January 20, 2025

Two Ice Wings

Ikki muzli qanotlar

Part 2

Jungkook va Aelin qorli tog‘ cho‘qqisida bir biriga qarab turardi. Osmonda shafaq rangi jilva qilar, havoda esa qor zarralari ma’yus raqsga tushardi. Bu sukunatda nafaqat sovuq havo, balki bir birlarining ko‘zlarida yashiringan sirlar ham hukmron edi. Jungkook qo‘lidagi muzdan yasalgan nayzasini yerga qoqib, oxirgi bor Aelinning ko‘zlariga tikildi.

Jungkook yumshoqlik bilan ammo qat'iy ohangda: Sen hali ham bizning taqdirimizni qabul qilmayapsanmi Aelin?

Aelin biroz sarosimada, quvvatini his qilish uchun kaftini siqdi. Qor uning barmoqlarida o‘ynab muzga aylandi.
An: Taqdir? Sen nimani nazarda tutyapsan? Men seni tushuna olmadim

Jungkook sekin yoniga yaqinlashdi lekin Aelin bir qadam orqaga tisarildi.
Jk: Bizning kuchlarimiz Aelin. Ular birgalikda ishlaydi. Bu oddiy tasodif emas. Sen va men bu dunyoning muvozanatini saqlovchi kuchlarmiz

Aelin bu gaplarga ishonishni istamasdi. Uning hayoti davomida kuchlari unga faqat qayg‘u va yolg‘izlik keltirgan edi.
An: Bu kuchlar menga faqat zarar keltirgan. Qanday qilib sen bu kuchlarning yaxshilik uchun ekaniga ishontira olasan?

Jungkook uning so‘zlariga jilmaygancha: Xabaring bor Aelin kuchlarimizni nazorat qilish o‘zimiga bog‘liq. Men ham bir vaqtlar o‘zimni yolg‘iz va keraksiz his qilardim. Lekin keyin tushundim sovuqlik faqat o‘ldiruvchi emas balki hayot baxsh etuvchi hamdir.

Aelin bu so‘zlardan larzaga keldi. Uning qalbining tubida o‘z kuchlaridan foydalanish istagi doim bor edi lekin uni boshqarishdan qo‘rqardi. U o‘zining uyidan uzoqda edi ammo Jungkookning so‘zlari unga tanish tuyg‘ularni eslatardi.

An: Mayli men roziman senga ishonaman. Lekin agar bu mening kuchlarimni boshqarishga yordam bermasa...

Jungkook uni to‘xtatdi va qo'llaridan ushladi
Jk: Men seni chalg‘itmayman pant yemaysan Aelin. Menga ishonsang, biz birga dunyoni o‘zgartira olamiz.

Jungkook uning qo‘llaridan yanada maxkam ushlab oradagi kichik masofani yo'q qildi. Bu harakat Aelinni hayratga soldi lekin ortga chekinmadi. Jungkookning qo‘li muzdek edi ammo unda qandaydir iliqlik his qildi. Jungkook bir barmog'i ila Aelinning iyagidan ushlab uning yuzidan qisqa o'pich qoldirdi va yana yuzi joyiga qaytdi. Bir lahza ichida Jungkookning qo‘llaridan chiqqan qor bo‘roni bilan Aelinning kuchi birlashdi. O‘rta yerda ulkan muz sharchasi hosil bo‘ldi. U yorqin nurlarda porlardi.

Aelin xayrat bilan: Bu... Jungkook... bu nima?

Jungkook g'urur bilan: Bu bizning kuchlarimizning birlashmasi. Biz birga turgan holda ko‘proq narsaga erisha olamiz bu faqat boshlanishi

Aelin endi o‘zini xavfsizroq his qildi. Lekin bu xavfsizlik hissi uzoq davom etmadi. Tuman ichida bir qora soya paydo bo‘ldi.

Aelin va Jungkook shubxali tuyulgan tomon xushyorlikni tortishdi, tog'ning shovqini sukunatni buzgan bu ovoz past va qo‘rqinchli edi. Ikki yoshni ko‘z o‘ngida qorli tuman ichidan qora libosga burkangan notanish kishi paydo bo‘ldi.

An: Kim bu?

Jungkookning yuzi jiddiylashdi
Jk: Bu Koldar u muz va qor kuchlarining qorong‘u tomoni. Bizni to‘xtatish uchun kelganligi aniq

Koldarning ko‘zlari muzday sovuq edi.
Kd: Sizning birlashgan kuchlaringiz dunyoni halokatga olib keladi Mening vazifam esa buni oldini olish.

Jungkook qo‘llarini ko‘tardi va nayzasini mahkam ushladi.
Jk: Bizni to‘xtata olmaysan, Koldar. Biz bu dunyoga xavfsizlik keltirish uchun keldik halokat uchun emas.

Aelin ham o‘z kuchlarini yig‘di. Uning qo‘llarida hosil bo‘lgan muz qutblarning kuchini aks ettirardi U hayajonlangan lekin shu bilan birga qat’iy jasur edi.

Koldar ularga qarab yurdi va bir necha lahzada ulkan qor bo‘ronini hosil qildi. Bu bo‘ron ichida sovuq o‘qday o‘tli tikanlar paydo bo‘lib ular tomonga otildi.

Jungkook tezda Aelinni chetga tortdi va muz devorini hosil qildi.
Jk: Biz birgalikda jang qilishimiz kerak

Aelin bosh irg‘adi va kuchlarini ishlatdi. U yerdan ulkan muz qirlarini hosil qilib Koldarni chetga surishga urindi. Lekin Koldarning kuchi juda kuchli edi. Ularning hujumlari bir necha marta qaytarildi

Jk: Aelin kuchlarimizni birlashtirish vaqti keldi

Aelin o‘zini tayyorladi: Mayli. Men tayyorman

Ikkisi ham bir vaqtda o‘z kuchlarini ishlatdi. Jungkookning muzli nayzalari va Aelinning porlab turgan muz kuchi birlashdi. Bu ikki kuch to‘qnashganda ulkan yorug‘lik yuzaga keldi.

Koldar o‘zini himoya qilishga harakat qildi lekin Jungkook va Aelinning kuchlari birgalikda ularga bas kelish mumkin emasligini isbotladi. Yorug‘lik Koldarni o‘rab olib uning qora libosini yo‘q qildi. U oxirgi bor qarshilik ko‘rsatishga urindi ammo bu foydasiz edi.

Koldar yo‘q bo‘lgach tog‘ yana o‘z sukunatiga qaytdi. Junkook va Aelin birbiriga qarab turishardi

Jungkook xansiragancha: Biz uddaladik

Aelin esa jilmaydi: Ha lekin bu hali hammasi emas. Mening savollarim ko‘p.

Jungkook jilmayib, unga qo‘l uzatdi: Men barcha savollaringga javob beraman. Ammo hozir yangi sarguzasht boshlanmoqda.

Aelin uning qo‘lini ushladi. Bu boshlanish edi yangi dunyolarni kashf qilish yangi xavf xatarlarni yengish va nihoyat o‘z kuchlarini dunyo manfaati uchun ishlatishni o‘rganish. Ularni shundar sarguzashtlar kutardi

Jungkook Aelinni qo'lidan tutib o'ziga yaqinlashtirgach o'zi ham bir qadam bosib oradagi masofani chekladi Tog‘da sukunat hukm surar ammo bu tinchlik ichida Aelinning qalbi g‘alayon qilar yuragining zarbi sukunat sabab Jungkookgacha eshitilardi. Jungkookning nigohlari unga qadalgan Ular bir muddat gapirmay turishdi lekin Aelinning ko‘ngli tug‘yon ichida edi. Jungkook Aelinning so'z ochgunicha undan bo'sa olishga shay turgan vaqt nihoyat Aelin sovuq ohang bilan so'zlar boshladi

An: Jungkook sening rejang buni tugatish edi shundaymi? Lekin men senga hali ishonib bo‘lmaydi deb o'ylayapman Nega sen har doim mening yonimda bo‘lishga harakat qilasan?

Jungkookning yuzida bir lahza og‘riqli tabassum paydo bo'ldi va chuqur nafas oldi
Jk: Chunki men bilaman Aelin. Sening kuchlaringni dunyo tushunmaydi lekin men tushunaman. Chunki men ham o‘zimni yillar davomida yolg‘iz his qilganman.

Aelin salgina boshini egib ko‘zlarini yumdi. U Jungkookning gaplarida haqiqat borligini bilardi lekin uning qalbi bu yaqinlikdan qochishni xohlardi. Chunki yaqinlik zaiflik belgisidir.

An: Sen mendan juda ko‘p narsani talab qilyapsan Jungkook. Men hayotim davomida hech kimga ishonmaganman. Nega senga boshqacha munosabatda bo‘lishim kerak?

Jungkook Aelin bilan tanalarini birlashtirdi Uning ko‘zlarida chuqur qayg‘u va nimadandir xavotir ko‘rinib turardi.

Jk: Chunki men sen uchun bor narsamni berishga tayyorman

Aelinning yuragi tezroq ura boshladi lekin u bu tuyg‘uni chetga surishga urindi. Ammo shunda Jungkookning so‘zlari uni larzaga soldi.

Jungkook jiddiylik oxangida: Shunday ekan agar sen meni hayotingdan chiqarib tashlamoqchi bo‘lsang buni hoziroq ayt. Lekin bilgin men senga qarshi emasman. Men senga rashk bilan g‘azab bilan yondoshmayman. Men seni qo‘llab quvvatlayman.

Aelinning yuragi og‘irlashdi. U bu so‘zlarni kutmagan edi. Jungkook unga o‘zini chin dildan ochayotganga o‘xshardi lekin uning ichida bu hislar bilan kurashayotgan g‘azab uchquni paydo bo‘ldi.

An: Sen meni himoya qilmoqchimisan yoki menga hukmronlik qilmoqchimisan?

Jungkook bu savoldan ranjidi lekin buni yuzida bildirmadi. U sekin Aelinni qulog'iga pastlagandek bo'ldi va asta lekin qat’iy ohangda javob qaytardi
Jk: Aelin men hech qachon sening ustingdan hukmronlik qilishni istamayman. Men seni qo‘llab quvvatlamoqchiman chunki sen bunga loyiqsan. Lekin agar sen meni hayotingdan chiqarib yuborsang men baribir sen uchun kurashaveraman.

Bu so‘zlar Aelinning qalbini larzaga soldi. U uzoq yillar davomida o‘zini himoya qilish uchun devorlar qurdi lekin endi bu devorlar asta sekin qulayotganga o‘xshardi. Uning ichida g‘azab sevgi va shubha birlashib qalbini o‘z ichiga olgan edi.

Bu ziddiyatli hislar ichida Aelin Jungkookning ko'ksiga qo'llarini qo'yib boshini unga tiyadi
Aelin titroq ovozda: Gaplaring meni chalkashtirib yubordi Jungkook

Jungkook sekin jilmaydi: Agar shubhang bo‘lsa unda o‘zing sezib ko‘r

Jungkook Aelindan bir ikki qadam uzoqlashib qo'llarini keng yoydi va Aelinga ishongandek ko'zlarini yumib biroz teparoqqa boshini ko'tardi

Jk: Senda imkoniyat bor istasang shu zahoti menga nuqta qo'y men senga xavfli bo'lsam ... meni o'ldir

Jungkook oxirgi so'zlarini bir yutinib og'zidan chiqardi Aelin bir lahza ikkilanib turdi ammo oxir oqibat Jungkook tomon qadam bosib unin yoyilgan qo'llaridan ushladi Bu harakat u uchun g‘alati va begona bo'lishiga qaramay uning barmoqlari Jungkookning iliq muzdek kafti bilan to‘qnashganda ichida qandaydir sokinlik his qildi.

Jungkook unga yaqinroq kelib ohista pichirladi: Haqiqiy kuch bu ishonch Aelin Biz birbirimizga ishonishni o‘rgansak dunyo bizning kuchimiz oldida ojiz bo‘ladi.

Aelin uning gaplariga javob bermadi lekin Jungkookning yaqinligi va qo‘lining iliqligi uni o‘ziga tortayotganday edi bu lahzada ular o‘rtasidagi barcha ziddiyatlar va shubhalar o‘zo‘zidan yo‘qolayotganga o‘xshardi.

Jungkook Aelindagi yumshoqlikni sezib unga yanada yaqinlashib nigohlarini uning lablariga qadadi va Aelindan qarshilik kelmaganini u bundan mamnundek qabul qilib Aelinning lablaridan mayin bo'salar olardi. Aelin ham hislarga berilib javoban Jungkook bo'ynidan ushlab bir qo'li bilan uning sochlarini kaftlari orasiga siqqancha o'pichlar qaytarardi Jungkookning qo‘llari hali ham Aelinni belidan quchib turgan bir paytda ularning orqasidan kuchli shamol esdi. Aelin birdan bo'sani uzib o‘zini chetga oldi va sovuq nigohini Jungkookga qaratdi.

Aelin g'azabli: Sen o‘zingni kim deb o‘ylayapsan? Bu hislar meni zaiflashtiradi. Men zaif bo‘lishni xohlamayman.

Jungkook chuqur nafas olib unga muloyim qaradi.
Jk: Sen zaif emassan Bu hislar seni kuchliroq qiladi. O‘zingni ularni his qilishga ruxsat ber.

Aelin yana o‘ziga nisbatan g‘azab va shubhani his qildi Uning ko‘zlarida yosh paydo bo‘ldi lekin u buni Jungkookdan yashirishga urinib orqasiga burilib oldi

An: Meni hech qachon tushunmaysan

Aelin so'zini tugatgach tog'ning narigi tomoniga qarab yura boshladi
Jungkook uni ortidan kuzatib turdi. Uning yuragi og‘ir edi lekin u bilardi Aelinga vaqt kerak. U uni yolg‘iz qoldirdi lekin Aelin uchun bu hali hammasi emasligini ichichidan his qilardi.

Aelin tog‘ning chetida to‘xtadi sovuq shamol uning sochlarini uchirib yuzini qamchilar Aelin chuqur nafas oldi lekin bu shamol ham qalbidagi g‘azab va chalkashlikni sovutolmasdi Uning qalbini o‘zi ham anglay olmaydigan tuyg‘ular egallab olgandi Jungkook unga yaqinlashganda paydo bo‘ladigan iliqlik. Ammo bu yaqinlikdan qochishga bo‘lgan ehtiyoj uni charchatardi. Uning o‘ylari chuvalashib ketdi.

Aelin/pov
Nega u shunchalik mehribon? Nega meni tushunishga harakat qiladi?

Aelin chuqur o‘yga cho‘mdi. Uning qalbidagi bu savollar shubha va g‘azabning to‘lqiniga o‘xshardi.

Shu paytda uning quloqlarida Jungkookning so‘zlari aks sado berib yangray boshladi:
“Men hech qachon sening ustingdan hukmronlik qilishni xohlamayman. Men seni qo‘llab quvvatlamoqchiman.”

Bu so‘zlar uning qalbini muloyimlik bilan siqib qo‘ydi. U bilardi, Jungkook yolg‘on gapirmayapti. Lekin o‘zini ochish bu zaiflikka imkon berish degani, va Aelin zaiflikka yo‘l qo‘yishni xohlamaydi

Shu paytda ortidan sekin qadam tovushlari eshitildi. Aelin ortiga burilib qaradi va Jungkookni ko‘rdi. U hali ham Aelin tomon yurib kelayotgan edi lekin bu safar uning yuzida shoshilinchlik emas balki mulohaza, mayuslik achinishdek hislar bor edi.

Jungkook mayuz ohangda: Men seni yolg‘iz qoldiraymi?

Aelin unga tikildi u ichichidan Jungkookni haydab yuborishni xohladi ammo yuragining bir chekkasi boshqacha gapni aytayotgandi. Shuning uchun Aelin boshini biroz egib sukut saqladi.

Jungkook uning yaqiniga keldi va bir necha qadam masofada to‘xtadi. Shamol uning oppoq sochlarini uchirardi va ko‘zlarida nimadir iliq porlardi.
Jk: Bilaman sen yolg‘izlikka o‘rgangansan Men ham shunday edim. Ammo bir lahza Aelin yolg‘izlikning sovuq devorlarini buzganingda o‘zingni yengilroq his qilgan paytlaring bo‘lmadimi? Iliq bo'samizda nahot bu senga yoqmadi?

Aelin uning gaplarini ko‘ngliga olishni xohlamadi.
An: Yolg‘izlik mening tanlovim Jungkook Mening kuchim yolg‘izligimda va boshqa hech kimga bog‘lanmasligimda.

Jungkook boshini sekin qimirlatdi
Jk: Sen shunday deb o‘ylayapsan lekin ba’zida yolg‘izlik kuch emas yuk bo‘ladi. Men senga faqat shuni aytmoqchiman agar sen ushbu yukni bo‘lishishni xohlasang men shu yerdaman.

Aelin ko‘zlarini salgina yumgandek Jungkookning so‘zlarida chinakam samimiyat borligini ko‘rardi ammo bu samimiyat uni yanada g‘azabga solardi.

An: Nega? Nega sen menga shunchalik qiziqasan? Nega men uchun bu qadar kurashmoqdasan? Nega mexribon bo'lishga urunyabsan?

Jungkook bir lahza jim qoldi. So‘ng u bir qadam yaqinlashdi va sekin so'zlay boshladi
Jk: Chunki men sendan farqli o‘laroq o‘z hislarimdan qochmayman. Sen men uchun o‘zingni o‘zing bilmaganingdan ham ko‘proq qadrli bo‘lishing mumkin Aelin

Bu so‘zlar Aelinning ko‘zlarida chaqnagan yoshlarni to‘xtatolmasdi. U yutindi yana yuragi tezroq ura boshladi.
An: Men... bunday tuyg‘ularni qabul qila olmayman

Jungkook yengil bosh chayqadi.
Jk: Balki hozir emasdir ammo bir kun kelib sen bu tuyg‘ularning seni kuchliroq qilayotganini tushunasan.

Shamol biroz susaydi. Aelin va Jungkook birbiriga tikilib turishardi. Jungkook bu lahzani yanada yumshatishga qaror qildi va tabassum qilib tilga kirdi
Jk: Men seni bu darajada jiddiy ko‘rishga o‘rganmagan ekanman. Balki bir oz dam olish kerakdir? Hayot bunchalik jiddiy bo‘lmasligi kerak.

Aelin yengil nafas olib o‘zini erkinroq tutishga harakat qildi.

An: Sen aytayotgandek oson emas

Jk: Shunchaki urunib ko'r. Yur tog‘ning boshqa tomoniga boramiz. Qor o‘ynab biroz bolalik damlarini eslaymiz agar xohlasang. Keyin meni haydab yuboraverasan

Aelin uni rad etmoqchi bo‘ldi lekin Jungkookning yuzidagi bolalarcha samimiyat unga ta’sir qildi. U bosh irg‘adi va ikkisi birga tog‘ning qoplangan qorlari orasiga tushib ketishdi.

Ular qor ustida o‘ynashni boshlashdi. Jungkook qordan to‘p yasab Aelinning yoniga uloqtirdi. Aelin buni kutmagan edi va bir lahza jaxl bilan unga qosh chimirb qaradi. Lekin Jungkookning quvnoq kulgisini eshitib Aelinni ham jilmayishiga majbur qilib yubordi

Aelin kulimsirab: Xo‘sh sen shuni qor deb o‘ylayapsanmi?
U ham qordan katta bir to‘p yasab Jungkookga otib yubordi.

Ular bir necha daqiqa davomida qor bilan o‘ynashdi. Aelinning yuragidagi g‘azab va shubha asta sekin yo'qolib uning o‘rniga quvonch va xotirjamlik kela boshladi. Bu lahzalarda u birinchi marta o‘zini erkin his qildi.

Bir vaqt ular birbiriga qarab qoldi. Jungkookning ko‘zlari Aelinning ko‘zlariga chuqur qarardi. Bu ko‘z qarashlari ortida chin sevgi bor edi. Aelin ichida nimadir qimirlaganini his qildi lekin bu tuyg‘udan qochmoqchi bo‘ldi. U ko‘zlarini olib qochdi va yerdan qarash qildi.

An: Men hech qachon bunday tuyg‘uni his qilmaganman

Jungkook sekin unga yaqinlashdi
Jk: Har qanday sovuq muz ham eritilishi mumkin Aelin Faqat kerakli iliqlikni topish muxim

Aelinning yuragi yana tez urishni boshladi. U boshini ko‘tardi va Jungkookning yuziga qaradi. Bu safar u qochmadi. Bu lahza ular orasida so‘zsiz yaqinlik hosil bo‘ldi. Jungkook sekin qo‘lini uzatib Aelinning muzdek barmoqlarini o‘z kaftida ushladi

Aelin bu harakatni rad etmadi. Aksincha, uning qalbidagi iliqlik oshib borardi. Bu yangi hissiyot edi Endi Aelin undan qochishni xohlamas edi.

Tog‘ning ustidagi bulutlar asta-sekin tarqalib quyosh nurlari qor ustida aks etdi. Bu yorug‘lik ularning atrofini yoritib sovuq tog‘ni issiqlik bilan to‘ldirdi. Aelin endi Jungkookga o'zi yaqinlashib uning yuzidan mayin o'pib qo'ydi va shu xolatda biroz bir biriga tikilgancha tabassum bilan termulishdi

Jungkook Aelinning qo‘lini qo‘yib yubordi lekin uning ko‘zlaridagi tabassum yo‘qolmadi.

Jk: Bu yaxshi boshlanish Hali ko‘p narsa o‘rganamiz Aelin va unutma buni birga qilamiz.

Aelin kulimsiradi. U birinchi marta o‘zini og‘ir yukdan xalos bo‘lgandek his qildi. Bu tuyg‘u unga yoqdi va ich ichidan Jungkookga ishonishni boshlagandek edi.

An: Ehtimol sen haqdirsan Lekin bu safar o‘zgarishlarga sekin ko'nikishimga ruxsat ber.

Jungkook kulib bosh irg‘adi.

Jk: Men sening har bir qadamingni hurmat qilaman

Shu tariqa ular birga tog‘dan pastga qarab yo‘l olishdi. Endi Aelin Jungkook bilan birga bo‘lishni qabul qila boshlagandek edi. Ammo bu yangi yo‘lning boshlanishi ekanligini u his qilardi.

~~~~~~
Ikkinchi qism tugadi, Reaksiya va Fikrlaringizni kutib qolaman :)

Hot sevar fanfikchilar uchun eslatma bu fanfic unchalik hot emas!

w: Aelin
blog: @kingdom_fanfics
for: Calvin Klein channel