August 11, 2020

Bukslarda pul ishlash haqida batafsil

Bukslar o’zi nima? Bukslar bu kichik topshiriqlar bajarish evaziga sizga pul to’laydigan saytlar.

  • Serfing(saytga kirib tomosha qilish)
  • Saytlardan ro’yxatdan o’tish
  • Ijtimoiy tarmoqlarda kichik topshiriqlar(obuna bo’lish, like bosish, izoh qoldirish)
  • va shunga o’xshash

ISHONCHLI BUKSLAR

Bukslarni sinab ko’rish uchun 2 kunni o’zi yetarli bo’ldi. 2 kunni ichida 5 buks saytlaridan foydalandim. Bular: SeoFast, Seosprint, WmFast, Piarim, Socpublic.
Bularning orasida Seosprint va Socpublicni sizlarga taklif qilaman. Chunki bular eng ommabop bukslardan hisoblanib bu yerda topshiriqlar juda ko’p va tugamaydi ham to’lovlarni vaqtida va tez to’laydi. Qolgan bukslarda himoya juda past va topshiriqlar juda kam, to’lovga kelsak bu yerdaxam tez amalga oshiriladi.

SEOSPRINT ENG ISHONCHLI BUKS

Demak siz bilan Seosprint saytida pul ishlashni ko’rib chiqamiz va saytdan qanday foydalanish haqida batafsil tushuntiraman.

1. Saytga o’tamiz: https://seosprint.net/

2. «Создать аккаунт» tugmasini bosamiz
3. Endi o’zingizga nom o’ylab topib ishlab turgan pochta manzilingizni yozasiz

4. endi esa pochtangizga login va parol boradi, pochtaga borib ulardan nusxa olib saytga yozib saytga kiramiz

5. Saytga kirvolgandan keyin “Мой профиль»ga o’tamiz va o’zimiz haqimizda to’ldiramiz bu tel raqam va pulni chiqarish uchun Webmoney hamyonni adresini to’ldiramiz

6. Hammasini to’g’ri to’ldirgandan keyin «Заработок» tugmasini bosib «Задания»ga kiramiz va hamma topshiriqlarni ko’ramiz

7. Bu yerda topshiriqlarni sortirovka qilish imkoniyati ham mavjud, masalan siz faqat telegramga oid topshiriqlarni bajarmoqchisiz(kanalga obuna bo’lish, botdan ro’yhatdan o’tish) Telegramni tanlaysiz va telegramga oid topshiriqlar chiqadi

8. Endi o’zimizga yoqgan topshiriqga bosib kirmiz va «Начать выполнение» tugmasini bosganimizdan keyin bizni topshiriq bajarilishi kerak bo’lgan saytga jo’natadi

9. Topshiriqni bajarib bo’lgandan keyin «Отчет» yuboramiz

10. Agar hammasini to’g’ri bajargan bo’lsangiz pul tez orada hisobingizga tushadi

11. Endi yetarli pul ishlab bo’lgandan keyin uni chiqarish uchun balans ko’rinib turgan yerga bir martda bosib «Вывести средства»ni bosib summa kiritasiz va albatta Webmoney WMZ yoki WMRni tanlaysiz va pulni hamyonga chiqarasiz

HULOSA

Bukslarda sarmoyasiz pul ishlash oson lekin ko’p emas. Yarim soatda 21rubl(4000 sum) ishladim va chiqardim. Kuniga 3 soat sarflasangiz 100 rubldan(15000 sum) ko’proq ishlashingiz mumkin. Albatta bu juda oz. Lekin internetdan pul ishlashni endi o’rganayotganlar uchun ayni muddao. Chunki bu saytda topshiriqlar bajarayotganingiz bilan birgalikda boshqa proektlarni o’rganib chiqishingiz mumkin. Chunki saytda berilayotgan topshiriqlarning ketidan topshiriq beruvchilar sizga 2 rubl to’lasa o’zlari 20 rubl ishlab topishadi

Havolalar

Seosprint - https://seosprint.net/
Socpublic - https://socpublic.com/
Webmoney hamyonidan foydalanish - https://telegra.ph/Elektron-pochta-va-elektron-hamyonlar-Yaratish-sozlash-va-boshqarish-08-06

Nimanidir tushunmadingizmi? Savolingiz yoki taklifingiz bormi? unda men bilan bogʻlaning - @formulac