Our Step Sisters
Onasi bilana bo‘lgan janjaldan so‘ng alam bilan uydan chiqqan qiz ko‘chada sarfardon kezardi. Onasidan yegan tarsakisi va miyasida o‘ralashib qolgan fikrlar bilan o‘zini hech ham yaxshi his qilmayotgan Minsoga shahardagi mashinalar ovozi ham yoqmay jig‘iga tegardi. Tinch va sokin joy izlagan qiz kolejga ketishda ko‘zi tushgan dengizni esladi va o‘sha tomonga yo‘naldi.
○○○○
Qum ustida dengizga qarab o‘tirgan qiz ko‘zlarini chuqur yumgancha o‘pkasini to‘ldirib dengiz sof havosidan nafas oldi.
- Naqar sokin
Ko‘zlarini sekin ochgancha shivirladi Minso
Uzoq dengizga tikildi dengiz ustida uchib yurgan qushlar, dengiz sohiliga kelib urulayotgan sokin to‘lqinlar go‘yo Minsoni bezota qilishni xoxlamagandek dengiz ham bugun ancha sokin va tinch edi. Minsoni alam bilan yongan yuragiga ancha sokinlik bag‘ishlashni uddasidan chiqqandi.
Quyosh ufqqa yaqinlashib borgan sari o‘z nurlarini yuqotib osmonni qizg‘ish ranga bo‘yarkan sohil ham ancha salqinlashishni boshladi. Uydan chiqqanda egnida yengil kiyim bo‘lgan Minso tanasiga kelib urulgan salqin shabadalarni his qilishni boshlab o‘z yelkasidan qo‘llarini o‘radi.
Biroz sovuq yigan qiz tanasiga issiqlik kirgizish maqsadida yaqin atrofdagi kafega kirdi. Cho‘ntagidagi pulga qararkan faqat bitta qahvaga yetarli pul bor ekanligiga guvoh bo‘ldi. So‘ngi puliga qahva sotib olib kasser yonidan uzoqlasharkan unga urulgan begona tanadan qo‘lidagi qahvasi yerga tushib to‘kildi. Bir qo‘liga bir yerda yotgan qaxvasiga qararkan qizni jazavasi qo‘zib uni turtib bamaylihotir etiborsiz ketgan yigit ortidan borib tirsagidan tortgancha joyida to‘xtashiga sabab bo‘ldi.
-Nima ko‘rmisan!!
Yigit ortga o‘girilishi bilan g‘azab bilan qisilgan ko‘zlar o‘rnini hayrat egalladi.
-Sen..
- O‘zing oyog‘im tagidan chiqdim omadimga qoyil.
Lab chetida kulgan yigit Minsoni uni tirsagidan olgan qo‘lini qayta ushlab og‘riqli qisdi.
-Bizni tugamagan ishimiz bor edi, menimcha bugun seni tarafkashing yoningda emas.
Hyunjin Minsoni qarshiligiga qaramay uni kafe ortiga olib bordi.
-Qo‘yib yubor lanati iflos!!
-Menimcha senga o‘tkan safargi darsim foyda bermabdi bu safar yaxshiroq dars beraman qizaloq
Iblisona jilmaygan Hyunjin yuziga kelib tushgan tarsakidan g‘azabi qo‘zib jag‘i qisilishni boshladi.
- Menimcha so‘zsiz tarbiya o‘tadiganga o‘xshaymiz
Minsoni bilagidan tutub turgan qo‘lini siltab itarib yuborarkan kuchli bosim bilan Minso yerga yiqildi.
○○○○
Qiz bola bo‘lishiga qaramay o‘z g‘azabiga yengilgan yigit Minsoni xoldan toyadigan darajaga yetkizib bo‘lgan edi.Unga taslim bo‘lishni istamagan qiz qarshilik qilishga urunar lekin baribir nozik tanasi ojizlik qilar edi. Ahiri madori tugagan qiz yerga yiqildi. Ko‘z o‘ngi qorong‘ulashib ko‘zlari yumilar ekan kimdir kelib qutqarishiga umid qilardi. So‘ngi ko‘rgan manzarasi esa u tomon yurib kelayotgan Hyunjinni siluiti edi.
Telefonida ijtimoiy tarmoqlarni kezib yurgan yigitni eshigi taqqilash ovozi chalg‘iti telefondan bosh ko‘tarmagancha javob berdi yigit.
-Kiring
Eshikni ochgan Jimin yotiqda telefon titib o‘tirgan Taehyung tomon yurib yonida o‘tirdi.
-Taehyung....
-Men unga tegmadim
Jiminni gapi oxiriga yetmasdim Taehyung uni gaplarini kesib tashladi.
- Men nima masalada kelganimni qayerdan bilding.
-Jimin sen meni akamsan seni mendan yaxshi biladigan inson bo‘lmasa kerak.
-Demak unda tegmading
-Deyarli. Yani xaddan oshar darajada tegmadim. Lekin meni jaxlimni chiqarish oqibatlarini ko‘rsattim.
-Men unga onasi aytgan gaplarni eshitdim
-Shunga nima qilibdi
Taehyungni beparvolarcha aytgan gapidan Jimin og‘ri xo‘rsindi.
-Nima bo‘lganda ham u qiz bola Tae.
-U shunga loyiq edi Jimin.
-U senga nima qildiki bunday deyabsan
-Buyog‘i seni ishing emas.
-Tae...
-Boshqa gaplashishni xoxlamayman gaping tugagan bo‘lsa marhamat xonamdan chiq!!
Telfondan boshini ko‘targan Taehyung Jiminga qoshlarini chimirgancha istehzoli so‘zladi.
Unga gapirish foydasiz ekanligini anglagan Jimin o‘rnidan turgancha xonani tark etdi.
Haeni xonasi yonidan o‘tarkan qiya ochilgan eshikka nazar tashlagan Jimin yotoqda o‘tirgancha tizzalarini quchib yig‘layotgan qizga ko‘zi tushdi. Eshikni ochish uchun qo‘l uzatdi va bir zumda fikridan qaytib qo‘llarini musht qilgancha pastga tushurib yo‘lida davom etdi.
Quyosh o‘z o‘rnini oyga bo‘shatib shaharni zulmat qoplarkan osmonda miltillab turgan yulduzlar va yangi to‘lgan oyga derazasidan termulgan qiz chuqur o‘yga botti. Miyasiga kelib urulgan fikrdan esa tezdi ko‘zlari katta katta ochilib telefonini qidira boshladi. Hae o‘z dardlari bilan bo‘lib singlisini unutib qo‘ygan edi. Minso qaytmaganini anglab unga telefon qilishni boshladi. Yo‘q bo‘lmayapti barcha chaqiruvlar javobsiz qolmoqda. Hae yana bir marta raqam terdi va telefonni asabiy siqdi.
-Minsoyim javob beraqol.
Yo‘q yana qo‘mg‘iroq javobsiz. Minsoni bunday odati yo‘q edi. Har qanday vaziyatda u javob berardi opasiga doim javob berardi. Hatto hech kim bilan gaplashishga hohishi bo‘lmagan taqdirda ham opasi havotir olmasligi uchun unga javob berardi lekin xozir yo‘q u javob bermayapti. Haeni qo‘rquvini sababi ham aynan shu edi.
Haeni esiga Yoongi tushdi va raqamini tergancha unga qo‘ng‘iroq qildi bir nechta chaqirilayotkanligi haqida ovoz va go‘shakka javob berilib yigitni chuqur ovozi narigi tarafdan eshtildi.
-Yoongi Minso yo‘q.
Hae shosha pisha birinchi aytgan gapi shu bo‘ldi
-Hae o‘zingni bos. Tushuntiribroq gapir
-Minso oyim bilan tortishib qolgan edi va uydan chiqib ketgan shundan buyon uyda yo‘q.
-Hoy qiz buncha vahima qilma u kap katta qiz biror yerda aylanib yurgardir
-Yo‘q u menga har qanday vazyatda habar berardi lekin yo‘q xozir uu yo‘q qo‘ng‘iroqlarimga javob bermayapti.
-Uni birorta dugonasi yoki tanishi, yigiti bor edimi ?
-Yo‘q Yoongi yo‘q uni bunchalik yaqinlari yo‘q.
-Uying tagiga tush xozir boraman
-Tezroq kel men qo‘rqib ketyapman
-O‘zingni bos men yoningdaman.
Hae telefonni qo‘ydi va egniga kiyim kiydi. Onasi uxlaganiga ishonch xosil qilib sekin oyoq uchida yurgancha uydan chiqib darvoza yoniga turgancha Yoongini kuta boshladi va ortidan eshtilgan qadam tovushlaridan ortga o‘grildi.
-Sen...
-Gap tenglaydigan odatim yo‘q lekin seni gaplaringni eshtib qoldim.
Jungkookni gaplaridan qoshlarini chimirdi Hae
-Men ham sen bilan boraman.
Jungkookni keyingi gaplaridan esa ko‘zlari katta ochildi.
-Yordaninga muhtoj emasman.
-Men ham senga yordam berish niyatim yo‘q. Keyin sen va singlingni qilmishlarini deb oilamizga dog‘ tushishini xoxlamayman shu sabab barchasiga ko‘z quloq bo‘lishim zarur.
-Jin ursin sen aka - ukalarni topib olganingiz oilangiz shani pul topib aqil topmaganlar.
Hae Jungkook tomon yaqinlashdi
-Agar singlimga nimadir bo‘lsa oilangiz shaniga qo‘shib manashu uyingizni ham yer bilan bitta qilib boshingizga qulataman ishon menga kichgina Kim.
Tishlari orasidan vishillagancha Jungkookga zahrini sochdi Hae.
Jungkookni g‘azab jag‘i qisilib gapirish uchun og‘iz juflarkan mashina signal ovozi uni chalg‘itti
Yoongi kelganini ko‘rgan Hae tezda u tomon yugurib mashinaga o‘tirish uchun eshikka qo‘l cho‘zarkan ortidan Jungkookni gaplari qulog‘iga chalindi.
-Men ortingizdan boraman.
Hae u bilan boshqa tortishishni xoxlamay ko‘zlarini og‘ir yumgancha mashinaga o‘tirdi.
-Qayerga boramiz.
Yo‘ldan ko‘z uzmagan xolda gapirdi Yoongi
- bilmayaman Yoongi bilmayman. Jin ursin.
Yoongi Haeni titrayotgan qo‘llariga ko‘zi tushib sekin bil qo‘li bilan uni qo‘lini tutgancha bosh barmog‘i bilan qo‘li ortini tinchlantiruvchi tarzda siladi.
-Haeyim.... hammasi yaxshi bo‘ladi singlingni topamiz. Qara yaxshilab o‘yla uni topish uchun telefon signalidan foydalanarmiz.
-Yoongi....
Miyasida chiroq yonganday baqirib yubordi Hae
-men nega oldinroq eslamadim. Ahir Minsoni telefoniga JPS o‘rnatgandik u men uni har doim topa olishim uchun o‘rnatishimga rozi bo‘lgandi.
Hae telefonini titib uni manzilini aniqladi
-Mana Yoongi JPS bir kafeni ko‘rsatyapti
Yoongi yo‘nalishga qaragancha mashina tezligini balandlatti
○○○○
Hae va Yoongi mashidan tushushar ekan zum o‘tmay ularni yonida Jongkook ham paydo bo‘ldi.
Yoongi Jungkookga qaragancha qoshlarini chimirdi
-Bu olifta kim bo‘ldi.
-Kim olifta ekan
Jungkook Yoongi tomon qadam tashlayotkanda Hae uni to‘xtatdi
-Sen janjallashishga kelgan bo‘lsang ketishing mumkin
Jungkook asabiy ko‘zlarini yumdi
Hae JPS ga qararkan u yaqin atrofni ko‘rsatti kafe ichini tekshirib chiqishgach u yerda Minso yo‘q ekanligini ko‘rishdi va tekshitib ko‘rish maqsadida kafe ortiga o‘tishdi .
Hae telefon fonarini yoqqancha atrofga nazar tashlarkan Minsoni telifoniga ko‘zi tushdi va atrofdagi qon izlarini payqab yerga o‘tirib qoldi. Qo‘llari titrab singlisini telefonini mahkam sqarkan hali eskirishga ulgurmagan qon izlarini ko‘rib ko‘zlaridan yoshlar otilib chiqdi.
-Singlim...
Ovozi titragancha shivirladi Hae
Yoongi va Jungkook Hae tomon yugurib kelisharkan ular ham yerdagi qon izlarini payqashdi
Yoongi darhol Haeni yelkasidan tutgancha bag‘riga oldi.
-Hae o‘zingni boss.
-Yoongii....qon..
-Men kafe kameralarini tekshiraman
Jungkook kafega qayta kirdi va kafe boshlig‘i bilan gaplashib kameralarni tekshira boshladi. Yoongi va Hae ham uni ortidan kirishdi. Hae ko‘zlarida yosh va tanasidagi titroq bilan kameradan ko‘zini olmas ekan. Kamera yozuvlarida Minso paydo bo‘ldi.
Sinchiklab kamera yozularini tekshirisharkan kameraga so‘ngi tushgan manzara Hyunjin zo‘rlik bilan Minsoni qo‘lidan tortib ketayotgani edi. Kafe ortida esa kameralar yo‘qligi bois qolgani malum emas edi.
Hyunjinni ko‘rgan Jungkookni qo‘llari musht bo‘lib asabdan jag‘i qisildi.
-Seni o‘ldiraman Hyunjin..
O‘zi eshitadigan darajada shivirladi Jungkook.
-Men bu yigitni taniyman qani kettik
Jungkookni gaplaridan Hae unga umid ko‘zi bilan qaradi.
-Singlimni topamiza.
Haeni gapi qolgan so‘zlaridan farqli darajada yumshoq chiqdi.
-Senga vada beraman o‘gay singlimni albatta topamiz..
Jungkook cho‘ntagidan telefonini chiqarib nimalarnidan titkilagancha ularga yuzlandi.