MORASS_FINAL!!
Jungkook derazadan tashqariga qarab jimgina oʻtirgan Minsoni yoniga sekin yaqinlashdi.
Jungkook: Balki....gaplashib olarmiz?
Minso: Istamayman...Shunchaki meni bir muddat bezovta qilma....yolgʻiz qoldir...
Jungkook: ....
Jungkook aslida bari u tushungandek emasligini aytmoqchi edi. Ammo Minsoga chindan ham shaxsiy joy kerakligini angladi. Sababi uning asablari allaqachon charchagan , ortiqcha zoʻriqish qornidagi farzandiga salbiy taʼsir qilishidan choʻchirdi. Sonining farzandi nobud boʻlgach Jungkookning havotiri oshgani bekorga emas edi. U sekinlik bosh silkib undan uzoqlashdi. Va xonadan chiqib ketdi.
Kan Beomgyu ( Park Sokhun ) : Janob So , Pak Hyunjin qoʻngʻiroq qildi...Janob... yana dori qabul qilyapsizmi?
Mingyu: Senga nima?!
Shprits orqali tomiriga giyohvand modda joʻnatayotgan yigit allaqachon sarxushlashib qolgandi.
Kan Beomgyu: Shu paytgacha jim turdim.... Janob! Otangiz hurmati va vasiyati tufayli barcha buyruqlaringizni bajardim. Lekin bunisi oshib tushdi.
Mingyu: Menga aql oʻrgatma! Otam oʻldi endi men senga xoʻjayingman. Meni buyruqlarimni muhokama qiladigan kimsan?
Mingyu: Otangiz mana bu ahvolingizni koʻrganda nima deb oʻylardi?
Mingyu qon tomiri boʻylab tarqalgan moddani his qilarkan yotoqda alchayib koʻzlarini sekinlik bilan yumdi. U mast edi....
Mingyu: Otam koʻrolmaydi..... Chunki u oʻlgan.....va uni shaxsan men oʻldirdim....Tirik qolishi mumkin emasdi.
Iljaygancha kularkan bu soʻzlardan Kan Beomgyuning yuzi daxshatli tus oldi. U turgan joyida qotib bu soʻzlarni hazm qila olmadi. Uning qadrdon xoʻjayini.
Mingyu: Endi yoʻqol koʻzimdan.... Men dam olmoqchiman.
Kan Beomgyu mushtini mahkam siqdi va xonadan chiqib ketdi.
Pov_Beomgyu
Sizni xuningizni olaman xoʻjayin! Oldingizga xizmat qilmayman! Qotilni jazosi muqarrar!
Beomgyu shularni hayol qilgancha telefonida video habar yozib uni 3 raqamga joʻnatdi.
Beomgyu: Ular buni bilishi kerak edi....
Jungkook nima qilishni bilmay mashinasiga oʻtirib kasalxonaga yoʻl olgan edi. Manzilga yetib kelgach kasalxona eshigi oldida , politsiya mashinalarini koʻrib ichiga gʻul-gʻula tushdi.
Jungkook: Jin ursin , yana nimadir boʻldgani aniq!
Asabiy xoʻrsinib mashinasidan tushdi va ularga yaqinlashdi. Shu payt ofitser bilan janjallashayotgan Taehyungni koʻrib tezda uning oldiga shoshdi.
Jungkook: Tae , nimalar boʻlyapti oʻzingni bos.
Taehyung: Soni... Qochib ketipti!
Jungkook: Nima?!
Taehyung: Hech qayerda yoʻq! Jungkook men hozir aqldan ozaman... Aqldan OZAMAN!!!
Taehyung boʻgʻiq ovozda xirillab eshikka musht tushirdi.
Taehyung: SHU HOLDA QAYERGA KETISHI MUMKIN?! OʻZIGA NIMADIR QILIB QOʻYSACHI?! MEN NIMA QILAMAN KEYIN!!!
Jungkook: Vahima qilma , topamiz! Politsiya oʻzi qidiraversin. Biz oʻzimiz qidiramiz....iloji boʻlsa ulardan avval topishimiz kerak. Qani mashinanga oʻtir...
Taehyung betoqatlanib Jungkook aytganidek mashinasiga borib oʻtirdi. Ikki yigit ham telefonlariga kelgan habarga eʼtibor berishmadi.
Minso kayfiyatsiz xonasida oʻtirarkan ayni damda unga hech nima qiziq emas edi. Qornidagi farzandini oʻylashni boshlaganida telefoniga nomaʼlum raqamdan kelgan ovozli habarni koʻrdi va uni ochib eshita boshladi.
Kan Beomgyu ( Park Sokhun Yeonaning soxta amakisi rolini oʻynagan Mingyuning odami ) : Salom Chon Minso... Men nihoyat hammasi haqida sizlarga habar berishga qaror qildim. Bundan hayron boʻlishingiz mumkin ammo men ham aldangan foydalanilganlar qatoridanman. Marhum Hojamning qasosi uchun hammasini roʻy rost aytib beraman. Eng boshini Yeona haqida boshladim. Sababi asl kalava uchi bizga ulanishi sababi ham shu edi. Park Yeonaning asl qotili So Mingyu. Kim Taehyung uchun klubga kelgan qiz giyohvand modda taʼsiridagi Mingyuning qurboniga aylandi... Janob So yaʼni mening Hojam bu ishlarni bosti bosti qilib yubordi. Biroq Pak Hyunjin sizlarning dushmaningiz haqiqatdan habar topib unga tahdid qildi. Va biz ham bu oʻyinga qoʻshildik. Pak Hyunjin haqida allaqachon habar topganingizni bilaman. Shu uchun ham uning maqsadi haqida tushuntirib gapimni choʻzmayman Chon Minso.
Asl mazmunga keladigan boʻlsam...Kim Taehyungga Yeona tirik deb yolgʻon maʼlumot berdik. Va biz Yeonaning qabrini ochib uning jasadini berkitdik. U MEONGWOO kasalxonasining muzxonasida saqlanyapti. Soʻng esa bir qizning yuzini plastik operatsiya orqali soxta Yeonani jonlantirib Kim Taehyungning hayotiga kirgizdik. Bularni barini Pak Hyunjin reja qildi. Uning asl maqsadi Chxve Sonini yolgʻiz qoldirish edi.... Va siz haqingizda....asl maʼlumot. Boshingizga nima musibat tushgan boʻlsa hammasiga Pak Hyunjin va So Mingyu sababchi....Chxve Sonining mashinasi portlashi , oʻrmondagi hujum , va sizning avtohalokatingiz....hammasi mana shu ikki inson tufayli sodir boʻldi. Aynan hozirgi vaqtda ham Chxve Soni uchun yana bir hujum uyushtirilmoqda. Siz va uni oʻgʻirlash uchun ular yoʻlga chiqqan. Dugonangizni albatta toping. Sizga qila oladigan yagona yaxshiligim shu ... Hayr Chon Minso.
Ovozli habar yakunlanishi bilan Minsoning qoʻlidan telefoni yerga tushib ketdi. Butunlay sukut va chalkashlik bilan bir nuqtaga tikilib qolgan qiz bu gaplarni miyyasini ichiga tartibga keltirib sola olmasdi.
Minso: Soni....uni topishim kerak!
Tezlik bilan joyidan turgan qiz yugurib tokchadan mashina kalitini va yerda yotgan telefonini olib uydan chiqib ketdi.
Qabriston ichidan asabiy chiqib kelgan ikki yigit xoʻrsinib mashinalari tomon yurishdi.
Taehyung: Jungkook....
Jungkook: Nima.?
Taehyung koʻzlari yoshga toʻldi.
Taehyung: Men uni yoʻqota olmayman....Tushunyapsanmi? Men hozir....Men undan farzandimizni ham tortib oldim.
Jungkook unga yaqinlashdi.
Jungkook: Tae , doʻstim.... Oʻzingni ayblama..
Taehyung boʻyinbogʻini boʻshatib yuzini osmonga qarata koʻtardi va chuqur nafas oldi.
Taehyung: Sen haqiqatni bilmaysan.... Aslida hammasiga men aybdorman! Oʻzimni noshuddek his qilyapman...
Jungkook: Qanaqa haqiqat?
Taehyung unga barchasini aytib berdi. Yeona haqidagi voqealarni va uning rejasi haqida. Buni eshitgan Jungkookning aqli tamoman yoʻqoldi.
Jungkook: Men...shunchaki...hayratdaman.
Taehyung: ...
Jungkook: Men vaʼda beraman Sonini topamiz...Oʻzingni qoʻlga ol....senga suv olib kelaman.
Jungkook shunday deb undan uzoqlashdi va doʻkon tomon ketdi.
Bu vaqt Taehyung qabristonning temir darvozasiga suyanib turar edi.
Ammo bir on koʻzlari qabristonning ikkinchi tomonidagi temir panjaraga suyanib turgan qizning malla rang sochlariga tushdiyu , tanasi boʻshashib ketdi. Uning titroq lablari orasidan birgina soʻz chiqdi xolos.
Taehyung: Soni...
Soʻng ovozi balandlashib u tomon shoshdi.
Uning ovozini eshitib ortiga oʻgirilgan qizning koʻzlari kattalashib ketdi va temir panjaradan uzoqlashib yugurib ketdi. Taehyung ham uning ortidan chopdi.
Taehyung: SONIIIII , SHOSHMA TOʻXTA... OʻTINAMAN!!!
Kasalxona kiyimi ustidan uzun yuqa qora jemper kiyib olgan qiz toʻxtamay yoʻlak boʻylab qochib ketardi. Uning ortidan yugurayotgan Taehyung yetib olish uchun tezlikni yanada oshirdi. Biroq katta mashina yoʻli kelgach qizil chiroq yonganini koʻrdi va Soni toʻxtashini kutdi. Ammo qiz toʻxtamadi.
Taehyung: TOʻXTAAAAA , TOʻXTAAA SONI !!
Mashinalar galasi yoʻldan oʻtayotgan mahal Soni ularga eʼtibor bermay piyodalar yoʻlagidan oʻtib ketdi. Uning yagona niyati Taehyungdan qochib ketish edi...
Tormoz , signal va mashina shinasi ovozlari butun koʻchani qiyomatga keltirdi. Soni ularga chap berib amallab narigi betga olib olguncha Taehyung aqldan ozib boʻlgandi. U sakrab toʻsiqdan oʻtdi va Sonining bilagidan tortib oʻziga tortdi. Biroq qizning birdan qichqirib uni itarib yuborishi Taehyungni esankiratib qoʻydi.
Taehyung: Soniyim....!
Soni goʻyo mahluqni koʻrgandek undan oʻzini olib qochar har yaqinlashsa chinqirib yuborardi.
Taehyung: Yolvoraman bunday qilma , hammasini tushuntirib beraman... iltimos
Soni: KELMAAAA KETTTT KETTT !!!
Quloqlarini berkitib ortga yurarkan Taehyung har yaqinlashsa itarib qochishga urinardi ammo Taehyung uni qoʻyib yubormay qoʻlidan tutib oldi.
Taehyung: Meni oʻldiryapsan....Soni jonim , iltimos eshit meni , qochma mendan.
Odamlar bu holatdan Taehyungni undan uzoqlashtirishdi.
...: Sen nega unga tegajogʻlik qilyapsan? Qani yoʻqol
Taehyungning jazavasi qoʻzib yigitni itardi.
Taehyung: U meni xotinim! Qoch yoʻlimdan!
...: Xotining boʻlsa sendan mahluqni koʻrgandek baqirib qoʻrqarmidi?
Taehyung: Bas qilinglar jin ursin!!! Soni...!
Taehyung ularning qarshiligidan qochishga urinib Soni tomon bormoqchi edi.
Ammo Soni tezlik bilan u yerdan ketib qoldi.
Taehyung: Soni! SONI!!! LAʼNATIIII QOCHINGLARRRR
...: QOʻYVORMANGLAR BU ABLAH ZOʻRAVONNI...!!!
Shu on barcha yigitlar bilan Taehyung mushtlashib ketdi. U Sonini ortidan borishga urindi. Ammo boshqalar qarshilik qildi va katta mushtlashuv boshlandi.
2 soatdan soʻng....
POLITSIYA MAHKAMASI.
Inspektor: Bu bizni ish edi. Siz aralashib jinoyatchini qochirib yubordingiz!
Taehyung: U meni xotinim jinoyatchi emas!
Taehyungning yirtilgan qoshi jahldan oʻynab ketdi.
Inspektor: Sizni muahtlashuvdan quruq olib chiqqanimga rahmatmi bu?
Jungkook: U bilan oʻzim gaplashaman inspektor yordam uchun rahmat...siz Sonini topsangiz bas.
Inspektor bosh silkib ketgach Jungkook Taehyungga qaradi.
Jungkook: Inspektor bilan janjallashmaslikka harakat qil xuddi mendek...
Taehyung hech narsa demadi.
Jungkook: Men Minsodan habar olay...
Jungkook telefoniga kelgan habarni ochib oʻtirmay Minsoga qoʻngʻiroq qildi.
📲 Jungkook: Alo Minso ... Ahvoling
📲 Minso: Jungkook , meni yaxshilab eshit.... Men Soni qayerdaligini bilaman. Tezlik bilan Taehyung ikkingiz joʻnatgan manzilimga yetib kelinglar...
📲 Jungkook: Yaxshi...tushundim oʻzing yaxsh
Birdan aloqa tugab qoldi. Jungkook koʻzlarini asabiy yumib Taehyungga yuzlandi.
Jungkook: Taehyung , Minso Sonini qayerdaligini bilar ekan.
Taehyung: Nima?
Jungkook: Yur ketdik.
Minso Soni borishi mumkin boʻlgan barcha joylarni tekshirib chiqqandi. Lekin endigi manzil aniq Sonining oxirgi joyi edi.
Minso: Seni oʻsha yerda ekanligini aniq bilaman Soni !
Minso mashinani eski koʻcha tomon burib qorongʻulikka singib ketdi. Eski uy tomon kelgach mashinani toʻxtatdi. Bu Sonining buvisini eski uyi edi.
Minso zinadan koʻtarilib eshikni taqillatdi.
Minso: Soni shu yerdaligingni bilaman eshikni och gaplashib olishimiz kerak.
Soni: ...
Minso: Eshikni och iltimos...hammasini oʻz holiga qaytaramiz.
Soni eshikni ochib unga tikildi.
Soni: Senga eshik ochganimga afsuslantirma...
Dugonasining abgor holatini koʻrgan qiz bir muddat hech nima deya olmadi.
Minso: Afsuslanmaysan.
Ichkariga kirgach Minso barini Soniga tushuntirib berdi.
Minso: Soni iltimos oʻzingi qoʻlga ol...
Sonining ichidan yigʻi otilib chiqdi.
U boshini changallab devorga suyanib oldi va yigʻlashdan toʻxtamadi.
Soni: AQLDAN OZYABMAN....HAR OʻYLAGANIM SARI ESHITGANIM SARI AQLDAN OZYABMAN.... JIN URSIN HATTO NAFAS OLISH HAM MENI ESDAN OGʻDIRYAPTIIIII.......
Uning holatidan Minso dugonasining yoniga tizzaladi.
Minso: Seni tushunaman....
Soni: KENG DUNYO...TOR....YASHASHNI ISTAMAYMANNNNN!!! BU QANAQANGI AHMOQGARCHILIK AXIR MINSOOO...!!! NEGA BIZ ODAMLARDEK YASHAY OLMAYMIZ....NIMA BIZNI BAXT OʻZ ROʻYXATIDAN CHIQARIB TASHLAGANMI?
Minso: Yoʻq baxtni bizdan hali koʻp qarzi bor...!
Minso Sonini bagʻriga bosdi.
Minso: Hozir bizga qilganlari uchun oʻsha iflos Hyunjindan xun olishimiz kerak....
Eshik ochilib ichkariga kirib kelgan yigit ularga tikilib jilmayib qoʻydi.
Hyunjin: Ishtahalar karnayku Chon xonim....Xoʻsh buni qanday qilmoqchisan?
Minso va Soni uni koʻrishlari bilan yuzlariga uyqu dorisi bilan namlangan dastroʻmol tutildi...
Taehyung va Jungkook koʻrsatilgan manzilga kelgach ochiq qolgan eshikni koʻrib hayratda qolishdi.
Taehyung: Soni qani? Uni shu yerda degan edingku!
Taehyung gʻazablanib Jungkookka qaradi.
Jungkook: Oʻzingni bos nima bitta seni xotining yoʻqmi hozir? Minso?
Jungkook xonalardan Minsoni Taehyung esa Sonini izlay boshladi. Shu payt Taehyungning koʻzi yerdagi erkaklar oyoqkiyimi iziga tushdi.
Jungkook Taehyung ifodasidan u ham yerdagi izlarga qaratdi.
Jungkook: Jin ursin Minsoga qoʻngʻiroq qilaman.
U telefondan chaqiruvni amalga oshirmoqchi edi. Ammo endi nigohi ochib koʻrilmagan habarga tushdi.
Nomaʼlum raqamdan kelgan ovozli habarni yuklab oldi va uning ovozini balandroq qilib eshita boshladi. Kan Beomgyuning ular uchun aytgan barcha haqiqatni eshitgan Taehyung va Jungkook soʻngi "Endigi rejalari esa Soni va Minsoni oʻgʻirlab bariga nuqta qoʻyish. Agar ulgursangiz ularni himoya qiling. Ulgurmasangiz Nick Uald vafot etgan eski metallurgiya kombinatidan topasizlar"
Taehyung: Uni chavaqlab tashlayman...!
Koʻziga butun dunyo tor boʻlib ketgan ikkisi ovozli habardagi oxirgi Yeonaning oʻlimi bilan bogʻliq haqiqatni eshitmay uydan oʻqdek uchib chiqib ketishdi.
Koʻzlarini amallab ochgan Soni va Minso atrofdagi eski ammo ulkan kombaynlarni koʻrib ichlari muzlab ketdi. Minso bubyer qayer ekanligini eslagan on yuragidan nimadir chirt uzilgandek his qildi oʻzini.
Pov_Minso
Oh Nick....!
Hyunjin: Xoʻsh , Xoʻsh....buni qaranglar ikki ayyor tulki va qora chayonlar qoʻlimga tushdi.
Minso unga hotirjamlik bilan tikilib turarkan bu vaqt Sonining koʻzlaridagi olov Hyunjinning eʼtiborini tortdi.
Hyunjin: Malla sochligim nima boʻldi? Bu chiroyli koʻzlar nega alangadek odamni kuydiryapti? Nimadandir jahling chiqyaptimi?
Uning mazaxlashidan Sonining tanasi gʻazabdan titrab ketardi.
Minso: Maynavozchilikni bas qil.
Hyunjin: Mayli...Bas qildim...
Minso: Sen shuncha ishdan keyin ham yutaman deb aslo oʻylama men shunday qoldirib qoʻyarmidim? Hahhaha hech qachon hech qachon!
Hyunjin: Qasos olmoqchiman deging? Kimdan?
Minso: Asabimga tegyapsanmi sen iflos! Sen iflos ablah Nickni oʻldirding! U aybsiz edi TUSHUNYAPSANMI? ABLAH MENGA QILGANLARINGKU MAYLI QASOS OLGING KELIPTI AMMO NICKCHI?! RAZIL!!!
Hyunjin: Bas qil tomoshani....uni qotili men emasligimni juda yaxshi bilasan.
Minso qattiq kulib yubordi.
Minso: Kimni ahmoq qilyapsan laʼnati meni seni odamlaring oʻgʻirlagandi. Hammasidan habarim bor! Barcha qilmishlaringdan habardorman!
Hyunjin: Lekin men seni oʻldirmoqchi edim... Lekin nima boʻldi? Nick seni toʻsib qoldi. Oʻsha seni aynan seni oʻldirish uchun oʻtilgan oʻqdan toʻsib qoldi. Endi oʻylab koʻr? Uning qotili menmi yoki senmi Chon Minso?
Minsoning jim boʻlib qolganidan Hyunjin zafarona kuldi...
Hyunjin: Umuman olganda....Boshingizga tushgan hammasi uchun oʻzingiz aybdor ekanligingiz koʻzingizga nahot koʻrinmayapti? Chxve Soni tovlamachilik bilan boy yigitlarni oʻlja qilib olsa .... Chon Minso ustasifaranglardek reja tuzib ulardan pul shiladi....
Yigit bosh chayqab chapak chaldi.
Hyunjin: Ofarin....xonimlar....Ofarin....mana qilmishlaringiz sizni qayerga ha yetaklab keldi.
Hyunjin Sonining stuli tomon egilib qarshisiga turdi.
Hyunjin: Nahot menga qilganlaringdan keyin sevgiling bilan baxtli yashay olaman deb oʻylading? Ohhh Soni....Soni.....
Mamnun jilmaygancha qizning sochlarini siladi.
Hyunjin: Oʻzimning malla tulkicham...
Minsoning koʻzlari bir nuqtadan uzilmay turardi.
Hyunjin: Hamma qilmishiga yarashasini olishi kerak , Minso....Sen shunga loyiqsan. Endi esa Nick qotilini jazolamoqchi boʻlsang marhamat xohla oʻzingni oʻldir , xohla oʻzinga jabr qil...
Yuragida kuchli tebranish paydo boʻlgan Minso Nickning oʻlimini koʻz oldiga keltirib , koʻz yoshlarini ushlab tura olmadi.
Darhaqiqat Minsoning yashashi uchun Nick oʻzini qurbon qilgan edi.
Soni: Xoʻsh? Mana koʻrib turibsan.... Shu qadar singan , ojiz va abgor holatdamiz.... Sen ikkimizdan ham oʻz yaqinlarimizni ayovsizlarcha olib xun olding.!
Oxirgi soʻzlar titroq tufayli bazoʻr eshitildi.
Hyunjin: Sendan kimni tortib oldim?
Soni: Men bolamdan ayrildim....
Soni koʻzi toʻla yosh bilan jilmaydi.
Soni: Aslida u ham Nickdek begunoh di. Va meni aybim tufayli u endi yoʻq. Men oʻz farzandim qotiliman.
Soni kulgancha gapirarkan koʻz yoshlar yuzidan sirpandi.
Soni: Tabriklayman....bizni yer bilan bitta qila olding... Ikkimiz ham bu vijdon azobi bilan yashay olmaymiz... Endi bizni oʻldirishing kerak.
Hyunjin chimirilgan qoshlari bilan Soniga va bir karaxt holda oʻtirgan Minsoga tikildi.
Hyunjin: Bola?
Shu payt Mingyu keldi.
Mingyu: Meni odamim hammasini sotibdi... Yeonani olib keldim.
Hyunjin: Men bilan yur...
Hyunjin uni yelkasidan tortib chetroqqa chiqdi.
Hyunjin: Qanaqa bola? Bola dedi...
Mingyu: Homilador boʻlgan ekan...Qamoqxonada doʻposlattirganimizda bolasi tushipti...
Hyunjin: Sen ahmoq! Nega avvalroq aytmading buni?!
Mingyu: Bilmagan edim...
Hyunjin: Jin ursin!
Hyunjin Soni va Minsoga asabiy qarab chuqur uhh tortdi.
Minso: Men...men haqiqiy baxtsizlikman. Meni oldimdagi meni sevganlar doimo meni deb halok boʻlishadi.... Ota onam ham ... Nick ham.... Men... Men qotilman.
Minsoning koʻzlaridagi ogʻriq yoshlar bilan yuvildi.
Soni unga hissiz ammo charchagan afsus nigohlar bilan tikildi.
Soni: Shunchaki....biz yashashga haqli emasmiz.... Minso.
Hyunjin: Minsoni boshqa xonaga olib boringlar....oʻsha yerda oʻz ayblarini sarxisob qilib tovba qilsin... Biz esa bu yerda mening sevgilim bilan suhbat quramiz.
Sonining nigohi sekinlik bilan unga qaratildi.
Jungkook va Taehyung politsiyani ogohlantirgach yoʻlga tushishdi.
Jungkook: Toʻpponchani oldingmi?
Taehyung: Ha... Asabiylashma Jungkook....Minsoga ham bolangga ham hech nima qilmaydi.
Taehyung Jungkookning rulni tutgan qoʻli sezilar sezilmas titrayotganini payqab gapirdi.
Taehyung: Men soʻz beraman... Ularni tirik qolishi uchun qoʻlimdan kelganini qilaman...
Jungkook: Men ham...
Yoʻldan koʻz uzmagan Jungkook ichidan ming bor yolvorardi.
Pov_Jungkook
Iltimos....iltimos....hammasi yaxshi boʻlsin....Minsoga hech nima qilmasin...Oh qayerdasan?!
Hyunjin jimgina Soniga tikilib oʻtirardi. Sonini koʻzlari esa uzoqqa termulgan ammo hissiz.
Hyunjin: Homilador ekanligingni bilmagandim....
Soni: ...
Hyunjin: Men senga qilganlarimdan afsuslanmayman , Soni.
Soni: Endi bu ahamiyatsiz... Oʻldirsang oʻldir... Bundan ortiq qasos yoʻq.
Hyunjin: Kim aytdi seni oʻldiraman deb. Balki haligacha senga nisbatan nimadirlar his qilayotgandirman. Balki shu uchun soxta Yeonani yaratib Taehyung bilan orangni buzgandirman...
Soni unga jim qarab turib koʻzlari nafratdan pir pirab ketdi.
Soni: Sen telbasan.!
Hyunjin: Imkoniyat beraman... Agar Minso mana kombayn ichida mayda mayda boʻlishini istamasang shunchaki shartimni qabul qilasan.
Soni: ...
Hyunjin: Meniki boʻlasan... Xuddi oldingidek.!
Soni: Undan koʻra oʻlganim yaxshi.
Hyunjin: Sen emas Minso oʻladi. Senga oʻlim yoʻq , azizam.
Soni: Tangrining laʼnatiga uchraging.!!!
Hyunjin qizning yuzidan siqimlab oldi.
Hyunjin: Afsuski allaqachon uchradim... Boʻlmasa senga duch kelarmidim bu hayotimda?
Soni: ...
Hyunjin: Tanla... Minsoni oʻlimi yoki...
Soni: Aqldan ozgan telbaaa
Hyunjin: Men sabrli emasman.
Shu payt temir eshik kuch bilan ochilib ichkariga politsiyachilar kirib keldi.
Ular ortidan ergashgan Taehyung va Jungkook ichkaridagi manzarani koʻrib nazoratni yoʻqotishdi.
Taehyung: UNDAN IFLOS QOʻLINGNI TORT!!!
Sonining koʻzlari Taehyungga qaratilarkan yuragida nimadir jiz etib ketdi.
Jungkook: MINSOOOO , MINSOOOO U QANI GAPIR!
Hyunjin tomon qadam bosishayotgan vaqt politsiyachi yigitlar ularni toʻsib qoldi.
Hyunjinning odamlari qurollarini chiqarmoqchi boʻlganda Hyunjin ularga inkor ishorasini qildi.
Hyunjin: Mana qahramonlar ham keldi. Men seni sevgiling Yeona bilansan deb oʻylagandim... Ohhh unutibman kechir axir u oʻlgan va sen koʻrgan Yeona soxta.
Uning buyrugʻi bilan narigi xonadan Yeonani qoʻlidan tortib Mingyu chiqib keldi.
Taehyung: Men seni yoʻq qilaman...ishon..!
Jungkook: Jin ursin nega gap sotyapsizlar Minso qani deyapman?! Inspektor nimadir qilasizmi yoki oʻzim QILAYMIIIIII
Jungkook jazavaga tushgan sari oldidagi politsiya hodimlarini itarib tashlayverdi. Taehyungning koʻzlari esa Soni va Hyunjindan uzilmagan...
Hyunjin: Yetarli... Inspektor bu ikki mushketyorga haqiqatni aytaylik...
Taehyung va Jungkook birdan sergak tortdi. Ularning yuz ifodasidan barini anglagan ikki yigit koʻzlarini asabiylik bilan yumdi. Shu vaqt ikkisi bir biriga maʼnoli qarash qilib toʻpponchalarini chiqardi. Jungkook oʻz toʻpponchasini inspektorga Taehyung esa Hyunjinga oʻqtadi.
Inspektor: Qurolni tushiring , Jeon.
Jungkook: Men aynan seni oʻq bilan tilka pora qilishni eng boshidan istardim.
Taehyung: Sonidan uzoq tur!
Jungkook: Qurolni tashlanglar aks holda "sadoqatli" inspektoringizdan judo boʻlasiz.
Inspektor ularga qaradi.
Inspektor: Qurollarni tushiring.
Hyunjin: Jin ursin meni odamlarim esingizdan chiqyaptimi?
U kulib Taehyungga qaradi.
Hyunjin: Sen esa Kim Taehyung meni Soni uchun oʻldirishdan avval ilk muhabbating qotilin oʻldir.
Mingyuning koʻzlari kattalashib , Hyunjinga qaradi.
Taehyung: Nimalar deyapsan?
Hyunjin: Oh sen bilmasmiding? Soni va Minso allaqachon barini bildi. Aslida Yeonani qotili Mingyu...seni klubga izlab kelgan sevgiling Mingyuning tagida zoʻrlanib oʻlib ketgandi. Ahahahhaa yana bir begunohning qotili bu !
Hyunjin ovoz boricha kulib yubordi.
Hyunjin: Sen ham , Soni ham , Minso ham oʻzlaringiz uchun qadrli insonlarni oʻzlaringiz oʻldrigansiz...
Taehyungning barmoqlari titrab ketdi.
Mingyu: ABLAHHH HYUNJIN!!!
Mingyu unga tashlanmoqchi boʻlganda uning odamlari toʻxtarib qoldi. Taehyung toʻpponchani kimga qaratishni bilmay garangsiragan , Jungkook esa shunchaki qarshisidagi boʻlayotgan ishdan boʻgʻila boshladi va qoʻlidagi toʻpponcha bilan tepaga oʻq otdi. Va hammayoqda toʻs toʻpolon boshlandi. Taehyungning qoʻlidan toʻpponchani olishga uringan Hyunjinning odamlari unga qarata oʻq uzishmoqchi boʻldi. Ammo Yeona allaqachon chiqib olgan katta yuk mashinasi bilan ular tomon yurib keldi. Jungkook va Taehyung mashina ortiga berkinib otishmadan omon qolishdi. Bu vaqt Hyunjin Sonining qoʻlini yechib uni majburlab olib ketmoqchi boʻldi.
Soni: Oʻlsam ham sen bilan ketmayman!
Yerdagi yotgan temirni olib uning yuziga urdi va tezlik bilan oʻzini panaga oldi.
Soni: JUNGKOOK MINSONI TOP UNI TEPADAGI BOʻLMAGA OLIB KETISHDIIIII..!
Jungkook engashgan holda zina tomon yugurdi. Hyunjin esa Sonining qochayotgan vaqt oyogʻidan tortib yiqitdi .
Hyunjin: Osmonga chiqsang oyogʻingdan yerga kirsang sochingdan tortib olaman!
Soni: QOʻYVORRRR
Taehyung shaht bilan kelib uni Sonining ustidan tepib yubordi. Ammo shu vaqt bir necha yigitlar unga tashlanib ketdi. Yeona ular tomon kelib yerda yotgan qurol orqali ularga pala partish oʻq uzdi.
Taehyung: Soni.
Qizni mahkam bagʻriga bosarkan Yeona ularga qarab jim boʻlib qoldi.
Yeona: Tezroq qochinglar....tezroq!
U qoʻlidagi oʻqlangan qurolni Taehyungga berdi.
Yeona: Mening ismim Suna... Baxtli boʻl!
Taehyung unga minnatdor qarab turdi va Sonini qoʻlidan mahkam ushlab siniq deraza tomon yugurdi
Jungkook xonaga kirgach u yerda yotgan Minsoni koʻrib es hushidan ayrilay dedi.
Jungkook: Minso.
Qizni tezlik bilan yelkasidan koʻtarib bariga oldida yuzini oʻziga qaratdi.
Minso: ....
Jungkook: Ahvoling yaxshimi? Hech qayeringga hech nima boʻlmadimi?
Minso: Oʻlishni istayman!
Jungkookning koʻzlari yumshab uning peshonasiga oʻzinikini bosib bagʻriga tortdi oyoqlarni beliga oʻratib oldi.
Jungkook: Sen uchun men oʻlsam arziydi. Ketamiz....ketamiz yagonam!
U osongina qizni koʻtarib oldi va mahkam quchgancha balkonga chiqib uning temir zinasidan pastga tusha boshladi. Bu vaqt Taehyung va Soni ham qumloqdan oʻtib ular bilan uchrashdi.
4 talasi yugurarkan ortidan kelayotgan ovozlarni eshitib quyosh endigina toʻlar orasidan chiqib yortib turgan koʻprik tomon yugurishdi. Ammo birdan otilgan daydi oʻqlardan biri Jungkookning oyogʻini yalab oʻtdi. Ogʻriqdan yuzi burishgan yigit oʻzini tutib Minsoni tashlab yubormaslikka urindi.
Minso: Jungkook...
Taehyung: Uni koʻtara olmaysan menga ber.
Koʻprikning yarmiga kelganda Taehyung Minsoni yelkasiga chiqarib oldi.
Soni: Koʻprik eski hammamiz oʻtolmaymiz avval Tae bilan Minso oʻtsin.
Jungkook ogʻriqdan hirillab tasdiq ishorasini qildi.
Jungkook: Tezroq Taehyung! Ular kelishyapti...
Taehyung Minsoning holsiz tanasini mahkam opichlab koʻprikdan astalik bilan oʻtishni boshladi.
Bu vaqt Jungkook bilan Soni oʻzlarini panaga olib ulardan berkindi.
Ammo koʻprikning moʻrt qismiga oyoq qoʻygan Taehyung muvozanatni saqlolmay ustunga suyanib qoldi. Shu payt birdan ustun qulab koʻprikning bir qismi sinib ketdi.
Daxshat bilan suv ichiga qilayotgan ikki tanaga qarab qolgan Jungkook va Soni bir ovozda baqirib yuborishdi.
Soni: TAEHYUUNGGGGG
Jungkook: MINSOOOOOOOO
Suv ichiga shoʻngʻib ketishgach aqldan oza boshlagan Soni va Jungkook ortidan kelayotgan ovozga ahamiyat ham berishmadi.
Soni: Qani ular? Qani ULARRRRRR QANIIII QANIIIIII QANIIIIIIII .... YOʻQ JUNGKOOK NIMADIR QILLLL NIMADIR QILLLL!!!
Taehyung: Meni qattiqroq ushlaaa , Minsoo
Oqimga qarshi suza olmayotgan Taehyung qoʻlini tosh orasiga ikkinchisi bilan Minsoning belidan mahkam tutib turardi.
Minso: Suv....Suvdan qoʻrqaman kechir suza olmayman.
Taehyung: Suzishing shart emas...shunchaki taslim boʻlma , meni mahkam tut. Seni oʻzim olib chiqaman!
Bor kuchini yigʻib Minsoni yelkasiga ortgan Taehyung qoʻlidagi ogʻriqqa qaramay katta harsang tashlar orqali qirgʻoqqa chiqishga urindi.
Taehyung: Iltimos qattiqroq ushla...
Nihoyat Taehyung Minso bilan suv yuzasidan chiqishga muvaffaq boʻldi.
Taehyung: Sovuq qotmayapsanmi? Hoy boʻldi hammasi yaxshi qoʻrqma
Minso: ....
Minso suvdan choʻchib gʻujunak boʻlib olgandi. Taehyung uni bagʻriga tortib yupatdi. Uning hamma joyini koʻzdan kechirib yengil nafas chiqardi. Muhimi doʻstiga bergan vaʼdasi ustidan chiqa olsin.... Oqim ularni uzoqqa olib ketgani uchun Taehyung ortga qaytish kerakligini tushundi.
Taehyung: Qani kel meni opichlab ol... Seni koʻtarib ketaman. Boʻlaqol Minso.
Taehyungning yelkasiga opichlab olgan qiz titrab uning yelkasiga boshini qoʻydi. Taehyung qirgʻoq boʻylab ortga qaytdi. Biroq koʻzi uzoqdan unga qarab turgan , oʻq otilgan oyogʻini bogʻlab olgan Hyunjinni koʻrib tezlik bilan ortga oʻgirildi va yugurdi.
Hyunjin: Ularni tutinglar.
Ikki stulga orqamacha qilib bogʻlangan Taehyung va Minso shunchaki jim holda Hyunjinni nima qilmoqchi ekanligini kutishardi.
Minso: Aslini olganda...oʻlishni istagandim...lekin yolgʻiz oʻlmayotganimdan xursandman.
Taehyung asabiy xoʻrsinib qoʻydi.
Taehyung: Sen bilan hech qachon kelisha olmayman bu aniq.
Minso: Nima deb oʻylaysan bu ogʻriqli boʻladimi?
Taehyung: Yaxshi narsalarni oʻylasang boʻlmaydimi? Axir homiladorsan ..
Minso: Afsuslandim....Menga ham Soniga ham ona boʻlish nasib qilmas ekan....Lekin Sonida imkon bor...Balki Jungkook bilan yarashib olar.
Taehyung: ....
Taehyung bu gapdan keyin yuragi muzlab qolganini his qildi.
Pov_Taehyung
Yoʻq....u meni .....unutolmaydi...
Minso: Bilasanmi....aslini olganda bu hikoyada hech bir oʻrinsiz....hech bir asosiy roli boʻlmagan oʻyinchi sen va men edik. Men chindan ham taslimman. Bu dunyoga kelib faqatgina insonlarning umriga zavol boʻldim. Ota onam , Nick mana endi sen....Bizni muammoyimizga aralashib qolib oʻlimini kutib oʻtiripsan. Ammo Jungkook...
Minso jim boʻlib siniq jilmaydi.
Minso: Ohh Jungkook uni qanchalar sevaman , bilasanmi? Men uni juda qattiq yaxshi koʻraman. Lekin sevgan insoning seniki boʻlmasligi ham mumkin ekan.
Taehyung: Taslim boʻlma....u keladi...u seni sevadi.
Minso: Kelmaydi...
Taehyung: Keladi...mening quyoshli moychechagim ham keladi... Men ishonaman.
Minso: Sen uni qattiq sevarkansan. Lekin shuncha ishdan keyin Soni kelishiga ishonmayman.
Taehyung: Yoʻq ular keladi... Aniq bilaman.
Minso: Menda esa umid yoʻq. Tinchgina oʻlib keta qolay.
Hyunjin: Hasratlashib boʻlgan boʻlsangiz asosiy ishga oʻtamiz...
Mingyu: Hali ham senga ishlayotganimga ishonolmayapman.
Hyunjin: Sen uchun Kim Taehyungni oʻldirib beryapman. Tirik qolsa seni yerni tagidan boʻlsa ham topib oʻldiradi.
Mingyu Taehyungga sekin qaradi va uning koʻzlaridagi yongan alanga , gʻazab , nafratni koʻrib biroz oʻzini yoʻqotib qoʻydi.
Hyunjin: Aslini olganda siz ikkingiz oʻlsangiz oz boʻlsada yengil boʻlaman. Chon Minsodan qasosimni olgan boʻlaman. Sonining sevgilisidan qutulgan ham boʻlaman.
Taehyung: Unga qoʻl tekizsang.....bu dunyoga kelganimga afsuslanasan.
Hyunjin: Hozir bunday gapiradigan ahvolda emassan.
Hyunjinning ishorasi bilan metall ezgʻilagich kombayni yoqildi. Va ularni oʻzi yurar katta temir tasma ustiga oʻtqizib kombayn ichiga joʻnatishdi.
Taehyung: Jin ursin!
Bogʻlangan temir tasmalarni yechishga urindi.
Hyunjin: Alvido...Jahannamda uchrashguncha qadrlilarim.
Shu on oʻq ovozlari eshitildi. Ichkariga Janob Kimning odamlari qoʻllarida qurol bilan kelib otishma boshlashdi.
Hyunjinning odamlarini yer tishlatishdi.
Jungkook va Soni ichkariga kirgach Minso va Taehyungning ezgʻilovchi kombayn ichiga kirayotganini koʻrib jon achchigʻida yugurishdi.
Soni: TAEHYUNGGGG , MINSOOOO
Jungkook: YOʻQ YOʻQ ....
Ikkisi yugurib oʻsha yerga sakrashdi. Va Taehyung va Minsoning kursilarini tortib pastga tushirishmiqchi boʻlishdi. Ammo na zanjirlar yechilar na ularni tortib olib boʻlardi. Borgan sari temir tishli ezgʻilovchi uskunaga yaqinlashib borishardi.
Minso: Jungkook ketaqol iltimos.
Koʻzidan yosh chiqib ketgan qiz ingrab yubordi.
Jungkook: OVOZINGNI OʻCHIRRRR.
Soni va Jungkook kuchi boricha ularni tortishga urinishdi. Jungkook oʻrnidan turib orqa tarafdan ularni itardi.
Soni: Buni oʻchirish kerak.
U Taehyungni koʻzlariga tikilib qoʻrquv bilan oʻrnidan turdi va pastga tushib tugmachani qidira boshladi.
Jungkook: SONI TEZROQQQQQ
Minso: JUNGKOOOK AHMOQQQ KET BU YERDANNNN FOYDASI YOʻQ....MEN ROZIMAN.
Jungkookning koʻzidan har kuchanib itargani sari alamli yosh chiqib ketdi. Taehyung esa soʻnggi bor oʻz moychechagiga tikilib turishni afzal bilardi.
Taehyung: SENI SEVAMAN CHXVE SONI...
Minso: Seni umrbod sevaman , Jungkook....
Oxirgi nuqta....uskuna ularning tepasida turib ezgʻilash uchun pastga tushdi....ammo soʻnggi daqiqalarda...
Soni: ....
Soni qotib turgan uskunaga qarab soʻng bosgan tugmachadan qoʻlini oldi. Qaltirab turib ularni yoniga shosharkan koʻzlaridagi yoshlar bilan Taehyungning yuzini ushladi.
Soni: Men...men hech qachon .... seni...seni qoʻyib yubormayman.
Yigʻlamsiragan qiz uning peshonasiga peshonasini bosdi.
Soni: Seni yoʻqotolmayman kechir....
Taehyung: ....
Unsiz koʻz yoshlar bilan Taehyung uning koʻksiga boshini tirab oldi.
Jungkook: Ey Xudoyim....rahmat.
Minsosini bagʻriga tortgan Jungkook uning yiqilgan kursisi bilan koʻksiga tortib yotib qoldi.
Chuqur va entikib nafas olar ekan sevgilisining yelkasini tinchlantirib silardi.
Jungkook: Hammasi yaxshi....oʻzimning yagonam...bir donam...
Minso Jungkookning qoʻli ichida erkin nafas olardi...
Minso: Men seni hech qachon kechirmayman....oʻzimni ham seni ham...
Qamoqxonaning kamerasiz alohida katerida oʻtirgan Hyunjinning yoniga yaqinlashgan qiz qoʻlidagi toʻpponchani mahkam siqib turardi.
Hyunjin: Demak qasos degin.... Mayli meni oʻldir....
Minso lab chetida jilmaydi.
Minso: Oʻldirish....ahahaha bu yengil emasmi? Men....antiqaroq ... Qasos turini bilaman.... Bilasanmi hozir sen ichgan shoʻrvangda menga yashirincha xizmatkorim tomonidan ichirtirgan aqldan ozdiruvchi tabletkalaring bor edi.
Hyunjin: Yoʻq....yoʻq..
Minso: Dozasi menikidan balandroq... Lekin seni organizmingdan bu tabletkalarni topolmasliklari uchun suvingga yana bir modda qoʻshib qoʻygandim. Bu degani qon tahlilida ham seni tugʻma kasal ekan deb tashxis qoʻyishadi....
Hyunjin: Yaramas Jodugar!!!!
Minso uning vajohat bilan kelayotganini koʻrib tezda oyogʻiga oq uzdi.
Hyunjin: AQLDAN OZDINGMI?
Minso toʻpponchani unga uloqtirib ogʻriqdan yerga yiqildi. Va unga iblisona jilmaydi.
Minso: Endi....seni....Rohiba Agataning kasalxonasiga joʻnatishadi....telba.... Hyunjin...u yerda seni.... Nima ahvolga solishlarini bilsang kerak....toʻpponchada seni barmoq izlaring bor edi..
Minso qoʻlidagi qoʻlqopni koʻrsatib iljaydi....
Minso: U aqldan ozganmi.. meni otdi. U telbaaa kasalllll
Nozir: Uni ushlanglar.... Xonim hozir hamshira chaqiraman....keling....yordam beray...
Taehyung yer toʻlada qonga belangan tana tepasida turardi. Qoʻllar va mushtlari qon....
Taehyung: Meni....Yeonam....
Mingyu: ...
Taehyung: Seni mana shu uchun politsiyaga topshirmadim....Unga qilganlaring uchun....bu jazo ham kam edi.
Mingyu: Meni oʻldirmaaaa iltimos oʻldirma... aybdorman...kechir
Mingyu emaklab uning oyogʻiga tiz choʻkdi va kaftlarini bir birga ishqalab kechirim soʻradi.
Taehyung: Seni joying jahannamda...
Mingyu: Agar meni oʻldirsang... Oʻsha yerda ham unga azob beraman! Uni azoblab ruhini ham qiynayman!
Taehyungning tomogʻiga achchiq narsa tiqildi. U egilib Mingyuning sochidan siqimlab oldi.
Taehyung: Shunday qil....men seni jahannamdan ham topib yoʻq qilaman!
Taehyung shunday deb idishdagi toza xlor suyuqligini uning ogʻzidan qiyin yubordi.
Mingyuning qichqirib undan qochishga qancha harakat qilmasin Taehyung uning yuzidan siqimlab 2 litr xlorni ogʻzidan quyib yuzini botirdi....
Sonining boʻynidan jinoiy javobgarlik olib tashlandi..... Mingyuning jasadi Yeona topilgan koʻprik ostidan topildi.... Hyunjin esa Rohiba Agataning ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi....
Qasos ham xun ham olindi....Adolat ham oʻrnatildi.
Soni va Taehyung chet elga Janob Kim va Kim xonim bilan ketishdi.
Jungkook va Minso esa qolishdi.
Sezilar sezilmas qornini silab qoʻygan Minso qabr toshidagi yozuvlarga tikilib sekin jilmaydi.
Minso: Biz katta boʻlyapmiz , Nick...
Minso qabr ustidagi tuproqqa barmoqlarini bosib his qildi.
Minso: Menga bergan...hayotingni goʻzal qilishga vaʼda beraman...eng baxtli....ayol va eng mehribon ona boʻlaman. Vujudimdagi kichik Nickni xuddi sen kabi jasur inson qilib tarbiyalayman...
Uni uzoqdan kuzatib turgan Jungkook sekin osmonga tikildi...
Pov_Jungkook
Biz....epladik.... Men shu vaqt mobaynida koʻp narsalarni tushundim...hatolarimni badalini toʻladim. Lekin men uchun eng katta darsni Nick Uald berdi....Aslida sevgini undan oʻrganish kerak....Jonini bergani ham emas....Shu paytgacha qorongʻu hayotida ziyo nur boʻlib kirgan insonga oʻsha zulmatni jannatga aylantirgani uchun....Men tan olaman uning sevgisini...
Hayotimizdagi hammasi uchun roziman... Bu botqoqdan chiqa olganimiz uchun ham rahmat.