NANA 🔞
Sabr qilsam ham bu dunyo menga hech qachon baxtni bermas ekanini angladim. Qochtim! Ha men turmush o'rtog'imdan qochib ketim. Qornimda uni farzandi bor lekin men undan uzoqlarga ketim.
***
Kasalxona devorlari oppoq, ammo bu oppoqlikning ichida yuragimdagi qorong‘ilik juda begona edi. Ustunlarga suyanib turgan tanam qaltirardi, qo‘llarimda esa qog‘oz oddiy bir tibbiy xulosa, lekin mening hayotimni ikki bo‘lakka bo‘luvchi hukm edi. “Homiladorlik: 6 hafta.” So‘zlar miyamda aylanib yurardi. Har safar ularni takrorlaganimda ko‘zim oldida Taehyung paydo bo‘lardi. Uning ko‘zlari o‘sha chuqur, sirli, ayni paytda qorong‘i nigohlar. Meni juda sevgan, bunga shubha yo‘q. Ammo… u qanday sevganini bilsangiz edi. U sevgi nomi bilan yo‘q qilgan. Men qochdim. Orqamga ham qaramay, boshqa shaharga, boshqa mamlakatga Yaponiyaga. O‘zim bilan faqat pasportim, bir necha juft kiyim, bir dona kichkina kundalik va Taehyungning rasmini olib chiqdim. Ha, u rasmni yo‘q qilishim kerak edi, lekin qo‘lim bormadi. Chunki men uni sevganman. Balki hanuz sevaman. Kasalxonadan chiqdim. Bahor. Yaponiyaning ko‘chalari yumshoq quyosh nurlari bilan to‘la. Lekin yuragimda qish edi sovuq, og‘riqli va yolg‘iz. Odamlar shoshilishardi, hayot davom etardi, lekin men go‘yo ularning orasida ko‘rinmas edim. Uyimga qaytdim. Kichik kvartiramga kirib, eshikni sekin yopdim. Ichimdagi og‘riqni eshikka suyanib, past ovozda yig‘lab yengillatdim. Hech kim eshitmasin degandek. Chamadonni ochdim. Kiyimlar, tish pastasi, ko‘zoynak… va o‘sha rasm. Taehyung. Uning tabassumi yolg‘on tabassum. Men faqat endi tushundim, u mehr bilan yashirgan zulmat ekan.
~ Meni sevgan bo‘lsang, qo‘yib yuborishing kerak edi, — dedim rasmdagi ko‘zlarga tikilib.
O‘z-o‘zidan qo‘lim qornimga bordi. Bu bolaning nima gunohi bor? Men undan qochdim, otasidan qochdim… lekin ichimda uni zuriyoti bor. Mening kuchim, mening jazom, mening javobgarligim. Shu daqiqada angladim men bu bola uchun yashashim kerak. Taehyung Koreyada qolgandi. Balki u hanuz meni izlayotgandir. Balki sevgisi hozir ham so‘nmagandir. Lekin men bunday sevgidan bezor edim. Men tinchlik istardim.
~ Endi sen emas, men tanlayman Kim Taehyung .
Va men o‘sha kuni kechasi rasmni buklab, kundaligim orasiga solib qo‘ydim. Yo‘q qilishga yana yuragim chidamadi. Chunki bu faqat og‘riq emas bu o‘tmishim edi. Lekin endi men faqat o‘tmish bilan yashamayman. Men ona bo‘laman.