Tasodifiy sevgilim
Boshingizni ikki qo'lingiz orasiga qoyib yomon narsalarni o'ylashni yig'ishtiring va go'zal kelajak uchun harakat qilishni boshlang. Yakunida esa unga eng quvonchli baxtni hadya qiladi taqdir
Jungkook tezlikda kelib mashinaga tormoz berdi va Asenani orqa o'rindiqdan olib shifohonaga olib kirib ketdi.
Jungkook : Kim bor tezroq yordam bering!
Uni tanigan hamshiralar zudlikda zambilni sudrab chiqdi.
Jungkook : rangi oqarib hushidan ketib qoldi.
-yaxshi bemorni tekshiruv xonasiga olib kiringlar shifokorni ham chaqiringlar.
Jungkook : Xotinimga hech narsa qilmaydimi.
-Janob havotir olmang biz hozir tekshirib javobini aytamiz.
e xudoyim yana nimalar bo'ldiyaaa. Shuncha azob chekkani kammidi. Kecha o'zi rangi oqarib ketgandan sezib olib kelsam bolarkan. Ahmoq Jungkook bir g'amxo'rlik ham qilolmaysan.
Bu yoqda Taehyung va Feya ham yetib kelib ichkariga kelishdi. Zalda o'tirgan Jungkookni korib uni oldiga bordi.
Feya : Asenani olib ketdimi shifokor
Jungkook : Ha hozir olib kirib ketdi.
Taehyung : Kecha ahvoli yaxshi edimi. Nega bunaqa boldi Jungkook
Jungkook :Kecha dushdan chiqsam yuzi oqarib ketgan ekan. Nima boldi ahvoling yaxshimi deganimda ha deb borib yotoqqa yotib oldi.
Taehyung : keyin sen shu bilan etibor bermading to'g'rimi. Jungkook u hali yosh bolsa, aqling uni shifohonaga olib kelishga yetmadimi. Balki senga aytolmagandir. O'zingdan bilib olib kelsang bo'lmasdimi. O'zi zinadan yiqilib tushgani kammidi - deya ovoz to'nini balandlatib Jungkookka yeb qo'yguday bolib yaqinlashdi. Feya esa uni yelkasidan tutib qoldi.
Feya : Taehyung boldi o'zingizni bosing. Jungkook ham zo'rg'a o'tiribdiku. Asenani bunaqa bolishini xohlamaganku. Hozir doktorlar nima bolganini aytishadi.
Taehyung tartibsiz nafas olib Jungkookka yov qarash qilib turdi.
Feya negadir hotirjam edi. Chunki shifokor bo'lganligi sababli Asenadagi bu holat homiladorlikka tortayotgandi. Ammo to'yiga endi 3 hafta boldi. Bu Asena uchun erta emasmi deb ham o'ylab qoldi.
Kop o'tmay shifokor chiqib keldi. Uni korgan uchchalasi ham o'rnidan turib uni oldiga borishdi.
-Tabriklayman xotiningiz homilador ekan.
Feya : Ha nima. Silar nimani kutgandilar dedi xursand bolib.
Taehyung : sen buni bilgandingga- dedi Taehyung Feyaga qarab.
Jungkook esa ham hursand ham hayron bolib Feyaga qarab qoldi.
Feya : Men shunaqadir deb taxmin qilgandim. Ana taxminim tog'ri chiqdi. Tabriklayman Jungkook sen ham yaqinda ota bo'larkansanda. Lekin qoyil to'ylaringga 3 hafta bolgandi, juda chaqqon chiqdilarku yoshlar - deya uni quchoqlab qoydi.
Taehyung Feyani qilig'idan hang-u mang edi. Jinniga qaraganday Feyani kuzatib turdi.
Feya : aytgancha homila nechchi haftalik ekan - deb shifokor yuzlandi.
-11 kunlik ekan xonim-dedi shifokor kulib - siz ham shifokormisiz deyman
Feya:Ha shunaqa. Lekin sizdan bitta narsani sorashim kerak.
Taehyung esa shifokorga qarab kechagi bolgan ishlarni unga aytmasligini hatti harakatlari bilan imlab qoydi.
-Unda men bilan yuringlar sizlarga aytadigan gaplarim bor.
Uchalasi ham shifokor xonasiga kirdi.
-qiz juda ham yosh ekan. Buni ustiga uning homiladorlik paytidagi 1 oyi juda ham qiyin kechadi. Bu albatta uni organizmiga bog'liq. Shu 1 oy ichida yaxshi qaranglar. Hech qayerga chiqmasin. Ortiqcha urinmasin. Keyin ko'ngil aynishini pasaytiruvchi damlamalar yozib beraman. Dori endi umuman qabul qilmasin. Meni tushundilar degan umiddaman.
Taehyung : meni qiziqtirgan savolga ham javob bering. U kechagina zinadan yiqilgan homila qanaqa qilib saqlanib qolgan.
-Janob homila hali 11 kunlik bolgani uchun ham saqlanib qolgan. Ya'ni juda ham kichik bolgan. Agar 1 yo 2 yoki undan oshiq oy bolganda uni asrab qololmasdik. Baxtiga homila endi paydo bolgan. Ham qizni organizmi juda ham sezgir va nimjon ekan. Odatda ayollar homilador ekanligini 2 yo 3 haftaligida bilinadi. Bu qizda esa erta bilindi.
Feya:endi chiqib tursanglar. Meni doktorda alohida gapim bor edi.
Feya:yo xudoyim Taehyung ayollarni gapi chiqing. Qorqmang meni yeb qoymaydi.
-eringiz juda ham sizni yaxshi korarkan dedi shifokor kulib
Feya :Ha shunaqa... Endi bir savol bersam. Men nevrojarrohman, ya'ni aytmoqchi bolganim, akusherlik (doyalik) sohasini chuqur o'rganmaganman. Singlimni turmush qurganiga atigi 3 hafta boldi. U esa 11 kunlik homilador. Bunga qanday izoh bersa boladi. Tajribangizdan kelib chiqib ayta olasizmi
-ha xonim ayta olaman. Singlingiz 19 yoshda ekan. Bu degani ularni organizmi tez rivojlanuvchan yoshda ya'ni homilador bolishi tez degani. Ayrim qizlarda 1 martalik aloqadan so'ng ham homiladorlik kuzatiladi. Chunki organizmi tez qabul qiluvchan boladi. O'zingiz ham homiladormisiz
Feya :haaa. Men ham homiladorman - dedi tabassum qilib.
-ha yaxshi. Singlingizga o'zingiz ham maslahatlar berasiz degan umiddaman
Feya ham Asena yotgan palataga bordi. Kirsa Taehyung va Jungkook uni oldida ekan. Asena uyg'onibdi.
-Ko'rinishidan xursand, lekin homiladorlik alomati uni yuzini so'lg'in qilib qoyibdi. Jungkook esa o'zida yoq xursand. Taehyung esa negadir tund qiyofada. Tavba bu odam nega jiddiyni yoqib olgan.
Feyani korishi bilan Asena unga tabbasum qilib qaradi. Feya esa uni borib quchoqlab oldi.
Feya:asal singlim tabriklayman. Sog' - salomat qolingga olvogin deya uni qornini siladi. Meni jajji jiyancham, oyingni uncha kop qiynama dedi. Bundan Jungkook va Taehyung kulib yubordi. Asena esa sal uyaldi. Feya esa telfonini yoqib Kim xonimga video qo'ng'iroq qildi. Kim xonim telefonni ko'tardi. Oldida Jeon xonim va Eren xonim ham birga ekan. Ular dam olishib dugonalar o'tirgan ekan. Feya Asenani ko'rsatib uni homilador ekanligini aytdi. Bu xushxabardan hammasini kayfiyatiga kayfiyat qoshilib ketdi. Jeon xonim esa hozirni o'zida qaytaman deb turib oldi. Ammo Feya uni bu shahtidan qaytardi. Mazza qilib dam olishini Asenaga ungacha o'zi ko'z quloq bolib turishini aytdi. Jeon xonim zorg'a rozi boldi. Jungkook va Taehyung ham ular bilan gaplashishdi va telefonni o'chirishdi.
Feya:endi ketamiz.
Jungkook :yaxshi. Asena seni turishingga yordamlashayinmi deb uni yoniga yaqinlashdi.
Asena :yoq o'zim turaman deb joyidan qo'zg'aldi.
Feya:Asena ha deb aytish kerak edi deb uni ustidan kuldi. Jungkook uni kotarib oling. U aytaveradi. Uni sog'ligi siz uchun muhimmi unda ruhsat soramay kotarib oling.
Taehyung bundan ensa qotirib qoydi. Asenani yana yuzlari qizarib ketdi. Jungkook esa uni ko'tarib oldi va xonadan chiqdi. Feya esa Taehyungni oldiga keldi.
Feya:Hmmm sizni nega qovog'ingizdan qorlar yog'ayapti. Men shuni tushunmayapman. Nima siz xursand emasmisiz.
Taehyung :yoq yagonam nega xursand bolmas ekanman. Xursandman. Lekin oxirgi paytlarda kop gapiradigan bolib qolibsan. Shunga boshim og'riyapti dedi uni jig'iga tegish uchun.
Feya esa yuzini bujmaytirib ters burilib xonadan chiqib ketdi.
Taehyung esa uni orqasidan chiqib qo'lidan ushlamoqchi edi, Feya uni qolini siltab tashladi.
Taehyung :azizam axir hazillashdim. Xafa bolmagin iltimos
Feya :menga yaqin kela kormang. Ertalab ham gapirganimda shunaqa gap qildiz. Meni ko'nglimga tegdi. Nima sizga yoqmay qoldimmi. Yoki mendan boshqasini topib oldizmi deyman. Ochiqchasiga aytavering. Men bilan bolangiz kerak bolmasa agar
Taehyung :yo xudo Feya bir nafasda gapirib bunaqa tuhmatlar qilma iltimos. Faqatgina seni jig'ingga tegishni yaxshi koraman. Shuning uchun shunaqa qilaman. Arazlagingda juda ham chiroyli bolib ketasan iltimos kechiraqol. Axir bilasanku kozlarim sendan boshqasini kormaydiku. Bolajak farzandim va sen meni baxtimsanku.
Feya :Hmmm. Avrashni ham qoyillatadi bu kishim. Kechirmayman. Chunki bu qilig'ingiz bir kunda 2 marotaba boldi deb mashinaga o'tirib qo'llarini ko'kragi ustidan o'rab oldi.
Bu yoqda Jungkook Asenani mashinaga o'tqizib Taehyung va Feyani tortishayotganini korib qoldi va Taehyungni oldiga bordi.
Jungkook :Ha akam yoshlarga kop maslahat berasizuu, lekin maslahatlaringiz o'zingizga ish bermayaptimi deb kuldi.
Taehyung :yaramas bola hammasi seni deb boldi.
Jungkook :Men nima qildim
Taehyung :Asenani mazasi qochganda yana nimadur qildingmi deb o'ylagandim. Agar boshqa gap bolganda sen aniq hozir tirik bolmasding. Bolajak bolangga rahmat ayt seni qutqarib qoldi. Bolmasa burda burda qilardim seni.
Jungkook :aka boldi xavotirlanmang. Hozir kayfiyatim yaxshi. Chunki men ota bolaman. Siz nega meni tabriklamadingizaa. Konglingizni to'q qiling Asenani bundan keyin avaylab asrayman. Siz meni o'ldiraman deguncha kelinoyimga qarang. Bugun kechga aniq jazolanasiz deb yana kuldi. Taehyung esa uni kallasiga bir tushirdi. Bu holatni mashina ichida turgan Asena korib kulib yubordi.
Taehyung :bor yoqol. Hozir sendan nima qilishni sorayman. Undan kora Asena meni kechiribdimi yoqmi deb o'ylagin jentelmen. Akang kelinoying bilan hozirni o'zida yarashadi. Sen o'zingni bil mishqi deb mashinasiga o'tirdi. Jungkook ham kulib mashinasiga o'tirdi va 2 ta mashina ham qo'zg'alib qo'rg'on tomon yo'l oldi.