February 10, 2025

Tasodifiy sevgilim

Jungkook
Ba'zi qarorlarimiz aqlni rozi qilishi mumkin, ammo qalblarni jarohatlaydi.!💔❤️‍🩹

Asena
Odamlar go'zal so'z bilan faxrlansa, Men go'zal sukut bilan faxrlanaman...... 🍃🤍

°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°
Jungkook va Asena uyga kelishdi. Jungkook yana Asenani ko'tarib uyga kirdi. Asena esa shunchaki hissiz jim turardi. Jungkook uni yotoqxonaga olib kelib to'shakka qo'ydi.

Jungkook : Asena kiyimlaringni alishtirasanmi

Asena esa jim. Shunchaki o'zi o'rnidan qo'zg'aldi.
Jungkook : Asena o'zim qarashaman demoqchi edim - deya Asenaga yaqinlashgandi. Asena qo'li bilan toxta ishorasini qilib o'zi yana yura boshladi.
Payi cho'zilgan oyog'ini yerga zo'rg'a bosib, yana ko'tarib cho'loqlanib, qiynalib garderob xonasiga bordi. Jungkookni esa Asenani muomalasidan yuragi olov bolib yonayotgandi.

Jungkook pov
-hammasiga o'zim aybdorman. Qalbiga ozor berib qo'ydim. Endi meni kechirmasa ham kerak. Uffff Jungkook, Jungkook ahmoq deya yer tepinib, u ham boshqa dushga kirib ketdi.

Asena pov
-Yuzsiz. Bitta qizni aldab, unga umidlar berib, menga uylanib meni ham baxtimni qora qildi. Ota-onasiga uni sevishini aytsa bolardiku. Nima qilardi meni olib, tinchgina o'qib yurgandim. Uffff miyyalarim chalkashib ketdi. Bir vahshiyni changalida qolib ketdim. Faqatgina ota-onamni sha'ni obro'si va opamni mazasi qochmasligi uchun rozi boldim. Uni aslo kechirmayman. Lekin Taehyung akam nima dedi. U qiz Jungkookni sevgan Jungkook esa uni sevmagan dedi. Lisa esa u bilan kop tunlar o'tqazganman dedi. Endi men kimga ishonay. Lekin Jungkookka nisbatan yuragim qanaqadir boshqacha uradi. Aqlim esa uni kechirma deydi. Agar u qizni sevganida, meni qayta bu yerga olib kelarmidi. Taehyung akam Jungkook qizishib ketadiganlardan degandi. O'sha payt seni urganda o'zida emasdi dedi. Seni juda yaxshi koradi, hozir ham afsusda degandi. Bilmadim. Hayotim bunaqa boladi deb o'ylamagandim. Asena shularni o'ylab, qiynalib tungi pijamasini kiyib oldi. Endi u yerdan chiqib yotoqqa yotmoqchi edi ko'ngli behuzur bolib yuvinish xonasiga kirib ketdi. U yerdan yuzi oppoq bolib chiqib keldi. Jungkook ham xonaga kirib keldi. Qarasa Asenani yuzlari oppoq o'zi esa qiynalib yurib yotoqqa yotayotgan ekan.
Jungkook :Asena ahvoling yaxshimi. Nega yuzlaring oqarib ketdi.
Asena esa hech narsa demay yotoqqa joylashib ko'zlarini yumib oldi. Bu holatdan Jungkookni ham jahli chiqdi, ham siqildi.
Jungkook :Asena boyadan beri senga gapirayapman. Nega eshitib turib javob bermaysan. To'g'ri Men xato qildim. Xatoyimni tushunib yetdim. Kechirishing qiyin bo'layotganini bilaman. Hech bolmaganda ahvolingni aytib tur. Axir men havotirlanyapman. Iltimos deya yig'lashdan nari beri bolib uni oldiga yaqinlashdi. Ammo Asena shunchaki ko'zlarini yumib olgandi. Jungkookni gaplariga reaksiya bildirmadi. Jungkook esa vaqt o'tgan sayin kechirar deb u ham yotoqqa joylashdi. Asenani oldiga yaqinlashib bo'ynidan hidlamoqchi edi,Asena undan surilib ketdi. Jungkookni asabi juda ham buzildi, lekin o'zini aybi kattaligi uchun bunga ham ko'z yumdi.
Tong.....
Jungkook uyqudan sekin ko'zlarini ochdi. Oldini paypaslab Asenani izladi, ammo to'shak bo'sh. Shartta o'rnidan turib ketdi. Qarasa Asena garderob xonasidan kiyinib chiqibdi. Qo'lini va oyoqlarini bintini qaytadan boylabdi. O'zi esa uzun , yengli va bo'yni yopiq ko'ylak kiyib olibdi. Xoynahoy Jungkook kalataklagan va aloqa qilganda bo'ynidan qolgan qizlarni berkitish uchundir.

*
Jungkook uni korishi bilan yuzida tabassum yugurdi. Asena esa so'lg'in kayfiyatda edi. Kecha ko'ngli aynigani bugun ham ro'y berdi. Yuzlari esa yana oqarib ketgandi. Bu yog'i esa oyog'i va qo'li va Jungkook urgan izlar. Bari uni nozik tanasiga og'riq berayotgan edi.
Jungkook :yaxshimisan. Mazang joyidami ranging yana oqarib ketibdi.
Asena esa faqatgina boshini qimirlatib uni yonidan yana cho'loqlanib o'ta boshladi.

Jungkook :pastga tusha olmaysan. Hozir yuvinib chiqib, kiyinay o'zim olib tushaman. Ha demay Taehyung akam va opang keladi.
Asena esa indamay xonani tark eta boshladi. Jungkook esa hozir Asenani tusha olmasligini bilib, yuvinishdan oldin pastga tushirib qoyay deb uni izidan chiqdi. Qarasa Asena cho'loqlanib zina tomonga borayapti.
Jungkook pov
-uf bu qiz unaqa qaysar emas ediku. Doim itoatkor edi. Meni aytganlarimni doim bajarardi. Ahmoq Jungkook qizni kaltaklab shu bilan birga uni hislatlarini ham o'ldirding. La'nati endi chidaysan. Chunki uni qoyib yubora olmayman. Usiz nafas ola olmayman.
Jungkook tezda borib Asenani dast ko'tarib oldi. Asena esa bunaqa holatdan boshqacha bolib qoldi.
Asena pov
-Bo'ynimga urilayotgan Jungkookni iliq nafasini his qildim. Nega bunaqa. Nega u menga yaqinlashsa yuragim boshqacha urib boshlaydi. Yuragim unga talpinsada, qilgan ishlaridan nafratlana boshlayman. Uffff miyyam hozir bu o'ylardan yorilib ketadi.
Jungkook Asenani mehmonxonaga olib kelib stulga o'tirg'izdi.
Jungkook :gapirmaganingga koz yumayapman, ammo, bunaqa qaysarlik qila korma. Shu yerda o'tir deya yana yuqoriga chiqib ketdi.
Yarim soatdan so'ng u ham kiyinib pastga tushdi.

*

Qarasa Asena mehmonxonada yoq ekan. Xizmatkorlardan uni qayerdaligini so'radi.U yerga borib qarasa, Asena hovlida atrofni kuzatib stulda o'tirgandi.
Jungkook pov
-bu qiz haqiqatda boshqacha va o'zgacha. Doim meni o'ziga rom etib tortadi. Qachon meni kechirarkin. Uni mayin ovozini sogindim deya u ham Asena tomonga bordi. Asena esa o'rnidan turib ketdi. Yuzida esa tabassum paydo boldi. Jungkook ham Asena qaraganim tomonga qaradi. Qarasa, Taehyung va Feyani mashinada kelayotgan ekan. Asena xursand bolib ular tomonga cho'loqlanib harakatlana boshladi. Jungkook ham uni ortidan ergashdi.
Taehyung va Feya mashinadan tushishdi. Feya u tomonga cho'loqlanib kelayotgan Asenani ko'rib boshqacha bolib qoldi va uni oldiga tezroq bordi.
Asena uni oldiga kelgan opasini quchog'iga olmoqchi bolib endi opajonim degandi hamki Feya uni qolini ushlab savollarga komib tashladi.
Feya:yo xudoyim Asena seni oyog'ing bilan qolingga nima qildi. Kim seni bu ahvolga soldi. Ranging ham oqarib ketibdi. Mazang joyidami. Menga tezda tushuntirib berchi. Nega ham kecha kelmadimaa deya hammasini bir nafasda aytib Asenaga havotir nigoh ila qaradi.
Asena esa jilmayib uni quchib oldi.
Asena :opajon ahvolim yaxshi. Zinadan shoshilib tushayotganimda sirg'alib yiqilib ketdim. Shuning uchun shunaqa bolib qoldi. Hozir yaxshiman. O'zingiz yaxshimisiz. Meni mitti kichkintoy jiyanchamchi deb bir qolini Feyani qorniga olib bordi.
Feya:ehtiyot bolib yursang bolmaydimi a. Bu qachon sodir boldi. Nega shoshasanaa.
Asena :kecha yiqilib tushdim. Hozir ahvolim yaxshi. Tashqarida turib qoldingiz. Yuring ichkariga kiraylik. Salom Taehyung ak.... E pochcha yaxshimisiz. Yuring siz ham kira qoling.
Taehyung :yaxshi o'zing yaxshimisan
Feya :salom Jungkook siz ham yaxshimisiz.
Jungkook :salom. Yaxshi. O'zingiz yaxshimisiz
Feya:yaxshi rahmat. Kecha bizni oldimizga chiqmasdan Asenani oldida bolsangiz bolarkan. Chiqmaganingizda bunaqa voqea bolmasmidi.
Taehyung :azizam boldi. Yuraqol
Asena :ha opa. Boladigan ish bolib boldi. Siz siqilmang. Sizga mumkin emas. Ahir jiyanchamni qiynab qo'yasiz.
Feya:hop mayli. Lekin o'takamni yording. Ahmoq qiz. Qayerga shoshasanaa. Hayronman.
Asena :opajon boldi kiraqolaylik.
Ular uy ichiga kirishdi. Mehmonxonani xizmatkorlar taomlar bilan toldirib bezab qoyib ularni kutardi. Ular kirib o'tirib olishdi. Asenani esa bu ovqatlardan ko'ngli behuzur bolib turardi. Ammo buni opasini oldida ko'rsatgisi kelmay zo'rg'a chidab turardi.
Taehyung, Feya, Jungkook maroqli suhbat qura boshladi. Asena esa ularni shunchaki tabassum bilan gaplarini tasdiqlab turardi. Lekin taom hidiga zo'rg'a chidardi. Feya keyingi suhbatni yana Asenaga qaratib uni o'qishi haqida so'rab boshladi. Song uni ko'ylagiga endi nazari tashladi.

Feya:ooo Asena seni bunaqa uzun va yopiq libosda ko'rmagandim. Bizni Jungkook Asena xonimni juda zor tarbiyalab qoyibdi ku a deya Jungkookka jilmayib qaradi. Jungkook esa Feyaga qarab tabassum qildi. Asena esa shunchaki uyalganidan qizarib pastga qaradi.
Feya:endi haqiqiy xonimlarga o'xshab kiyinibsan. Oldingi kiyimlaring faqat oversize edi. Bu klassik kiyinish uslubi menga yoqdi. Buni adashmasam Jungkook tanlagan. Chunki senga qoysa faqat allambalo kiyimlar tanlarding. Jungkook juda ham nafis diding bor ekan.
Taehyung :yo xudoyim Feya boyadan beri davrani hech kimga bermaysane.
Feya:nima sizga gapirishim yoqmayaptimi deya xafa bolib qaradi.
Taehyung :yoq gozalim nega hafa bolasan. Shunchaki dam olib, dam olib gapir demoqchi edim.
Feya :Hmmm. Hop
Asena ularni suhbatlarini korib havas bilan qaradi. U ham shunaqa baxtli bo'la oladimi???? Tiklanmay turib dars ketgan oilasi yana baxtga erishadimi???
Birdan yana mazasi qocha boshladi. Bu safar chiday olmaydi. Turmasa bolmaydi. U o'rnidan sekin turdi.
Asena :Men yuvinish xonasiga borib kelay. Darrov qaytaman.
Feya :yaxshimisan. Nega yuzing oqarib ketdi.
Taehyung :Asena singlim yaxshimisan.
Jungkook :Asena Men sen bilan boraman deya o'rnidan turdi.
Asena :ha yaxshiman. Men bilan borishingiz shart emas. Men o'zim deya stul oldidan cho'loqlanib harakat qilib 3 qadam tashlab yurgandi hamki, ko'zini qora quyun qoplab birdan yerga yiqildi.
Bu holatdan hamma shokka tushib o'rnidan turib ketdi.
Jungkook :Asenaaaa
Taehyung :yoq Asena
Feya:Aaaasssenaaa ssseeenga nnima booldi.
Hamma uni oldiga yig'ildi. Jungkook uni shart kotardiyu, tashqariga otilib chiqdi. Izidan Taehyung va Feya ham chiqdi. Jungkook ularni kutmay mashinaga minib balon izlarini yerda qoldirib ketdi.
Taehyung ham zudlikda mashinaga mindi. Feya ham mashinaga o'tirib oldi. Taehyung shuncha uni qolishini, ahvoli yomonlashini aytsa ham Feya ko'nmadi. Noiloj Taehyung ham gazni bosib Jungkookni izidan ketdi.
Taehyung pov
-Jungkook yana nima qildingga. Uni senga ishongan Men ahmoq. Agar unga bir nima bolsa tanangni nimta nimta qilaman.

*

Jungkook tezlikda kelib mashinaga tormoz berdi va Asenani orqa o'rindiqdan olib shifohonaga olib kirib ketdi.
Jungkook :Kim bor tezroq yordam bering....
Uni tanigan hamshiralar zudlikda zambilni sudrab chiqdi.
-Janob xonimga nima boldi.
Jungkook :rangi oqarib hushidan ketib qoldi.
-yaxshi bemorni tekshiruv xonasiga olib kiringlar shifokorni ham chaqiringlar.
Jungkook :Xotinimga hech narsa qilmaydimi.
-Janob havotir olmang biz hozir tekshirib javobini aytamiz.
Pov Jungkook
-e xudoyim yana nimalar bo'ldiyaaa. Shuncha azob chekkani kammidi. Kecha o'zi rangi oqarib ketgandan sezib olib kelsam bolarkan. Ahmoq Jungkook bir g'amxo'rlik ham qilolmaysan.
Bu yoqda Taehyung va Feya ham yetib kelib ichkariga kelishdi. Zalda o'tirgan Jungkookni korib uni oldiga bordi.
Taehyung & Feya :Asenani olib ketdimi
Jungkook :Ha hozir olib kirib ketdi.
Taehyung :Kecha ahvoli yaxshi edimi. Nega bunaqa boldi Jungkook
Jungkook :Kecha dushdan chiqsam yuzi oqarib ketgan ekan. Nima boldi ahvoling yaxshimi deganimda ha deb borib yotoqqa yotib oldi.
Taehyung :keyin sen shu bilan etibor bermading to'g'rimi. Jungkook u hali yosh bolsa, aqling uni shifohonaga olib kelishga yetmadimi. Balki senga aytolmagandir. O'zingdan bilib olib kelsang bolmasdimi. O'zi zinadan yiqilib tushgani kammidi deya ovoz to'nini balandlatib Jungkookka yeb qo'yguday bolib yaqinlashdi. Feya esa uni yelkasidan tutib qoldi.
Feya: Taehyung boldi o'zingizni bosing. Jungkook ham zo'rg'a o'tiribdiku. Asenani bunaqa bolishini xohlamaganku. Hozir doktorlar nima bolganini aytishadi.
Taehyung tartibsiz nafas olib Jungkookka yov qarash qilib turdi.
Feya negadir hotirjam edi. Chunki shifokor bo'lganligi sababli Asenadagi bu holat homiladorlikka tortayotgandi. Ammo to'yiga endi 3 hafta boldi. Bu Asena uchun erta emasmi deb ham o'ylab qoldi.

Kop o'tmay shifokor chiqib keldi. Uni korgan uchchalasi ham o'rnidan turib uni oldiga borishdi.
-Tabriklayman xotiningiz homilador ekan.
Taehyung va Jungkook :Nima
Feya:Ha nima. Silar nimani kutgandilar dedi xursand bolib.
Taehyung :sen buni bilgandingga dedi Taehyung Feyaga qarab. Jungkook esa ham hursand ham hayron bolib Feyaga qarab qoldi.
Feya:Men shunaqadir deb taxmin qilgandim. Ana taxminim tog'ri chiqdi. Tabriklayman Jungkook sen ham yaqinda ota bo'larkansanda. Lekin qoyil to'ylaringga 3 hafta bolgandi, juda chaqqon chiqdilarku yoshlar deya uni quchoqlab qoydi. Taehyung Feyani qilig'idan hang-u mang edi. Jinniga qaraganday Feyani kuzatib turdi.
Feya:aytgancha homila nechchi haftalik ekan deb shifokor yuzlandi.
-11 kunlik ekan xonim dedi shifokor kulib-siz ham shifokormisiz deyman dedi
Feya:Ha shunaqa. Lekin sizdan bitta narsani sorashim kerak.
-bemalol xonim.
Taehyung esa shifokorga qarab kechagi bolgan ishlarni unga aytmasligini hatti harakatlari bilan imlab qoydi.
-Unda men bilan yuringlar sizlarga aytadigan gaplarim bor.
Uchalasi ham shifokor xonasiga kirdi.
-qiz juda ham yosh ekan. Buni ustiga uning homiladorlik paytidagi 1 oyi juda ham qiyin kechadi. Bu albatta uni organizmiga bog'liq. Shu 1 oy ichida yaxshi qaranglar. Hech qayerga chiqmasin. Ortiqcha urinmasin. Keyin ko'ngil aynishini pasaytiruvchi damlamalar yozib beraman. Dori endi umuman qabul qilmasin. Meni tushundilar degan umiddaman.
Taehyung :meni qiziqtirgan savolga ham javob bering. U kechagina zinadan yiqilgan homila qanaqa qilib saqlanib qolgan.
-Janob homila hali 11 kunlik bolgani uchun ham saqlanib qolgan. Ya'ni juda ham kichik bolgan. Agar 1 yo 2 yoki undan oshiq oy bolganda uni asrab qololmasdik. Baxtiga homila endi paydo bolgan. Ham qizni organizmi juda ham sezgir va nimjon ekan. Odatda ayollar homilador ekanligini 2 yo 3 haftaligida bilinadi. Bu qizda esa erta bilindi.
Feya:endi chiqib tursanglar. Meni doktorda alohida gapim bor edi.
Taehyung :qanaqa gap ekan.
Feya:yo xudoyim Taehyung ayollarni gapi chiqing. Qorqmang meni yeb qoymaydi.
Mayli deya ikkisi ham chiqib ketdi.
-eringiz juda ham sizni yaxshi korarkan dedi shifokor kulib
Feya :Ha shunaqa... Endi bir savol bersam. Men nevrojarrohman, ya'ni aytmoqchi bolganim, akusherlik (doyalik) sohasini chuqur o'rganmaganman. Singlimni turmush qurganiga atigi 3 hafta boldi. U esa 11 kunlik homilador. Bunga qanday izoh bersa boladi. Tajribangizdan kelib chiqib ayta olasizmi
-ha xonim ayta olaman. Singlingiz 19 yoshda ekan. Bu degani ularni organizmi tez rivojlanuvchan yoshda ya'ni homilador bolishi tez degani. Ayrim qizlarda 1 martalik aloqadan so'ng ham homiladorlik kuzatiladi. Chunki organizmi tez qabul qiluvchan boladi. O'zingiz ham homiladormisiz
Feya :haaa. Men ham homiladorman dedi tabassum qilib.
-ha yaxshi. Singlingizga o'zingiz ham maslahatlar berasiz degan umiddaman dedi
Feya :Ha rahmat doktor dedi va Feya ham Asena yotgan palataga bordi. Kirsa Taehyung va Jungkook uni oldida ekan. Asena uyg'onibdi.
Pov Feya
-Ko'rinishidan xursand, lekin homiladorlik alomati uni yuzini so'lg'in qilib qoyibdi. Jungkook esa o'zida yoq xursand. Taehyung esa negadir tund qiyofada. Tavba bu odam nega jiddiyni yoqib olgan.
Feyani korishi bilan Asena unga tabbasum qilib qaradi. Feya esa uni borib quchoqlab oldi.
Feya:asal singlim tabriklayman. Sog' - salomat qolingga olvogin deya uni qornini siladi. Meni jajji jiyancham, oyingni uncha kop qiynama dedi. Bundan Jungkook va Taehyung kulib yubordi. Asena esa sal uyaldi. Feya esa telfonini yoqib Kim xonimga video qo'ng'iroq qildi. Kim xonim telefonni ko'tardi. Oldida Jeon xonim va Eren xonim ham birga ekan. Ular dam olishib dugonalar o'tirgan ekan. Feya Asenani ko'rsatib uni homilador ekanligini aytdi. Bu xushxabardan hammasini kayfiyatiga kayfiyat qoshilib ketdi. Jeon xonim esa hozirni o'zida qaytaman deb turib oldi. Ammo Feya uni bu shahtidan qaytardi. Mazza qilib dam olishini Asenaga ungacha o'zi ko'z quloq bolib turishini aytdi. Jeon xonim zorg'a rozi boldi. Jungkook va Taehyung ham ular bilan gaplashishdi va telefonni o'chirishdi.

Feya:endi ketamiz.
Jungkook :yaxshi. Asena seni turishingga yordamlashayinmi deb uni yoniga yaqinlashdi.
Asena :yoq o'zim turaman deb joyidan qo'zg'aldi.
Feya:Asena ha deb aytish kerak edi deb uni ustidan kuldi. Jungkook uni kotarib oling. U aytaveradi. Uni sog'ligi siz uchun muhimmi unda ruhsat soramay kotarib oling.
Taehyung bundan ensa qotirib qoydi. Asenani yana yuzlari qizarib ketdi. Jungkook esa uni ko'tarib oldi va xonadan chiqdi. Feya esa Taehyungni oldiga keldi.
Feya:Hmmm sizni nega qovog'ingizdan qorlar yog'ayapti. Men shuni tushunmayapman. Nima siz xursand emasmisiz.
Taehyung :yoq yagonam nega xursand bolmas ekanman. Xursandman. Lekin oxirgi paytlarda kop gapiradigan bolib qolibsan. Shunga boshim og'riyapti dedi uni jig'iga tegish uchun.
Feya esa yuzini bujmaytirib ters burilib xonadan chiqib ketdi.
Taehyung esa uni orqasidan chiqib qo'lidan ushlamoqchi edi, Feya uni qolini siltab tashladi.
Taehyung :azizam axir hazillashdim. Xafa bolmagin iltimos
Feya :menga yaqin kela kormang. Ertalab ham gapirganimda shunaqa gap qildiz. Meni ko'nglimga tegdi. Nima sizga yoqmay qoldimmi. Yoki mendan boshqasini topib oldizmi deyman. Ochiqchasiga aytavering. Men bilan bolangiz kerak bolmasa agar
Taehyung :yo xudo Feya bir nafasda gapirib bunaqa tuhmatlar qilma iltimos. Faqatgina seni jig'ingga tegishni yaxshi koraman. Shuning uchun shunaqa qilaman. Arazlagingda juda ham chiroyli bolib ketasan iltimos kechiraqol. Axir bilasanku kozlarim sendan boshqasini kormaydiku. Bolajak farzandim va sen meni baxtimsanku.
Feya :Hmmm. Avrashni ham qoyillatadi bu kishim. Kechirmayman. Chunki bu qilig'ingiz bir kunda 2 marotaba boldi deb mashinaga o'tirib qo'llarini ko'kragi ustidan o'rab oldi.
Bu yoqda Jungkook Asenani mashinaga o'tqizib Taehyung va Feyani tortishayotganini korib qoldi va Taehyungni oldiga bordi.
Jungkook :Ha akam yoshlarga kop maslahat berasizuu, lekin maslahatlaringiz o'zingizga ish bermayaptimi deb kuldi.
Taehyung :yaramas bola hammasi seni deb boldi.
Jungkook :Men nima qildim
Taehyung :Asenani mazasi qochganda yana nimadur qildingmi deb o'ylagandim. Agar boshqa gap bolganda sen aniq hozir tirik bolmasding. Bolajak bolangga rahmat ayt seni qutqarib qoldi. Bolmasa burda burda qilardim seni.
Jungkook :aka boldi xavotirlanmang. Hozir kayfiyatim yaxshi. Chunki men ota bolaman. Siz nega meni tabriklamadingizaa. Konglingizni to'q qiling Asenani bundan keyin avaylab asrayman. Siz meni o'ldiraman deguncha kelinoyimga qarang. Bugun kechga aniq jazolanasiz deb yana kuldi. Taehyung esa uni kallasiga bir tushirdi. Bu holatni mashina ichida turgan Asena korib kulib yubordi.
Taehyung :bor yoqol. Hozir sendan nima qilishni sorayman. Undan kora Asena meni kechiribdimi yoqmi deb o'ylagin jentelmen. Akang kelinoying bilan hozirni o'zida yarashadi. Sen o'zingni bil mishqi deb mashinasiga o'tirdi. Jungkook ham kulib mashinasiga o'tirdi va 2 ta mashina ham qo'zg'alib qo'rg'on tomon yo'l oldi.