Yoshlar dunyoni qanday qilib oʻzgartira oladi?
O'zbekiston yoshlari ushbu mavzuda bitta insho yoza olmaydiku, qanday qilib dunyoni o'zgartirsin!
Deyarli hech kim essay yubormabdi, inshoni faqatgina yosh bolar yozadi deb o'ylasangiz xato qilasiz, insho yozish sizni fiklashingizni rivojlantiradi, va aslida shunchaki yosh bola ekanligingizni ko'rsatib qo'yadi, ishonmasangiz qo'lingizga ruchka olib yozishga urunib ko'ring.
Essay yozib g'olib bo'ling va esdalik sovg'aga ega bo'ling)) mindsetingizni rivojlantiring))
Avval o'zingdan boshla
Agar dunyoni o'zgartirmoqchi bo'lsangiz avvalo o'zingizdan boshlang, masalan toza havodan nafas olmoqchi bo'lsangiz ekologiyani asrang, buni atrofingizdagilar ko'rib sizdan o'rganadi, o'rganmasa o'rgatasiz, va bu sekin-sekin dunyoning o'zgarishiga olib keladi.
Har birimizning dushmanimiz bu o'zimiz. Sizning hayotingizda faqatgina siz bosh rolda bo'lasiz, shunday ekan o'zingizni o'zgarting, dunyo o'zi o'zgaradi:))
Stereotypes))
Oxirgi yillarda yoshlar aktiv ravishda eski stereotiplarga qarshi chiqishlar qilib kelmoqda, lekin bu steretiplar yuqolib ketdi degani emas..
Har xil irim sirim-u, kimningdir deb yashashni bas qilish kerak. Odamlar nima deydi deb emas, maqsadlaringiz sari, dunyoni o'zgartirish uchun harakat qiling.
Migratsiya
Aslida migratsiyani ko'paytirish kerak deb o'ylayman.
Volunteer (ko'ngilli)
Yurtimizda ko'ngillilar soni ko'p lekin ularni yana ko'paytirish kerak. Ko'ngilli bo'lib ishlash, nochorlarga yordam berish, yurt kelajagiga befarq bo'lmasdan harakat qilish vhkz har qanday beg'araz yordam berib har bir volontyor dunyo rivoji uchun hissa qo'shishi munkun.
Kumeringiz bilan bo'ling
O'z sohangizda yuqori cho'qqiga erishgan odamlar bilan bo'lishga uruning, agar bunga imkoniyat bo'lmasa, o'zingizdan yaxshiroq biladiganlar bilan yuring va ulardan o'zib ketishga harakat qiling.
Think out of the box
Noodatiy fikrlash sizga yangi qirralarni yaratadi, har doim kim nima desa ishonib ketavermasdan, "shuning aksi bo'lsachi?" degan savolni o'zingizga bering.
Insonlarni hurmat qilish
Bu bizning xayvonlardan farqimiz. Erkaklar oshkorasiga ayollarni hurmat qilmasliklarini ko'p kuzataman va bu achinarli
Dunyoni o'zgartira olish masalasida, insonlar 4 xil turga bo'linadi nazarimda:
1) Kichkina maqsadlar bilan yashaydi, dacha qurib, bitta qora Gentrani🤟 sotib olsa bo'lgani. Dunyo bilan esa ishi yo'q.
2) Tog'ni tolqon qilib yuboraman, hokim unaqa qilardim, men dunyo yaxshilashga harakat qilardim, vhkz vhkz, aslida esa hech nima qo'lidan kelmaydi u shunchaki Hayolparast
3) Dunyoni o'zgartirishdan avval, o'zini o'zgartirishga harakat qiladigan, maqsadlariga tez-tez erishib, to'xtab qolmasdan o'ziga yangi va yanada qiyinroq maqsadlarni qo'yadiganlar
4) Va boshqalar;) masalan ming zo'r bo'lgani bilan biror nimani o'zgartirishlari qiyin bo'lganlar(nogironlar, noto'g'ri muhitda tug'ilganlar vhkz) va aksincha bilmasdan, behosdan o'zgartirib tashlaydiganlar
Siz qaysi toifaga kirish esa o'z qo'lingizda
https://www.instagram.com/reel/CoZ_vGXA050/?igshid=YmMyMTA2M2Y=