June 16, 2025

Thanatos

– O'zingdan qocha olsang ham, mendan qocha olmaysan...

– π“π€π„π‡π˜π”ππ†
-𝐜𝐑𝐚𝐩𝐭𝐞𝐫 1

Men hali ham uni shu ahvolga o'zim solganimdan so'ng uni ko'rgani kelayotganimga ishonolmayapman. Bu aqldan ozganlik. Balki boshqalarga qilgan ishlarimni va yana uning oldiga kelayotganimni - uning psixologi bo'lib kelayotganimni aytsam ular buni ustidan kulish deb o'ylashlari mumkin. Ammo ular men his etgan qorong'u hissoyatlar va istaklarni tushunolmaydilar. Bu o'zgacha. Rassomlar, yozuvchilar, qo'shiqchilar mo'ljallangan ishlarini bitirgandan so'ng o'zini qanday his etsa, men ham o'zimni shunday his etaman... Ohh, mening san'at asarim... Yaratgan asarimni ko'rishimga oz qoldi. Albatta xatoliklarni ham to'g'irlaymiz. Oz qoldi, telba farishtam.

Bu yerdagi uzun yo'lak va ko'plab palatalar, va yana orqamdan kelayotgan ikki qo'riqchi, barchasi mening asab tolalarimni yeb bitiryapti. Bu yerga - mening farishtamga qo'riqchi nega kerak deb o'ylashdi bular. Qo'riqchilarni unga kuchi yetadi deb o'ylashlarini o'zi meni kulishga majbur qilyapti. Yoki chindan ham farishtam o'zini yaxshi tutish haqida o'rganib olgan. Albatta buni ko'rish men uchun zerikarli bo'lmaydi.

Vanihoyat yoqimsiz yo'laklar tugadi va men kutgan - meni kutayotgan eshik oldida to'xtadik. Qo'riqchilardan biri eshik qulfini ocharkan uni qulflab qo'yishgani mening g'azabimni keltirgani sabab qo'limdagi ma'lumotlar bilan to'la bo'lgan faylni qattiq qisdim. Uni shu yerga qulflagan holda mahbusdek saqlashayotganlari uchun ularni hozirni o'zida o'ldirishim mumkin edi. Ammo men hozirgi holatda bemorga yordam beruvchi "psixolog"man. Shu sababdan mendan tashqari farishtamni qamab qo'yishga jur'at etgan ahmoqlar bilan qiladigan ishimni keyinga qoldirganim ma'qul. Hozir esa e'tiborimni bu yerga kelishimni asosiy sababchisiga qaratganim ma'qul.

- Janob, iltimos bemor bilan ehti-, - qo'riqchilardan biri eshikni ochishdan oldin menga xavfsizlik qoidalarini tushuntirishga harakat qildi. Ammo samarasiz.

- Sizningcha, shuncha faylni nima sababdan o'qidim, - ularga qaramagan holda gapirib eshik tutqichiga o'zim qo'l uzatdim. Va ularga eshitilmaydigan qilib ming'irlagancha ichkariga qadam tashladim, - O'ylaymanki bu ishlamaydigan miyangizni sug'irib olganimdan so'ng, ko'chadagi itlarga yaxshi ovqat bo'lish uchun yaraydi.

Vanihoyat eshikni ortimdan yopganimdan song qorong'u yo'lakdan so'ng yorug' xonani topdim. Mening telba farishtam. Mahsus yotoq ustida kichik karidorga qaragancha tizzalarini quchib o'tiribdi. Kiyib olgan oq kiyimi bemorlar uchun mo'ljallangan taqdird ham, uni yanada "telba farishta" ko'rinishiga keltirmoqda... Ohh uning yaqinimda ekanligini his etishni o'zi ham meni yirtqich hayvonga aylantira oladi...

Ortiqcha vaqt sarflashni xohlamay u tomon yaqinlashdim. U hatto xonaga odam kirganini uning yotog'iga yaqinlashmagunimcha sezmadi. Xonada yolg'iz emasligini his qilib men tomon tezda yuzini o'girdi. O'sha men sog'ingan yuz ifoda: qo'rquv va chuqur hissiyotlarga to'la. Yuzlari oldingidan ham oqarib ketgan, lablarining men sevgan rangi o'chgan, terisi suyaklariga yana mahkam yopishganga o'xhshaydi.
U menga biroz muddat qarab turdi. Huddi ajalni ko'rgandek qotib qolgan yoki mening haqiqiyligimni analiz qilyapti. Men ham unga imkon bergan holda uning ko'zlariga javoban qarab turdim, toki xona bo'ylab past ovozda mening ismim yangramaguncha:

- T-taehyung, - esladi! Meni esladi. Oradan o'tgan besh oydan so'ng ham unga shu holatini ravo ko'rgan telbani esladi. Albatta, meni eslashga majbur. Unutgan taqdirda ham esiga solish qiyin ish emasdi.

- Qoyil! Xato o'ylarsiz meni taniding. Barakalla!

Uni endi maqtay boshalagandim, afsus, yana o'zini yo'qotib qo'yishni boshladi. Yuzidagi qo'rquvga vahima ham aralashdi. U baqirganch yotog'ining bir chekkasiga borib o'zini mendan himoya qilish uchun quchdi. Lekin menga bu day himoya vositalari ish bermaydi... Sochlari allaqachon to'zishga ulgurgan, ammo hali ham tinchlanmadi. Eshik oldiga yaqinlashayotgan qadam tovushlarni eshitarkan, agar u jim bo'lmasa boshlanmagan suhbatimiz erta tugashi mumkin edi. Qo'limdagi fayllarni yotoq ustiga tashlab, tizzamni yotoq ustiga tirab qo'rquvdan qaltirayotgan farishtam tomon egildim. Uning qo'llarini yuzidan olib tashlab, nigohlarini menga qaratishiga majbur qildim. Menga qaragan payt ovozi pasaydi, nafaqat sokin bo'lgandek o'chdi.

- Ko'p erkalab yuborsang, o'zidan ketib qoladi degan gap to'g'ri shekilli, - men uning nozik bilaklarini ushlab turgancha uning ko'zlariga meni xafa qilgandek qarab turardim. U esa joyida qo'yib qolgancha o'tirardi. Agar uning tartibsiz nafas olishini yuzimda his qilmaganimda uni o'lib qolgan deb o'ylardim.

- I-iltimos... Bu yerdan ket, - hmm anchadan beri eshitmagan mayin va iltijoga to'la ovozni eshitish boshqacha hisni beradi. Boshqalarniki emas, aynan mening farishtamning yalinishini meni butun dunyo ustidan hukmronlik qilolishim his ettiradi. Chunki men uni boshqaraman.

- Kelishim bilan meni haydashing...bu yaxshi ish qilayotganingni anglatmaydi, hmm?, - uning bilaklarini ogohlantiruv sifatida qattiqroq qisib qo'ydim.

U juda ham qo'rqoq va nozik. Albatta uni bunday qilish ancha vaqt va qurbonliklar talab qildi. Lekin ketgan jonlar uning itoatkorligiga arzimaydi... U hali ham qaltirayapti. Buni his qilyapman. Va bundan yoqimliroq narsa yo'q.

- Seni sog'inganimni, huddi giyohvand moddamni yo'qotib qo'ygandek aqldan ozganimni bilsang edi, - uning quloqlariga past ovozda shivirladim, - Sen bilan suhbatimizni boshlashdan oldin men o'rgatgan narsani senda ko'rishim kerak.

Men uning kattalashgan ko'zlariga qaradim. U men nimani nazarda tutganimni biladi. U savdoyi bo'lishiga qaramasdan men o'rgatgan har bitta mavzuni eslab qoladi... Men uning ko'zlarida ikkilanish va norozilik ifodalarini ko'rdim. Tanam olishim kerak-ki bu meni hursand qilmadi, balki aksincha.

- Xo'sh, menga birinchi holatni ko'rsatmoqchimisan yoki..., - men gapimda to'xtab yuzimda kichik tabassum qildim. Chunki u "yoki" so'zidan so'ng og'irrog'i borligini biladi. Shu sabab ham boshqa iloji yo'q.

Men uning bilaklarini asta bo'shatdim, yuzidagi tabassum ketmagancha uning oldidan qochgan holda yon tomoniga o'tirdim. U biroz ikkilanish bilan yotoqdan siljib o'rnidan turdi. Men esa oyog'imni kesihtirib uning keyingi harakatlari kutilganidek bo'lishini kuzatdim. U meni qarshimga kelib biroz asabiy holda oddiy ko'ylagining uzun etagini qisib, yerga qarab turdi. Keyin astalik bilan sovuq polga o'tirdi. Oyoqlari esa pol va uning pastki qismi orasidagi bog'lanishga to'sqinlik qilib turardi.
Keyin shunday holatda biroz o'tirib, boshini asta tizzamga qo'ydi... Mmm, mening telba farishtam, barakalla!
.

.

Author: S. Fiona Claire