April 18, 2025

NANA 🔞

1 ep

Yaponya | Yunhi tilidan

Sabr qilsam ham bu dunyo menga hech qachon baxtni bermas ekanini angladim. Qochtim! Ha men turmush o'rtog'imdan qochib ketim. Qornimda uni farzandi bor lekin men undan uzoqlarga ketim.

Kasalxona devorlari oppoq, ammo bu oppoqlikning ichida yuragimdagi qorong‘ilik juda begona edi. Ustunlarga suyanib turgan tanam qaltirardi, qo‘llarimda esa qog‘oz oddiy bir tibbiy xulosa, lekin mening hayotimni ikki bo‘lakka bo‘luvchi hukm edi. “Homiladorlik: 6 hafta.” So‘zlar miyamda aylanib yurardi. Har safar ularni takrorlaganimda ko‘zim oldida Taehyung paydo bo‘lardi. Uning ko‘zlari o‘sha chuqur, sirli, ayni paytda qorong‘i nigohlar. Meni juda sevgan, bunga shubha yo‘q. Ammo… u qanday sevganini bilsangiz edi. U sevgi nomi bilan yo‘q qilgan. Men qochdim. Orqamga ham qaramay, boshqa shaharga, boshqa mamlakatga Yaponiyaga. O‘zim bilan faqat pasportim, bir necha juft kiyim, bir dona kichkina kundalik va Taehyungning rasmini olib chiqdim. Ha, u rasmni yo‘q qilishim kerak edi, lekin qo‘lim bormadi. Chunki men uni sevganman. Balki hanuz sevaman. Kasalxonadan chiqdim. Bahor. Yaponiyaning ko‘chalari yumshoq quyosh nurlari bilan to‘la. Lekin yuragimda qish edi sovuq, og‘riqli va yolg‘iz. Odamlar shoshilishardi, hayot davom etardi, lekin men go‘yo ularning orasida ko‘rinmas edim. Uyimga qaytdim. Kichik kvartiramga kirib, eshikni sekin yopdim. Ichimdagi og‘riqni eshikka suyanib, past ovozda yig‘lab yengillatdim. Hech kim eshitmasin degandek. Chamadonni ochdim. Kiyimlar, tish pastasi, ko‘zoynak… va o‘sha rasm. Taehyung. Uning tabassumi yolg‘on tabassum. Men faqat endi tushundim, u mehr bilan yashirgan zulmat ekan.

~ Meni sevgan bo‘lsang, qo‘yib yuborishing kerak edi, — dedim rasmdagi ko‘zlarga tikilib.

O‘z-o‘zidan qo‘lim qornimga bordi. Bu bolaning nima gunohi bor? Men undan qochdim, otasidan qochdim… lekin ichimda uni zuriyoti bor. Mening kuchim, mening jazom, mening javobgarligim. Shu daqiqada angladim men bu bola uchun yashashim kerak. Taehyung Koreyada qolgandi. Balki u hanuz meni izlayotgandir. Balki sevgisi hozir ham so‘nmagandir. Lekin men bunday sevgidan bezor edim. Men tinchlik istardim.

~ Endi sen emas, men tanlayman Kim Taehyung .

Va men o‘sha kuni kechasi rasmni buklab, kundaligim orasiga solib qo‘ydim. Yo‘q qilishga yana yuragim chidamadi. Chunki bu faqat og‘riq emas bu o‘tmishim edi. Lekin endi men faqat o‘tmish bilan yashamayman. Men ona bo‘laman.

*

Koreya

Koreya. Seulning ko‘chalarda qorong‘ilik hukm surayotgan bir paytda, bir bino tomida Taehyung turardi. U jamiyat uchun kuchli biznesmen, lekin aslida qorong‘u imperiyaning xo‘jayini edi. Mafiya boshlig‘i. Qon, xiyonat, pul, va zo‘ravonlik uning ichiga singib ketgan edi. Yunhi ketganidan beri u o‘zini yo‘qotgan. Yuragida muqaddas narsa bo‘lsa, faqat u edi. Yunhi eng yorug‘ xotira. Endi esa… uni ham tortib olishdi.

~ U meni tark etgani uchun afsuslanadi, — dedi u tishlarini g‘ijirlatib.

Ofisiga kirib bordi. Yer ostidagi maxfiy xona bu yerda odamlar g‘oyib bo‘lar, sirlar do‘zaxga aylanardi.

~ Qidiring uni. Har qanday yo‘l bilan. Pasportlarini tekshiring, chegaralarni!

Taehyung uchun bu sevgi emasdi endi bu egalik edi. U kompyuterini ochib, eski videoni tomosha qildi. Yunhi kulayotgan video. Uning tabassumida joziba bor edi.

~ Sen mendan qochding. Endi butun dunyo seni qutqara olmaydi.

Shu payt.Telefoniga xabar keldi. “U Yaponiyada. Ismini o‘zgartirgan. Kichik kvartirada yashayapti." Taehyung kuldi. Sovuq, befarq, yurakni muzlatadigan kulgi.

~ Men seni sevaman, Yunhi. Shu sababli... seni o‘zimnikiga aylantiraman. Ixtiyor bilan yoki zo‘rlik bilan. Faqat sendan voz kechmayman.

U eshigini qarsillatib yopdi. Bugun kechasi yana qon to‘kilardi. Chunki Taehyung sevgini faqat kuch orqali his qilardi.

Tungi 23:06

*

Taehyung ishxonaning og‘ir eshigini ohista itarib ochdi. Qorong‘i kechada shahar chiroqlari yaltirab turardi. Qadamlarini sust bosib, binodan pastga tushdi. Parkovkada uni kutib turgan qora rangli, oynalari qoraytirilgan BMW darrov ko‘ziga tashlandi. U mashinaga yaqinlashdi, kalit tugmasini bosganida, faralar miltillab yonib o‘chdi. Taehyung mashinaga o‘tirdi, rulga qo‘lini qo‘yib, bir zum jim qoldi. O‘y-xayollar bilan to‘lib ketgan edi. Mashinani harakatga keltirib, shahar ko‘chalari bo‘ylab yurdi. Tun sokin, yo‘llar esa huvillab yotar, faqat mashina motorining ohangdor g‘uvillashi unga hamroh edi.

Uyiga yetib kelganida soat o‘n ikkidan o‘tgandi. Kiyimlarini yechib, bevosita hammomga yo‘l oldi. Issiq suv tanasini bo‘shashtirib, kun davomidagi charchoqni yuvib ketayotgandek edi. Suv ostida ko‘zlarini yumgancha, hozirgina o‘ylayotganini esladi Yunhi…

Hammomdan chiqqach, sochiqlar orasida yurib, yotoqxonasiga kirdi. Xona jimjit, shiftdagi yorug‘lik faqat yarim ko‘lamda yonib turar edi. U oynaning oldiga borib to‘xtadi. Sochiq yelkasidan sirg‘alib tushayotgandek, u o‘z aksiga tikildi. So‘ng bir oz boshini egdi, sekin kulimsirab qo‘ydi.

~ Ertaga birinchi reys yoninga boraman — deb pichirladi u, lablarida kulgu, ko‘zlarida esa sirli ishtiyoq chaqnadi.

*

Tong hali endigina yorishayotgan edi. Yunhi asta ko‘zlarini ochdi. Xonaga deraza orqali tushayotgan mayin tong nuri yuzini silab o‘tayotgandek tuyuldi. U yostiqqa boshini yana bir lahza qo‘ydi, ammo yuragi g‘alati bir ilhom bilan to‘lib-toshgandi bu tong boshqacha edi.

U joyidan turdi, yengil sport kiyimlarini kiyib, sochini orqaga yig‘di. Ko‘chaga chiqdi. Havo tetik, bir oz salqin.Yunhi sekin qadamlar bilan park tomon yo‘l oldi.

Yo‘lda u sevimli do‘koniga yo‘l oldi va muzqaymoq oldi vanil va qulupnayli. Har bir luqmasini asta tatib, yurishda davom etdi. Daraxtlar orasidan quyosh nurlari zarraday o‘ynab tushar, mayin shamol sochlarini silardi. Boshqa hech nima haqida o‘ylamay, faqat shu lahzadan bahra olayotgandi.

Sayrdan so‘ng, yana sekin uy tomon yo‘l oldi. Yuragida bir yumshoqlik, o‘zida esa g‘alati bir yengillik bor edi. Uyiga sekin yetib keldi .Eshikni ochdi. Ichkariga kirgach, xonasi tomon yurdi. Eshikni ohista ochib ichkariga qadam tashladi lekin u yerda ko‘rgan manzara yuragini titratib yubordi.....Taehyung.

U xonada turardi. Uning qo‘lida homiladorlik test chizig‘i, ko‘zlari esa unga qadalgandi. Sukut. Faqat ko‘zlar so‘zlardi. Ko‘zlarida hayrat, savol, va... his-tuyg‘ular bor edi.

Taehyung asta unga qarab.

~ Bu... rostmi? — deb so‘radi.

Yunhi hech narsa demadi. Muzqaymoq erib, barmog‘iga tomchilay boshladi...

1 qism tugadi. Davomi bor......