๐๐ผ๐ท๐ธ ๐ผ๐ ๐๐ผ๐ท๐ธ
Xonadagi hamma nigohlar bir zumda eshikdan kirgan ikki inson tomonga burildi. Kimdir hayrat bilan qaradi, kimdir labida majburan jilmaydi, kimdir esa ich-ichidan hayratlandi.
Taehyung charchoq izlari bilan, ammo shon-shuhrat, kuch va qat'iy bo'lgan qadamlar bilan sekinlik bilan stol atrofiga yaqinlashdi. U bugun oddiy mehmon emasdi. Ko'zlaridagi qaror, labidagi sovuq tabassum va ortida turgan inson bularning barchasi bu tashrif oddiy emasligini anglatardi.
Taehyung: Salom, amaki. Salom, o'gay kelinoyijon. Senga esa, alohida salom, Jungkook. Esingizdami, men bir kun bu uyni egasi sifatida qaytaman degandim. O'sha kun bugun.
Bu so'zlar zalga bomba singari tushdi. Qaltirab qolgan stul tagidagi oyoqlar, shiftga tikilgan ko'zlar va o'tmishni unutishga harakat qilgan vijdonlar barchasi bir soniyada uyg'ondi.
Janob Jeon esa darhol Taehyungning nimaga sha'ma qilayotganini anglab yetdi. Bu uy Taehyungning marhum ota-onasiga tegishli bo'lgan. Ular fojiali tarzda hayotdan ko'z yumgach, uyning boshqaruvi Jeonga o'tgan, u esa bu mulkni o'z o'g'li Jungkook nomiga rasmiylashtirgan edi. Ammo endi... endi u haqiqiy egasi qaytgan edi.
Pov Sujin:
Bu yerda nimalar bo'layapti? Taehyung hozirgina meni โamaki โ dedimi?. Bu nimani anglatadi? Demak, u men bilan ham o'gay amakivachchami? Shuning uchun meni fohishaxonadan olib chiqdimi? Shuning uchunmi davolatdimi? Hamma narsa shu bilan bog'liqmi? Ammo... unda negaenj bu uyga qayta olib keldi?
Ichimda qaynayotgan savollar, yuragimdagi g'alayon meni charchatdi. Men bu oilaga tegishlimanmi yo'qmi hali ham bilmayman. Ammo bir narsani aniq his qilyapman: bu yerda men yana ortiqcha bo'lishim mumkin.
Jungkook o'zini qo'lga olib, muloyimlik bilan o'rnidan turdi. Bir necha yil ichida ulgโaygan, ammo yuragidagi zulmat hali soโnmagan Jungkook, sekinlik bilan Taehyung tomon yoโnaldi.
U keldi. Nihoyat keldi. Va Sujin ham uning yonida. Men seni sogโindim, Sujin. Yuragimdagi pushaymonlarni yillar ham yuvib ketolmadi. Sen hozir tik oyoqda turibsan. Koโzlarimga ishonmayapman. Lekinโฆ yuragim yengillashdi. Hatto sen menga qarashni xohlamasang ham, yashayotganingni bilish โ bu men uchun yetarli.
U sekinlik bilan Taehyung yonidan o'tib, Sujin qarshisida to'xtadi. Ammo Sujin undan ko'z olib qochdi, yuragi yana og'ridi.
Pov Sujin:
Yo'q, u bilan ko'zlariga qaray olmayman. U ham o'tmishimdagi og'riq, o'sha kunlarning so'zsiz guvohi. Suning uchun hatto nigohimni berishni istamayman. Bu xonada menga iliqlik beradigan yagona inson... bu onam, ha meni foxishaxonaga sotib yuborgan insonlardan biri.
U asta-sekinlik bilan onasi tomon yurdi. Bu yurish g'ururdan, darddan, or-nomusdan yasalgan yurish. Onasi esa, qizini yurayotganini ko'rib hayratini yashirmadi,hatto Janob Jeon ham.
Sujin: Oyijon... men qaytdim. Sizni sog'indim.
U og'riqlarini unutmoqchi bo'ldi. Fohishaxonadagi tungi yig'ilarni, yolg'izlikdagi jim so'zlarni, qalbiga urilgan pichoqdek so'zlarni barchasini unutmoqchi bo'ldi. Va onasini so'zsiz quchoqladi.
Pov Sujin: Har qanday og'riqqa qaramay, onasini bba'rida tasalli topishga intiladigan, yig'lasa ham ko'zida umid uchquni yashayotgan qizman. Men endi baxtli yashashni xohlayman. Lekin o'tmish og'ir, xotiralar qizg'in, yuragim esa siniq. Shu sabab, endi bu oiladan emas, balki o'zimni topgan joyda yangi hayotda yashashni istayman.
Onasi sukutda, ammo yurakdan chiqqan ilik ohangda javob berdi:
Onasi: Xush kelibsan. Qaytganingdan chin yurakdan xursandman.
Ammo uning ko'zlari bilan Jeon tomon, so'ngra Taehyung va Jungkookning suhbatiga ishora qilayotgani bu sukunat ortida yana bir necha dramali sahifalar yashiringanidan darak edi.
Janob Jeon, oxirgi marta kaftlarini bir biriga urib: Marhamat, dasturxonga o'tiringlar, dedi.
Ammo bu oddiy taklif emasdi. Bu fursat, sinov, va ehtimol, nimadandur foydalanish uchun imkoniyat.
Zalni sukut egallagan. Taehyungning so'zlari ortidan hammadan bir lahzalik jimlik kutildi. Sujin esa o'sha sukutda yuragining eng chekka burchagidagi qarorni tinglardi.
Sujin sekin qadam tashlab, onasining qarshisida to'xtadi. Nigohi barqaror, lekin yuragi hali ham g'amga limmo lim.
Sujin (ovozida og'irlik bilan): Hech kim ketmaydi. Men bu uyni tark etishni emas, u bilan kurashishni tanlayman.
Onasi hayratdan ko'zlarini yumdi. Yillar davomida bir bor Sujinning ko'zlariga tik qarashga jur'at etmagan ayol bugun uni ilk marta haqiqatdan "ko'rdi".
Janob Jeon og'ir xo'rsindi. U Sujin haqida necha yillar o'ylamagan, uni faqatgina muammo sifatida ko'rgandi. Ammo bugun qiz oโz qadriyatini tiklab, kuch bilan uning oldida turardi.
Taehyung jim. Sujinning bu qarori unga quvonch olib keldi. U bunday jasorat kutmagan. Sujinning qarori nafaqat oilani, balki Taehyungning ham unga bo'lgan ishonchini mustahkamladi.
Pov Taehyung:
Men uni olib ketishga emas, o'zini topishga sababchi bo'lgan inson bo'lsam bas.
Jungkook stuldan asta turdi. U qadam tashlab Sujin yoniga yaqinlashdi. Ilk bora yuragidagi noaniqlik bilan qaysidur so'zini aytishga jur'at qidirayotgandi. Lekin o'z xonasi tomon ketdi.
Zalni tinchlik egalladi. Dasturxon atrofida endi ochiq yuraklar o'tirardi. Har kim ichki urushlari bilan band bo'lsada, bu safar har kim o'zgarishga tayyorlandi.
Shu ko'yi barcha o'z xonasiga joylashdi. Kun botar ekan hamma yana dadturxon atrofida yig'ilish uchun to'plandi, faqatgina bir insondan tashqari.
Sujin o'zida kuch topib, nihoyat Jungkook bilan yuzma-yuz gaplashishga qaror qildi. Tushlikka chaqirish uchun uning xonasiga kirganida, Jungkook oynaga termilib, qayergadur ketish uchun tayyorlayotgandi.
Sujin (sokin ohangda): Salom... akajon, sizni kutishayapti.
Jungkook bu so'zdan g'azablanganidek jilmaydi. Nigohini oynadan olib, Sujinga qaratarkan ko'zlarida ilgari ham ko'rgan, lekin izohlay olmaydigan bir narsa bir vaqtning o'zida sovuq va shafqatsiz chaqnash bor.
Jungkook (keskin ohangda): Meni โakaโ deb murojaat qilma. Men senga aka emasman. Hech qachon bo'lmaganman ham.
U asta Sujin tomon yurdi. Sujin ortga chekinmoqchi bo'ldi lekin Jungkook devor bilan o'zining orasi qoldirganligi uchun, qimirlay olmadi. U Sujinning ikki tomonini qo'li bilan to'sar ekan, bu yaqinlik Sujinni noqulay his qilishiga sababchi bo'ldi.
Jungkook unga tik boqib, Sujin yurak urishini his qilib turardi. Bu na muhabbat edi, na xotirjamlik. Faqat bezovtalik.
Jungkook: O'zgargansan. Kutmagandim... ayniqsa, shunday latofatli bo'lishingni.
U Sujinning yuziga tushgan bir tutam sochini ehtiyotkorlik bilan qulog'i orqasiga oldi. Harakati tashqaridan yumshoq ko'rinsada, bu lahzaning orqasida noaniq niyatlar yashiringani faqat Jungkookga ayon.
Jungkook: Tik turganingni koโrib, nogironligingni butunlay unutib yuborish mumkin. Ajoyib balki bu "Mo'jiza".
Sujin bu so'larga javob qaytarmadi. Uning nafratga to'la nigohlari bir lahza Jungkookning ko'zlariga qaradi. Ammo bu safar u jim turmadi. U endi avvalgidek ojiza emasdi.
Sujin: Endi men boshqacha insonman, Jungkook. O'tmishdagi Sujin allaqachon yo'q. Hop siz aytganday rasmiyatchilikni chetka surib gapiradigan bo'lsam, sen meni endi faqat hurmat bilan yodda tutishingiz mumkin. Bu uyda men hech kimning soyasi bo'lib yashamayman. Hatto sening ham, hech kimning mehriga, yordamiga muhtoj emasman.
U Junkookning qo'llarini pastga surib, asta o'zini devordan chetga olib chiqdi va orqasiga qaramay eshikdan chiqib ketdi. U o'zining ilk kichik, ammo muhim g'alabasini qo'lga kiritdi.
3 qism tugadi. Yoqdi deb umid qilaman. Komentariyada o'z fikringizni yozib qoldiring. Keyingi qism 30+ reaksiyadan so'ng chiqadi. Eslatma: Fanfic real voqealar asosida yozilmagan va hech qanday hayvonga zarar yetkazilmagan, shuningdek fanfickda ichib, chekish kabi sahnalar bo'lishi mumkin.