May 16, 2025

Qora ko'zlar

1 qism - mualif yozuvchi Asena Izanami.

" Agar menga sevgi nima deyishsa, men shunchaki latareya degan bo‘lardim. Nega bunday deyman? Xato… buni javobini o‘zim ham bilmayman. Bunga sabab ko‘p, lekin shu sabablarni eslaganim sari ruhim bo‘laklarga bo‘linadi. Bular o‘tmishda qolgan hislar va men bu latareyada g‘olib bo‘lmagan edim. Hozir ko‘z o‘ngimda o‘sha onlar gavdalandi. O‘sha tim qora ko‘zlar. "

1-bob Tanishuv.

Salqin havoda sayr qilayotgan qiz sovuq tushgani sabab uyga qaytishga qaror qildi. Hali uzoq joyga ketmagani uchun tezda uyga qaytib keldi. Uyga kirishdan avval biroz turganida osmondan tomchi yomg‘irlar tusha boshladi.

~ Ko‘nglim sezgan ekan.

Qiz yuzida ajoyib tabassum tarqadi. Salqin va musaffo havo sayr qilishga arzirli edi. Seulda asosan ko‘p qavatli uylar bo‘lgani sabab qiz ham alohida ko‘p qavatli uyda turardi. Qiz bino ichiga kirib, liftga qaradi. Lift band ekan. Buni ko‘rib, qiz yengil xo‘rsindi.

~ Menimcha, bu menga ham mashq, ham sabrli bo‘lish uchun yana bir ajoyib usul bo‘ladi.

Noiloj qiz sumkasini qattiqroq siqib, zina bo‘ylab chiqishni boshladi. 3-qavatga chiqti-yu kuchi qolmaganini sezdi. Uning yo‘lida esa hali 6 ta qavat bor! Qiz hansirab, devorni ushlagancha 4-qavatga chiqqan onida yonidan yugurib tushgan yigit qo‘lidagi narsalar bilan qizni turtib yubordi.

~ Yo xudoyim!!!

Yigit qizga tegib ketganini sezib, to‘xtadi. Ko‘rinishidan shoshgan yigit qizning e’tiborini tortdi. Bejirim qora ko‘zlar, hayratda turgan yuz ifodasi va mukammal tana qizning e’tiborini tortmay qolmadi. Yigit ham qizga tikilib turardi. Lekin birdan kamqonlik sabab kuchsiz bo‘lgan qizning oyoqlari bukilib, yiqilib tushay deganda yigit narsalarini tashlab, qizni tutib qoldi.

~ Hoy, xonim, sizga nima bo‘ldi?

~ Men...

~ Uyingiz qayerda? Men sizni olib chiqaman. Bu ahvolda siz chiqa olmaysiz!

~ Yo‘q, shart...

Qiz yana gapirmoqchi edi, lekin birdan holsizlanib, yanada bo‘shashib ketdi. Buni sezgan yigit qizni qo‘liga ko‘tarib oldi.

~ Xotirjam bo‘ling, hammasi mening nazoratim ostida!

Qiz gapira olmay qoldi. Chindan ham kamqonlik sabab qattiq hansirab, juda holsizlanib qolgandi.

~ Ismingiz nima?

Yigit qo‘lida kichik jussasi bilan titrab turgan qiz yuziga qaradi.

~ Shiku...

~ Juda chiroyli ism ekan.

Yigit qizga kulaman deb tirjayib qo‘ydi, keyin buni tushunib, yuzini jiddiyroq tutishga urindi.

~ Aa, haligi, bu xushomad emas. Yana meni noto‘g‘ri tushunmang.

~ Yo‘q, hechqisi yo‘q. Tirjaysangiz ham chiroyli ko‘rinasiz, bachkana emas.

~ Aaa, rostanmi?

~ Ha.

~ O‘zi oyim ko‘p aytardi “Meni o‘g‘lim eng kelishgan,” deb.

~ Ha.

~ Yana bilasizmi, oyim “Sen pazanda, kuchli, kelishgan, aqliy yigitdansan,” derdi.

~ Ha.

~ Faqat “ha” deb javob berish sizga odatmi?

8-qavatga chiqqan yigit yurishni to‘xtadi.

~ Aytgancha, hech bo‘lmasa shu savolimga javob bering, yaxshi qiz! Nechinchi qavatda turasiz?

~ Men 9-qavatda turaman.

~ O‘o‘, men bilan bir joyda turasizmi? Men bugun ko‘chib keldim.

~ Demak, yangi qo‘shni siz ekansiz-da?

Shiku ancha hansiramay qolganini sezdi. Qornidagi sanchiqlar ham kamaygandi.

~ Sizni ismingiz nima? - dedi Shiku yigitga.

~ Mening ismimmi? Mening ismim Kim Taehyung. Meni shunchaki Tae deb chaqiring. Sizdek go‘zal qizlarga ismimni erkalab aytishi yarashadi.

~ Nima?

~ Hech nima!

~ Hmm.

~ Mana, keldik.

Tae Shikuni kerakli qavatga olib chiqqanidan so‘ng yerga qo‘ydi. Oyoqlari yerga tekkani zahoti Shikuni birdan ko‘z oldi qorong‘ulashgani sabab yigitga suyanib qoldi.

~ Hoy-hoy, nima bo‘ldi sizga, Shiku!?

Zaif, oppoq, kichik jussali qiz qarshisida titrab turganini ko‘rgan Tae o‘zini g‘alati his qildi.

~ Issiq choy ichib, shokolad yesam, o‘tib ketadi. Kamqonlik bu.- kulishga urundi Shiku.

~ Ha, kamqonlik yomon, zaif qilib qo‘yadi odamni.
Tae kulib, boshini yerga qaratib, oyog‘i bilan yer tepindi-yu bir nima esiga tushgandek hovliqib yuzini qizga qaratdi.

~ Jin ursin, meni narsalarim pastda qolibdi.

~ Nega liftdan foydalangansiz?

Endi ketaman degan Tae Shikuning savolidan to‘xtadi.

~ Shunchaki… pastdagi bir xola “Narsalaring ko‘p ekan, liftni band qilib foydalama, zinadan tushib-chiq,” dedi.

~ U xola qaysi qavatda edi?

~ 1-qavat?

~ Siz qayerda turishingizni aytib, ularga e’tibor bermasligingiz kerak edi. Narsalarni ko‘p bora zinadan 9 qavatli uyga tashib chiqish oson emas, buni u kampir ham tushungan bo‘lardi.

~ Mayli, men kuchli yigitman! Oyim aytgandek, kattalarni hurmat qilib yurishim kerak.

~ Ha.

Shiku ilk bor bunday yigitni ko‘rgani uchun hayratlanib qoldi. Nahotki shunday insonlar hayotimizda bo‘lsa?

*

Shiku tilidan

Uyga kirishim bilan zim-ziyo bo‘lgan uyim chiroqlarini yoqdim. Oynalar berk va dim edi. Menga shunisi yoqadi yolg‘izlik, tinchlik menga mos edi. Uyga kirib, o‘zimni keng divanimga tashladim. Divanim yotoqxonamdan ham yaxshi ekani uchun ko‘pincha unda uxlab qolaman. Divan qarshisidagi stol va uning ortidagi televizorga qarab uf tortdim. Kino ko‘rgim keldi, lekin hozir yaxshi kinoni topish ham qiyin. Yonimda chipsdan qolgan axlatlarni ko‘rib, battar asabim buzilib ketdi. Juda tartibsiz qizman. Bir kun bu dunyoim o‘zgarmikan?

Ota-onam bilan birga
yashaganimda kasal bo‘lmasdim. Alohida yashashni boshladim va mana kasalliklar do‘stimga aylandi. Tez-tez habar olishadi, ko‘z tegmasin.

O‘rnimdan turib, ustimdagi sportivkani yechib ilayotganimda tashqaridan boyagi bolaning g‘alati ovozlari kela boshladi.

“Sen buni uddalaysan! Qani, tez-tez tashiylik! Qani bo'l Tae bular og'ir emas”
Bu bola nega bunday deb baqiradi? Yana o'ziga o'zi gapiryabdi. Juda g‘alati yigit ekan. Lekin tan olishim kerakki, u juda kuchli. Ayniqsa, uning qo‘larida yurish... Yo Xudo, nega buni o‘yladim? Lekin juda qiziq... Uning qo‘larida mendan avval qiz bo‘lganmi? Bo‘lgan bo‘lsa, senga nima, axmoq Shiku! Nega bunday narsalarni o‘ylaysan, yo Xudoyim!

" Jin ursin belim " hayolarimga shunchalik berilib ketimki eshigim tagida ketvorgan yigit bor ekani esimdan chiqti. Qiziqib eshik yoniga borib korish oynachasidan ko'zim bilan biroz mo'raladim. Taehyung katta televizorni ko'tarib olgandi men o'ylabman u biror yukni tashiyverib charchagan deb lekin u hozir qalin va juda og'ir narsani tashigandi yana 9 qavatga! E xudo bu yigitda " Qasoskorlar " kuchi bormi? Masalan mmm Xalkni kuchi yoki Temir odam... Yo'q yo'q u Temir odam bo'lolmaydi kuchli oshqavoq kala ekani aniq iq darajasi kuchli bo'lsa o'zini bunday tutmasdi! Aqsiz kuchli odam edi bu yigit! Menimcha qasoskorlar yaxshi o'xshatish emas! Men uni boshqa narsaga o'xshataman. U uch baxodirlar multfilimidagi kenja botirning o'zginasi! Ha aynan o'sha! Uniyam aqli yo'q ammo kuchli edi. Xix nimalarni o'ylamadima! Balki bu bola taqdirimdir? Chiqib gap olsamikan axir har kuniyam kelishgan bolani uchratmayman.

Shiku

Tae chindan kelishgan yigit. Uni harakatlari mukamal edi. Men unga oshiq bo'lishim esa shunchaki axmoqlik bo'ladi. Sababi odiy Shiku aqlingni yeg'ib olgin hozir 21 yoshsan va yosh bolacha sevgi izxorlar vaqtidan o'tgansan. Men bunday qilmaslogim kerak shunday ekan sen ham qilmaysan! Bilib qo'y men bu sensan. Sen bu menman. Bu ikkisi bir...a menimcha...
~ Shiku uydamisiz?
Hayolim bilan bo'lib qolgan vaqtim eshik qo'ng'irog'i chalindi eshik yonida bo'lganim sabab bu Tae ekanini tez sezdim.
~ Ha..uydaman?
Javob berib qo'limni nazorat qilomay qoldimi deymanmi juda tez eshikni ochtim.Juda tez!
~ Juda tez ochasiz deb o'ylamagan edim.
Men kutgan noqulay savol berildi yoki shunchaki noqulay gap edi bu!!!
~ Ha eshik yonidagi kiyimlarni tartiblayotgandim.
Tae bu gapimga kulib yubordi.
~ Rostan tartiblaganmidingiz Kiymingizda chips ushoqlari bor va g'ijim keyin eshikni katta ochganingiz sabab ko'r emas ekanman xudoga shukur ortingizdagi bardakni ko'rib qoldim.
Taeni xaxolab kulishidan uyalib ketim
~ Bu menga qulay! Meni bezovta qilmang!
Yo xudoyim eshikni qanday yopganimni bilmayman uyatan yerga kiray dedim. Shu qadar tartibsiz degan nom kerakmidi menga? Jin ursin nega bunday qildim-aaaa.
O'zi bu yigit menga nima demoqchi edi? Asabimni asrab shunchaki hozir borib uxlasam albata hammasi unutilib ketadi.