September 13, 2020

Teamwork.uz rivojlanadi: G'oya va takliflar.

Team Work

Assalomu alaykum. Mening ismim Abror va men teamwork.uz frilans-maydonida buyurtmalar olib, bajarib, uydan turib, daromad qilaman. Ushbu frilans-maydonni anchadan buyon kuzataman va bu vaqt oralig'ida menda har xil g'oyalar yig'ilib qoldi.

Reklama

Bilamiz-ki, reklama - biznesning dvigateli. Teamwork o'ziga mos auditoriya yig'ishi kerak - biror narsaga muhtoj, ammo o'zining qo'lidan kelmaydigan insonlar ayni muddao. Ammo aynan shunaqa auditoriya yig'ilgan kanal yo'q. Shu bois TGStat servisi va kontentlarni shaxsan o'zim analiz qilib chiqqan holda, reklama uchun kanallar tavsiya qilmoqchiman:

@trolluz telegram-kanali. Ushbu kanalning auditoriyasining saviyasi yuqori. Har xolda «bass music», «prikol videolar» ning auditoriyasidan ancha aqlli. @trolluz kanalida reklamaning narxi birmuncha qimmat. Ammo qancha yaxshi joydan reklama sotib olinsa, shuncha effekt seziladi.

@MFaktorUz telegram-kanali. Ushbu kanalning auditoriyasining yoshi katta. Bunga chuqur analizlardan kelib chiqib, xulosa chiqardim. Bu kanalda frilanserdan tortib, buyurtma beruvchilargacha topish mumkin. Tavsiya qilaman. Reklama bu yerda 1 million so'm.

@ITBusiness_School telegram-kanali. Ushbu kanaldan katta ehtimol bilan, bajaruvchilar keladi. Chunki kanalning kontentining, bu kanal reklama bergan joylardan frilanserlar kelganligini bildirib turibdi. Kanalda reklama - 400.000 so'm

Aslida reklama uchun sifatli platformalar ko'p, ammo men o'zimdan kelib chiqib aytdim. Eng asosiysi - teamwork bajaruvchilarni emas, buyurtma beruvchilarni yig'ishi kerak. Chunki bajaruvchi topiladi, buyurtma beruvchi esa - teamworkning "xazinasi".

Referal sistema

Buyurtma beruvchilar teamworkning xazinasi. Bu gapni bekorga aytmadim, chunki ular bilan frilans birja ko'tariladi.

Freelance.ru sayti ochilgan paytlari, unda buyurtma beruvchilar yo'q edi. Ammo u referral sistema orqali ularni jalb qildi. Barchasi oddiy - u oddiy odamlarga har bir taklif qilingan buyurtmachi uchun pul to'lardi. Summa kichik emas, 1000 rubl edi. Albatta, bu pul uchun odamlar buyurtma beruvchilarni izlashga tushishdi. Freelance.ru sayti esa bu yerda rivojlanib borayotgan edi. Teamwork ham referral sistema qilishi kerak.

Boshqa birjalardan odamlarni jalb qilish

fl.ru, freelance.ru, weblancer.ru kabi RU segmentdagi frilans-birjalardagi hali bajaruvchiga topshirilmagan, yoki kam "otklik" bo'lgan buyurtma beruvchilarga murojaat bilan chiqish kerak. Ularga bu buyurtmani bizning frilans birjada joylashtirishini, shu orqali buyurtmani tez va oson bajartirib olishiga ishontirish kerak. Teamwork rus tilida ham ishlaydi, bu orqali ruslarni ham jalb qilish mumkin.

Sifatli xizmat ko'rsatish, qulaylik

Bizda azaldan qolgan bir gap bor - sen bo'lmasang boshqasi. Do'konga kirib, yomon muomalaga qarshi kelsangiz yoki uning mahsulotlari yomon bo'lsa, boshqasi o'tasiz. U do'kon xatolarini to'g'rilashi mumkin, ammo endi kech - siz boshqa do'konning doimiy mijozisiz. Frilans birjalar ham shunaqa. Agar mijozga xizmat ko'rsatish yoqmasa yoki birjadan foyda ko'rmasa, u boshqasini sinaydi.

Shaxsan menga teamworkning xizmat ko'rsatishi yoqadi va menga ma'qul. Buyurtma beruvchi sifatida ham, bajaruvchi sifatida ham. Ammo bir narsa menga noqulaylik tug'dirdi: Mijoz bilan teamwork admini orqali gaplashish. Chunki menda savollar paydo bo'ladi, ba'zi buyurtmalarda TZ bo'lmaydi (kopirayting, marketing kabilarda). Shu savolni berish uchun podderjkaga (@teamwork_support) yozaman. Lekin bunaqa payti u yoki tarmoqda bo'lmaydi, yoki tarmoqda bo'lsa ham, mijoz tarmoqda bo'lmaydi. Ammo buning plus tomoni shundaki - buyurtma beruvchi ko'p ham bezovta bo'lmaydi.

Veb-sayt

O'zbekistonda hali frilans birjalar yo'q. Bor, ammo aksariyat qismi mayda buyurtmalar bilan to'lib yotibdi. Nakrutka, logo va yana boshqalar. Teamworkning yutug'i - 2 ta tilda ishlashi va katta buyurtmalar olishi. Bu kanalning obro'siga ijobiy ta'sir qiladi.

Veb-saytga keladigan bo'lsak, veb-sayt ochish kerak. Nega deganda, sayt ancha qulay va keyinchalik ushbu sohada lider bo'ladi. Sayt bilan har xil tariflar qilsa bo'ladi va bu orqali daromad qilsa bo'ladi. Frilans birjalar borib-borib O'zbekistonda ham ko'payadi. Shuning uchun ushbu sohani vaqtida egallash va lider bo'lish kerak.

SMM

SMM mijoz topish uchun eng yaxshi va sinalgan usul. Ijtimoiy tarmoqlar orqali teamwork uchun mijozlar topish mumkin. SMM orqali yana teamworkni ancha muncha joyga tanitish mumkin.

Kanal orqali tajribali SMM-mutaxassislarni jalb qilish va bu orqali teamwork'ga bajaruvchilar va buyurtma beruvchilarni olib kelish kerak.

Branding

Teamwork brend darajasiga chiqish uchun, uni rebrand qilish kerak. Nomiga gap yo'q, yaxshi o'ylangan va chiroyli. Ammo logotip tarafdan Teamwork biroz ortda. Chunki hozirgi logotip brend bo'la olmasligi mumkin. Odamlarga teamwork deyishsa, hayoliga logotip kelishi kerak. Lekin logotip ko'k fondagi oddiy yozuv. Tajribali grafik dizaynerlarni ishga jalb qilish kerak.

Re-invest

Shunday birjalar bor, ularning sifati a'lo. Ammo ular ham 2 oydan keyin yopilib ketadi. Nega? Chunki ular reklama sotib olishmaydi, piarsiz "o'lib" ketadi.

Teamwork garant usulida, o'ziga foiz olishi kerak. Ikki tomon o'rtasida "dallol" bo'lishi kerak, pulni avval Teamwork olishi, keyin frilanserga o'tkazib berishi ma'qul. Shunda aldanish ehtimoli nolga teng bo'ladi. Bu usulni garant deyishadi, teamwork garant evaziga to'lovning ma'lum foizini olishi kerak va bu orqali pullarni re-invest qilish kerak. Reinvest - oylik yoki haftalik tushadigan pulning bir qismini reklama uchun sarflash.

Xulosa

  1. Reklama 📢
  2. Sifatli servis ☎️
  3. Veb-sayt 🌐
  4. SMM ♥️
  5. Branding 🖼
  6. Reinvest 💰

6 etap orqali teamwork rivojlanishi mumkin. Asosiysi, loyihani oxirigacha olib ketish kerak, chunki O'zbekistonda frilans birjalar bo'yicha teamwork eng yaxshi tanlov bo'lib turibdi. Ammo unutmaslik kerakki, hali bizda ham frilans birjalar ochiladi.

Ushbu maqolam orqali men teamwork.uz ning rivojlanishiga hissa qo'shmoqchiman. Agar mening g'oya va takliflarim sizga ma'qul kelsa, loyiha rivoji uchun bitta layk bosing😉

E'tibor uchun rahmat!