yoqdan bu yoqqa yurayotgan yigit yo‘lga qarab Haeni kutardi o‘qishdan chiqishlari bilan uni ertalab birga ko‘rgan yigit bilan birga matatseklga o‘tirib ketganini ko‘rganidan buyon asablari chatoq edi uniNihoyat hovlidan biroz uzoqroqda matatsikl ovozi eshitildi Taehyung ularga yaqinlashaman deganda matatsikl qayta o‘t olib ortiga qarab ketdi va Taehyung o‘zi kutgan inson bilan yuzlashdi

~Qayerda yuribsan kech boʻlganda -?

~Senga nima qizigʻi bor buni ishing boʻlmasin ~Ishim bor chunki oying sizlarga  meni vasiy qilib ketgan Taehyungni gaplaridan Hae ensasini qotirdi

~Yoʻlimdan qoch meni tergaydigan darajada yaqinim emassan haddingni bil !

Hae Taehyungdan uzoqlashib uyga kirish uchun harakatlandi.