Hujayra tuzilishi
Yerdagi barcha hayot shakllarini hujayraviy tuzilishiga ko'ra ikki turga bo'lish mumkin :
Prokariotlar (lot. pro — oldingi, ilgarigi va karion — yadro) — hujayrasida membrana bilan chegaralangan yadrosi boʻlmagan organizmlar. P.ga bakteriyalar, sianobakteriyalar, arxebakteriyalar kiradi. DNK, oqsil va RNKdan iborat yadro apparati sitoplazmada ochiq joylashgan. Genetik sistemasi (genofor) hujayra membranasiga yopishgan boʻlib, primitiv xromosomaga mos keladi. Koʻpayishda genoforning har qaysisi hujayra membranasi bilan birga yangi hujayralarga oʻtadi. Mitoz boʻlmaydi, xloroplastlar, endoplazmatik toʻr, mitoxondriyalar, Golji apparati, sentriollar uchramaydi. Hujayra devori asosi glikopeptid murendan iborat. Ribosomalari ancha kichik, eukariotlar xromosomalaridan oqsil soni va sedimentatsiya koeffitsiyenti bilan farq qiladi. P. bir qator oʻziga xos spetsifik fiziologik jarayonlar, mas, havodan molekulyar azotni oʻzlashtirish xususiyatiga ega. Ayrim karashlarga binoan, P. eukariot ajdodlari bilan birga eng qadimiy hayvonlarga kiritiladi.
Eukariotlar (yunoncha: yei yaxshi, haqiqiy, butun va kaguop — yadro) — toʻliq shakllangan, haqiqiy yadroga ega boʻlgan hujayrali organizmlar. E.ga suvoʻtlar, yuksak oʻsimliklar, barcha hayvonlar, zamburugʻlar kiradi. E. DNK si yadrodagi xromosomalarda joylashgan boʻlib, gistonli oqsillar bilan birikkan nukleosomalarni hosil qilishda ishtirok etadi. E.ning hujayralarida membranali organoiddar yaxshi rivojlangan; ayrim organoidlari (mitoxondriyalar va xloroplastlar) da DNK va avtonom oqsil sintezlovchi apparat mavjud.