April 26, 2023

Surish kerakmi? Yoki chet elda ish?

Ummuman olganda abiturientlarga O'zbekistondan ketishni maslahat beraman.

Nega o'zim o'qishga Rossiyaga ketmaganman?

Bu savol o'zimni ham qaysidir ma'noda qiynab keladi, chunki o'zi aslida Rossiyaga kirish uchun tayyorlanganman. Har xil bahonalar topaman aybni ota-onamga ag'daraman. Ummuman olganda ularga yaxshilab tushuntirsam va o'qishga kirganimni ko'rsatsam - ular qarshilik qilishmasdi. Axir byudjetga kirishimga ishonchim komil edi.

Ho'p, Unda nima sabab bo'ldiki men chetga bormadim? Qo'rquv. Dunyo qarashning torligi. Erinchoqlik.
Xa, shunchaki medosmotr va dokumentlarni topshirishga erinib topshirmaganman.
Dunyo qarashim torligi esa, menga Rossiyada dasturchilar uchun ko'proq imkoniyat borligini, u yerga borsam o'z karyeram kelajagini ko'rishim ehtimoli yuqori ekanligini bilmasdim. Xatto dasturlash haqida tushuncham ham yo'q edi, shunchaki texnologiyalarga, o'zimda yo'q yangiliklar, ixtirolar qilishni istardim. Birovlardan eshitgan gaplarga tayanib chetga ketmoqchi edim, lekin bu gaplarga o'zim ishonmasdim.
U paytda YouTube degan ustozim, GuliGuli degan qizcham yo'q edi. Agar karantin bo'lmaganda balki xali ham internetsiz o'tirarmidim, chunki interner foydali narsa ekanligini ota-onamga tushuntira olmaganman.

Lekin nega toshkentga surmadim?

Toshkentning qoq markazida 1 oy ishladim, lekin meni toshkentga tortadigan hech narsa sezmadim. Ta'lim sifati farg'onadagi kabiligini sezib turardim. Yashash esa qimmat - bunda siz o'z ustingizda ishlash uchun vaqt bo'lmaydi, ishlab pul topishingiz kerak. Shuning uchun toshkentga borgim kelmadi, farg'onada kursga borib dasturlashni o'rganaman dedim. Lekin farg'onada dasturchi qurib qolgan ekan, norm ustoz topolmay o'zim youtubedan o'rgandim(TATUFF va do'stlarim ham yordam berishdi)

Oldin surish kerak degan bo'lsam... Xozirgi maslaxatim boshqacharoq: chetga chiqish kerak, dunyo kezish kerak, yangi narsalarni o'rganish kerak. Buni shunchaki surishdan farqi bor.