July 27, 2025

Thanatos

โ€“ O'zingdan qocha olsang ham, mendan qocha olmaysan...

โ€“ ๐€๐”๐“๐‡๐Ž๐‘
๐œ๐ก๐š๐ฉ๐ญ๐ž๐ซ 9

โ€“ ๐˜๐˜ญ๐˜ข๐˜ด๐˜ฉ๐˜ฃ๐˜ข๐˜ค๐˜ฌ ๐˜ฅ๐˜ข๐˜ท๐˜ฐ๐˜ฎ ๐˜ฆ๐˜ต๐˜ฎ๐˜ฐ๐˜ฒ๐˜ฅ๐˜ข | 7:19

Kepkasini boshiga bosib kiyib olgancha, kichik hiyobondagi kattakon daraxt tagida kutib turgan qiz haligacha biroz oldin qilgan ishi haqida o'ylanmoqda. Taehyungning unga qilgan harakatlari va aytgan tahdidlarini o'ylarkan, tanasida o'zi bilmagan holda titroq paydo bo'lardi. Biroq Fiona, bu qilgan ishining unga dahli yo'qligini va o'zi uchun to'g'ri deb bilgani tog'riligini o'ziga ta'kidlardi.
Fiona shu holatda atrof-muhitga huddi o'g'rilik qilgan insondek qarab qo'yardi. Ichidagi to'xtatib bo'lmayotgan havotir sabab yelkasiga tegingan iliq haroratdan cho'chib tushib tezlikda ortiga o'girildi. Ortidagi shaxs kim ekanligini bilgandan so'ng yengil nafas chiqardi.

- Suhyun, hech bo'lmasam tomoq qirib kelsang bo'lardiku.

- Hoy, rostdan ham yengil teginishim seni qo'rqitdimi?, - yengil kulishni boshlab dedi u, - Unda seni birdaniga quchoqlab olishim kerak edi. Lekin bu mitti yurakchang yotib ketishidan qo'rqaman.

- Yelkamga teginishingni o'zi ham yuragimda joylashgan nechtadir tomirimni uzishga ulgurdi, - Fiona kepkasini to'g'irlagancha yuzini berkitdi.

- Nega kepka kiyib olgansan? Yoki yuzingga qandaydir husn buzar chiqdimi?

- Suhyun, - chuqur nafas olib bolaga jiddiy yuz ifoda bilan qaradi Fiona, - Sen bilan gaplashishim kerak bo'lgan muhim bir masala bor. O'tirib gaplashib olaylik.

Suhyun qizning yuzidagi jiddiy ifodani ko'rib biroz havotirga tushdi. Odatda Fiona Suhyun bilan birga bo'lgan vaqtda Fionani bunday jiddiy bo'lishi kamdan-kam hollarda edi. Shu sababdan uning jiddiyligini befarq qoldirib bo'lmasligini bilgan Suhyun Fiona bilan daraxtga yaqin joylashgan o'rindiqqa joylashdi. Keyin boshini pastga egib gapni nimadan boshlashni bilmayotgan Fionadan gap kutardi.

- Kechagi uchrashuvga kelolmaganim uchun uzur, - vanihoyat boshini ko'tarib gapni boshladi Fiona.

- Agar jiddiy gaping shu haqida bo'lsa, bunga jiddiy qarashni keragi yo'q. Lekin rostdan ham nega kelmading? Telefon qo'ng'iroqlarimga ham javob bermading, - Suhyun asosiy maslani shu deb hisoblab biroz tashvishni chetga surdi. Lekin Fionani keyingi gaplari tashvishni ortiga qaytardi.

- Yo'q asosiy masala bu emas. Kecha kelolmaganimning sababi ham shunda...

~~

Fiona Suhyunga Taehyung va u o'rtasida bo'lib o'tgan barcha voqeani so'zlab berdi; Unga qilgan ahloqsiz qiliqlari, opasi tog'risida aytilgan tahdidlar. Uning gaplarini eshitgan Suhyun Taehyungga nisbatan gazaby, qizga nisbatan esa himoyachilik hissini tuydi.

- Suhyun, bu yerga kelganim sabab u opamga qandaydir yomon ish qilgan bo'lsa-chi, - Fiona gapirish chog'i saqlab turgan ko'zyoshlarini tiyib turolmay chiqarib yubordi, - Bu... Bu ish uni qo'lidan keladi... Lekin bunga men ham ishonmaslikni xohlardim.

Suhyun oldida yig'layotgan "yaqin do'st"ini bu holatda ko'rishga chidab turolmay unga biroz qulaylik yaratish uchun uni bag'riga oldi. Qizni beliga urib, uni yig'lashdan to'xtatishga harakat qilarkan miyasida hali ham Taehyungni Fionaga nisbatan qilgan "hunuk" ishlari aylanardi.

- Agar u opangga barmoq uchini tekkizgan bo'lsa, u bilan qonuniy tomondan gaplashishimiz mumkin. Politsiya, sud, qonun degan narsalar bor... Havotir olma, uni sizlardan uzoqlashtirish uchun barchasini qilamiz.

Fiona Suhyunni bag'rida yig'lagancha unga "bu narsalar Taehyungni to'xtatishga kuchi yetmasligi" haqidagi tahminini aytmoqchi bo'ldi, ammo bir necha muddatga bo'lsa ham imkoni borligiga ishonishni xohlab indamadi.

Fionaning sumkasidan kelgan telefon bildirishnoma ovozi birlashib turgan ikki jismni ayirdi. Iliq quchoqdan chiqqan Fiona ko'zyoshlarini yengiga artib, kichik sumkasini ochib ichidan telefonini oldi. Ekrandagi noma'lum raqamdan kelgan xabarni ko'rib biroz qoshlari chimirildi. Keyin telefonni qulfdan chiqarib xabarni to'liq ochdi. Bu shunchaki xabar emas, rasmli xabar - Chaeminning divanda hushsiz holda yotgan rasmi edi. Fiona qaltiragancha rasmni tekshirishga ulgurmay o'sha noma'lum raqamdan qo'ng'iroq bo'la boshladi. Fiona unga "nima bo'lyapdi?" degandek qarab turgan Suhyunga qarab qo'yib qo'ng'iroqqa javob berdi:

- E-eshitaman?

-- Farishtamni ovozidagi qaltirashiga qaraganda jo'natgan ajoyib rasmimni ko'rgan. Shundaymi, farishtam?, - telefon ortidan eshitilgan kinoyali, tanish ovoz Fionani tanasi bo'ylab titroq yubordi.

- S-sen...

-- Shhh, yomon farishta, - Taehyung Fionani gapini kesdi, - Opangni ahvolini yaxshilab ko'rding deb umid qilaman. Hozircha nafas olmoqda. Ammo hayotiga nuqta qo'yish yoki qo'ymaslik sening qo'lingda.

- Opamga nima qilding, lanati, - qo'rquv ohangda shivirladi u.

-- Tilingga ehtiyot bo'l, - tinch ovozda biroz g'azab sezildi, - Hoziroq uyga qaytib kel. Bo'lmasa o'ynayotgan o'yiningda yo'qotishlar soni ko'payadi.

Taehyung so'nggi so'zini gapirib javob kutmay suhbatga yakun yasadi. Fiona qo'lida telefonni ushlab turgancha unga havotirli qarab turgan Suhyunga achinarli holda qaradi. Taehyungning "yo'qotishlar soni ko'payadi" degan so'zining ma'nosi nimaligini tushunib, Suhyunga nisbatan hali qurib ulgurmagan ko'zlariga yosh keldi.

- Bu o'shami? Taehyung?, - Suhyun qotib unga qarab turgan qizga dedi. Fionani Bosh chayqashidan so'ng yon tomoniga qarab pichirlab so'kindi, - Senga nima dedi u ahmoq?

- Men ketishim kerak, - savolni javobsiz qoldirib o'rnidan turgan Fiona ko'zyoshlarini artib, kiyimlarini to'g'irladi.

- Qayerga ketasan? Uni oldigami?, - Suhyun ham tezlikda o'rnidan turdi, - Agar ha bo'lsa, o'zingni yolg'iz jo'natmayman.

- Suhyun, u menga hech narsa qilolmaydi.

- Nima bo'lsa ham, opangni bunday ahvolga solgan inson senga bundan yomonlarini qilishi mumkin.

- Suhyun... Iltimos undan hozircha uzoqroq yur. Senga ham nimadir bo'lishidan qo'rqaman, - u Suhyunni qo'lini ushlab mahkam qisdi.

- Fiona...

โ€“ ๐˜›๐˜ช๐˜ฎ๐˜ฆ๐˜ด๐˜ฌ๐˜ช๐˜ฑ | 7:54

Fiona uy ichiga iloji boricha tezroq kirishga harakat qilarkan, ammo tez urayotgan yuragi yuborayotgan titroq bunga to'sqinlik qilgandek edi. U kichik zinalardan chiqib, eshikni ochdi. Eshikni yopmasidan ko'zi xona bo'ylab aylana boshladi. Va divanda hushsiz yotgan opasinga kelganda to'xtadi. Eshikni ortidan yopgan Fiona shoshilgancha opasi tomon qadam tashladi. Opasining yuzida ko'karishlar, ochiq qolgan qo'l terisida esa kamar izlari rang berib turardi.

Divan yoniga cho'kalab, opasining bo'yniga hissiyot sabab muzlagan barmoqlarini qo'yib yurak urishini tekshirdi. Barmoqlari ostida kichik urilishni sezgandan so'ng, boshini opasi qo'liga ko'mib ko'zlarini yumgan holda chuqur nafas oldi. Huddi qandaydir yuragidagi og'ir yuk yo'qolgandek his etdi o'zini.

- Yomon farishtam aqlli farishta bo'lishga ahd qildimi?, - zinalardan tamaki tutatgancha tushib kelayotgan Taehyung sovuq ovozda dedi, - Men qilgan ishi uchun jazolashim kerakmi yoki mukofotlashim?

Fiona boshini opasining qo'lidan boshini asta ko'tarib, u tomon xona bo'ylab tutun chiqargancha kelayotgan Taehyungga qizargan ko'zlari bilan qaradi. Taehyung qanchalik yomon ishlar qilmasin, lekin uni shunga yarasha husnga ega deb bo'lmaydi. Unda o'zgacha aura bor; uni bilganlarni bu aura bilan qo'rqitadi. Uni bilmaganlarnu esa o'ziga oshiq qiladi.
Taehyung yuzidagi tabassumni payqar ekan vujudi bo'ylab g'azab yoyila boshladi. O'rnidan turib asta u tomon yurish ko'yi gapirdi:

- Sen...sen opamni nima ahvolga solding?! Haqiqiy hayvonsan, - har qadam tasharkan uning ovozi ko'tarilib borardi.

- Mening qoidalarim bo'yicha yurish kerak edi. Ogohlantirishlarimga qaramay boshqa yigit bilan qochish o'rniga, - Taehyung ham u tomon yaqin keldi. Bir qo'lida barmoqlari tamakini ushlab turarkan, ikkinchisi esa unga nisbatan jasorat aralash qo'rquv bilan boqib turgan yuzni qisih uchun ko'tarildi.

- Unda opamni do'pposlamasdan, men bilan gaplashish kerak edi. Nahotki rafiqangga rahming kelmasa?, - ko'zlaridan yosh chiqib baqirdi u, Taehyungni qo'lini olib tashashga harakat qilarkan.

- Men shunchaki shaxmatdagi piyodalarni olishni boshlayapman. Va ishon, ulardan qutilib sening oldingga borganimdan so'ng, qochishga.yo'l.yo'q!

- Biz shunchaki senga shaxmat o'yinchisi emasmiz.

- Sen emas, ammo ular. Sen men uchun nimaliging haqida bu kichik miyangda hech qanday fikr yo'q, - asabiy holda deyarli tugagan tamakini asabiy yerga tashlab, past ovozda shivirladi u, - Agar buni ko'rolganingda...

- Ko'rdim. U yerda shavqatsizlik va zulmdan boshqa hech narsa yo'q. Va men sendagi bu qorong'ulikda qolishni hech qachon xohlamayman!

- Sen shu qorong'ulikda nur bo'lasan, - Taehyung ovozini yumshatishga harakat qilardi, biroq ichidagi rash sabab ko'tarilayotgan bosim bunga yo'l bermasdi, - Va men buni so'ramayman. Talab qilaman. Va sen, buni bajarishga majbursan.

- Hech qachon. Sendek zolim bilan o'lsam ham birga bo'lmayman.

- Bu so'zlaringga o'zing afsuslanasan farishtam, - Taehyung cho'ntagidan vaksina bilan to'lgan shpristni chiqarib, yuzini qattiq qisib turgan Fiona bo'yniga suqdi. Bo'ynidagi keskin og'riqdan ko'zlari kattalashgan Fiona Taehyungga qaradi. Kattalashgan ko'zlari asta yumilar ekan, tanasi ham bo'shashib Taehyungnikiga tushdi, - Biroz dam ol, farishtam...

โ€“ ๐˜›๐˜ช๐˜ฎ๐˜ฆ๐˜ด๐˜ฌ๐˜ช๐˜ฑ | 20:08

- Juda ham ehtiyot bo'linglar. Oldiga faqat ishonchli hamshiralargina kirsin.

Quyoshning so'nggi nurlari tushib turgan xonada yotoq chekasida o'tirgancha Taehyung shifoxonadagi qo'riqchisi bilan suhbat olib borardi.

-- Janob, havotir olmang, barchasi siz aytgandek. Kim xonimnj oldiga asosiy shifokor va hamshiradan boshqa hech kim kirolmaydi.

- Yaxshi. Keyin uni Kim xonim deb chaqirishni bas qiling, tushunarli, - jiddiylik bilan dedi u.

- T-tushunarli janob, - xo'jayini javobidan hayratlangancha qo'qo'ng'iroqni yakunladi.

Taehyung biroz telefon ekraniga hissiz boqib turgandan so'ng uni yotoq yonidagi tumbuchkaga joylashtirdi. Keyin xonada yotoqda o'zi emasligini bilgan holda yonida hushsiz bo'lishiga qaramay, uning jozibali ko'rinishida yotgan Fiona tomon o'girildi. Uning yuzidan mayin silab shunchaki uning mavjudligidan rohatlandi. Keyin Fiona oldiga o'zi ham qulay holda joylashib uni mushakli qo'llari orasiga oldi. Taehyung uning tanasini to'liq his etgandan so'ng biroz hirillab qo'ydi. Ichidagi iflos fikrlar va hissiyotlar ongi bo'ylab tarqaldi. Fionaning hozirgi hushsiz va yuvvosh holatida unga nimalar qila olishi bu ifloslikni yanada kuchaytirardi.

Taehyung ko'zini yumgancha Fionani bo'yniga yuzini ko'markan beli atrofida o'ralgan qo'llari qattiqlashdi. O'ziga kerakli bo'lgan xushbo'y hiddan rohatlanib, tishlari orasiga terisini olib o'z izini qoldirdi. Biroz unga tili bilan ishlov bergandan keyin yaratgan binafsha rangli san'atini baholash uchun biroz boshini ko'tardi. Fionaning oq terisidagi siyohrang muhrdan quvonib kablaridagi tekis chiziqni biroz qiyshaytirdi. Keyin yana yuzini ko'mib bu muhrdan yana bir necha joyladi. Ishida davom etish chog'i bir qo'li Fionaning koftasi ichidan sizib kirib uning iliqligidan yanada ko'proq his etishga intildi. Qo'li yuqorilab borar ekan tekis kelayotgan qorin bo'shlig'idan so'ng ko'tarilishga kelganda Taehyungning tanasi bo'ylab o'zgacha ishtiyoq tok kabi tarqaldi. Bu his etgan uning nozik joyi ham o'zini unga yanada bildirmoqchi bo'lgandek shimi ustidan taranglashdi.

Taehyung to'xtagab qolgan qo'lini ikkilanishsiz yuqoriga ko'tarib Fionaning yumshoqligini berkitib unga yopishib turgan mato ichidan kirgizib, keng kafiga o'sha yumshoqlikni his etishga ko'maklashdi. Taehyungning qo'li Fionaning tarangligi bilan o'ynasharkan, o'zi ham taranglashib borayotgan azosidan kelayotgan og'riq sabab biroz yuzini burishtirib alamini yana Fionaning bo'ynidan oldi.

- Rostdan ham...Nega meni sevolmaysan?, - barcha harakatlarini to'xtatib shunchaki qotgan holda Fiona qulog'iga shivirladi, - Agar shunchaki o'zi xohishing bilan menga o'zingni bor vujuding bilan o'zingni topshirganingda bularning hech biri hozir sodir bo'lmagan bo'lardi.

Taehyung Fionani yanada o'ziga yaqin tortdi. Uni yo'qotishdan qo'rqqandek Fionani uyg'onmaslini ich-ichidan xohladi. Birinchi marotaba Taehyung o'zini boshqacha his etmoqda. Fionani qarshiliklarsiz hushsiz holda uning bag'rida yotishi bir tomondan hursand qilsa, boshqa tomondan unga og'riq berayotgandi.

- Men bilardim. Sen o'z xohishing bilan mendek iblisni sevib qolish tugul, hatto yaqin yo'lamasligingni bilardim... Shu sababdan bu o'yinni tashkil qildim. Sening nozik tomonlaringdan tutib, keyin sen tomon yurishim bu o'yinning eng asosiy qismi edi.

Taehyung o'z ichida saqlab yurgan dard aralash gaplarini uni eshitmayotgan Fionaga shivirlab aytishda davom etdi:

- Sendan qilishim kerak bo'lgan ishlar uchun oldindan kechirim so'rayman, farishtam... Hech qachon bact osonlikcha kelmaydi. Baxtimiz va sen uchun qo'limni qonga belashga majburman.

Taehyung Fionaning koftasi ostida kezib yurgan qo'lini chiqarib uning yuzidan asta ushladi. Boshini ko'tarib uning uxlayotgan yuziga broz boqib turdi. Keyin egilib ta'tib ko'rishni istagan lablariga o'zinikini bosdi. Boshida bo'sa asta bo'ldi, lekin Taehyungning yuragi o'ziga ko'p kerakligini ongiga singdirganidan so'ng bo'sa qo'ppollashdi. Oziqlanish. Uni shunday atasak ham bo'ladi.

Taehyung bo'sani uzmasdan qo'lini kamari tomon uzatib uni bo'shatishga kirishganida pastgi qavatdan eshitilgan eshik qo'ng'irog'i uni harakatlaridan to'xtatdi. Qo'ng'iroq sabrsizlarcha yana chalinishda davom etarkan Taehyung tanasini ko'tarib, yotoqdan haqoratlu so'zlarni ishlatgancha tushdi. Oq ko'ylagining bo'shatilgan bir nechta tugmalarini qadab, Fionaga nazar tashlab xonadan chiqdi.

~~

Taehyung eshikni ocharkan tashqarida turgan ikkita politsiya ofitseri va mashinasini ko'rib qoshlari chimirildi. Ichidagi g'azabni ularga ko'rsatmaslik uchun yuzida tinch ifodani namoyon etdi.

- Kechki mahalda sizni bezovta qilganimiz uchun uzur so'rayman, Janob Kim, - politsiya ofitserlaridan biri bosh kiyimini yechib jiddiy ohangda gapirdi.

- Hech qisi yo'q, janoblar... Tashrifingiz sababini bilsam bo'ladimi?

- Gap shundaki, - politsiya ofitseri ikkilangancha oldidagu sherigi bilan ko'z urishtirib oldi, - Kechirasizu, lekin ustingizdan shikoyat qilishgan.

- Shikoyat?, - hayronlik bilan qo'shlarinu ko'tardi, - Qanday shikoyat ekan?

- Qolgan masalani politsiya mahkamasida gplashsak degandim. Sizni bezovta qilish niyatimiz yo'q edi, ammo bu qonun janob, bunga hamma teng javob berish kerak.

- Havotir olmang, sizlarni ham tushunaman. Men uyimga kirib chiqishim kerak. Advokatimga bu haqida habar qilish uchun.

- Yaxshi janob, ammo, iltimos ko'p qolib ketmang.

~~

Xona ichiga kirgan Taehyung Fionaning yotoqdagi qimirlamagan tanasiga shubha bilan biroz qarab turdi. Ushbu ishda shikoyatnomada Fiona aralashmaginga umid qilardi.
Shu holda u tumbuchkaga yaqinlashib yuqori tortmasini ochdi. Ichidan kishan va kalitni qo'liga oldi. Qo'lidagi anjomlarga keyin Fionaga qaraganda so'ng egilib, Fionani tanasini biroz yotoq chetiga tortdi. Keyin Fionani qo'lini ushlab kishanladi. Kishan yarminu esa yotoq chekkasiga mahkamladi. Kalitni cho'ntagiga solib yana qaddini tikladi.

- Farishtam, umid qilamanki bu ishga sen aralashmagansan... Bo'lmasa olishing kerak bo'lgan jazo qiymati ikki barobarga oshadi.

Taehyung stul ustida tartibsiz yotgan kastyumini olib ustiga kiydi. Telefonini ham kastyumining ichki cho'ntagiga joylab xonadan asabiylashgancha chiqib ketdi.
.

.

.
Author: S. F. Claire