May 19, 2025

"Egizaklar Qismati"

1-qism: O'g'irlangan chaqaloq

Sovuq tun. Havo og‘ir, yurakni siqadigan jimjitlikda faqat o‘sha uy ichidan chiqqan og‘riqli qichqiriqlar yangraydi. Minlar oilasi uchun bu tun — taqdirni o‘zgartiradigan tun edi.

— Itar! Iltimos, yana bir marta! — akusher ayolning ovozi titrardi. Minlar xonadonidagi havoda hayajon, qo‘rquv, va umid bir-biriga aralashib ketgandi.

— Uff... ahh... — yosh ayol yig‘lab, so‘nggi kuchini to‘pladi.

Va nihoyat, ikki chaqaloq dunyoga keldi.

— Egizaklar! Ikkitasi ham sog‘lom, barakalla! — akusher ayol shivirladi, titrayotgan qo‘llari bilan qizchalarni ko‘rsatdi.

Otasi ularni avaylab bag‘riga oldi. Biriga "Asa", ikkinchisiga "Asu" deb ism qo‘ydi.

Ammo... bu quvonchli tun fojia bilan yakun topishini hech kim bilmasdi.


Shu paytda shahar chetidagi bir hashamatli uyda boshqa bir ayol yig‘lab o‘tirardi. Uning nomi Madam Jeon edi. Ko‘zlari qizarib ketgan, qo‘llari titrar, yuragida bo‘shliq. U yetti yillik nikohdan so‘ng 3 o‘g‘il ko‘rgan, ammo hech qachon qiz farzandli bo‘lmagan edi.

— Men uni tushlarimda ko‘raman... meni chaqiradi... qizim... — deb pichirladi u.

Eri, Jeon Jaewon, uni bag‘riga bosdi.

— Men senga qiz topib beraman. Qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham. Faqat yig‘lama...

Oradan ikki kun o‘tdi. Jeonlar oilasi shifoxonaga pul to‘ladi. Soxta hujjatlar tayyorlandi. Va bir tun... qora mashina Minlar uyiga yaqinlashdi.

Ular bekinib, qorong‘ida yurishdi. Deraza ochiq edi. Ehtimol, charchagan ona egizaklar uxlayotganiga ishonib, eshikni berkita olmagan bo‘lsa kerak.

Qorong‘uda bir juft ko‘l, chiroq nurida qizchalarni ko‘zdan kechirdi.

— Bu... bu Asa, — dedi ayol. — Men bilaman. U meni chaqirdi... men his qildim.

Ayol qizaloqni ko‘tardi. Go‘dak hushyor edi, lekin yig‘lamadi. Go‘yo u ham o‘sha ayolni taniganday jim edi.

Shu tariqa Asa... o‘g‘irlab ketildi.


Min oilasi ertalab uyg‘ongach, hayotlari o‘zgarib bo‘lganini tushunishdi. Ona dod soldi, ota qahr bilan devorni mushtladi. Asu esa beshikda o‘z egizagini izlab, ko‘zlarini lo‘q qilib yig‘lardi...

Shundan so‘ng Yoongi — o‘sha vaqtda 5 yoshli egizaklarning akasi — hech qachon kulmadi. Uning yuragida bir bo‘shliq, bir g‘azab paydo bo‘ldi. U ukalarining o‘limidan keyin yakkalanib qolgan, va endi esa singlisining yo‘qolishi uni butunlay qorong‘ulik sari sudrab ketgandi.


Yillar o‘tdi. Asa Jeonlar oilasida katta bo‘ldi. Ulardan boshqacha ko‘rinardi: tiniq ko‘zlari, begona jimjiklik. Jungkook esa — o‘sha oilaning eng kichik o‘g‘li, undan atigi 2 yosh katta — uni doim kuzatardi.

— Jungkook, u senga opa bo‘ladi, bilasanmi? — deb kulardi do‘stlari.

U esa jim turardi. Chunki bilardi: u Asani boshqa ko‘z bilan ko‘rardi.

Asa ham bu oilaga begona ekanini his qilardi. Har kecha tushlar ko‘rardi: noma’lum beshik, yig‘layotgan bola, akasi uni chaqirayotgandek...


Va bir kuni... birinchi dars kuni. Asa yangi maktabga o‘tkazildi. Sababi noma’lum edi. Jeonlar "yaxshiroq o‘quv tizimi" deb bahona qilishgan, aslida esa bu — taqdirning sinovi edi.

U sinfga kirganida... ikki ko‘z unga tikildi.

Yoongi.

Uning nigohi sovuq, chuqur va og‘riqli edi. Ammo bir zumda muzlab qolgandek to‘xtadi. Asa qarab qoldi. Yuragi g‘alati urdi.

— Bu... bu nigoh... qayerdadir ko‘rgandekman...

Yoongi esa o‘rnidan turdi, sekin yurib bordi, qo‘lini cho‘zdi.

— Min Yoongi. Menga tegmasang yaxshi bo‘ladi.

Asa chuqur yutindi. Ichida nimadir buzilganday bo‘ldi. Uning yonidan yana bir qiz chiqdi — u bilan bir xil ko‘rinishdagi, lekin ko‘zlarida otash bor edi.

— Men Min Asu. Senga hech kim tegmasa yaxshi bo‘ladi.

Asaning yuragi qattiq urdi. Egizaklar... ular... u bilan bir xil...

Ammo u buni hali bilmasdi.

Boshida faqat his qildi.

Lekin u hali tushunmasdi — bu faqat boshlanishi edi...

Asa o‘zini g‘alati his qilardi. U birinchi marta bu qadar sovuq va og‘ir nigohlarni his qilayotgandi. Ayniqsa Yoongining ko‘zlari... go‘yo unga nimanidir aytmoqchi edi.

— Menga tegmasang yaxshi bo‘ladi… — degan so‘zlar o‘rtaga devor qo‘ydi.

Lekin bu devor… qanchalik sovuq bo‘lmasin, orqada yongan olovni yashira olmasdi.

Asaning yuragi notinch ura boshladi. Boshida bu qo‘rquv deb o‘yladi. Ammo bu... bu butunlay boshqa narsa edi.

Yonida turgan Asu esa unga tikilib turardi. Aynan o‘ziga o‘xshagan, lekin ko‘zlari boshqa. Qattaroq, jonliroq, ishonchliroq.

— Bu qiz... menga juda o‘xshaydi... lekin... bu qanday mumkin?

— Yaxshi, bolalar, yangi sinfdoshimiz — Jeon Asa. Uning oilasi yaqinda bu hududga ko‘chib o‘tdi. Iltimos, unga yordam beringlar, — dedi o‘qituvchi.

Yoongi boshini bir oz egdi. Ammo nigohi Asadan uzilmadi. Uning yuragida, faqat u bilgan haqiqat yonar edi. Bu — mening singlim.

O‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan Asa Yoongining yoniga o‘tirdi. Boshqa hech kim bo‘sh emasdi. Bu tasodif emasdi. Bu taqdir edi.

Asa qo‘lini qaltirab sumkaga tiqdi. U butun tana bo‘ylab tarqalayotgan qaltirashni to‘xtata olmadi. Yoongining sovuqligi... u hech qachon bunchalik begona, ammo bir vaqtning o‘zida yaqin odamni ko‘rmagandi.

Yoongi esa har bir nafasni sezardi. Asa bilan yonma-yon o‘tirish unga o‘tmishdagi g‘azabini, dardini, yo‘qotgan bolaligini eslatardi.

Men seni topdim, Asa. Lekin seni endi qanday qabul qilaman?

Asaning qaysi bir nafasi — o‘z yuragini qitiqlab yuborganini tushunmasdi u. Nafratmi bu, sog‘inchmi, vijdon azobimi?

Dars butunlay jimlikda o‘tdi. Har bir daqiqa yuz yillikdek cho‘zildi.

Asu esa uzoqdan ularni kuzatdi. Bu yangi qizda nimadir borligini his qilgandi. Uni ko‘rgach yuragida nimadir “klik” qilgandi, xuddi bo‘sh joy to‘lgandek.

Tanaffusga chiqqanlarida Asu darhol Asaning yoniga bordi.

— Hey. Sen ilgari bu yerda yashaganmisan? — dedi Asu bexavotir ohangda.

— Yo‘q... men boshqa joyda ulg‘ayganman.

— Lekin ko‘zlaring... yuzing... — Asu unga yaqinlashdi. — Men seni ko‘rganman. Qayerdadir...

Asa kulimsiradi, lekin ichida bir vahima uyg‘ondi. Bu qiz... nimani sezdi?

Shu payt Yoongi orqadan keldi va Asani bilagidan ushlab, zaldan olib chiqdi.

— Nega meni tortvolding?! — dedi Asa g‘azab bilan.

— Chunki... sen bu yerda xavfsiz emassan.

— Nima?! Sen o‘zing xavfli ko‘rinasan!

Yoongi qattiq nafas oldi. Ichidagi og‘riqni so‘zga aylantirish juda qiyin edi.

— Meni eshit. Jeonlar seni yolg‘on bilan katta qilishgan. Ular... ular seni o‘g‘irlashgan.

Asa qotib qoldi. Yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi.

— Bu... bu nimani anglatadi?

— Demak, sen men bilan... Asu bilan bir oiladansan. Biz... biz sening oilangmiz.

Asaning yuragi og‘irlashdi. Ko‘zlarida yosh yaltirab chiqdi.

— Yo‘q... bu yolg‘on! Meni Jeonlar o‘stirishdi. Meni sevishadi!

— Ular seni sevishmagan. Ular seni o‘g‘irlashgan. Va... sen buni o‘zing his qilyapsan, to‘g‘rimi?

Asa orqaga chekinib, devorga suyanib qoldi. Nafasi torayib ketdi. Birdan uning ko‘z oldiga tushlar kela boshladi — o‘sha yig‘layotgan bola, o‘sha ayol ovozi, o‘sha ko‘zlar.

— Mening... egizagim...? — asta pichirladi u.

Yoongi jim turdi. Faqat boshini qimirlatdi.

Birdan orqadan qadam tovushlari eshitildi. Bu Jungkook edi.

— Asa! — u yugurib keldi. — Hammasi joyidami?

Asa unga qaradi. Ko‘zlarida minglab savollar.

— Menga nimani yashirding, Jungkook?

Jungkook bir soniya jim turdi. So‘ng asta dedi:

— Men... men bilardim. Boshidan bilganman. Lekin senga aytolmadim. Seni yo‘qotishdan qo‘rqardim.

Asaning yuragi yorilib ketgandek bo‘ldi.

— Demak, siz hammasini bilardingiz? Nega mendan yashirdingiz? Kimman men aslida?

Yoongi orqasini o‘girdi. U bunday sahnaga tayyor emasdi.

Jungkook esa asta yaqinlashdi.

— Chunki men seni sevaman, Asa. Va bilaman... biz aka-singlimiz. Lekin qalbim... bu haqiqatga bo‘ysunmaydi.

Asa dahshatga tushdi. Ko‘zlaridan yosh oqdi. Qadam ortga. Nafasi qisilardi.

— Menga hamma yolg‘on gapirgan... Men hech kimga kerak emasman...

— Yo‘q! — deb qichqirdi Yoongi. — Sen bizga keraksan. Men... seni o‘sha kecha yo‘qotganimdan beri yashamayapman!

Asa hamma tomonga bir ko‘z tashladi. Barcha ko‘zlar unga qadalgan. Uni tortib yulqiyotgan haqiqatlar ichida u yolg‘iz qolgandi.

So‘ng, birdan yugurib chiqib ketdi. Ko‘zlarida alam, yuragida og‘riq, miyasi to‘lib ketgandi.

Orqadan Jungkook yugurdi, ammo Yoongi uni to‘xtatdi.

— Qoy. Uni hozir yolg‘izlikga qo‘y. U bu haqiqatni ichida yutishi kerak.

Jungkook bo‘shashdi.

— Men uni yo‘qotishni istamayman. U mening... yuragim.

Yoongi ko‘zlarini yumdi.

— Men esa... unga qaytib eng katta og‘riq bo‘laman. Chunki men uni o‘g‘irlab ketgan oiladan emasman. Men uning haqiqiy akasiman... va bu haqiqat unga og‘riq olib keladi.

Ular jim turishdi. Shamol shovulladi. Osmon asta qorayib borardi.

Ular bilmasdi: Asa o‘sha paytda maktabdan uzoqdagi tepalikka chiqib, shunchaki osmonni tomosha qilayotgandi.

Yuragida ming savollar, ko‘zlarida yosh, va bir dona savol bilan:

“Men kimman?”