December 9, 2024

Second Love

part 4

Sen uchun samolardaman

Jungkook qancha chaqirmasin Aynur javob bermas edi. Aynur yo'ldan o'tayotganida tezlikda kelayotgan yuk mashinasi piyodalar yo'lida ayolni ko'rgach tormoz beradi vaxolanki tezlikda kelgani uchun berilgan tormoz yetarli bo'lmaydi va ayolni 8 metr uzoqlikka uchirib tashlaydi. Bir zumda odamlar gavjumlashib ayol atrofini o'rab olishdi, ulardan bazilari tez yordam chaqirish bilan ovora bo'lsa, bazilari qizga birinchi yordamni berishga urunishardi. Qolgan to'planib olgan odamlar esa tomoshabin bo'lishdan boshqasiga yaramasdi.

Jungkook qancha urunmasin qo'ng'iroqdan Aynur ovozi eshitilmas, shaxarning shovqini bor edi xolos. Aynurga biriktirilgan xaydovchi bir soniyada bo'lgan bu avtoxalokatdan shock xolatiga tushgan, avtoxalokat joyiga borgach Aynurni ko'rib qotib qolgandi. Jungkook xaydovchiga qo'ng'iroq qilib ular qayerdaliklarini so'radi.

Jk: ALOO ESHITYABSANMI JIN URSIN QAYERDASAN?

X: J.Janob xonim...

Jk: JIN URSIN SENI QAYERDASAN DEYAPMAN

X: Janob s.sizga tur.gan joyimizmi man.zilini yubboraman

Jk: TEZLASH

Jungkook kostyumini, mashina kalitini, kerakli narsalarini oldiyu telefoniga kelgan manzilqa qaragancha xonadan yugurgilab chiqib ketdi. Mashinani shu darajada tez xaydardiki huddi uni butun dunyo zombielari quvayotgandek edi. Yo'ldagi radar kameralariga ham qarab o'tirmadi, manzilga borguncha 4 marta shtrafga tushdi.

Nixoyat manzilga borganida u yerda xechkim yo'q edi, tez yordam mashinasi allaqachon kasalxonaga ketib bo'lgandi. Atrofni melitsiyalar qoplagandi xolos.

Jk: Jin ursin

Jungkook telefonidagi kartaga kirib atrofdagi eng yaqin tezyordam bo'limini qidirib topdi. Mashinasiga qayta joylashdiyu kasal xona tomon tezlikni oshirdi. Jungkook kasalxonaga borganida qabul xonadan qo'rquv aralash Aynurni so'rab ketdi.

Jk: Shu yerga Jeon Aynur degan bemorni olib kelishmadimi?

Kasalxona xodimi kompyuterini bir ko'zdan kechirib: Yo'q unday bemorimiz yo'q

Jk: Unda shu 20 minut oralig'ida avtoxalokat sabab yaralangan ayolchi?

Xodim: Haa olib kelishdi, xozir operatsiya bo'layabdi ekan, yo'lakdan chapga

Jk: Raxmat

Jungkook o'qdek ichkariga o'zini otdi. operatsiya eshigini oldiga kelganida, xali tugamagani ko'rinib turgandi. Xaydovchisi kelib Jungkookdan kechirim so'rashni boshladi

X: Janob kechiring men . men xonim aytgani uchun to'xtagandim bu... bu bexosdan bo'ldi

Jk: Ko'zimga ko'rinma, sen bilan keyin gaplashaman

Xaydovchi ko'p gapirmadida kasalxonani tark etdi. Jungkook o'sha yerdagi o'rindiqlardan joy egallagancha yuzini ikki qo'llab yumib o'tirdi.

Jungkook/pov
Yo'q ketolmaysan Aynur meni o'zinga bog'lab ketolmaysan bunga xaqqing yo'q. Meni tashlab ketishga xaqqing yo'q Jongsukni o'yla mayli meni o'ylamasang xam. Iltimos ketma Axir endi topishdik xali iforinga to'yganim yo'q

Jungkook o'y surgancha bir joyda o'tirolmay o'rnidan turib yo'lak bo'ylab o'zini o'sha yerga sig'dirishga urunardi. Garchand bu foyda bermayotgan bo'lsa xam

Ko'p vaqt o'tdi, chamasi 3 soat. Doktor 3 soat deganda operatsiyani tugatdi. Eshikdan xafsalasi pir bo'lganday chiqqan doktorni ko'rgan Jungkook uni so'roqlay boshladi.

Jk: Doktor

D: Bemorga kim bo'lasiz

Jk: Eri. Avxoli... qanday?

Doktor indamayotgandi

Jk: Saqlab qoldinglara? Reanimatsiyaga olib chiqasiz shundaymi?

Doktor endi og'iz juftlagandi Jungkook gapirmasin deganday so'zini boshlamasidan bo'ldi

Jk: Yo'q iltimos doktorsiz axir. Saqlab qolishingiz kerak orqaga qayting kiring xonaga

Jungkook doktorni itarib xonaga olib kirishdi urunar chog'i Doktor Jungkookni yelkasini ushlagancha borini ochiq aytdi

D: Afsus axvoli yomon edi. Aslida kasalxonaga kelishdan oldin joni uzilgan ekan biz xayotga qaytarishga urundik ammo qo'limizdan kelmadi.

Jungkook zo'rg'a ushlab turgan yoshlarini ortiq o'zida saqlay olmadi. Tinmay "nega" so'zini takrorlardi.

Aynur jasadini olib ketishdi. Jungkook ayolini oxirgi bor quchib vidolashayotganiga ishonolmasdi

Jk: Aynurim kapalagim. Shunchalik mendan qochib ketishni xoxlaganmiding? Nega ketyapsan?

Bo'sh xona ichidan faqat Jungkookning yig'i aralash ovozi eshitilardi. U Aynurni bag'riga bosgancha qo'yib yubora olmayatgandi.

Jk: O'zinga qo'shib meni ham o'ldirding Aynur sensiz olayotgan xavoyimni xis qilmayabman. Iforing kelmayabdi bu so'lib qolgan jismingdan iforing taralmayabdi. Naxot shu xam endi yo'q?

Xaqiqatdan xam, odam vafot etsa o'ziga tegishli bo'lgan nigoxlar, ovozlar va o'z iforini xam olib ketar ekan. Aynurdan xechqanday ifor kelamyotgandi, xatto uning tanasi muzlagan, endi qatib qolishni xam boshlayabdi. Barmoqlariga qo'l yugurtirganda toshdek qattiq edi.

√\√\√\√\√\√\√\√\√\√\√\√\√\√\√\√

Aynur vafotiga 3 oy bo'ldi. Jungkook yashayotganini xis qilmasdi xam. Faqat o'g'li uchun tik oyoqda turgandi, ammo ichidagi vayronalar orasida qolib ketgan Jungkook o'likdek yotardi. Qalban nimanidir xis qilmasdi. Undan oldin xamma qanchalik qo'rqsa xozir undanda ziyod qo'rqishadi. Aynur o'limidan so'ng o'zini xar baloga urgan Jungkook sekin sekin jinoyat olamiga kirib borardi, avvaliga clublarni ochishni boshladi, so'ng xizmatidagi yigitlarni ayamay kaltaklab jazolashni boshladi.

Xar kuni bir xil o'tayotgan Jungkook ishlarini tugatdi, soat 01:23 va bugungi sanaga qaradi 4 Noyabir. Jungkookning qalbi yana og'riq bera boshladi. Clubidan o'tkir ichimliklarni oldiyu mashinasiga o'tirib dengiz bo'yiga bordi. O'sha yerdagi o'tirish o'rindiklariga joylashib sekin sekin idishlarni bo'shata boshladi.

Jk: Tug'ilgan kuning bilan Aynur. Bugun sen uchun ichaman

Chamasi 1 soat shu zayilda davom etayotgan vaqti zerikarli edi. Jungkook qalbini yaralovchi xotiralarni xoxlamasa xam eslaydi.

Xa bu xotiralar tinch qo'ymaydi, xar vaqt xar soniya xayollaringni tinch qo'ymaydi. Virus kabi yopishib oladi. Qalbingni nimtalab tashlaydi, yarang bitishini kutmay qayta qonatadi. Vaqt esa bu yaralaringa tuz sepadi.

Jungkook xatoralariga berilib dengizga termulgancha icharkan uni yoniga do'sti kelganini xam sezmadi.

X: Seni shu yerdan topishim aniq edi

Jk: Qachon kelding?

X: Deyarli 10 daqiqa, seni chetdan kuzatib o'tirdim

Jk: Sezmapman, aybga buyurma

X: Xechqisi yo'q, mashina ichida edim baribir

Jk: Ichasanmi?

X: Yo'q senga suxbatdosh bo'lish uchun keldim

Jk: Menga suxbatdosh kerakligini sen qayerdan bilaqolding Tae

Tx: Axir bugun Aynurni tug'ilgan kuni edi, seni shunday ichib dardingni ichinga yutishingni bilganim uchunam qidirdim, xatto clublarda yo'qsan oxiri xayolimga shu joy keldi

Jk: Xaa u dengizni yaxshi ko'rardi

Tx: Avvaliga qizing, so'ng ayoling. Jungkook xammasini ichinga yutishin shart emas. O'zingni qiynashni bas qil

Jk: Qanday qiynalmay? Yagona asrab avaylagan kapalagim osmonlarga uchib ketdi. Shunda xam qiynalma deyapsan

Tx: Osmonga qarayman dep qoqilib tushma.

Jk: Men qoqilib bo'ldim, qayta tik turdim ham. Ammo kuchim yetmayabdi meni qoqiltirgan tosh oldidan ketolmayabman

Tx: O'zing o'sha toshga yopishib olgansan. Xayotga tik boq davom etyabdi qo'yib yubor Aynurni, uniyam ruxini qiynayabsan. Seni bu xolingni ko'rganda axvolini tasavvur qilib ko'r

Jk: Agar Aynur xoxlamaganida meni tashlab ketmasdi.

Tx: O'lganlarni ayblolmaymiz

Jk: To'g'ri.

O'rtada sukunat cho'mdi. Faqat dengizning shovqini bor. Jungkook olib kelgan idishlar xam bo'shadi.

Tx: Mana oxiri tugatding

Jk: Ichimdagi olovni so'ndirolmayabman Tae Charchadim nima qilay? Nafas olaman ammo xis qilmayman. Tirikligimni xis qilmayman, usiz qiyin bo'lyabdi. Qalbim og'rig'iga chidolmayabman ayt nima qilay?

Taehyung do'stini bu xoliga qarab yordam berolmasligini o'ylab yuragi ezilardi.

Tx: Xayot oldinda o'tib ketadi xali, vaqt senga davo bo'ladi. Xali baxtingni uchratasan yoshsan

Jk: Davo bo'lmaydi, men shu bilan o'lib ketaman

Tx: Sen uchun bitilgan taqdir baxtini rad qilyapsan Jungkook o'zinga kel. Xayot Aynur bilan tugab qolmaydi

Jk: Xayot tugab bo'ldi Taehyung sen sezmayabsan xolos. Meni xayotim o'sha kunni o'zida tugadi.

Jungkookni boshqa qiynashni xoxlamay Taehyung uni u yerdan olib ketishni o'yladi.

Tx: Mayli tur xayoting tugagan ekan uyinga olib borib qo'yaman o'sha yerda yana davom ettirasan xayotingni

Jungkook o'rnidan turib chayqallangancha: Xayot tugasa qayta boshlanmaydi Janob Taehyung.

Tx: Sen uchun davom etadi o'ylama, xayotni erkatoyisan.

β€”β€’β€”β€’β€”β€’β€”β€’β€”β€’β€”

By Aelin

https://t.me/kingdom_fanfics