ππΌπ·πΈ πΌπ ππΌπ·πΈ
Ha, yillar⦠Og'riq, yolg'on va sotqinlik bilan to'la yillar. Sujin uchun vaqt go'yoki bir joyda muzlab qolgandek, lekin atrof u xohlamasa ham o'zgarishda davom etardi. Janib Jeon va onasi uni "seni davolatamiz" degan soxta va'dalar bilan chalg'itib, Amerika fohishaxonalaridan biriga uloqtirganidan beri bu yer uning zindoniga aylangan.
Ammo bu zindonda ham u kutilganidek hech kim unga qiziqmadi, uni tanlamadi. Sababi esa nogironligi, ha, bu uning omadi bo'lishi mumkin⦠yoki yana bir bor hech kimga kerak emasligini bilishning yana bir eslatmasi.
Pov Sujin:
Men baxt nima ekanini hech qachon bilmaganman. Bolaligimda otamning mehrida yashagan bo'lsamda, u kutilmaganda ketdi. Ortidan onamdan umid qilgandim hech bo'lmasa onam qalbida mehr bor deb, buni avvalroq sexmagan ekanman boshidanoq onam meni yoqtirmagan nogironligim sababli ham dadam ikkimizni tashlab ketgan... O'gay otam bo'lmish Janob Jeon esa ... menga yolg'on so'zlab, fohishaxonaga sotib yubordi.
Jungkook esa... uni eslashni istamayman. Uning yuragida menga joy hech qachon boΚ»lmagan. U faqat o'z manfa'ati, o'z boyligi haqida o'ylagan. Men esa... oddiy inson bo'lsamda, tinch yashashni orzu qilgandim.
Fohishaxona xodimlaridan biri xonaga kirib, odatdagi sovuqlik bilan gap boshladi: Sujin, bugun seni sotib olishdi.
Bu so'zlar Sujinning boshida charxdek aylanar ekan: Q~qanaqasiga?
Xodim yelkasini qisdi, go'yoki bu odatiy holatday gapirdi: Omading bor ekan. Nogironligingga qaramay, seni butun Amerikaning eng boy biznesmenlaridan biri Kim Taehyung sotib oldi. Hozir esa tayyorlan.
Xodim chiqib ketdi. Biroz vaqt o'tganidan so'ng qaytib keldi bu safar Taehyung bilan birga. Xonaga kirgan yigit sovuqqon, ammo sirli nurlar bilan to'la nigohlar sohibi. Uning borligi but uni xonani larzaga keltirdi.
Pov Sujin:
Men hech qachon o'zimni o'yinchoq sifatida tasavvur qilmagandim. Endi esa hayotim o'zimni emas, qarshimda turgan bu notanish yigitga bog'liqmi?
Taehyung sekinlik bilan gapirdi. Ovozida qattiqlik bor, lekin u tahdiddan ko'ra buyruqga o'xshardi: Bugundan boshlab men bilan yashaysan. Hozir uyga boramiz.
Bu so'zlar buyruq kabi chiqqan bo'lsada qiz uchun yangi hayotning boshlanishi edi.
Qarshimdagi uydan bilishim mumkin rostan ham boy badavlat insonlarga tegishli ekanligini.
Ular uy ichkarisiga kirishdi.
Taehyung sokin ammo yetarli darajada qattiq: Demak.... isming Sujin, bugundan boshlab menga tegishlisan, doimo yonimda bo'lishga majbursan. Shuningdek sen bilan kelishuv tuza olamanmi?
Sujin ko'zlarini poldan sira uzmas ekan, oyog'ini birozgina bukib, Sujinning aravachasi bilan tenglashgan Taehyungning qo'llari uning iyagidan ko'targancha uni javobini kutib bilan band edi.
Qizning ko'zlari Taehyungning ko'zlari bilan to'qnashar ekan.
Sujin: qanday kelishuv? deya soddagina qilib so'radi.
Taehyung: Hayotingda bo'lib o'tgan barcha voqeadan xabarim bor.. Hatto nima sabab foxishaxonaga tushib qolganingni ham. Taehyung birozgina to'xtalib yana gapida davom etdi. Ertaga operatsiya bo'ladi, 1 oyga qolmasdan yurib ketasan, faqat bir ishda menga kerak bo'lasan, bunga eaa hali vaqtli, kuni kelib sendan buni evaziga nimadur qilishni so'rayman. Qo'rqma men seni bu yerga yomon niyatda olib kelganim yo'q , lekin shuni bilib qo'y yo'q degan javobni qabul qilmayman.
Ha u o'z vadasini ustidan chiqdi, Sujin endi nogironlar aravachasiga muhtoj emas. Taehyung uni eng nufuzli klinikalarda davolatdi. Ammo bu qilayotgan ishlari uchun nima xoxlashi hali hanuzgacha jumboqligicha qolmoqda.
Taehyung esa hanuz o'sha sovuqqon, tartibli, hissiyotlarini yuziga chiqarmaydigan inson. Uning har bir harakati aniq, har bir gapi me'yorida. Sujinga bo'lgan g'amxo'rligi esa... qandaydir beg'araz, ammo chiroyli bezatilgan sir bilan o'ralgandek.
Pov Sujin:
Oradan 5 oy o'tgan bo'lsada, hali ham hayronman. Nega? Nima uchun meni tanladi? Fohishaxonada o'nlab, yuzlab qizlar bor edi, ammo u meni olib ketdi. Mendan nima xoxlaydi? U meni davolatdi, yurishga imkon berdi, yangi hayot berdi. Ammo bu hayotning evaziga nima talab qilayotganini haqida bir so'z aytmadi.
Ba'zida uning nigohlarida nimadir yonadi ichki kurashmi, yoki yashirin tuyg'umi aniqlay olmayman. U hech narsa demaydi, lekin hamma narsani qilmoqda. Bu sukunat mening yuragimni ko'proq bezovta qiladi. Chunki men bunday g'amxo'rlikka o'rganmaganman.
Taehyung kechqurun odatdagidek jimlikda xona eshigini ochishi bilan uning nigohi bir muddat Sujinning ko'zlariga to'qnashdi, ammo bu nigoh uzoqqa cho'zilmadi.
Taehyung:Ertaga Koreyaga qaytamiz deya Sujinning yonidan o'tib ketdi.
Pov Tae:
Men seni o'sha kechadan beri unutolmadim. Senga achindim deb o'ylashdi?. Ammo bu achinish emasdi. Bu tan olishni istamagan, yuragimning tubida ulg'aygan bir tuyg'u edi. Men seni qutqardim, lekin o'zimni qutqara olmadim. Seni sog'inaman. Senga yaqin bo'lishni xohlayman, lekin... seni qo'rqitishdan, o'zimga bog'lab qo'yishdan qo'rqaman. Senga erishish uchun hali tugallanmagan ishlarim ko'p. lekin sen har bor ko'rganimda, olov misoli yonayotgan tanamni tinchlantirishga harakat qilaman.
Seul vaqti bilan soat kech 18:00da qo'ngan samalyotgan qaddi qomati o'ziga yarashgan, har bir qizni o'ziga torta oladigan yigit, yonida esa Koreyadagi mudxish voqealarini eslab, yurishni bilsada oyoqlari qaltirab ketayotgan 18 yoshli qiz.
Taehyung: o'ylanishni bas qil va ortimdan yur.
Sujin bosh silkidi, ammo uning qo'llari Taehyungni kastumini bir chekkasidan ushlagani sabab ikkovi ham to'xtashga majbur qildi.
Sujin: Taehyung ... qayerga boramiz.
Taehyung qizni nimadan cho'chiyotganini sezdi va uning qo'llarini asta o'ziniki bilan birlashtirdi.
Taehyung: havotiringga arzirli sabab yo'q. qo'limni qo'yib yuborma.. ... "hech qachon" lekin oxirgi so'zni o'zidan bo'lak boshqa hech kim eshitmadi.
Nihoyat ular o'z manzillariga yetib kelishdi. Lekin bezovtalanayotgan qiz, o'zini qo'yishga joy topa olmayotgan edi. Mashinadan tushganidan so'ng nima qilushni bilmay bir qo'li bilan ikkinchi qo'lini asabiylashishdan tirnayotgan qiz, shunchaki nima sababdan bu yerga kelganini bilmadi.
Taehyung: O'tmishingga xush kelibsan deya sokin ovozda gapirgan Taehyung Sujinni qo'llaridan mahkam ushlagan holda uyga tomon olib kirib keta boshladi.
Pov Sujin: Unga nima jin urdi. Nima sababdan hozirgina yaxshi gapirayotgan yigit, birdan o'zgarib qoldi. Meni qo'rqitayotgan narsa esa nima sababdan bu yerga keldik.
Ular uy ichkarisiga kirishar ekan, Taehyung huddi bu uyni besh qo'liday biladigandek, o'ylab ham o'tirmay to'gri oila bo'lib stul atrofida yig'ilgan odamlar tomon Sujinni ham olib kirdi.
Hammaning nigohi eshikdan kirga ikki insonga qaratilar ekan, ba'zilari hayratdan, ba'zilari quvonchdan edi.
2 qism tugadi. Yoqdi deb umid qilaman. Komentariyada o'z fikringizni yozib qoldiring. Eslatma: Fanfic real voqealar asosida yozilmagan va hech qanday hayvonga zarar yetkazilmagan, shuningdek fanfickda ichib, chekish kabi sahnalar bo'lishi mumkin.