ππΌπ·πΈ πΌπ ππΌπ·πΈ
Pov Sujin:
Uyga qaytayotganimda, yelkamda og'irlikni his qildim. Faqatgina tanamdagi charchoq emas β ruhim ham charchagandi. Qadamlarim sekin, yuragim esa har bir urishda yana Jungkookning qilgan ishlarini eslatib turardi. Nahotki u shunchalar shavqatsiz bo'lsa? Kimman men? Nima qilayapman? Savollarim, javobsiz. Xonamga kirib, o'zimni karavotga otganimni, qanday uxlab qolganimni ham sezmadim.
Tong nurlari deraza pardalaridan yuragiga kirib kelayotgandek tuyulgan Sujin asta uyg'ondi.. Yengil, ammo qulay kiyimlarimdan birini tanlab, zinadan ohista tushdi. Uydagilar hali ham tinch uxlashmoqda, xuddi hech narsa bo'lmagandek.To'g'rida hali hech narsa bo'lgani yo'q hammasini esa vqat ko'rsatadi. Oshxonaga kirib, nonushta tayyorlashga kirishgan qiz yillar davomida tik oyog'da turib nonushta tayorlashni orzu qilgan.
Bugun o'sha orzuga eng yaqin bo'lgan kunlardan bir... lekin yuragimda nima uchundir chandiq bor. Pechdan iliq bulichkalarni olib chiqayotganida orqadan kelgan ohang, yuragini qisgandek bo'ldi.
Taehyung:
β Kecha tunda qayerda eding?
Uning sovuq, ammo aniqlik talab qiluvchi ohangi qizni titrashiga sababchi bo'ldi. Qo'lida turgan issiq bulichkalarni nazorat qilolmay, polga tushirib yubordi. Titroq qo'llari bilan ularni yig'ib olish uchun cho'kkalab egilganida, bilagidan issiq, lekin qat'iy qo'llar tutib qoldi.
Taehyung:
β Ular issiq. Savolimdan qochishingni keragi yo'q. Qayerga borganingni bilaman, ammo o'zing aytmaguncha, seni tinch qo'ymayman. Uni qo'lidan biroz tortib o'rnidan turg'izib: Endi esa gapir.
Uning ovozida shunchaki rashk yo'q edi. Unda nazorat, egallash tuyg'udi mujassam edi.
Sujin:
β Taehyung, tushuntiraman...
Taehyung:
β Men senga Jungkookga yaqinlashma deb ogohlantirgan edim. Lekin sen...
Eshik sharaqlab ochildi. Ichkariga havo emas, balki kuchli, murosasiz, ich-ichidan nimagaur talpinayotgan hislarga ega bo'lgan inson kirdi.
Jungkook:
β Agar u sen aytganingni qilmasa, nima bo'ladi? Sujin sening buyruqlaringni bajargan robot emas, Taehyung. Unga xoβjayin emassan, shunchaki qoni qo'shilmagan qarindoahsan xolos, yaqini emas!
Jungkook g'azab bilan ichkarilab ularning qarshisiga keldi. Taehyung bir qadam orqaga chekindi, ammo nigohi hali ham Sujindan uzilmadi.
Taehyung:
β Sen aralashma, Jungkook. Uni yoshligidan beri bilasan. Sen uni... sen uni nogironligidan sabab qancha tahqirlaganlaring nafratlanganing bolaligingdan beri yuziga qarolmaganingni bilaman. Endi esa birdaniga uning qahramon bo'lib qoldingmi?! Aslida men emas u uchun sen hech kimsan tushunyabsanmi shuni!
Bu so'zlar havoni teshib o'tib Jungkookning jag'i taranglashishiga tishlari orasidan g'ichirlagan ohang chiqishiga sabachi bo'ldi. Ammo u jim qoldi. Sujin esa yerga tikilgancha hali hamon sukutda β ammo bu ikki erkakning tortishuvi ichida bo'ron ko'tarilayotganday tutuldi.
Jungkook yoniga kelib, bilagidan ushladi. Uning qo'llari iliq, lekin egalik qurshovida.
Jungkook Sujinga biroz turmulgamcha:
β Taehyung, uni qo'yib yubor.
Taehyung: Bu yerda ortiqcha inson sensan. Oshxonadan chiq. biz y'olg'iz gaplashim olishimiz kerak.
Jungkookning lab chetida kinoyali chilmaygan holda:
β Sening men sening aytaglaring bajarishga majburmanmi?
Pov Sujin:
Ularning orasida jim turgan edim, lekin yuragim ichkarida hapqirayotaganini o'zimdan boshqa hech kim sezmadi.
"Nega aynan ikkovi?"
Biri β Jungkook, kichkinaligimdan beri menga shunchaki nogiron bola sifatida qaragan, ko'zlarida nafrat aralash,kinoya bilan boqadigan inson.
Ikkinchisi β Taehyung, meni davolatganidan so'ng soxta mehr ko'rsatgan, lekin aslida meni nazorat qilishni,meni o'z manfaati uchun o'yinchoq qilishni afzal bilgan odam.
Men-chi? Yana kimning qo'liga tushaman? Yuragim o'zimnikimi yoki ular tanlaydigan yo'lga qarab ketadigan bir bo'lak go'shtmi?
Bularni ichimda o'ylab turganimda, faqat bitta narsa aniqligini ko'nglim sezardi "bu ikki yigit mening hayotimni egallash uchun emas" o'z xoxishlarini bajarish uchun kurashmoqda. Mening haqiqatim, istaklarim, va og'riqlarim esa yana jim, yana unutilgan.
Pov Sujin:
Ichimda nimadir olov bo'lib yonmoqda. Bu ikki yigit tortishuviga ortiq chiday olmayman, bilagimdan ushlagan ikki xil qo'l ikkisi ham borgan sari ushlgani og'riqli bo'lib bormoqda. Ikkalasidan ham charchadim. Meni o'rtada tortib, bir-birlariga qarshi qilayotgan bu jim urush meni yemirayotmoqda.
Sujin oxir sabr qila olmay ularning qo'llarini siltab tashladi. Ko'zidan yosh emas, yillar davomida yig'ilib kelgan g'am oqayotganini his qildi. Yuragi gursillab urarkan, tezda xonadan chiqishga harakat qildi ammo o'gay ota va onasining kirib kelishi unga biroz yengillikdek tuyuldi.
Nonushta uchun dasturxon atrofida yig'ilishgan ekan tashqi tomondan bu har doimgiday oddiy tong, ammo tanalar ichida urush, ko'zlarda yonayotgan olov, qalblarda esa notanish hislar yashirinlik aks etardi. U joyida sokin o'tirsa ham, ikki yigitning nigohlari undan aslo uzilmasdi. Ko'zlarida savol... lekin hech biri uni ochiq ayta olmasdi.
Janob Jeon biroz tomog'ini qirib, gap boshladi. Ovozi har doimgiday qattiq, ammo unda biroz ishonch va ogohlantirish ham bor:
β Jungkook, bugundan boshlab qora dorilar bilan bog'liq ishlarga sen mas'ul bo'lasan. Seni shunchalik ishonchli insonlarimdan biri deb bildikki, kecha hamkorlarimiz bilan buni tasdiqladik. Bugundan ishga kirishishing mumkin. Meni uyaltirib qo'yma.
Jeon xonim, Janob Jeonning gaplariga qarshi chiqdi, ammo ovozi yumshoq, ammo keskinlik bilan ta'riflangan:
β Jeon, qizimizning oldida bunday gaplarni aytishing to'g'rimi?
Janob Jeon esa yuzida ohangsiz jilmayib, ammo qat'iyat bilan javob qaytardi:
β U ham endi ("Endi" so'zlarini eshitgan Sujin biroz ranjidi.Janob Jeon demak oldinlari Sujinni oila vakili deb hisoblamagan.)
bizning oilamiz vakili. Biz qilayotgan harakatlarning mohiyatini, orqasidagi maqsadni u ham tushunishi kerak. U endi kichkina qiz emas. Kecha hamkorlarimizga aytdim bugun Jungkook uni ham olib borib tanishtiradi.
Bu so'zlar uning ichimda yana bir bo'ron uyg'otdi. Ammo bu safar u emas Jungkook tezda so'zga kirdi. Uning ovozi xavotirli, yuragi titragancha g'ashlik chiqayotgan edi:
β Dada... axir bu juda xavfli. U hali bunday joylarga, bunday ishlarga tayyor emas.
Janob Jeon uni biroz ko'zdan kechirgamcha, keyin chuqur nafas olib ohangini pasaytirdi, lekin gapining og'irligi hali ham aniq:
β Jungkook, meni yaxshi bilasan. Men bir marta gapiraman. Yana bir narsa qora dori bilan shug'ullan deganim, uni iste'mol qil deganim emas. Esingda bo'lsin. Aslo... eshityapsanmi? Aslo narkotikni iste'mol qila korma. Boshqa seni avvalgi holating...
β Yetarli dada! Janob Jeonning gaplarini bo'lgan Jungkook uning gaplariga rozidek bosh siltab, o'z xonasi tomon ketdi.
Xonada havo muzlab qolgan, sukut va soatning chiqqillashi esa asab tolalarini yemirayotgani kabi keskin... Taehyung esa hamon Sujinga qarardi. Nigohlari changallab olganday, qiz xuddi arqonga bog'langanday hech qayerga qocholmasdi.
β Amaki... deya gap boshladi Taehyung ohista, lekin qat'iy ohangda. Men ham bunga qarshiman. Sujin endigina 18ga to'ldi. U hali bu ishlarning mohiyatini tushunmaydi.
Janob Jeon unga jahl bilan emas, aksincha, sokin va sinchkovlik bilan qaradi. Keyin nigohini qizga qaratdi. Endi hamma so'zlar, har bir qaror uning yelkasiga tushdi. U jilmaydi, ammo bu jilmayish orqasida og'irlik mujassam.
β Qolgani Sujinga bog'liq. Xohlasa Jungkook bilan boradi. Xohlamasa yo'q. Men uni majbur qilmayman. Bu endi sening qaroring, Sujin. Nima deysan?
Ichida yuzlab savollar, minglab vahimalar, ammo yuzida jimlik. Ko'zlari bir Janob Jeonga, bir Taehyungga qaradi. Ikkisining ham ko'zlarida intizorlik. Ammo yuragi unga: "O'z hayotingni o'zing tanla. Har qanday qaror seni o'zgartiradi." deyotgandek tuyuldi.
U ohista boshimni silkidi. Ko'zlarida na yosh, na hissiyat faqat charchoq.
β Ha... boraman, dedi sokin..
Zinadan tushayotgan Jungkook bu gaplarni eshitib ko'zlarini yumib, bir necha soniya hech nima demay qoldi. Taehyung esa beixtiyor boshini bir chetga burdi. Ularning ikkisining ham yuragida men uchun kurash, ammo ularning yo'llari turlicha.
Janob Jeon esa yuzida g'alabaning jilvasi bilan ohangini ko'tarib gapirdi:
β Demak, hamma narsa hal bo'ldi.Hozir hamma o'z ishini boshlasin. Taehyung, sen avvalgi vazifalaringga qayt, Jungkook esa Sujinni olib boradi.
Sujin biroz oldin quyilgan choyni ichdi. Ammo endi u iliq emasdi. Tong issiq tuyulsa ham, qalbimda hali ham tun hukm surardi.
Pov Sujin:
Nihoyat... jimlik. Tonggi og'ir suhbat, og'ir qarorlar, sovuq nigohlar... Bularning bari ortda qolgandek. Uy ichini sukunat chulg'agandi. Hamma o'z ishiga ketdi, har kim o'z qismati sari. Ammo yuragim hali ham yer bag'riga botib yotardi.
Jungkook esa hali ham pastda, zinaning etagida, Sujinni tayyorlanishini kutar, gohida o'z hayollari, nigohi zinapoyalarga qadalgancha, go'yoki har bir qadamimni eshitishga urinayotganday. Tashqi tomondan u sokin ko'rinar, lekin ichida bir to'fon borligini sezilarli darajada. Sujin uchun sirni ko'tarib yurgan, ammo aytishga yuragi dov bermayotgan bir haqiqatni ko'nglida ko'tarib yurgan inson.
Quz zinadan tushar ekan, yuragi urishdan to'xtagudek bo'ldi. Nigohlar tutashdi. Uning ko'zlari chuqur, qorong'u, ammo bir nuqtada yongan olovga to'la edi. Bu nigoh... hech qanday so'zsiz, yuragiga kirib bordi.
Sujin yuzidagi shubhani yashirib, asta unga yaqinlashdi. Uning nigohi ostida o'zini ochiq, himoyasiz his qilsa-da, yuragini to'g'rilab, ovozini barqaror tutishga harakat qildi.
Jungkook jilmaymadi. Aksincha, ohangsiz, chuqur ovozda pichirladi:
β Tayyorsan? Menimcha unday emas.
Uning qadamlarida og'irlik bor. Oradagi masofa tobora qisqardi. Sujin ongsiz ravishda bir-ikki qadam ortga chekindi. Ammo orqada devor. Ortiq yo'l yo'q. Nafasi qisila boshlagan Sujinga bu holat begona, ammo qo'rqinchli emas faqat noaniq.
U Sujinni o'rab olganday, ikki qo'lini devorga qo'yib, qizni o'zaro poylab turardi. Yuragi gursillab urardi, ammo bu qo'rquvdan emasdi... Bu nimadir boshqa, notanish, ammo kuchli tuyg'udan darak berayotgandi.
β Jungkook... nimalar qilayapsan? Kech qolamiz... β dedi o'zini noqulay his qilgan qiz.
Ammo u gapini eshitmaganday, faqat termulib turardi. U nigoh orqali Sujinni tushunishini, ko'nglidagi bir dona haqiqatni ko'rishini istardi. Gapirmadi, harakati orqali so'zlardi.
β Jungkook, menga bunday qarama... β dedi, ovozi titrarkan.
Pov Jungkook:
Naqadar go'zal bu ko'zlar har qanday, insonni o'z domiga ga'rq qilyvchi qora tuynuk kabi portalayotgan bu ko'zlar shaydosiman. Bu ko'zlardan yosh tomchilaganini biror marta ko'rmagan bo'lsamda, uni hozir bir bor kulishini xoxlayman. Hirslarimni jilovlash uchun bor kuchim bilan harakat qilmoqdaman, lekin yuragim doim unga talpinmoqda. Undan boshqasi yuragimdagi muzni erita olmaydigandek tuyuladi.
β Endi sabr qila olmayman, β dedi u, ovozi past, ammo yurakdan chiqqancha, yuzini Sujinga yaqinlashtirarkan, yuragi naqadar kuchli urayotganini qiz bemalol eshita oldi. Nafasini tutdi. Ammo o'zimni bir zumda orqaga tortib, uning yelkasidan tutib, asta itara boshladi:
β Jungkook, iltimos... - dedi, ohangida aralashgan hislar bilan. Bu noto'g'ri. Bu mumkin emas. Men seni yana bir o'yinchog'ing bo'lishni xoxlamayman deya o'ziga o'zi pichirlagan qiz.....
Ammo u eshitmadi. Eshitishni istamadi. Balki eshitsa ham, yuragining shovqinidan so'zlari unga yetib bormayotgandir. Nigohlari yolg'izlik va g'azab bilan qorishgan hirs ichra yonayotgan yovvoyi olov. U yuragini muzlab yotgan tuyg'ular orasida Sujin orqali nafas olishga urinayotgandek edi. Shu sababli ham unga qarshi chiqish u qurgan butun ichki dunyoni qulatish bilan barobar.
Yaqinlashdi. Nafaslari bo'ynini silardi. Qo'llari devorga tiralgan, uning harakatlanishiga yo'l qo'ymaydi. Uga bir qarashida o'zini yo'qotayotgandekdi, yo'q, bu shahvat emasdi. Bu o'zini anglab yetmasdan, so'zsiz yordam so'rash singari. Ammo u shunchalar yo'qotganki o'zini, bu yordam istagi zo'ravonlik ko'rinishiga kirib ulgurgandi.
Bo'ynida issiq bir og'riq paydo bo'ldi. Ha og'riq eng alamlisi esa chorasizlik. Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun tanasi kurashayotgan bo'lsa-da, yuragida nimadir... unga achinishdan ham og'irroq, lekin to'liq ishonch ham bo'lmagan bir tuyg'u uyg'ondi.
Jungkoom asta uzoqlashdi. Nafasi hanuz bo'ynida qolgandek tuyulardi.
Pov Jungkook:
Unga yaqinlashganim sari u mendam uzoqlashayotganini sezib turibman. Bu men xohlagan yaqinlik emasdi, bu ichimdagi bo'shliqni to'ldirish, og'riqlarni yengish, yolg'izlikni bosish uchun bergan mag'lubiyatimdan biri. Uning ko'zlarida og'riq ko'rdim. Qo'rqinchni emas. Nafrat ham emas. Faqat... og'riq. Va men, bu og'riqqa sababchi bo'lishni istagan yagona inson bo'lishni xoxlayman.
Sujin aqlini yig'ib bor kuchi bilan uni o'zidan itarar ekan, u ham asta orqaga chekingancha ko'zlari qayta unga termulsi, ichidagi olov endi muzga aylangan. Bo'ynida qolgan izni ko'rib yuragida egalik hislari esa qayta gavdalandi.
5 qism tugadi. Xato va kamchiliklar uchun uzur. Yoqdi deb umid qilaman. Komentariyada o'z fikringizni yozib qoldiring. Keyingi qism 30+ reaksiyadan so'ng chiqadi. Eslatma: Fanfic real voqealar asosida yozilmagan va hech qanday hayvonga zarar yetkazilmagan, shuningdek fanfikda ichib, chekish kabi sahnalar bo'lishi mumkin.