April 3, 2020

Present perfect continuous

@crazyenglishhh

Xozirgi tugallangan davomiy zamon

1️⃣G’alati eshitilishi mumkin ammo bu zamonni o’ziga xosligi shundaki bu zamonda biz biron bir ish harakati o’tgan zamonda boshlanib xozirgacha davom etayotganini aytamiz. Odatda bu zamondagi gaplar "Qanchadan beri?" degan savolga javob beradi!

✅ I have been reading Rich dad Poor dad for a week.

✅ Boy ota Kambag’al otani bir haftadan beri o’qiyapman.

Bu gapda Present perfect continuous zamonidan foydalandik va men bu kitob (boy ota kambag’al ota)ni o’qishni o’tgan zamonda ya’ni bir hafta avval boshlaganimni va xali o’qishni tugatmaganimni tushunishimiz mumkin.

2️⃣Present perfect continuousni vaqtinchalik sodir bo’ladigan ish harakatlarni aytkanda ishlatamiz. Recently va lately bu Present perfect continuous zamonida biz odatda fe’llar bilan ishlatadigan so’zlardir.

✅Doctors have been fighting against coronavirus recently.

✅Shifokorlar yaqindan beri koronavirusga qarshi kurashib kelishyapti. (Ular shunday qilishda davom etishadi)

✅I haven’t been feeling well lately.

✅So’ngi paytlarda o’zimni yaxshi xis qilmayapman.(xozir xam men kasalman)

✅Usually I study at home, but I've been studying in the library for the last week.

✅Odatda men uyda o’qiyman, lekin o’tkan haftadan beri kutubxonada o’qiyapman.

Albatta hamma fe’llarni xam davomiy ( continuous )zamonida ishlatib bo’lmaydi, bularga misol to be, to arrive, to own.

❌I have been owning my Damas since 2007.

✅I have owned my Damas since 2007. (present perfect tense)

❌Xasanboy has been being late for work recently.

✅Xasanboy has been late for work recently. (present perfect tense)


Ko’rib turganingizdek bu fe’llar bilan biz present perfect zamonida gap tuzib qo’yaqolamiz.

3️⃣Tugallangan ish harakatlar:

Yaqinda to'xtatilgan ish harakatlar (garchi butun harakatlar tugallanmasa ham) va hozirgi paytda biz ko'pincha ko'rishimiz, eshitishimiz yoki his qilishimiz mumkin bo'lgan natijalar. Bu yerda biz vaqt so'zidan foydalanmaymiz(recently,lately,for).

✅Men yugurdim, shuning uchun men juda issiqman.

✅I have been running, so i am really hot.

✅It has been raining, so the pavement is wet.

✅Yomg'ir yog'di, shuning uchun yo'l ho'l.

4️⃣Present perfect juda o'xshash o'xshashlikka ega, unda harakat natijadiga natijasiga qaratiladi, present perfect continuousda esa e’tibor harakatning o'ziga (qanchadan beriligiga) qaratiladi.

✅They've been waiting for hours! (Bu yerda vaqt uzunligiga e’tibor qaratilyapti).

✅Ular soatlardan beri kutishyapti.

✅They've waited for hours. (Bu yerda vaqt uzunligiga e’tibor qaratilmayapti).

✅Ular soatlab kutishdi.

5️⃣Bu ikki zamonni yana bir farqi shundaki, present perfectda how much va how many (qancha) savoliga javob beradigan gap tuzish mumkin, ammo present perfect continuousda buni iloji yo’q:

✅ She's drunk three cups of coffee this morning.

✅She's drunk at least a litre of coffee today.

❌(NOT: she's been drinking three cups of coffee this morning).

Endi Present perfect continuous zamonida gap tuzish uchun ishlatadigan formulani quyidagi rasmdan o’rganamiz!

@crazyenglishhh

E’tiboringiz uchun rahmat.

Savollar uchun: @crazy_englishhh