Stony heart
November 25, 2024

Stony heart

2 parts by Anyur !

Luna do'konda yangi ish qurollari olardi. Rasm chizish uchun alohida bo'yoqlar qalamlar oldi va mashinasini orqa bagajiga soldi. O'zi esa rulga o'tirmoqchi edi birdan orqa tomonda shinaning qattiq chiyillagan ovozi eshitildi. U havotirda orqaga o'girilib qaragandi hamki bir mashina avto xalokatga uchrab stalbaga urilgan holda turardi. Luna yugurgancha bordi mashina portlab ketay deb turardi. Shoshilgancha eshikni ochishga urunib orqa oynani sindirdi va eshikni ichkaridan ochib ichida hushsiz o'tirgan yigitni sudragancha mashinasini orqa o'rindig'iga joyladi. O'zi ham rulga o'tirib kasalxona tomon tezlikda haydadi.

Luna Koreada yashamagani uchun kasalxonani topa olmasdi, mashinaning jpsi esa noto'g'ri yo'nalish berardi.

Ln: Jin ursin bu kasalxona it topmas joydami?

Luna asabiylashgancha kasalxona izlab korea ko'chalarida sang'irdi, shu vaqt orqa sdeniyadagi yigit o'ziga keldi va tilga kirdi.

X: Sharq..ga h.hayda

Ln: Nima? nima deding eshitmay qoldim

X: Sharqga xayda kasalxonam o'sha yerda

Luna sharq tomon xaydab o'sha atrofdagi bir kasalxonani topdi. Ichkariga yugurib kirdida o'sha yerdagi xamshiralardan zambilni olib kelishini baqirib aytdi.

Ln: TEEZ ZAMBILNI OLIB KELING BEMOR BOR

Xamshiralar shosha tashqariga yugurishdi. Luna mashinani orqa eshigini ochdi bir amallab yigitni zambilga yotqizishdi. Yigitni tez operatsiya xonasiga olib kirib ketishdi. Luna operatsiya tugashini 1 soat kutdi ammo ulardan darak bo'lmagach ketishga qaror qildi.

Ln: Kech bo'ldi ketishim kerak akam xavotir oladi bo'lmasa

Luna yo'lak bo'ylab yurib liftga chiqmoqchi edi hamki yo'lini 2 ta barzangi yigitlar to'xtatdi. Luna ularni noto'g'ri o'ylab orqaga tisarildi.

Ln: Nima qilyabsizlar?

Q: xonim ketolmaysiz.

Luna e'tirozli ovozda: Nega ekan? Menga xo'jayinlik qilolmaysizlar, yo'ldan qoching.

Q: Xonim biz janob Jungkookni qo'riqchilarimiz va siz xozir boshlig'imizni shaxsiy shifoxonasidasiz.

Ln: Menga baribir bu yerdan ketaman!

Q: Xonim siz boshlig'imizni xushsiz olib keldingiz bir tomondan qutqardingiz desak ham bo'ladi, ular sizga ruxsat bermagunga qadar ketkaza olmaymiz

Ln: Tovba yordam beribam baloga qolamanmi? Agar o'sha boshlig'ingiz gaplashmoqchi bo'lsa mana vizitkam shu raqamga qo'ng'iroq qilsin va xoxlagancha raxmat aytsin endi esa men ketdim. Yo'limdan qoching

Luna ularni biriga tashrif qog'ozini berdiyu liftga chiqib pastladi va binoni tark etdi.
Luna mashinaga o'tirib: Seoul naqadar chiroyli shaxarki ammo odamlari juda sovuq ekan. Bezbetlar | deya uyga qarab yo'l oldi.

/flashback/ Jungkook va qo'riqchi Soojin rejani amalga oshira boshlashdi, Jungkookni eshigini ochdi va qo'riqchi rejasiga ko'ra Jungkook uni yuziga bir ikki marta urdi. Ishonarli bo'lsin deb Jungkook uni yuzini qonatgandi hamki u yigit Jungkookga qurol o'qtadi.
Orqa eshik tomon yurayotgan Jungkook qurol o'qlanish ovozini eshitib joyida to'xtadi va orqasiga o'girildi.

Jk: Nima qilyabsan?

S: Janob men sizni oldingizda qarzdor bo'lsam ham Janob Dokhsoni ishongan qo'riqchilaridanman, bu ishim bilan ularga xiyonat qilolmayman.

Jk: Aqldan ozdingmi? Bu bilan nima demoqchisan? Meni tuzoqqa tushurishmi?

S: Yo'q hamma gaplarim rost, aytganimdek orqa tomonda mashina turibdi ketishingiz mumkin ammo soppa sog' xolatda emas. Sizni yaralashim kerak bu bilan Janob Dokhsoga xizmatim ishonchliligini isbotlagan bo'laman.

Jungkook bu yigit qo'riqchi bo'lsada ancha aqlli ekanligini tushunib unga o'q uzishiga indamay turib berdi. Soojin qorin soxasidan o'q uzdi va uni qo'rqinchili bo'lmagan yara bilan ketkizdi.

Rejadagidek Jungkook orqa tomondan qochdi mashinaga o'tirib kasalxonasiga ketmoqchi edi ham ammo yara sababli boshqaruv qo'lidan chiqdi. Ko'z oldi qorong'ulashishi, qorin soxasidan yetarlicha qon yo'qotilgani sabab Jungkookdan sovuq ter chiqar va qo'l oyoqlar xarakati sustlashardi. Jungkook bu xolda manzilga borolmasligini tushunib yetgach kuchli avtoxalokat bo'lmasidan o'zi yo'l chetidagi stalbaga mashinani urdida xushini yo'qotdi.

Uyga xorg'in kirib kelgan qiz bagajdan narsalarini oldiyu xizmatchiga berdi. O'zi esa charchoq bilan oshxonaga kirdi. Chiroqni yoqqandi hamki akasi ancha jiddiy holda uni kutib o'tirardi.

Ln: Aka qo'rqitib yubordingiz, hali ham uxlamadingizmi

Jimin jiddiy holda: Soat nechi bo'ldi?

Luna soatiga qarab: 23:37 daqiqa o'tibdi.

Jimin stolga qo'lini jaxl bilan qo'ydi. bundan Luna yanada qo'rqib ketdi. Akasini jaxlini ko'rmagandi xech.

Jm: Sen menga ozgina kechki qolaman deganding! Do'konda qamalib qoldingmi nima bo'lding?

Luna titragancha: Aakka noto'g'ri o'ylamang men xoxlab kechki qolmadim. Yo'lda avtoxalokat bo'libdi yordam berdim shifoxonaga olib bordim.

Jimin bir qo'li bilan asabiy sochini orqaga tarab: Luna shunchalik axmoqga o'xshaymanmi? Nima bu avtoxalokatlarga sen mas'ulmisan aa? Unda shaxardagi melitsiyalar tez yordam bo'limlari nima qilyabdi? Menga baxona qilma birinchi kundan o'zingni yomon ko'rsatishni boshlayabsan! Endi ruxsatimsiz xechqayerga bormaysan tamom!

Ln: Lekin aka men sizni..

Luna gapini tugatmasidan Jimin uni yoniga o'qdek yurib borib jag'idan siqqancha gapirardi.
Jm: Menga baxona qilma dedim! Gap qaytarma Soo sulolasida bunday tarbiyasizlik qilganlarni jazolab kelishgan ammo biz seni erkalab katta qildik.

Luna jag' qismi og'rig'idan ko'z yoshlari birin ketin chiqa boshladi.
Ln: A.akkaa qqo'yvor..ing og'..riyabdi

Jimin qo'yvorib: Tezda xonanga kir. Ertangi tanishtiruvga tayyorlan. Shirkatda o'zingni ko'rsatasan. Bor uxla endi.

Luna ko'z yoshlarini berkitgancha xonasiga chiqib ketdi. Xonaga kirgach ko'zyoshlariga erk berdi.
Jimin oshxonada uyoqdan bu yoqqa asabiy yurgancha o'ylardi.

Jimin/pov ] Qattiq gapirdim, ammo to'g'ri bo'ldi ma'suliyatni his qilishi kerak. Qachongacha erkatoy bo'lib yuradi? Yo'q, uni kuchli ma'suliyatli qilishim kere. Otam Lunani bo'yniga hali ko'p ishlarni solishi aniq. Chunki u sulolasidan yagona davomchi. Otamdan har nimani kutsa bo'ladi Hali Lunani o'ziga o'xshagan odamxor qilishi ham mumkin. Aaxx Luna luna, koshki o'zimni ota onam o'lmasayu sen meni xaqiqiy singlim bo'lsang. Bir nima qilib seni bu yerdan qutqarishim kere. Ha men buni qilishim kerak.

Ertangi kun. Haftaning birinchi kuni. Luna uyg'onib yuvinib chiqdi ustiga yaxshi yopiq ish ko'ylagini kiydi. Pastga tushib nonushta qilayotgan oilasini oldiga borib stullardan biridan joy egalladi.

Ln: Xammaga hayrli tong.

J.D: Senga ham hayrli bo'lsin.

Ln: Raxmat

M.x: Qizim bugun birinchi ish kuning yaxshilab nonushta qilib ol.

Jm: Oyi men uni ishxonada och qo'yamanmi?

M.x: Sen o'z ishlaring bilan bo'lib singlingni unutib yuborasan.

Ln: Oyi qo'ysangizchi bugun shunchaki tanishtiruv bo'ladi xolos

Jm: Bugun birinchi ish kuning rostan ham senga og'ir kun bo'ladi.

Luna o'ylangancha: Chunarli demak yaxshiroq xarakat qilishim kere ekan.

Jm: Shunday.

O'rtaga sukunat cho'mgandan so'ng Janob Dokhso Lunaga gap boshladi.

J.D: Qizim Luna shirkatdagi ishingdan bo'shagan vaqtingda meni oldimga kel ertaga.

Ln: Nega ota

J.D: Maslaxatlashadigan ish bor senga

Ln: Ho'p ertaga oldingizga boraman

Ular nonushta qilib bo'lgach o'z ishlariga ketishdi.

Shifoxona
Kechagi og'ir kundan yaralangan yigit operatsiyadan sog' chiqqan va narko'z tasirida ertalabgacha uxlagan ancha uyquga to'yib olgandi. Jungkook uyg'ondi va tomog'i suvsizlikdan qirilib qolganidan bezovtalanib amallab xamshirani chaqirdi

Jk: Aax tomog'im.... Xamshiraa.. Kim boor

Uni ovozini eshitgan ikkita xamshira birin ketin xonaga shoshib kirishdi va Jungkookni axvolini ko'zdan kechirishdi.

X1: Janob axvolingiz yaxshimi?

Jungkook arang gapirardi: Suv bering

X2: Ho'p bo'ladi janob.

Xamshiralardan biri Jungkookga suv ichirdi ikkinchisi esa Jungkookni osma uqollarini tekshirardi.

X1: Janob axvolingiz qanday biron og'riq yo'qmi?

Jk: yo'q hammasi yaxshi

X2: Yaxshi, bizga buyrug'ingiz bo'lmasa shifokorni oldiga borsak.

Jk: To'xtang. Kecha meni olib kelgan qiz qayerda?

Xamshiralardan biri: U xonim kechani o'zida ketdilar

Jk: Nega ketadi? Qo'riqchilar qayerda o'zi? Nega uni qo'yib yuborasiz?

X1: J.janob biz to'sqinlik qilolmadik.

Jk: BIR ISHGA YARAMAYSIZ NEGA ISHLAYABSIZ UNDA? TEZ MENGA O'SHA QIZNI TOPING. MENI QUTQARGAN QIZNI SHUNDAY KETKAZASIZMI A?

X2: Janob kechiring.

Jk: QO'RIQCHILARNI CHAQIR MENGA! XOZIROQ!

Xamshiralar: Xo'p bo'ladi.

Xamshiralar qo'rqancha xonadan chiqib kechagi qo'riqchilarni oldiga borishdi. Jungkook ularni so'raganini aytib o'zlari ishiga qaytishdi. Qo'riqchilar yurak yutgancha Jungkook oldiga kirishdi.

Q1: Janob bizni chaqirtirgan ekansiz.

Jk asabiy: Ha chaqirtirdim. Qani xurmat? eshikni taqillatmay kirishga shuncha jurat qayerdan senlarga kelyabdi?

Qo'riqchilar: Kechiring Janob, biz hayolimiz joyida emasdi.

Jk: Menga qizig'i yo'q hayoling bilan 1 tiynli ishim yo'q! O'zingni bilib ishlaringni qilish!

Q: Ho'p bo'ladi janob

Jk: Kechagi qiz qani?

Q1: Janob biz u qizga ketmang deb ogoxlantirdik ammo baribir ketib qoldi

Q2: Lekin vizitkasini tashlab ketdi Janob

Jk: Qani berchi kim ekan u qaxramon

Q2: Mana Janob

Jungkook tashrif qog'ozni ko'zdan kechirar ekan qizning ismiga ajablandi va familiyasiga qiziqdi

Jk: Soo... Luna... qiziiq

Jungkook biroz o'ylanib qoldi. Raqamni telefoniga saqlab oldi va vizitkani yostiq ostiga qo'yib qo'ydi

Jk: Meni eshiting Soo Luna kim, qayerlik, qaysi Sooni qizi, hullas bu qiz haqida hamma ma'lumotni to'plab kelasiz! Ma'lumotlar qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi. Kerak bo'lsa kitob qilib kelasiz! Uqtingizmi?

Qo'riqchilar: Ho'p bo'ladi janob bajaramiz

Jk: Yaxshi, endi ko'zimdan davf bo'ling tezroq bu qiz haqida bilishni hohlayman!

Qo'riqchilar: Ho'p bo'ladi

Ular shunday degancha xonadan chiqib surushtiruvga ketishdi. Jungkook esa xonada kutgancha qoldi

Jimin va Luna shirkatga kirib kelishdi, ularni ishchilar xurmat bilan kutib olishdi

K: Salom Janob Jimin salom kichik xonim

Jm: Kotiba Yung xonim tanishing bu singlim Luna

K.Y: Salom Luna xonim

Ln: Salom yaxshimisiz )

Jm: Yung xonim meni xonam yonidagi xonaga kuzatib qo'ying

Ln: Aka men unda prezintatsiyaga tayyorlanaman

Jm: Yaxshi

Luna o'z xonasiga kirib prezintatsiyaga tayyorlandi va direktorlar yig'ilishida o'zini yaxshi ko'rsata oldi. Barcha direktorlar maslaxatlashgancha Lunani Art life shirkatini tashqi va ichki dizayn direktori deb tayinlashdi va unga dizayn bo'limini topshirishdi. Luna o'zining yangi jamoasi bilan tanishdi. Odatda Luna jamoa bilan ishlamagan va bu soxada yangi edi, shuning uchun u o'zini bu shirkatdagilar oldida ancha no'noq deb o'ylardi, ammo shirkatdagilar u tayyorlagan prezintatsiyadan uning qobiliyati borligini anglab yetishgan edi. Haqiqatda ham Lunani moslashuvchanligi va tez o'rgana olishi uning ustunliklaridan biri edi.
Birinchi ish kuni biroz charchoqli bo'lishiga qaramay ancha yaxshi o'tdi.

Luna akasi bilan birga mashinada uyga qaytayotgandi unga kutilmagan qo'ng'iroq bo'ldi. Luna begona raqamdan kelgan qo'ng'iroqga javob berdi

Ln: Eshitaman

X: Salom bu Soo Luna mi?

Ln: Ha bu menman

X: Men siz qutqargan yigitman, siz bilan gaplashib olsak bo'ladimi?

Luna kechagi voqealarni eslab akasiga qaradi jaxli chiqishini faxmlagan Luna bu vaziyatdan chiqib ketishga urundi

Ln: Haa esladim, Londondan pochta qilib yuborgan kitoblarim mendan keyin kelibdida qoyil, mayli manzilni sms qilib yuboring ertaga boraman

/povJungkook/ Nima bu qiz aqldan ozganmi? Yo'q menimcha oldida otasi yoki kimdur bor

Jk: Noto'g'ri vaziyatda qo'ng'iroq qildim chog'i, mayli sizga manzilni yuboraman ertaga ko'rishguncha

Aloqa tugadi, Jungkook bu qiz haqida qancha qiziqqani sari Dokhsoni shu qadar o'ldirgisi kelardi. Agar bu rostan ham Dokhsoning qizi bo'lsa tamom unga qizi orqali xujum qilishi aniq

Aloqa tugagach Luna akasiga sezdirmaslik uchun oynadan ko'z uzmay ketardi. Jimin vaziyatni tushunishga urunib ora oralab singlisiga qarab qo'yardi

Jm: Pochtadagilar ekanmi?

Ln: Haa kitoblarim chemadonimga sig'magandi shunga pochta tarzida jo'natib yuborgandim

Jm: Ertaga otam bilan suxbating bormasmidi? unutmadingmi?

Luna o'ylanib: Hhaaa, yo'q unutmadim. Suxbatimiz kun davomigacha cho'zilmas, oshib ketsa 2 soat bo'lsa kerak

Jm: Mayli reja bilan ish qil, shirkatdagi ishlaringni ham unutma

Ln: Ho'p aka ulguraman

Mashinadagi suxbat tugab aka va singil uyga kelishdi. Luna xonasiga kirdiyu tungi pijamasini kiyibla charchoqdan tez uxlab qoldi.

Erta tong yorishgan, yangi kun boshlangan. Yozning issiq havosi va dengiz iforini o'zi bilan olib kelgan mayin shamol. Lunani uyg'otgichi har kungi vazifasini bajarar, bugun ham o'z vaqtida uyg'otgan. Luna o'rnidan g'inshibgina turib dush qabul qilgan, o'z stilliga mos qulay kiyimini kiyib nonushtaga tushdi. Oshxonaga kirganida nonushta qilishayotgan oilasini ko'rib jilmaydi

Ln: Hayrli tong hammaga, yaxshi dam oldilarmi?

J.D: Hayrli qizim, o'tir

Ln: Ho'p

J.D: Bugun sen bilan suxbatimiz bor esingda a?

Ln: Ha dada yodimda. Bugun siz bilan birga ketib so'ng shirkatga boraman

J.D: Ha yaxshi nonushtangni tezroq qil unda

Ln: Ho'p

Jm: Luna, iloji boricha tezroq kel. shirkatga yangi kelgandan ishing boshidan kechki qolish bo'lmasin

Ln: Ho'p xavotir olmang ulguraman )

J.D: Shirkat ishlari kutb turadi, u yerda sen borsan hammasi joyida

Jm: Lekin ota men Park Corporationga ham qarashim kerak. Shirkatni 50% ni Luna boshqarsa ancha yengil bo'lardi shundoq ham shirkat uniki

M.x: Bu nima deganing o'g'lim, shirkat ikkingizniki

Jm: Oyi bilasiz, meni oilamdan qolgan corporation companym bor, shirkat Lunaga tegishli

M.x: Yo'q men gapirdim tamom ikkingizniki!

Jm:... ho'p oyi, ho'p

J.D: Va Lunani otasidan qolgan ishlari ham bor shunga qarab reja qilinglar

Jimin bu gapdan jig'ibiyron bo'lardi, qiz bola boshi bilan u jinoyat ishlarini olib borishi Jiminga yoqmayotgandi, otasining bu qaroriga qo'lidan kelgancha qarshilik qilsa Janob Dokhso ham hech taslim bo'lmasdi

Ln: Havotir olmanglar akam yonimda ekan men hammadiga ulguraman )

Jimin Lunaga nim tabassum qildida nonushtadan turdi va ketdi.

Luna otasi bilan ishxonasiga bordi. U yerdagi odamlari ham bino kabi rangsiz dunyo, jiddiylik sovuqlik hukm surgan bu yerda Luna o'zini zulmatdagi shamdek his qilardi. Otasi uni o'zining xonasiga olib kirib o'tkizdi va so'zlarini boshladi.

J.D: Qizim sen endi yosh bola emassan, yoshing ham 23 ni qoralagan. Dunyo rang barang baxtga, yaxshiligu mexrlarga to'la emas. Bu foniy dunyoda hammani o'ziga yarasha gunoxi, baxilligi bor. Men sizlarni ko'zlari qonga, alamu qasos xasadga to'lgan insonlardan ximoyalab keldim shu vaqtgacha. Ammo men abadiy emasman, bir kun ketaman. Afsus taqdir menga o'g'il merosxor bermadi, Taqdirni raxmi kelib akangni uchratdi ammo u qonimdan emas va menga butkul qarshi. Umidli ko'zlarim faqat senga qadalgan, faqat sengina qonimdan jonimdan parchasan. Qizim mendan hafa bo'lma, senga bugun qalbimni ochyabman faqat tushunishga xarakat qil

Luna bu gaplarni manosini hali to'liq anglab yetmagan, otasi unga nimani tushuntirmoqchi? nima niyatda ekanligini bilmas

Ln: Ho'p ota hammasi joyida davom etavering )

J.D: Unda yaxshi

Janob Dokhso qo'riqchilarga chaqiriq ovozda "olib kiring" dedida kreslosida qiziga qaragancha chuqur manoli gaplarini davom ettirdi

J.D: Qizim senga bugun, xozir bilgan dunyoyingni boshqa qora tomonini ko'rsataman. Sen shu yoshgacha tirnalme turtilme katta bo'lding, endi hayotni zarbalariga kuchli bo'lishing uchun o'zim seni tayyorlayman

Luna bu manoli gapga tushunmasa ham bosh silkitib qo'ydi. Birozdan so'ng xonaga qo'l oyog'i og'zi bog'langan chamasi 40 yoshlar atrofidagi erkak kishini olib kirib Lunaning oldiga tizzalatib o'tkizishdi. Erkakning ko'zlarida na umid va na yolvorish bor edi, so'lib qolgan ko'zlarga va uning axvoliga qarab vaximaga tushgan Luna joyida qotib qolgandi. Na turishini bilar na o'tirishini

Ln: OTAA KIM BUU??

J.D: Vaxima qilma. Bu odam qimorchi, giyoxvand sotuvchi bir xomsut emgan banda. Uning taqdirida sening qo'lingdan ajal topish yozilgan ekan qizim

Luna otasining so'ngi so'zlarini eshitib nima uchun bu yerga kelishgani, otasining chuqur manoli gaplari xozir bo'ladigan voqeani birma bir miyasida taxlil qilardi. Vaxima vaqti miyya ham aynan qaysi o'y xayolni taxlillashni bilmas Luna borgan sari bo'g'ilar otasi bundan bezovta bo'lmaganini ko'rib kongli og'rirdi.

Hammasini tushunib yetgan Luna otasining tilagini bajarishga majburligidan o'zini yomon ko'rishni boshlab yuborgandi

/povLuna/ Demak otam jinoyatchi, mafioz odam. Shuncha vaqt mexribon deb o'ylagan insonim razil maxluqligini bilib o'zimga o'zimni raxmim kelyabdi. Jin ursin xozir men bu odamni o'ldirishim kerakmi? Qanday? Axir bu gunox...

Janob Dokhso qizining talvasaga tushganini sezib uni o'z makriga o'ynatishga urundi

J.D: Luna menga qara, bu odamga achinyabsan xozir ko'ryabman. Ammo bu odam gunoxkor va sen uni jazolaysan. Boshqa gunox qilmaydi, sen buni qilishing kerak. U qancha odamlarni o'ldirgan, qanchasini yostig'ini quritdi. Achinish to'g'rimas, u sening onanga ham tashlandi Xattoo TUSHUNYABSANMI ONANGA TASHLANDI! O'LDIRISHGA URUNDI! SHUNDA HAM ACHINASANMI?

Lunaning aqli shoshib qolgandi, onasi Minsu xonim uning ko'z oldidan o'tar ovozi eshitilar... Luna onasini yo'qotib qo'yishiga bir baxya qolganini o'ylab qo'liga qanday qurol olganini sezmay qoldi

Ln: Xoy sen, mening onamda nima qasding bor edi? Ular senga nima qilgan? Nima xaqqing bor meni onamdan ayirishga??

Erkak javob bermasdi xissiz Lunaga qarab turardi. Bu vaziyatdan Janob Dokhso foydalanishga urunardi

J.D: Luna uni xozir o'ldirmasang, chala qolgan ishini davom ettiraveradi. Kimdur zolimlarni qiruvchi bo'lishi kerak qizim

Luna otasining gaplarini tinglar ammo to'pponchani tepgisini bosa olmasdi

J.D: Luna naxotki oilangni ximoya qila olmasang? Oyingni o'lib ketishiga jim qarab turasanmi? Bu ablax oyingdan keyin menga, mendan keyin akanga o'tadi. Bizni o'ldirmoqchi bo'lgan odamni tirik qo'yasanmi? LUNAA!!

Otasining baqirig'idan so'ng Luna ikkilanishsiz u erkakga o'q uzdi. Bir o'q bilan o'lmaydi deb qayta qayta qorin soxasiga 2 3 martalab o'q uzgandan so'ng qo'lidagi qurol ham yerga quladi.

Ln: men... uni o'ldirdim ota..

Janob Dokhso qizining bunday ishidan faxrlangancha kular, o'rnidan turib Lunani sochlaridan silab qo'yardi

J.D: Barakalla oppoq momaqaymoq qizim sen yaxshi bajarding!

Ln: Ota men o'ldirdim....

J.D: Qizim qo'rqma, bundan keyin o'zingni va oilangni ximoya qilishing kerak! O'zingni qo'lga ol endi

Lunaning xayollari chalkashib ketgan, ayni damda vaqat jasadga qarardi

J.D: Qizim sen bilgan dunyoda manashunaqa razil odamlar ko'p, ularni biz tozalashimiz kerak tushundingmi? Yo'qsa ular sen va mendek odamlarga, begunox bolalarga, ayolu qariyalarga zarar berishadi

Lunaning qulog'ida aylanayotgan bu so'zlar miyyasigacha chuqur o'rnashib oldi, u endi shunday o'ylashni boshladi.

Ln: Qo'rqinchili bo'lsada men qildim buni

J.D: To'g'ri sen qilding. Endi mening hamma ishlarim senga o'tadi qizim, merosxor bu sensan. Shirkat va mening officim senga qizim

Luna jasadga qarab: Ho'p ota men sizlarni ximoya qilaman

Janob Dokhso bundan mag'rurlanardi. Qizi sekin sekin uning yo'lidan ketayotganini ko'rib o'zini yanada kuchli bilardi

J.D: Soo Luna sening qo'lingdan xali ko'p ishlar keladi gulparcham

Jasadni olib ketishdi. Luna esa otasining bazi ishlarini o'rganish uchun o'sha yerda 2 soatlarcha qolib ketdi.

Ln: Demak bu clublarni hammasini men boshqaraman endi shunaqami?

J.D: Ha shunday

Ln: Yaxshi, yana nimangiz bor ota

Janob Dokhso qizining bu xotirjamligiga xayrat bilan qarardi

J.D: Luna biroz oldin odam o'ldirding xechqanaqa og'riq yo'qmi?

Ln: Yo'q u odam o'lishi kerak edi. Onamga tegmoqchi bo'lganlarning jazosi shu

J.D: Baribir meni qonimdanliging bilinadi. Raxm shavqatni unut qizim

Ln: Men sizga o'xshamayman ota, sizdan ko'ra yaxshiroq bo'lishim kerak

Janob Dokhso bu gapdan kulib qo'ydi.

Ln: Mayli men ketdim. Kotibamga o'sha clublarning barcha xujjatlarini yuboring uyda ham ko'rib chiqishim kerak. Xozir esa shirkatga boraman ishlarim bor edi

J.D: Senga bu ishlaring uchun aloxida qo'riqchi kotiba beraman

Ln: Mayli men ketdim

Luna avvaliga xonani so'ng esa binoni tark etdi. Unga tayyorlangan xaydovchi tashqarida kutib turardi. Mashinaga o'tirgancha yo'l bo'yi o'ylab ketayotgan Luna bundan meyin kuchli va aqlli bo'lishi kerakligini o'ylardi. Shirkatga kirishi bilan akasiga duch keldi.

Jm: Luna nima bo'ldi? Aytib ber

~*~*~*~*~*~

Aynur tomonidan yozilgan Stony heart 2 part. Heart fanfic kanali uchun maxsus tayyorlangan!