Tasodifiy sevgilim
Bu hayotda nimani ko'proq istasangiz, u sizning sinovingiz bo'ladi.
Shu zaylda oradan 2 hafta o'tdi. Feyani homiladorligi juda ham qiyin o'tdi. Har kuni ko'ngli aynishi, oddiy hidlar ham unga yoqimsiz tuyilishi uni ancha holdan toydirib qo'ygan edi. U Taehyung aytganday o'sha kundan so'ng ishga chiqmadi. Chiqishga holi ham yoq edi. Xattoki ovqat yesa ham ko'ngli behuzur bolar edi. Kim xonim esa amallab unga har xil giyohli damlamalar berib,ko'nglini aynishlarini sal to'xtatardi. Taehyung esa ishda bolsa ham hayoli doim Feyada bo'lardi. Har daqiqa onasiga telefon qilib, Feyani ahvolini bilardi.
Buni qarangki Feyani bu ahvoli yetmagandek. Bugun Jeon xonim va Eren xonim Kim xonimlarnikiga keldi. Salomlashib xol ahvol so'ragandan so'ng, yangilikka o'tdi. Ya'ni erlari bilan birgalikta olti ovlon sayohatga chiqamiz deb aytib qoldi. Hozir juda qulay vaqt ekanligini, ham anchadan beri sayohatga chiqmaganliklarini aytdi. Tabiiyki bunga Kim xonim rozi bolmadi. Kelinini bu ahvolda tashlab ketmasligini aytdi. Ammo bu davrada Feya ham bor edi. U Kim xonimga borishini, o'zini o'zi eplay olishini aytdi. Uzoq tortishuvlardan song Kim xonim zo'rg'a rozi boldi. Albatta Feya o'jarlik qilib, qat'iyan borasiz deb turib qolgani uchun. Kechga Taehyung keldi. Kelishi bilan Feyani ko'rib tinchlandi. Uni ahvoli oldingi kunlardan juda yaxshi edi. Kechki payt hamma ovqatlanishayotgandi, Feya Kim xonim va boshqalarni sayohatga borishini aytdi. Ammo Kim xonimni rozi bolishi qiyin kechganini ham, xafa bolib aytib qoydi. Bu holatdan janob Kim, Kim xonim va Taehyung kulib yubordi va onasiga bemalol sayohatga chiqishini 2 kundan so'ng amerikaga ketishini va Feyani ham birga olib ketishini aytdi. Kim xonim bu xabar dan song sal kongli tinchlandi.
Amerika
Bu 2 hafta ichida Jungkook va Asena ham yaxshi kelishib ketgandi. Asena esa uni sevib qolayotgandi. Ammo hali ham undan uyalib turardi. Har kuni Jungkook uni universitetga o'zi tashlab qo'yadi, ammo o'qishi tugagandan so'ng haydovchi bilan qaytadi.Mana 3 kundirki Jungkook Asenaga qanaqadir qo'pol muamalada bolib qoldi. Uni har narsada qizg'anib qoladigan boldi. Bunga sabab 3 kundan beri Jungkookka yashirincha kelayotgan suratlarda edi. Qo'riqchilardan so'rasa Asena xonim hech kim bilan yurmaydi. Faqatgina bitta dugonasi bilan yurishini aytadi. Ammo rasmlarda esa Asenaday kiyinib olgan qiz yigit bilan o'pishib turgani, yoki quchoqlashib turgani bor edi. Faqat Asenani yuzi korinmagan,yigitniki ham, ammo uni o'ziday kiyimdagi qiz edi. Jungkook avvaliga Asenaga aytmoqchi boldi. Lekin bu dushmanlarini ishi bolsachi deb o'yladi, keyin Asena unaqa qizlardan emas. O'zi zo'rg'a gapiradi ku, bunaqa ishlar qilmaydi dedi. Ammo yuragida shubha bor edi. Shuning uchun ham 3 kundan beri Asenani Jungkookni o'zi olib ketayotgandi. Asena esa barchasidan hayron edi. Ayniqsa Jungkookdan.
Bugun ham doimgiday Asenani o'zi tashlab qo'ydi. Asena universitet ichiga kirib ketgunicha kuzatib turdi so'ngra esa ketdi.
*
-u ketdi. yaxshilab qizni kuzatinglar.
......
-haa Jungkook uni o'zi olib ketadi.
-.......
-ha bu tomondan muammo yoq yigit tayyor. O'lishga ham rozi faqat oilasiga katta miqdordagi pulni o'tkazishingizni so'rayapti.
-.......
-hech bolmaganda yarmini hozir o'tkazsin deb talab qilayapti.
-.......
-ho'p ish o'xshadi deb hisoblayvering.
Saot millari 14:50 ga bong urdi. Universitet eshiklaridan talabalar chiqib uylariga tarqab boshlashdi. Asena esa Jungkookni kuta boshladi. U shunday turgandi hamki bir yigit kelib uni qattiq quchoqlab oldi. Asena bundan hayron bolib toshday qotib qoldi. To'satdan qora mashina qiyg'illab to'xtab ichidan Jungkook tushib keldi va zabt bn Asena tomon yurib kela boshladi. Asena esa haligi yigitni urib o'zidan olmoqchi boldi. Ammo yigit uni qoyib yubormadi. Shu holicha quchoqlab turdi va endi o'paman deganda kuchli zarba orqali yerga yiqildi. Asenani esa yig'lab ko'zlari qizarib bolgandi. U qaltirab, tinimsiz yig'lardi. Jungkook endi Asenaga zaxarxanda nigohini qadab uning bilakalaridan mahkam tutib, mashina tomon sudray boshladi, qo'riqc
hilarga esa o'sha yigitni olishini va o'zini doimgiday joyiga olib borishini aytdi. Asenani esa zarb bilan mashina ichiga solib o'zi rulga o'tirib,mashinasini qo'rg'on tomon haydab ketdi. Asenada bunaqa xolat birinchi marotaba bo'layotgani uchun yig'lardi, Jungkook esa qo'rg'ongacha faqat jim ketdi. Qo'rg'onga kelishi bilan mashinadan tushib, Asenani ham tushirib xonasi tomon sudrab bordi va polga irg'itdi.
Jungkook :Men senga nima deb aytgandim Asenaaaa deb baqirdi. Bu baqiriqdan Asena qo'rqib ketdi. Hech narsa deya olmay faqat yig'lardi.
Jungkook :Sendan so'rayapman. Yaxshi o'zim eslatib qo'yaman. Men senga menga tegishli bo'lgan tanaga birovni qo'lini uchi ham tegmasin degandim. Agar tegsa, oldingi Jungkook yoq boladi degandim. Uni vajohatini keyin o'chirish qiyin boladi deb aytganmidim. Aytganmidim deb yana baqirdi. Sen esa nima qilding. Ering bo'la turib boshqa erkak bilan quchoqlashib turding. Hammadan kutsam ham sendan kutmagandim. Seni aqlli, iboli, hayoli qiz deb o'ylagandim.
Asena bu gaplardan, o'zini nohaq ayblashlariga chidab turolmadi va o'rnidan turdi.
Asena :mmen unaqa qilmadim. Meni nohaq ayblay olmaysiz
Bu sozlardan Jungkook xonani to'ldirib kuldi.
Jungkook :Men dalil va asoslarsiz birovga qolimni kuchini ham tekkizmayman. 3 kundan beri menga seni har xil behayo qiliq qilib turgan suratlaring keladi. Ammo men ishonmadim. Uni sen qilishingga ishonmadim. Lekin bugun uni amini boldim. Meni ishonchimni poymol qilding. Endi oldingi Jungkook yoq dedi.
Asena :qanaqa rasm. Men unaqa qilmadim. O'zingiz ham kordingizku Men undan o'zimni itarayotgan edim.
Jungkook :hh nima shunchalik ahmoqmanmi Asena. Albatta meni korib uni o'zingdan itarasanda. Bu seni oqlab berolmaydi deb Asenani zarb bilan yotoqqa itarib yubordi. O'zi esa kamarini olib Asena tomonga yaqinlashib kelayotgandi. Asena esa qo'rqib orqaga tisarila boshladi.
Asena :yoq men qilmadim.... Men hech narsa qilmadim... U yigitni kimligini ham bilmayman....iltimos menga unaqa qaramang.... Iltimos deb yig'lardi Jungkookni esa bu hiyonatni miyyasi, yuragi, his tuyg'ulari ko'tara olmayotgandi. U unga qilingan bunaqa hiyonatga chiday olmasdi. Shuning uchun Asenaga jazo bermoqchi boldi. To'g'ri albatta haligi yigitni ham unutgani yoq. Asena bolgandan song unga o'tadi. Hammasini tagiga yetadi.
Jungkook Asenani bilagiga qaratib birinchi zarbaani berdi. Asena esa og'riqdan chinqirib yubordi. So'ng yana zarba berdi. Uning ko'ziga Asenani qonga belanayotgan badani emas, biroz oldingi Asenani quchoqlab turgan bola, uni qoliga tushgan suratlar, xattoki sal avval qoliga tushgan surat ya'ni Asena bugun kiygan kiyimni o'ziday kiyimli qiz bilan birga turgan o'sha yigit. Jungkookka bunaqa xiyonat juda ham yomon ta'sir qildi. Uni ichidagi vulqon uyg'ongandek edi. Uni ayovsiz kaltakladi. Asena esa buni qilmaganini aytib, urmasligini yolvorardi. Taxminan bir soatlik zarbalardan song, yigit hansirab urishni to'xtatdi. Qarasa Asenani oppoq libosi kamar izlaridan qolgan badanidagi qonlarga yopishib qolgandi. Asena umuman ovoz chiqarmay qolgandi. Jungkook qo'rqib ketib oldiga bordi. Nafas olayapti. Faqat hushidan ketgan. Asenani kotarib dushga olib kirdi va ustidagi kiyimlarini yecha boshladi. Kiyimlar badaniga qoni bilan birga yopishib qolgandi. Salgina harakat ham uni joniga ozor berayotgandi,hushidan ketsa ham og'riqdan ingrab qoyardi. Jungkook kiyimlarini yechib vanna ichiga qo'yib suvni to'ldirdi. Tez orada vannadagi suv alvon ranglarga aylandi. Jungkook uni tezda yuvintirdiyu, kotarib olib sochiq bilan arta boshladi. Asena esa yaralariga tekkani sari ingrab qoyardi. Jungkook uni quritib pijamasini kiydirdi va ko'tarib chiqardi. Qarasa yotoq Asenani qonlari bilan belangandi. U yerga yotqizmay boshqa yotoqqa olib kirib yotqizdi. O'zi esa xizmatchilarga xonasini tozalashini aytib, haligi yigit tomonga ketdi.
Kelib qarasa yigitni o'lar holda dopposlashibdi.
-Janob biz gapirtirishga urindik, ammo faqat Men uni sevaman, u ham meni sevadi degan so'zdan boshqasini aytamayapti.
Bu gapdan song Jungkookni boynining tomirlari bo'rtib chiqib, asabiylasha boshladi. Endi baxtga
yetdim, o' zim xohlagan sevgini topdim deganida bunaqa holatlar, uning jon-jonidan o'tib ketdi. Lekin Asenadan voz kechmaydi. Uni qoyib yubormaydi. Qoyib yubora olmaydi... Axir.... Axir uni sevardiku, uni ardoqlab, asrab avaylagandi. Asenani Jungkookka rahmati shu boldimi. Jungkook shularni o'ylab, Asena uni yuragini qanday qiynagan, kongliga ozor bergan bolsa, uni jismonan qiynashni hayolidan o'tkazib, yigit tomon bordi.
Jungkookni gaplari yu dag'dag'alari yigitga tasir qilmadi. Bir so'zida turib oldi, ammo Jungkookni unga ishongisi kelmasdi. Uni gapini qabul qila olmaydi. Yana asabiylashib yigitni humoridan chiqquncha kaltakladi.
Jungkook :oilasimi, yaqininimi topdinglarmi.
-yoq janob, malumotlar yoq.
Jungkook :senlar qaysi kalla bilan meni qolimda ishlab yuribsanlar aaaa.... Meni kim mafia olamidagi odam deydi.... Bitta bola haqida malumot topmadinglarmi deb endi qo'riqchiga yopishib ketdi.
-Janob xakkerlar bilan bog'landim ma'lumotlar ertagacha qolingizda boladi dedi.
Jungkook esa asabiy xolda uyga ketdi. Uyga kelishi bilan Asenani oldiga kirdi. Shu yerdagi stulni olib, unga o'tirib, Asenani kuzata boshladi.
Jungkook pov
-nima uchun. Nima uchun menga bunaqa qilding Asena. Axir seni jonimdan ortiq sevardimku. Sen meni tasodifiy sevgilim edingku. Senga erishish, yetishish uchun qancha harakat qildim. Ammo sen nima qilding, menga xiyonat qilding. Nima yetishmayotgan edi senga aaa... Nima... Sendan bunaqa ish kutmagandim.... Bunga umuman ishongim kelmayapti.... Yuragim u unday qilmagan desa... Miyyam suratlarga tayanib qilgan deyapti.... Endi ishonaver sen menga 1 kechada qanday azob bergan bo'lsang... Men senga ming karra azob beraman... Hali Jeon Jungkookni bilmabsan azizam.. Seni hech qachon qoyib yubormayman.... Oldingi Jungkookni qadriga yetmadingmi.... Endi vahshiy Jungkookka duch kelasan.... Seni qoyib yubormayman... Men chekkan alamlarni sen ham tatib ko'rasan hali yagonam deb xonani tark etdi.
O'zini ish xonasiga keldi. Yana hayollarga berilib ketdi. 5 kun avval Asena shu xonaga kelib, Jungkookdan visual studioda qanday ishlashni tushuntirib berishini so'ragandi. Jungkook esa unga yordam berib o'rgatgandi. Nima o'sha beg'ubor Asena boshqamidi dedi. To'satdan telefoni jiringlab qoldi. Qarasa Taehyung. Jungkook og'ir yutinib telefonni ko'tardi. Bular haqida Taehyungga bildirmaslik uchun ovoz to'nini o'zgartirdi.
Jungkook :alo salomlar meni akajonim.
Taehyung :salomlar Jungkookbey. Yaxshimilar
Jungkook :yaxshi. O'zingiz yaxshimi. Kelinoyim Feya ham yaxshimi, bo' lajak jiyanchamchi.
Taehyung :hammamiz yaxshimiz. Asena yaxshimi, ishlar bilan charchamay yuribsanmi. Ishlar yaxshi ketayaptimi??
Jungkook :Ha yaxshi. Ishlar ham alo darajada. Meni bilasizuu.
Taehyung :ha chunki seni Men tarbiya qilganmanda.
Jungkook :shu yerda ham kibrlanib o'zingizni maqtab ketmasangiz bolmaydiyaa deya ensa qotirdi.
Taehyung :ha shunaqa. Uni buni qo'y. Biz bugun kechga Feya bilan Amerikaga uchamiz, tongda yetib boramiz. Shuni aytmoqchi edim.
Jungkook bundan boshqacha bolib qoldi. Bu yerdagi vaziyat ancha jiddiy edi. Agar ikkisi kelsa, Asenani korsa, ahvol og'irlashadi. U shularni o'ylab qoldi.
Taehyung :alo. Qorqma o'zimni uyimga boraman. Senikiga borish niyatim yoq, yoshlarni o'rtalariga suqilmiyman. Faqat bilib qoy deb aytgandim.
Jungkook :yog'eee nimalar deyapsiz. Sizlarni o'zim kutib olaman.
Taehyung :yaxshi unda ertaga korishguncha..
Jungkook :korishguncha akajon. Yaxshi yetib keling.
Jungkook telefonni qoyib nima bolsa bolar deb yuvinishga kirib ketdida, chiqib ertaga ertaroq turish uchun uyquga ketdi.
Tong
Jungkook ertaroq uyg'ondi. Yuvinish xonasiga kirib, yuvinib chiqdi va tog'ri Asena yotgan xonaga yo'l oldi. Kirib qarasa yotoqda Asena yoq, xonani ko'zdan kechira boshladi. Qarasa divanni oldida qollarini tizzalariga birlashtirib olib yig'lab o'tiribdi. Kecha urgan joylari qimirlaganda yana qonaganmi, kiygan pijamasi qon. Yuzlari qip-qizil bolib ketgan. Jungkook u tomonga yaqinlashib to'shakka o'tirdi. Asena esa tok urgandan undan uzoqlashib boshladi. Ko'zlarida qo'rquv bor edi. Yig'layverganidan hiqillab
boshi qimirlardi. Kozlari esa shishib ketgandi.Aftidan u kecha turib, shu bilan uhlamay yig'lab chiqqan.
Jungkook :yig'laganing bilan hech narsa o'zgarmaydi. Bundan keyin universitet nariyoqda tursin,ostona hatlab chiqmaysan. Hozir men aeroportga ketayapman. Taehyung akam va opajoning Feya kelayapti. Ularni ko'ziga shunaqa ko'rinishni istamassan. Axir seni deb, homilador opang siqilishini xohlamaysanku. Shuni uchun men kelgunimcha o'rningdan turib, kiyimlaringni almashtirib o'zingga qarab ol.
Asena hech narsa demadi faqat yig'lab qarab turdi. U Jungkookni bunaqa deb o' ylamagandi. U Asenaga xuddi 3 yil oldinggi vahshiy odamga o'xshab korindi . Asena esa Jungkook ham shunaqa deb o'ylab tilini yutib yuborgandi goyo....
Jungkook Asena uni tushinganini sezib indamay chiqib ketdi. Kiyinib mashinaga minib aeroportga yo'l oldi.
-xonim u chiqib ketdi....
-......
-aniq u ishga ketdi.....
-..........
-meni kuting men siz qayerdan kirib olishingizni korib chiqib aytaman.
-.......
Jungkook aeroportga yetib keldi va tog'ri vip mijozlar zalidan yura boshladi. U yerdan Taehyung va Feyani korib qo'l silkitdi.
Jungkook :bu ikkita ajoyib u g'aroyib juftlikka qaranglar.
Taehyung :o'zingni jufting qani jentelmen.
Jungkook :u uyda.. Keling sizni sog'inib ketdimku deya ikkisi quchoqlashishdi.
Jungkook :kelinoyi siz ham yaxshimisiz. Mening bolajak jiyancham qiynab qoymayaptimi???
Feya:qiynab qo'yayaptida... Xuddi otasini o'zi... Bu gapdan Jungkook kulib Taehyungni yelkasiga urdi.
Taehyung :azizam men senga axir nima qildim deya qaradi.
Feya :hech narsa... deb ensa qotirdi.
Jungkook :yoshlar endi ketamizmi yoki, janjallashib turaverasizlarmi.
Taehyung :yoshlarmish.... Xuddi o'zi kopni ko'rgan qaridek deb ensa qotirdi. Ular mashinaga borib o'tirshdi. Feyani yo'l bo'yi mazasi bolmagani uchun Jungkooklarniikiga emas o'zlarinikiga borib dam olishini aytdi. Bunga Jungkook ham rozi boldi. Ular Taehyungni uyi tarafga qarab yol olishdi. Yetib Kelishib, ular ichkariga kirdilar. Uyni kecha xizmatchilar tozalab qoygandi, hozir esa saf tortib ularni kutib turishardi. Feya Taehyungga ishiga bemalol borishini o'zi esa dam olishini aytdi. Taehyung ham bunga rozi boldi. Xizmatkorlarga ularni kiyimlarini taxlashni aytdi. O'zi esa Feyani yotoqqa olib kirib yotqizdi va xizmatkorlarga unga har daqiqada qarab turishini ta'kidladi va pastga Jungkookni oldiga tushdi.
Jungkook :ertaga chiqardingiz. Qoyilee
Taehyung :nima ustimdan kulayapsanmi. O'zingni hali ko'ramiz yigitcha. Qani yuraqol Asenani oldiga boraylik, uni kormaganimga ham ancha boldi. O'zi unga yaxshi qarayapsanmi..
Bu savoldan Jungkook boshqacha bolib qoldi va faqatgina ha deya oldi holos.
Yo'l bo'yi Jungkook Asena turib kiyinibdimi yoqmi shuni o'ylab ketardi. Yoq u kiyingan va o'ziga qaragan, boshqalar uni deb tashvish chekishini xohlamaydi. Ayniqsa homilador opasini.
Ular qo'rg'on oldiga kelishdi va ichkariga qarab yurishdi. Uy ichiga kirib endi mehmonxona tomon yo'nalayotgan edi hamki,qattiq chinqiriq bilan zaldagi katta zinadan Asenani qon bolib yotgan tungi pijamasida dumalab, yuztuban bolib tushganini ko'rishdi va shu bilan Asenani ovozi chiqmadi....
Buni ko'rgan Taehyung va Jungkook shokka tushib qolishdi va jon holatda uni oldiga yugurishdi.
Jungkook :Asenaaaaaaaa.....
Taehyung :yoq. Asenaaaaaaaa.....