Two Ice Wings
Aelin va Jungkook birgalikda osmonni kesib o‘tgan muz qanotlari ustida tinch tunda uchib borishardi. Ularning nigohlari yulduzlarga qaratilgan bo‘lsada yuraklarida tuyg‘ular qaynab, tillariga chiqmagan so‘zlar xayollarida kezar edi. Jungkookning har bir qarashida Aelin uchun g‘amxo‘rlik va shubhasiz e’tibor bor edi. Ammo bu yondiruvchi nigohlar Aelinning yuragini hovuridan qoldirish o‘rniga, yanada qizdirardi.
Ularning sokin sayohati Aelin saroyiga yaqinlashib borayotganida buzildi. Bir guruh saroy soqchilari, Aelin izidan g‘amxo‘rlik bilan kelishgan xalqni olib, ularni kutib olish uchun chiqib kelishdi. Jungkookning yuzida kulgi paydo bo‘ldi
Jk: Sen ancha mashhur ekansan qirolicha
Aelin unga yengil bir qarash qildi, lekin nigohida har doimgidan issiq bir chaqnoq bor edi.
An: Saroyimda bu hol odatiy. Lekin men bu yerga qaytishni istamasdim… hozircha
Jungkook uning gapini eshitib, jim qoldi. Ich ichidan uning bu so‘zlarida qandaydir yashirin ma’noni payqadi. Biroq bu mulohazalarini ortga surib yana so'zga kirishdi
Jk: Balki men ham saroyingni ko‘rishga arzigandirman?
Aelin unga jilmaydiyu javob berishga ulgurmasidan soqchilar unga ehtirom bilan ta’zim qilishdi va Jungkookni ham hurmat bilan, ammo ehtiyotkorlik bilan kuzatishdi. Saroy eshiklari ochilgach, Aelin va Jungkook ichkariga kirdilar.
Saroy ichidagi sovuq atmosfera tilla va oppoq muz bilan bezatilgan. Jungkook saroyning nafas olishi qiyin sovuqligini his qildi. Biroq bu sovuqlik Aelinning yonida turganida unchalik ahamiyatli emas edi. U shunchaki Aelin bilan birga bo‘lishdan zavqlanardi.
Ular Aelin xonasiga yetib borishdi. Jungkook uning xonasidagi qirolicha uslubidagi bezaklarni ko‘zdan kechirarkan, Aelin unga yaqinroq kelib kinoyali so'zladi
An: Bu sen kutganingdan kamroqdir, to‘g‘rimi?
Jungkook jilmaygancha bir qoshini ko‘tardi
Jk: Menga joyning o‘zi emas, balki kim bilan ekanligim muhimroq.
Bu so‘zlar Aelinning yuragida issiq bir to‘lqin uyg‘otdi, Ammo u hissiyotlarini oshkor qilishni xohlamadi. Shunchaki yengilgina yuzini burib, deraza tomonga qaradi. Jungkook unga yaqinlashib, ohista gapirdi
Jk: Nima uchun mendan uzoqlashyapsan?
Aelin nigohini ko‘tarib, uning ko‘zlariga tikildi. Jungkookning nigohidagi qizg‘inlikni his qilarkan Aelin butunlay sukunatda qoldi. U Jungkookga javob bermasdan bir qadam yaqinlashdi. Jungkook ham bir qadam oldinga bosdi. Bu ikki muz hukmdori o‘rtasida to‘siq qolmagan edi.
Birdan Jungkook o‘zini to‘xtata olmay, yengilgina Aelinning lablaridan o‘pdi. Aelin bu harakatdan avval bir lahza to‘xtab qoldi keyin yuziga mayin bir tabassum yugurdi.
Aelin xayajonini yashira olmay: Bu nima edi?
Jungkook boshini qashib biroz xijolatli so'zladi
Jk: Bilasanmi birinchi o‘pich doim shunday bo‘lishi kerak lekin bir birinchi bo'samizni qo'polroq o'tkazgandik. Bu ham qolib ketmasin dedim
Aelin unga kulib qararkan, ichida qandaydir issiq bir o‘zgarishni his qildi. U bu hisni butunlay quchoqlashni istasada o‘zini nazorat qilishga majbur edi.
Saroydagi tun yana bir biriga qarshi chiqayotgan hissiyotlar va ifoda qilinmagan so‘zlar bilan davom etdi. Lekin ularning har bir nigohi va harakati orqasida sevgi va ehtirosning ulkan chaqnashlari bor edi.
Aelin va Jungkoom saroydagi kechki ovqat uchun asosiy zalga o‘tishdi. Saroy ichidagi xalq ularni diqqat bilan kuzatardi. Ko‘pchilik Jungkoomning kimligini bilmas uning Aelinning yonida turganiga qarab u muhim bir kishi ekanini tushunishardi. Aelin odatdagidek o‘zini sovuqqon va o‘ziga ishonchli tutardi biroq uning nigohlari Jungkookga qaratilganida bu sovuqlik yo‘qolardi.
Stol atrofida o‘tirishgach, Jungkook Aelin bilan yonmayon joy olishdi U bu vaziyatdan o‘zicha zavqlanib hazil aralash gapirdu
Jk: Kechki ovqat uchun shunday tantanaviy kutib olish faqat qirolicha bilan do‘st bo‘lganlar uchungina bo‘lsa kerak.
Aelin unga yon tomondan qarab kulimsiradi
An: Bu oddiy kutib olish Jungkook Agar sening sharafing uchun o‘tkazilayotgan bo‘lsa buning nomi bayram bo‘lardi.
Jungkook bunday gapni kutmagan edi, lekin yuzida kulgi paydo bo‘ldi. U o‘ziga xos ohangda javob berdi
Jk: Demak bu qirolicha hazil qilarkanda? Xavotir olma men bu yerga ko‘p qiziqarli narsalar olib kelaman.
Aelin jim edi ammo yuzidagi mayin tabassumni yashira olmasdi. Ularning yonida o‘tirganlar bu kichik suhbatni o‘zlaricha sharhlab ularning o‘rtasidagi yaqinlikni sezishdi.
Ovqat davomida Jungkookning nigohlari tez tez Aelinning yuzida qolar, u esa buni bilib tursa ham, bu nigohlarga e’tibor bermaslikka harakat qilardi. Ammo bu harakatlari samarasiz edi. U o‘zining yuragi tez urayotganini sezdi va ichida bu tuyg‘ularni qanday boshqarishni o‘ylardi.
Aelin/pov
Ko'zlarim taomda, bo'lsa ham u menga tikilib turganini sezib turibman. Uning nigohlari o'tkis nayzaga o'xshaydi darrov ochimda allaqanday hislarni his qila boshladim. Buni sezdirmasligim kerak, ammo qo'limdan kelmayabdi.
Ovqatdan keyin Aelin va Jungkook saroyning tinch bir burchagiga qirolichaning shaxsiy bog‘iga chiqishdi. Bog‘ning muz va qor bilan qoplangan hududi yulduzlar ostida yaltirar, shabada esa yoqimli sovuq olib kelardi.
Jungkoom Aelinning yonida turar ekan, yana bir bor unga qaradi. U bu sukunatni buzishni istamasdi, lekin yuragidagi so‘zlarni aytmaslikning iloji yo‘q edi.
Jk: Aelin bilaman men seni hayotingga to‘satdan kirib keldim. Lekin sening yoningda o‘zimni boshqa joyda his qilmagan kabi his qilyapman. Sen... mendan uzoq tursang, bu sovuq dunyo hatto muzdan ham sovuqroq tuyuladi.
Aelin bu so‘zlarni eshitib ko‘zlarini pastga qaratdi. Uning ichida minglab hislar uyg‘onib, bir biriga qo‘shilardi. U oxir oqibat boshini ko‘tarib, Jungkookning ko‘zlariga qaradi
An: Jungkook men hech qachon bu kabi so‘zlarni eshitmaganman. Men odatda o‘z kuchim bilan hech kimga suyanmasdan yashashga o‘rganganman. Lekin sening yoningda... men o‘zimni boshqa bir odamdek his qilaman. Bu qo‘rqinchli biroq ayni paytda juda yoqimli.
Jungkook bu gaplardan so'ng yuragi yana ham tez urishni boshladi. U Aelinga yaqinroq kelib yuziga kaftini qo'yib ohista silb qo'ydi
Jk: Men seni hech qachon bu tuyg‘ulardan qo‘rqishga majbur qilmayman Aelin Men faqat sening yoningda bo‘lishni istayman.
Aelin uning yuziga qarab o‘zini erkin his qilardi. U ichidagi barcha shubhalarni unutib, yuzida turgan Jungkookning qo‘llariga ohista tegdi.
An: Unda Jungkook men seni o‘zimdan uzoqroqqa yubormayman.
Jungkookning yuzida yengil tabassum paydo bo‘ldi. U Aelinga yaqinlashib yana bir bor uning labidan qisqa o‘pdi. Bu safar Aelin ham o‘zini tortmasdan bo'sani javobiy qaytarib bu lahzadan zavqlanardi. Ikki qalb bir birini lablarini erkalagancha mayin bo'salar bilan o'pardi. Jungkook Aelinga yanada yaqinlashib o'rtada millimetrchalik masofa qoldirmay tanalarni birlashtirdi. Aelinning belidan bir qo'lini o'rab oldiyu ikkinchi qo'li bilan Aelinni yuzidan oxista silab o'pichlar olardi. Aelin unga javoban bo'salar qaytarayotib ikki qo'lini Jungkookning bo'ynidan o'rab olgandi Ularning atrofini muz, yulduzlar va faqat ularga tegishli bo‘lgan bir dunyo o‘rab turardi.
Ularning bu tuyg‘ular bilan to‘lgan kechasi uzoq davom etmadi lekin bu faqat boshlanish edi. Saroydagi har bir sukunat har bir nigoh va har bir mayin harakat sevgi va sirlar bilan boyigan yangi bobga yo‘l ochardi.
Bog‘dagi o‘sha tongni hatto qishning sovuq shamoli ham muzlatib qo‘ya olmadi. Jungkook va Aelin saroyga qaytishga qaror qilishdi. Ammo ikkalasi ham xayolan bir birining so‘zlarini takror takror o‘ylab yuraklaridagi iliq tuyg‘ularni his qilib borishardi.
Saroyga qaytgach, Aelin odatdagidek o‘z xonasiga yo‘l oldi lekin Jungkookni yolg‘iz qoldirish fikri unga unchalik yoqmasdi. Xonaga yetib borgach u bir lahzaga to‘xtab ortiga qaytdi. Jungkook saroy mehmonlari uchun ajratilgan xonada bog'dagi ishlarni o'ylagancha jilmayib dam olib yotardi. Aelin eshikni ohista taqillatdi.
Jungkook eshikni ochganida Aelinning yuzidagi muloyim tabassumni ko‘rib hayron qoldi.
An: Tun bo‘yi yolg‘iz qolishingni istamadim. Balki... bir oz suhbatlashar vaqt o‘tkazarmiz?
Jungkook bu taklifni tabassum bilan qabul qildi. U uni ichkariga taklif qildi va xonadagi o‘rindiqlarni ko‘rsatib
Jk: Mana qirolicha uchun eng yaxshi joy
Aelin o‘tirib atrofga huddi ko'rmagandek nazar soldi. Jungkookning xonasi oddiy, lekin shinam edi. U yengil jilmayib
An: Qirolicha unchalik ham qimmatli narsalarni xohlamaydi. Yaxshi suhbat yetarli.
Jungkook uning yoniga o‘tirdi. Nigohlari yana bir biriga qadaldi lekin bu safar Aelin birinchi bo‘lib gapirdi
An: Senga bir savol bersam maylimi Jungkook?
Jk: Albatta faqat birgina emas istagancha.
Aelin mayin ohangda so‘radi: Nega sen men bilan qolding? Nega bu qadar ko‘p vaqt sarflayapsan?
Jungkook biroz o‘ylanib keyin ko‘zlarini Aelinning ko‘zlariga qaratdi.
Jk: Chunki men senga o‘xshagan odamni hech qachon uchratmaganman. Sen menga muz kabi kuchli lekin o‘sha muz ortida issiqlik yashirgan odamni ko‘rsatding. Men bu issiqlikni ko‘proq his qilmoqchiman Aelin
Aelin bu so‘zlarni eshitib yuragi yana bir bor tez urishni boshladi. Bu safar u yuzidagi tabassumni yashirmadi.
An: Bular juda ham yoqimli gaplar Jungkook Lekin men bir narsa aytishim kerak bu tuyg‘ular mendan qo‘rqinchli narsalarni keltirib chiqaradi. Chunki men boshqalar bilan yaqin bo‘lishga o‘rganmaganman.
Jungkook unga yaqinroq kelib uning qo‘lidan ohista tutdi.
Jk: Hech qanday shoshilishga xojat yo'q Aelin Men bu yerda shunchaki sening yoningda bo‘lishni istayman. Hammasi o‘z vaqtida bo‘ladi.
Aelin bu so‘zlardan o‘zini erkinroq his qildi. U boshini pastga eggancha
An: Rahmat Jungkook Sen menga o‘zimni boshqa odam kabi his qilishimga imkon berayapsan.
Ular yana uzoq suhbatlashishdi. Kecha esa o‘zining eng tiniq va sokin tunda davom etdi. Ammo ertalab uyg‘onishganida, ularning oldida saroyga yangi mehmonlar kelganini eshitishdi. Bu mehmonlar esa ularning hayotida yangi burilishlarni boshlab berishga tayyor edi.
Aelin va Jungkook bir birlariga qiziqarli qarashlar bilan o‘zlarini nimalar kutayotganini tushunmasdan, mehmonlarni qarshi olishga yo‘l olishdi.
Aelin Jungkook yangi kunning boshlanishiga qarab yo‘l oldilar. Saroydagi yangiliklar doim bir narsani anglatardi yoki biror mas’uliyatli vazifa yoki kutilmagan hodisalar. Jungkookning o‘zini erkin tutishi Aelinning unga qanchalik o‘rganib qolgani bilan bog'liq edi.
Ular katta zalga kirganida, o‘ziga xos sovuq ruhli qirolichaning o‘rniga ko‘zlari yaltiragan, sokin tabassum bilan yurgan Aelinning qiyofasi xalqni hayratga soldi. Uning yonida turgan Jungkook esa xalqning qiziqish va shubhali qarashlariga qarab, o‘zicha kulib qo‘ydi.
Yangi mehmonlar uzoqdan kelgan elchilar edi. Ular Aelinning sovuq qudratidan foydalanish uchun kelgani aniq edi. Aelin ularning talablarini tinglar ekan, ichida turli tuyg‘ular girdobida edi. Bu safar Jungkookning u yerda bo‘lishi uni qo‘llab quvvatlayotgandek his qildi.
Kun oxirida Aelin va Jungkook saroy bog‘iga qaytishdi. Bu ularning tinchlik va sirlarni baham ko‘rish joyiga aylanib ulgurdi.
Jk: Bugun sen juda jiddiy eding Ammo men sening nigohlaringdan nima haqda o‘ylayotganingni sezdim.
Aelin kulimsirab: Sezdingmi? Aytchi nima deb o‘ylading?
Jk: O‘ylashimcha sen bugun mening yonimda bo‘lganing uchun o‘zingni ko‘proq ishonchli his qilding to‘g‘rimi?
Aelin uning so‘zlariga kulib qo‘ydi lekin ichida haqiqat bor edi.
An: Balki... faqat o'zindan ketib erkalanib yuborma
Jungkook qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib masxaromuz ohangda javob berdi: Men faqat samimiy haqiqatni aytdim qirolicha.
Aelin uning yoniga borib nigohlarini ko‘tarib: Balki men haqiqatan ham seni yonimda his qilganimda o‘zimni boshqacha his qilarman. Bu meni yanada kuchliroq qiladi.
Jungkook uning so‘zlaridan bir lahza o‘ylanib yuziga tabassum bilan qaradi. So‘ngra qo‘lini Aelinga cho‘zib: Xo‘sh men yana qancha vaqt seni yoningda bo‘lishimga ruxsat berasan?
Aelin qo‘lini ohista uning qo‘liga qo‘ydi. Ko‘zlari muloyim ovozi esa qat’iy edi
Aelinning so'zini eshitgan Jungkook ko'p kutmay uni maxkam bag'riga bosdi, go'yo Aelinni kimdur olib ketayotgandek uni quchardi. Aelin ham uni quchib shu laxzadan baxra olardi. Ularning atrofida qishning sovuq shamollari esishiga qaramay ularning yuragidagi iliqlik hech qachon muzlashga qo‘ymaydi. Bu o‘sha kunning oxiri emas, balki ularning birga kechadigan yangi hayotining boshlanishi edi.
Jungkook va Aelin saroy bog‘ida hali uzoq suhbatlashib o‘tirishdi. Muzli daraxtlar orasida chiroqlar yaltirab, ularning yuzlariga tushardi. Har bir so‘zlari tobora yaqinroq bo‘lishlariga ishora qilayotgandek edi. Aelin vaqt qanday o‘tganini sezmay qoldi.
An: Kech bo‘ldi Men xonamga qaytishim kerak.
Jungkook uni kuzatishga tayyordek uni ortidan lekin uncha uzoq yurmagan holda qdam bosla boshladi biroq Aelin to‘xtatdi.
Aelin jilmaygancha: Sen bu yerda qol Bu vaqtni o‘zing uchun bahra olib o‘tkaz.
Lekin Jungkook bir qadam ham ortga chekinmadi.
Jk: Seni yolg‘iz yuborish menga to‘g‘ri kelmaydi qirolicha.
Aelin uning bu gapiga kulimsirab qaradi va boshini chayqagancha: Xo‘p unda yur. Faqat saroyda shovqin qilma.
Ikkalasi saroyga qaytishdi. Aelin o‘z xonasining eshigiga yetib kelganda, Jungkook uning yonida turib qoldi. Eshikni ochishdan oldin Aelin yuzini unga burib: Bu yerda kechalari bezovta qiladigan do‘stlarim yo‘q Jungkook Sen birinchisi bo‘lsang kerak.
Jungkook yengil jilmayib: Unda men baxtliman
Aelin eshikni ochdi va ichkariga kirayotganda bir lahza to‘xtab ortiga qaradi. U Jungkookning ko‘zlariga qarab bir so‘z aytmasdan uni ichkariga taklif qildi.
Jungkook mayin qadamlar bilan ichkariga kirdi. Xona qirolichaga xos nafislik va go‘zallik bilan bezatilgan edi. Muzli devorlardagi yengil yaltirashlar, atrofdagi sokinlik va Aelinning didi uni hayratda qoldirdi.
Aelin yuzida muloyim tabassum bilan qo‘llarini beliga qo‘yib sekin ohangda so‘radi: Xo‘sh, sen bunday joyda bo‘lishni xohlarmiding?
Jungkook unga yaqinroq kelib ko‘zlariga tik qaradi.
Jk: Men bu joyda emas sening yoningda bo‘lishni xohlar edim.
Aelinning yuragi yana bir marta tez urdi. Nigohlari bir zum bir biriga qadaldi. Jungkook sekin qo‘lini uzatib uning yuziga yengil tegdi. Aelin bir lahza ham qarshilik qilmadi. Ikki qalb ko'zlari bir biriga tikilganda yuraklar urishi bir birlarigacha eshitilardi. Jungkook sabr qila olmagandek Aelinni belidan ushladiyu o'ziga kuch bilan tortdi bir zumda Aelinning lablarini band qilib uning belidan o'ziga yanada yaqinroq tortgancha bo'ynini sixib undan qo'pollik bilan bo'sa olardi. Aelin bir onda bo'lgan ishdan shoshib qarshilik ham javob ham qila olmas shunchaki jim turardi. Jungkook javob kelmagacha bo'sani uzishga majbur bo'ldi va peshonasini Aelinning peshonasiga tiyagancha xansirab so'zga kirdi
Jk: Sening yoningda uni boshqara olmayapman
Aelin ham xavoga to'ymayotgandek nafas olib: Aqildan ozgan telba
Jungkook yana biroz Aelinni labidan tishlab so'rib o'pdi va yana avvalgi xolga qaytdi
Jk: Telba qilding meni endi izm ber buni davom ettiray
Jungkook Aelinning so'ziga qaramay yana qo'pollik bilan bo'sa olishni boshlagan, ko'p o'tmay Aelin ham unga javob qayta boshlagan edi. Jungkook Aelinni dast ko'targancha ikki oyog'ini qo'llari bilan ko'tarib yotog' tepasiga kelib to'xtadida Aelinni bir zumda yotqizib ustiga o'zi chiqib oldi. Jungkook qo'pol bo'sa orasida Aelinning kiyimlarini yecha boshlagandi hamki Aelin uni to'xtatdi
Jungkook nimagadir tushunmagandek unga xansirash bilan qarardi nihoyat Aelin so'zini davom ettirdi
An: Bunday mumkun emas, bu qadar oson emas bizga buni sen ham tushunasan
Jungkook xammasini tushunib o'rniga qaytdi kiyimlarini o'nglagancha so'z boshladi.
Jk: Meni kechir o'ylagandimki biz qila olamiz deb bilaman bu xato edi
Boshini quyi soldiyu xonadan chiqmoqchi edi Aelin uni to'xtatdi
An: xammasi yoqimli edi Jungkook bu kecha uchun raxmat
Jungkook Aelinga o'girilib jilmaydiyu xonadan chiqib o'z xonasi tomon yo'l oldi. Aelin esa o‘z xonasida qoldi Jungkookni mayin tabassum bilan kuzatib qo'ydi.
Bu tun ular uchun hissiyotlarga boy bo'lgan bo'lsa ham uxlash uchun qiyin kecha bo'ldi.
Uchinchi qismi xissiyotga boy bo'ldi va biroz xotroq bo'ldi. Fikr va Reaksiya kutib qolaman :)
w: Aelin
blog: @kingdom_fanfics
for: Calvin Klein channel