"Egizaklar Qismati"
Tepalikda shamol kuchaygan edi. Asa yerda cho‘kkalab o‘tirgan, ko‘zlari osmonga tikilgan, lekin ongida hech bir rasmlik yo‘q edi. Faqat yuragida og‘riq. Uning ruhi ezilgan, miyasi esa yana va yana bir xil so‘zlarni qaytarardi:
U o‘zini bir sahnada, bir teatrda, ammo noto‘g‘ri rolda yurgandek his qilardi. Boshiga to‘satdan osmon tushgandek edi. Faqatgina bir kun ichida u sevgan inson - Jungkook uni aldaganini, eng sovuqqon bola - Yoongi esa uning egizak akasi ekanini bilib oldi. Oila deb bilgan Jeonlar esa... ularni qanday kechirish mumkin edi?
O‘sha daqiqada shamol kuchayib, tanasini qaltiratdi. U asta o‘rnidan turdi. Nafasi torayib borardi. Ko‘zlari qorong‘ilikni zo‘rg‘a ilg‘ar, yuragi esa qandaydir vahima ichida urardi.
Tepalikning chetiga borib, uzoqqa qaradi. O‘rmon, yo‘l, uylarning tomlari uzoqda qorayib ko‘rinardi. Qorong‘u bulutlar yondan o‘tayotgan quyoshni butkul yutib yubordi.
U qadam tashladi. Bir, ikki, uch...
Ammo oyoqlari pastga qarab sirg‘alib ketdi. Tuproq ho‘l edi. U qichqirdi, lekin ovozi shamolda yo‘qoldi.
Tana og‘irlik bilan yerga urildi. So‘ngra jimlik. Faqat qushlarning sayrashi va shamolning shitirlashi. U harakatsiz yotar edi.
Ertasi kuni tong otmasdan oldin, Yoongi yotoqda tun bo‘yi uxlamay yotdi. Yuragi qiynalardi. Asaning ko‘z yoshlari, uning so‘nggi nigohi - bular hammasi yuragini tilka-pora qilgandi. U aybdor edi. Ammo haqiqatni aytmay yana qancha yashardi?
U telefonini olib chiqib qaradi. Asaning nomeri bor edi. "So‘ngi marta onlayn: 18 soat oldin" degan yozuv titrab turardi. Bu narsa yuragini ezdi.
Asu esa hovlida yurar, ichida qandaydir g‘ashlik sezardi.
Tong otganda esa mahalla ahli tepalik yonidagi o‘rmon bo‘ylab harakatlangan odamni ko‘rib, politsiyaga xabar berishdi. Biri pastda harakatsiz yotardi.
Ambulans ovozi butun atrofni larzaga soldi.
Asani og‘ir holatda kasalxonaga olib kelishdi. Boshidan qon ketgan, qo‘li singan, tanasida ko‘plab jarohatlar bor edi. Eng yomoni — u hushiga kelmayotgandi.
Yoongi xabarni eshitgan zahoti kasalxonaga yugurdi. Ko‘zlarida vahima, yuragi gursillab urardi.
— Qani u?! Asa qani?! — deb baqirdi u qabulxonada.
Hamshira qo‘rqib javob berdi: — Reanimatsiyada. Hali hushiga kelgani yo‘q. Juda og‘ir ahvolda.
Yoongi polga cho‘k tushdi. Ko‘zlaridan yosh oqdi. Hozirgacha u biror marta yig‘lamagan, ammo hozir yuragi yorilgandek edi.
Jungkook ham yugurib keldi. Asani ahvoli haqida eshitganida yuragi to‘xtab qolay dedi. Lekin ko‘rgani kelganida Yoongi uni to‘xtatdi.
— Sen... sen bu yerga kelishga haqli emassan!
— Bu sevgi emas!Sen undan haqiqatni yashirding!
Ular o‘rtasida mushtlashuv chiqay dedi, ammo Asu oralariga kirdi.
— Hozir vaqt emas! Asa... u o‘lim bilan olishmoqda!
Uch kundan so‘ng Asa nihoyat ko‘zini ochdi. Ammo...
—Men qayerdaman?-dedi u, qiyin nafas olib.
— Asa! — deb yugurdi Asu, Yoongi va Jungkook
Ammo Asa ularga tikildi. Ko‘zlarida begonalik.
— Asa... men Yoongiman, sening akang!
— Men sizni tanimayman...Meni akam Jungkook
— U xotira yo‘qotgan, zarba boshiga qattiq tekkan. U so‘nggi bir necha yildagi voqealarni eslamasligi mumkin.
Bu so‘zlar hammaga xuddi bombadek ta’sir qildi.
Jungkook Asaning yoniga yaqinlashdi.
— Men Jungkookman, seni akangman, Asa. Yodingdami? Sen menga qarab kularding...
Asa Jungkookni eslardi chunki soʻngi 3 yildagi xotiralar yoʻq.
—Aka bular kim? Nega bular bu yerda?-Asa Jungkookga savol berdi
— Aka, bular kim? Nega bular bu yerda? — Asa nigohini hamon Yoongi va Asuga qaratgancha so‘radi, yuragi g‘ash, qalbi xira edi.
Jungkook titrab ketdi. U Asaning qo‘lini ushlagancha, yuzini silab qo‘ydi.
— Bu yer... bu yer sen kasalxonadasan, Asa. Sen yiqilib tushding. Esingda yo‘qmi?
— Siz gapiravering, lekin o‘zimni shunaqa yomon his qilyapman. Go‘yoki... go‘yoki ichimda bir narsa singan.
Asu asta oldinga chiqdi, ko‘zlaridan yosh oqayotgan edi.
— Asa... bu menman, Asu. Egizagingman. Men... men seni juda sog‘indim.
— Egizak? — Asa qoshlarini chimirdi. — Men... meni egizagim yo‘q edi. Men... faqat Jungkook oppam bilan yashagandim...
Yoongi orqaga chekinib, devorga suyandi. Yuragi o‘zini urishni to‘xtatmoqchidek edi. U Asaning qarshisida emas, o‘z oldida javob berolmay turgan bir odamga aylangan edi.
— U seni yaxshi koʻradi, Asa... — dedi Asu, titragan ovozda Yoongini koʻrsatib— U sening akang. Sen uni tanimasang ham, u seni yuragining eng og‘riqli burchagida saqlab yurardi.
Asa shunchaki qarab turardi. Yuzida hech qanday his bo‘lmasa-da, ko‘zlarining tubida bir zarralik o‘xshashlik bor edi.Doktor xonaga kirdi. U xotirjam, lekin sovuq ohangda gap boshladi:
— U jarohat olganidan so‘ng, miyasi zarba olgan. Xotirasi faqatgina oxirgi 3 yilni o‘z ichiga olmayapti. Yana shuncha vaqt esga tushadimi, yo‘qmi — noma’lum.
— Ular ketishsin. Asa charchadi. Faqat men qolaman.
Asu norozi ko‘zlar bilan unga qaradi. Yoongi esa hech bir so‘z demay, orqasini o‘girib, yurib ketdi. Yuragida o‘zgacha og‘riq bor edi. Go‘yoki har bir qadami bilan u o‘zini ko‘proq yomon ko‘rardi.
Yoongi kasalxonadan chiqqach, to‘g‘ri o‘z uyiga bordi. Deraza yoniga borib, quyuq soyaga qaradi.
— Men... men bu ishni qilmadim deb o‘ylamoqchi edim, — deb pichirladi u. — Lekin bu qo‘llar... bu ko‘zlar... u yurak...
U devorga musht tushirdi. Qon chiqdi. Ammo bu uning ichidagi vijdon azobini yuvib ketolmadi.
— Men uni sindirdim... uni o‘ldirdim... — dedi u xonaning jimjitligida o‘zini la’natlagancha.
Shu payt, Asaning palatasida tungi sukunat hukmron edi. Asa uxlamasdi. U qorong‘ilikka tikilgancha o‘zidan savol so‘rar edi:
— Nega men ular haqida tush ko‘rdim? Nega o‘sha... sovuq yuzli yigit menga qarab yig‘ladi?
U yuragini ushlab, past ovozda shivirladi:
Birdan xotirasida bir zumda nimadir yilt etdi — qora pianino, to‘kilib tushgan nota daftar, va kimningdir yig‘i tovushi...
Asaning yuragi tez ura boshladi. U boshini ushlab ingrab yubordi.
Oradan bir necha kun o‘tdi. Asa asta-sekin tiklana boshladi. Lekin hali hamon xotira qaytmagan edi. Har kuni Asu uni ko‘rgani kelar, u bilan suhbat qurishga urinar, lekin Asa unga doim yot odamdek qarar edi.
Jungkook esa uni hech kimdan ayirmay, doim yonida edi. U Asaga kitob o‘qib berar, mashinalar suratini chizar, har bir harakati bilan uni xursand qilishga harakat qilardi.
Bir kuni Asa Jungkookdan so‘radi:
— Aka... men yoshligimda nima qilishni yoqtirardim?
Jungkook jilmaydi, lekin ko‘zlari botinib ketgan edi.
— Sen raqsga tushishni yaxshi ko‘rarding. Har safar musiqa eshitganingda, xonani to‘ldirib kularding. Va... chiroyli suratlar chizarding.
— Men endi raqsga tushmayman, chizmayman ham... Menga hammasi begona.
Shu kecha Yoongi o‘ziga o‘limni ravo ko‘rib, eski shinam uychasiga qaytdi. So‘nggi marta Asaning suratini olib, unga tikildi.
— Men seni o‘ldirdim, Asa. Kechirmaysan... bilaman.
U suratni yuragiga bosdi. Va dengiz bo‘yiga ketdi...
Asa xonada oʻtirar ekan yana gʻalati ovozlar eshita boshladi. Qandaydir ayolning yigʻi ovozi, bolakayning kulishlari, lekin ular kimligini anglolmas edi. Chunki hammasi xira edi
Birdaniga eshik ochildi. Ichkariga Asu yugurib kirdi. Yuzida quvonch va ko‘zlarida yosh.
— Asa!!! Xotirang qaytdi deb aytishdi!
— Yo‘q... lekin men kimnidir...eslagandekman...Bir ayol...va pianino
Shu payt yo‘lakdan politsiya xodimlari yugurib o‘tayotgandi. Orqasidan esa suvga botgan bir jasad olib kirilar edi.
— Tezda tayyor bo‘ling! Bir bemorni jonlantirish kerak!
Asaning yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
Asa og‘ir nafas oldi. Nafasi ichida bitta so‘z yangradi:
U shoshdi. Yuragi gursillab, tizzalari bo‘shashdi. Xonadan chiqmoqchi bo‘ldi, ammo hali zaif edi. Asu uni to‘xtatmoqchi bo‘ldi, ammo Asa iltijo qildi:
— Menga yo‘l ber... Men unga biror narsa aytishim kerak!
Asa jilmayib, ko‘zida yosh bilan shivirladi:
#Aurora_Satori | @Satori_fanfiction