AKAMNI DOʻSTI
O'sha kechadan keyin yuragim biroz bo‘shashganday bo‘ldi. Tungi voqea, Taening menga boqqan nigohi, o‘sha tanimagan yigitga nisbatan ko‘rsatgan sukutli g‘azabi... hammasi birdan aralashib ketdi. Ammo shunda ham ichimda bir iliqlik uyg‘ondi. Bu g‘alati tuyuldi. Shirin, ammo xavfli.
Men hali uyg‘onmasimdan xona eshigi sekin taqqiladi. O‘rnimdan turib, biroz taraddud bilan ochdim.
Taehyung: “Sog‘lom nonushta qilamiz, o‘zing tayyorlaydigan narsa bormi?”
Men: “Hmm... men tuxum va tost qila olaman. Siz-chi?”
Tae: “Men? Faqat suv isitaman.” – kulib yubordi.
Ikkovimiz oshxonada ovqat tayyorlashga tushdik. Men tostni kuydirib yubordim.
Tae: “Yo‘q, yo‘q, yonayotgan tost bu – san’at. Zamonaviy oshpazlikning ramzi.”
Men: “Mazax qilmang! Ko‘rib turibsiz, charchaganman.”
Tae: “Charchoqning ham chiroyli ko‘rinishi bor ekan.” – dedi va labini tishlab menga qarab kuldi.
Men pishib ketdim. O‘zimni biroz tuta olmadim. Qaytib tik qaramaslikka harakat qildim. Ichimda esa o‘sha "kechagi bo‘sa" yana jonlandi. Nega u hali-hanuz yodimda
Biz nonushta ham qilib oldik Tae meni syomkaga olib borishga vaʼda berdi 😅❤️🩹
Tae meni mashinasiga o‘tqazdi. U bugun syomkaga meni ham olib borardi. Repetitsiya jarayonlarini ko‘rsatmoqchi edi. Yulda ketayotib, jimlikni o‘zi buzdi.
Tae: “Kecha... o‘sha yigit haqida... sen jiddiyroq bo‘lib javob berding. Nega?”
Men: “Meni bu yerda hurmat qilishsin. Chunki men oddiy mehmon emasman. Kim bo‘lishim muhim emas, lekin qanday hurmatga loyiqman — bu muhim.”
Keyin mashinada sukunat cho‘kdi. Lekin yoqimli sukunat. Menga qarab kulimsirab qo‘ydi. Va birdan musiqa yoqdi – bu V ning “Winter Bear” qo‘shig‘i edi...
Tae: “Bu mening eng sevimli ishlarimdan biri. Ko‘p odamlar shunchaki ohangga e’tibor berishadi, lekin bu yerda ko‘nglim bor.”
Men: “Qaysi satri sizga eng ko‘p ta’sir qiladi?”
Tae (past ovozda): “I imagine you’re happy / Walking up to me...” – dedi va menga qaradi.
Men esa ko‘zlarimni derazaga burdim. Yuragim shoshilib urardi. Bu shunchaki tasodif emasdi.
U yerga yetganimizda, odamlar juda ko‘p edi. Yoritgichlar, kamera, sahna dekorlari – go‘yoki men tushimdagi joyga kelgandek edim.
Tae: “Bugun dubl yo‘q, faqat mashq. Istasang tomosha qil, istasang ichkaridan qarab tur.”
Men sahnaning chekkasiga o‘tib, kuzatishni boshladim. U aktyorlik qilar, ammo har safar nigohi go‘yo meni qidirganday bo‘lardi.
Syomka maydonchasida Taehyung mashq qilayotgan edi. Unga qarata chiroqlar, kamera, ovozlar o‘rnatilgan. Men burchakda turib, quloqchinlar bilan eshitayotgan edim.
Rejissyor: “Qani, 4-sahna – quchoqlashish!”
Rejissyor (qizga): “Sunhee, borib Taehyungni quchoqlaysan. U seni ohista orqangdan quchadi, ko‘zingga qarab, keyin so‘z aytadi. Ishqiy kadr, okey?”
Mening yuragim “bir zum to‘xtab” ketgandek bo‘ldi. Bu faqat aktyorlik, shunchaki rol ekanini bilsam ham... o‘zimni oqlay olmay qoldim. Ichimda bir narsa g‘ijim bo‘lib ketdi.
Men esa... orqamga burildim. Nafasim og‘irlashdi.
> “Nega yuragim qisilib ketdi? Nega... bu holatni ko‘rolmayapman? Bu ish, faqat kamera uchun... lekin... qaniydi men ham o‘sha holatda bo‘lsam...”
Rejissyor: “Yaxshi! Zo‘r edi! Biroz tanaffus.”
Tae qiz bilan kulishib kulganday bo‘ldi. Sunhee unga nimadir pichirladi – Taehyung esa yumshoq javob qaytardi. Mening esa yuzimdan rangim qochdi.
Ular menga qarab kelayotganida, ichimdagi rashkni yashirishga harakat qildim.
Tae: “Y/N, qani ketdik, tanaffusda choy ichamiz.”
Men (quruq ovozda): “Siz band bo‘lsangiz kerak. Men bir oz havoga chiqib kelaman.”
Tae (g‘alati nigoh bilan): “Havo?! Sen o‘zingni yaxshi his qilyapsanmi?”
Men: “Ha... faqat shamollab qolgandekman.”
U hech narsa demadi. Ammo ko‘zlarida biron narsa sezildi. Chunki bu yigit... meni o‘qiy boshlagandi. U fahmladi, ammo biror og‘iz so‘z aytmadi. Shunchaki menga tikildi. Juda uzoq.
Syomkadan so‘ng uyga qaytdik. Tae charchagan edi. Oshxonada choy tayyorlab turgan edim, u orqamdan kelib:
Tae: “Bugun zo‘r eding. Sen bo‘lmaganingda zerikib ketgan bo‘lardim.”
Men (hazil bilan): “Menimcha, sizga syomkadan ko‘ra qizlar bilan muloqot yoqadi
Tae: nega bunday deyapsan bu meni ishim shunaqa
Yn: hech nima demadim parvo qilmang
Men qarab qoldim. U o‘sha nigohi bilan menga qaradi – chuqur, ifodali va xavfsiz. Shu payt telefonim jiringladi – RM
RM: “Qalesan, ajina JiJiga non bersang bo‘lardi. U deraza oldida o‘tirib olib, tinmay miyovlayapti.”
Yn: “Men uni rosa sog‘indim. U meni biladi, kutadi.”
RM: “Xavotir olma. U yaxshi. Lekin sen-chi? O‘sha g‘alati aktyor bilansan...”
Tae (ovozini eshitdi): “Eshitib turibman bu yerda. G‘alati emasman!”
Ular ikkalasi telefon orqali yana tortishib ketishdi. Men esa o‘rtada kulib o‘tirardim. Bu meni yana o‘zimdek his qildirdi
Qorong‘ilikda xonamda jim yotganimda, kimdir eshikni taqillatdi. Eshikni ochsam, Tae.
Tae: “Bir zum... agar sen ketmoqchi bo‘lsang, oldin menga ayt. Bilmasdan yana baqirib qo‘yishni istamayman. Chunki sen... sen menga muhim bo‘lib qolding, Y/N.”
Men hech nima demadim. Faqat sekin boshimni qimirlatdim. U esa jilmayib, orqasiga o‘girilgancha:
U ketib qoldi men hayratda qoldim bu soʻz nega aytildi meni oyimcha dedimi? Tushunmadim 🙁
Ertalab uyg‘onsam, telefonimga bildirishnoma kelgan edi.
> "Y/N: kechagi sahna kuzatildi. Ko‘rganimizda sizda tabiiy his bor. Ertaga drama sinovi bor. 2-obraz – qiz va yigit sahnasi. Taklifimizni rad etmang
Darhol Taehyungning eshigini taqillatmadim.
Taehyung ham uyqusirab chiqdi men unga smsni koʻrsatdim. U jilmaydi
Tae: men bilardim chunki seni bir koʻrishda ular yoqtriib qolishdi nima deysan tushasanmi? Mashq qilib koʻrasan bolmasa
Syomka maydonida katta harakat. Men rejissyor oldiga bordim. U menga ssenariyni berdi.
> "Rol: yosh qiz va do‘sti, birinchi marta o‘z hislarini tan oladi. Sahnada yigit uni quchoqlaydi, qiz esa ko‘z yosh bilan kuladi."
Qarasam, qarshimda turgan yigit — Hyunwoo. Yuzidan nur yog‘ilayotgan, xushmuomala aktyor. Menga tabassum qildi.
Hyunwoo: “Sen bilan sahna qilish menga sharaf.”
Men (cho‘chib): “Oh... raxmat. Menda hali tajriba yo‘q.”
Hyunwoo: “Men tajribaning o‘ziman deb o‘ylama. His qil, yetadi.”
Shu payt Taehyung biz tomon qarab turgan edi. Nigohi — ko‘tarilgan qosh, qattiq chiziq bo‘ylab siqilgan lablar... Men u rashk qilayotganini sezdim.
> “Men buni tushunmadim. Nega yuragim g‘ash? U menga yaqin emas, singlim. Lekin uni boshqasining qo‘lida ko‘rish — yo‘q, bu men uchun emas.”
“Nima bu? Rashkmi?”
“Yuq, Tae. Sen bunday hissiyotlarga ruxsat berma. Bu faqat... vaqtinchalikdir...”
Syomka jarayoni boshlandi Hyunwoo menga yaqinlashdi oramizda ozgina masofa bor edi holos
Tae diqqat bilan kuzatar edi men biroz uyaldim chunki u turgan edi
#COCO
@bagdficc