Kanal yurutish uchun yo’riqnoma(CHOYNAKLAR UCHUN)
Birinchi o’rinda maqsadni aniqlab olish kerak, nega kanal ochayabsiz?
- Pul ishlash
- O’zingizni mahsulot va xizmatingizni sotish
- O’zingizni bloger sifatida rivojlantirish
Kanal orqali pul ishash uchun juda katta mehnat talab qilinmaydi. Logotip yoki kontentga juda ahamiyat berish shart emas. Asosiy daromad albatta reklamadan. Demak kanal uchun qanaqa mavzular ko’p pul olib keladi?
Birinchisi hozirda adminlar uchun reklama ortidan katta daromad olib kelayotgan kanal bu lokallashgan kanallar, ya’ni qaysidir shahar yoki viloyat hayotini yoritib beradigan kanallar. Agar kanalingizda odamlar soni 10000tadan oshsa reklama beruvchilar o’zlari oqib keladi. Va asosoiy reklama albatta mahsulot va xizmatlar taklif qilishdan iborat bo’ladi.
Masalan Navoiy kanalda 2020 yilning may oyida 206 reklama posti qo’yilgan va bitta reklama narxi 140.000 so’m. Reklamalarning bari xizmat yoki mahsulot takliflaridan iborat. Oyiga 20 mln so’m yomonmas to’g’rimi?)
Ikkinchisi bu ko’ngilochar kontentga mo’ljallangan kanal(video, musiqa, rasm). Bu yerda sizga obunachilar to’plash oson bo’ladi. Va ko’p hollarda kontent sifatiga etibor berish shart emas. Asosiysi ko’ngilochar va lokal video rasmar tashlab turish talab etiladi. Bu yerdaxam asosiy daromad reklamadan kelib tushadi. Reklamani 97%dan ko’prog’I kanallar reklamasi bo’ladi.
Masalan Kanallani Dodasi ham o’zini faolliyatini musiqa tashlashdan boshlagan avtomobillar uchun. Hozir qaerda ekanligini o’zingiz bilasiz
O’ZINGIZNI TOVAR VA XIZMATLARINGIZNI SOTISH
Agar kanal orqali siz o’zingizni xizmat yoki mahsulotlaringizni sotmoqchi bo’lsangiz siz kanalaga faqat xarajat qilasiz va faoydani sotilgan xizmat yoki mahsulotingizdan olasiz. Bu yerda albatta birinchi bo’lib kompaniya yoki firmangizni brend qilib olishingiz kerak avvalam bor sifatli logotip yaratish kerak(bu haqida sal pastroqda yozib qoldiraman). Va eng asosiysi kanal yurutishda marketolog xizmatidan foydalanishingiz kerak.
Masalan Mebellar markazi kanalini oladigan bo’lsak u Kun.uz kanali bilan hamkor bo’lishgaxam ulgurgan va kanalda umuman reklama bermaydi. Natijasini o’zingiz ko’rishingiz mumkin. Menham mebel kompaniyasida marketolog bo’lib podrabotka qilaman va mana men yurutadigan kanal: http://t.me/furniture_navoi
Agar sizning maqsadingiz Telegram kanal orqali o’zingizni bloger sifatida tanitish bo’lsa siz juda ko’p mehnat qilishingizga to’g’ri keladi. Avvalam bor aniq rivojlanish rejasini qo’yib olish kerak:
- -Qaysi sohada bloger bo’lolasiz(Ya’ni bilimingiz yuqori bo’lgan soha)?
- -Tanlangan mavzu aktualmi va 3-4 yildan keyinxam aktual bo’ladimi?
- -Telegramdan tashqarida(Youtube, Facebook, Vkontakte, Instagram) siz tanlagan mavzu ommabop bo’loladimi?
Albatta bloger yo’lini tanlaganingizdan keyin Telegram bilan cheklanib qolish ahmoqlik. Rejangizda qachon Telegramdan tashqarida kontent yaratishni ham ko’rib chiqishingiz kerak.
KANAL YURUTISH UCHUN KERAKLI YORDAMCHILAR
Demak birinchi o’rinda sizga logotip kerak bo’ladi. Agar Photoshop, CorelDraw yoki Illustratorda ishlab bilmasangiz siz uchun logotip yaratishni oson yo’lini kanalda ko’rsatganman: https://t.me/choynakuzb/64
Ikkinchi o’rinda sizga botlar yordami kerak bo’ladi bu haqidaxam kanalimdagi ma’lumotni o’qishingiz mumkin: https://t.me/choynakuzb/41
Va kanalga joylayotgan postlarni chiroyli va to’g’ri bezash kerak bu uchun mana bu maqolamni o’qing: https://t.me/choynakuzb/42
CHOYNAKDAN IKKI OG’IZ MASLAHAT
Birinchisi bu plagiat qilishdan qo’rqmang
Boshida hamma blogerlarxam kontentni chet el yoki boshqa manbalardan olib o’rgangan. Boshida postlaringiz boshqalardan olib o’zingizdan qo’shib qo’shib ohiri o’zingizni formatingizni topasiz va mustaqil blogerga aylanasiz(albatta plagiat davrida qolib ketmasangiz)
Ikkinchisi erinchoqlikdan voz keching
Qancha tinim bilmay kontent ustida ishlasangiz shuncha ko’p va shirin mevasini totasiz;)