January 13, 2025

Two Ice Wings

Ikki muzli qanotlar

Part 1

Dunyoni qoplagan abadiy qish osmonni qorong‘ulatgan va havoni qotirgan edi. O‘rmonlar muz bilan qoplangan, dengizlar esa qalin muz bilan burkangan. Bu sovuq faqat tabiatdan kelmagan edi uning orqasida inson tasavvuridan ham kuchliroq bo‘lgan bir sehr yashirin edi.

Aelin - Arendel qirolichasi, qasrning balkonida o‘tirar, qo‘llaridan oppoq muz parchalarini chiqarar edi. U ichidagi sovuq kuchni nazorat qilishni o‘rganganiga qaramay, qalbining bir burchagida tinchlikni topolmasdi. So‘nggi yillarda u butun qiroliklarning umidi bo‘lib kelgan, ammo bu mas’uliyat unga yolg‘izlikni ham olib kelgan edi.

Bir kuni, Aelin tog‘lardan boshlab pastgacha qor qoplagan o‘rmonlarga qarab, yangi hayot haqida o‘ylayotgan edi. To‘satdan, osmon yorqin moviy nur bilan yondi, muz kristallari havoda suzib yurdi. U yerga tushganida, Aelin ularni kuzatdi va bu qanday kuch ekanini his qilishga urindi.

“Qiziqarli” dedi Aelin o‘ziga. Bu sehr boshqa bir qahramonga tegishli edi.

U qorli tekislik bo‘ylab yurib, bu kuchni kuzatdi. Muzli ko‘l yonida bir yigit paydo bo‘ldi. U uzun bo'yli, bosh kiyim va oq qurol ko‘targan edi. Uning ismi Jeon Jungkook edi.

Jungkook Aelinga qarab kulgancha qurolini yerga qo'ydi.
Jk: Salom qirolicha sizni uzoqdan kuzatib keldim sizning kuchingiz haqida eshitganman

Aelin uning so‘zlariga hayron bo‘ldi, ammo ichida bu odamga ishonishni xohladi.
Aelin extiyotkorlik bilan: Kuzatib kelding? nega?

Jk: Chunki mening kuchlarim sizning kuchlaringizga juda o‘xshash, Balki birgalikda biror narsa o‘ylab topishimiz mumkin. Lekin ehtiyot bo‘ling.. men o‘yin o‘ynashni yaxshi ko‘raman ;)

Aelin Jungkookning samimiyligini sezdi, lekin bu samimiyat ortida bir sir bor edi. U Jungkook bilan birgalikda ishlashni o‘ylab ko‘rdi, ammo ichida bu qaror uning tinchligini buzishidan qo‘rqdi.

Ikki kuchli qahramonning birlashishi dunyoni qutqarishi yoki vayron qilishi mumkin edi. Shu bilan birga, Jungkook va Aelin o‘rtasida romantik taranglikni keltirib chiqaruvchi bir aloqa paydo bo‘la boshladi.

Aelin va Jungkook bir-birlarini kuzatishar, sovuq qor muz parchalari havoda o‘ynardi. Jungkookning qiziqarli tabassumi Aelinni ehtiyotkorlikdan o‘ziga jalb qilgan edi. Ammo u ich-ichida hali ham ehtiyotkor edi.

An: Demak, sening kuching ham mening kuchimga o‘xshash? Ammo men seni bu yerda ko‘rishni kutmagan edim.

Jungkook yelka qisgancha: Men doim hammani hayratda qoldiraman. Ammo Aelin bizning kuchlarimiz nafaqat bir xil, balki birlashib yanada kuchliroq bo‘lishga qodir

Aelin biroz o‘ylab turdi. Uning qalbida Jungkookning so‘zlariga ishonch uyg‘onayotgan edi, ammo uning shunchaki o‘yin qilayotganidan qo‘rqardi.

Aelin qat'iyat bilan so'radi: Men bilan birga bo‘lishni xohlaysanmi yoki shunchaki vaqt o‘tkazmoqchimisan?

Jungkookning ko‘zlari jiddiylashdi.
Jk: Men hazilni yaxshi ko‘raman, lekin bu safar jiddiyman. Shunchaki qor va muzning kuchi bizni qanday bog‘layotganini ko‘rishni xohlayman.

Ularning atrofida qor parchalari havoda suzardi. Jungkook Aelin tomonga yaqinlashdi.
Jk past ovozda: Birgalikda ishlashning nimasidan qo‘rqyapsan?

Aelin chuqur nafas oldi.
An: Men bu kuch bilan doim yolg‘iz edim va shunday davom etishiga o‘rganganman. Bu kuch meni boshqalar bilan yaqinlashishdan to‘xtatgan.

Jungkook uning ko‘zlariga qaragancha: Sen yolg‘iz emasligingni tushunishing uchun men bu yerdaman, lekin agar xohlasang ketishim mumkin

Aelin bir zum o‘ylab qarorini chiqardi.
An: Yo‘q qol. Agar biz birgalikda ishlasak, balki bu dunyoga foyda keltirarmiz

Aelin Jungkookning so‘zlarini tinglab, ko‘zlarida nimadir porlaganini sezdi. Bu g‘alati, lekin chinakam iliq his edi. Balki u haqiqatan ham yolg‘iz emasdir?

Jungkook Aelin tomonga yaqinlashib, yerga tayog‘ini urdi. Muzdan yasalgan ajoyib rasm paydo bo‘ldi. Yerdagi muzdan chizilgan rasmda qorli tog‘lar va ulkan qirolicha aks ettirilgan edi.

Jk: Bu men o‘zimni tanishtirishimning bir usuli. Men bu dunyoda faqat o‘zim uchun emasman. Men sen kabi boshqalarni baxtli qilishni xohlayman

Aelin rasmga xayrat bilan qarab jilmaydi: Bu juda go‘zal. Ammo men hali ham sening haqiqiy maqsading nima ekanini tushunmayapman

Jungkookning tabassumi pasaydi: Men haqiqatan ham yordam bermoqchiman. Lekin rostini aytsam bu sovuq dunyoni biroz iliqlashtiradigan odamni topishni ham xoxlayman

Aelin bu so‘zlarni eshitib, yuragining tezroq urayotganini his qildi. U uzoq yillar davomida o‘zini boshqa hech kim tushunolmaydi deb o‘ylagan edi. Lekin bu yosh yigit... u boshqacha.

An: Yaxshi agar sen rost so'zlayotgan bo‘lsang, men senga ishonaman. Ammo bir shart bilan, sen menga hech qachon yolg‘on gapirmaysan.

Jungkook qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib o‘ziga xos hazilkashlik bilan ta’zim qildi.
Jk: Menga ishonsang, bu men uchun katta sharaf

Aelin kulimsiradi, lekin ich-ichida o‘zini ehtiyotkor tutardi. Jungkook unga yordam bermoqchi ekanini aytgan bo‘lsada, Aelin hali bu kuchli hissiyotlardan qo‘rqardi. U qanchalik yaqinlashsa, shunchalik o‘zini himoyasiz his qilardi.

Ularning suhbati davomida qorli tekislikdan to‘satdan bir tovush keldi. Bu past, lekin tishlar qarsillayotganini eslatuvchi tovush edi. Aelin va Jungkook hushyor tortishdi.

Aelin qo'llarida muz parchalarini to'plab: Bu nima edi?

Jungkook ham tayog‘ini qo‘liga mahkam oldi: Kimdir yoki nimadir bizni kuzatyabdi

To‘satdan, qor ustida katta, qora soya paydo bo‘ldi. Bu ulkan maxluq edi, ko‘zlari qip-qizil, nafasidan muz emas, balki qora tuman chiqar edi. Maxluq ularga qarab yurib kelardi.

Aelin va Jungkook bir-birlariga qarashdi

Jungkook: Bu safar o‘yin emas

Aelin esa bosh irg‘adi: Unda jangga tayyorlanamiz

Maxluq yaqinlashayotgan sari, qor havoda to‘plana boshladi, muzning qattiqlashgan ovozlari quloqlarida aks sado berardi. Jungkook va Aelin bir-biriga qarab, nafaslarini qattiq ushlab, tayyorlanishdi. Maxluqning har bir qadami yerni titratardi va ular uchun vaqt borligini anglashlari juda qiyin bo‘lardi.

Aelin o‘zining qo‘llaridan moviy nurli muzlar chiqarib o‘zini himoya qilishga tayyor edi. Jungkook esa o‘zining sovuq kuchini chiqarish uchun qo‘li bilan muzdan shakl yaratish boshladi. Ikkisi ham bu jangni boshlash uchun so‘nggi tayyorgarlikni ko‘rishayotgandek ko‘rindi.

Maxluqning yuziga qiyofa hamrohlik qilayotgan qor qorishmasidan boshqa hech narsa ko‘rinmas edi. Uning qo‘llari va oyoqlari muz bilan to‘ldirilgan qora toshga o‘xshardi.

Jungkook past ovozda, qalbida aralash xavotir bilan: Buu bizni yengish uchun keldi. Ammo biz uni yengishimiz kerak. Biz birgalikda kuchliroq bo‘lamiz

Aelin bu so‘zlarni tinglab, tasavvur qila olmadi. Ammo Jungkookning ishonchi uning o‘ziga ham yengil bo‘lishiga yordam berdi. Uning nafasida muzlayotgan energiya ko‘proq porlab, endi u o‘z kuchini to‘liq his qilardi.

Maxluq ularga yaqinlashganida, u kutilganidan ham tezroq harakatlana boshladi. U o‘zining qora soyasini tarqatib, atrofdagi qorni yutib borardi. Ushbu qo‘rqinchli maxluqning yengilmasligi borasida jiddiy xavf sezildi. Bu nafaqat jismoniy kurash, balki ruhiy test ham bo‘lishi mumkin edi.

Aelin kuchli ovozda: Bu jangda faqat kuch emas aql ham muhimdir. Biz unga faqat kuch bilan qarshi chiqmasligimiz kerak.

Jungkook unga qarab: Haqsan, faqat birga ishlasakgina biz bu maxluqni yengishimiz mumkin

Shunday qilib, ikki yigit va qiz o‘rtasidagi aloqalar yanada kuchayib borardi. Ular bir birini his qilishar va birga ishlashni anglashar edi. Har bir urushning yutug‘i faqat ulkan g‘alabaga olib kelishini bilib, kuchlarini birlashtirdilar. Aelin moviy nurli muzdan pilla poyaga o'xshash yalpoq muzlar chiqarib ular orqali yuqoriga ko‘tarildi. Jungkook esa o‘zining qorli sovuq kuchini birlashtirib maxluqqa qarshi kuchli zarbalar berdi.

Maxluq shiddat bilan qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsada ikkala kuchli va mard yigit va qizning hamkorligi uni to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirishga imkon berdi.

Yoqimli va qiyin kurash oxir oqibatda o‘z mevasini bergandek maxluqning soyasi yo‘qoldi va havoda faqatgina sovuq, ammo to‘la qobiliyatli ikki yoshning sexr kuchlarini vaqtinchalik izlari qoldi.

Jungkook va Aelin nafaslarini ushlab orqalariga qaradilar. So‘ngra, ularning yuzlarida yengillik va tasavvurlarini qabul qilishdan qoniqish hisi paydo bo‘ldi.

Jungkook ko'zlari porlab: Biz yengdik

Aelinning yuzi jilmayishga majbur bo‘ldi.
An: Xa biz yengdik. Ammo bu faqat boshlanishi edi.

Jungkook uning ko‘zlariga qaradi
Jk: Endi bizni hech narsa to‘xtata olmaydi. Biz birgalikda hech qanday qor yoki to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaymiz.

Birinchi qism tugadi. Ikkinchi qismda esa, bu jangni boshlagan maqsad va hikoyaning yangi bosqichlari bo‘yicha yana ko‘proq sirlar ochiladi.

w: Aelin
blog: @kingdom_fanfics
for: Calvin Klein channel