CHOʻL ATIRGULI
Koʻp oʻtmay oldin qichqiriq va qilichlar toʻqnashuvi bilan toʻlgan kenglik biroz sokinlashdi. Askarlar yaralangan birodarlariga yordam berishar. Dushman askarlari esa asir sifatida qurollari olinib qoʻlini bogʻlashdi.
General va uning 11sherigi ogʻir jangdan soʻng qarorgohga qaytishdi. Ular urishda gʻalaba qozonishgan boʻlsada qarorgoh juda tinch edi hatto osmonda qushlar ham yoʻq. Sarkarda va uning ishongan qoʻshini oʻtib ketarkan atrofdagilar ovoz chiqarmay boshlarini egishdi.
Buning sababi esa shovqin taqiqlangan edi. Va shovqin qilgan kishi tezda ogʻir jazolandi.
12 kishilik guruh oʻtib ketgach boshini egib turgan odamlar boʻshashishdi va soyasi gʻoyib boʻlayotgan qora libosdagi 12kishiga qarashdi.
Qora iblislar. Bu 11 askar va ularning sarkardasi xalq orasida shu nom bilan mashxur edi. Guruh sarkardasining ismi Revenor va u chindan ham mahluq edi. Jangga kirsa hech kimni ajratmay oʻldirardi shu sababli boshqa askarlar sarkardan 300 metr uzoqlikda jang qilishadi.
Vuyang xalqi Revenor va uning 11 askarini odam sifatida qabul qilishmaydi ularning nazarida bu 12 mavjudot inson emas balki Iblis edi, faqat faqat oʻldirishni istaydigan iblislar shu sabablidir xalq orasida mish mish tarqaldi yani qora iblislar guruhi lanatlangan va ular jangda kuchli boʻlish uchun goʻzal qizlarning yuragini yeyishlari lozim. Bu mish mishlar esa har 3kunda bir bor olib kelinadigan goʻzal ayollar va ertasi kuni olib ketilayotgan ayollar jasadi edi.
Sarkarda Revenor shafqatsiz mahluq boʻlsada ajoyib sarkarda edi. Uning qoʻl ostida yuz minglab askarlar mavjud va u mamlakatni koʻp bora turli janglarda himoya qilgan.
Ulkan kenglik.. Asli yashil maysalar bilan qoplanishi kerak boʻlgan yerlar qonning qizil rangiga burkangan edi. Atrof minglab askarlarning jasadlari bilan toʻlgan, har soniyada ogʻriqli ingrash eshitilib turardi.
- Ahhhh!) erkak muvozanatni yoʻqotib yerga yiqildi biroz oldin qoʻlida ushlab turgan qilishi zarb tasirida ikkiga boʻlingan edi. U qoʻrquv bilan qarshisidagi Erkakga qaradi. Bu dushman qoʻshinining generali edi uning koʻzlar boʻsh hech qanday his tuygʻu yoʻq, egnida qora libos hamda qora zirh. General yerda yotgan erkakni sochidan changallab uni biroz koʻtardi.
- Iltimosss iltimos menga rahm qil! Nima hohalasang beraman oltin, mansab hohlaganingni ilti...) Erkak soʻzlarini tugatmasida general uning boʻynidan qilish yurgʻizib uning boshini uzib oldi.
Hotirjam qaddini rostladi va qoʻlida tutib turgan dushman mamlakat qirolining boshini baland koʻtardi. Atrofda jang qilayotgan askarlar toʻxtab qolishdi.
Oʻz qirolining qon oqib turgan boshini koʻrgan askarlar beixtiyor qurollarini tashlashdi. Qoʻshin qomondi boʻlmish ularning qiroli vafot etdi bu shuni anglatadiki ular magʻlubiyatga uchrashdi.
Qora zirhdagi erkak qoʻlidagi dushman mamlakat qirolining boshini shunchaki ahlat singari chetga uloqtirdi va tantanali ravishda e'lon qildi.
- Urush tugatdi! Poytaxtga qaytamiz.) e'lon yangrashi bilan atrofdagi askarlar quvonch bilan baqirib oʻshqirishdi, dushman mamlakat askarlarining koʻzida esa qaygʻu va qoʻrquv yozilgan edi.
Koʻp oʻtmay oldin qichqiriq va qilichlar toʻqnashuvi bilan toʻlgan kenglik biroz sokinlashdi. Askarlar yaralangan birodarlariga yordam berishar. Dushman askarlari esa asir sifatida qurollari olinib qoʻlini bogʻlashdi.
General va uning 11sherigi ogʻir jangdan soʻng qarorgohga qaytishdi. Ular urishda gʻalaba qozonishgan boʻlsada qarorgoh juda tinch edi hatto osmonda qushlar ham yoʻq. Sarkarda va uning ishongan qoʻshini oʻtib ketarkan atrofdagilar ovoz chiqarmay boshlarini egishdi.
Buning sababi esa shovqin taqiqlangan edi. Va shovqin qilgan kishi tezda ogʻir jazolandi.
12 kishilik guruh oʻtib ketgach boshini egib turgan odamlar boʻshashishdi va soyasi gʻoyib boʻlayotgan qora libosdagi 12kishiga qarashdi.
Qora iblislar. Bu 11 askar va ularning sarkardasi xalq orasida shu nom bilan mashxur edi. Guruh sarkardasining ismi Revenor va u chindan ham mahluq edi. Jangga kirsa hech kimni ajratmay oʻldirardi shu sababli boshqa askarlar sarkardan 300 metr uzoqlikda jang qilishadi.
Vuyang xalqi Revenor va uning 11 askarini odam sifatida qabul qilishmaydi ularning nazarida bu 12 mavjudot inson emas balki Iblis edi, faqat faqat oʻldirishni istaydigan iblislar shu sabablidir xalq orasida mish mish tarqaldi yani qora iblislar guruhi lanatlangan va ular jangda kuchli boʻlish uchun goʻzal qizlarning yuragini yeyishlari lozim. Bu mish mishlar esa har 3kunda bir bor olib kelinadigan goʻzal ayollar va ertasi kuni olib ketilayotgan ayollar jasadi edi.
Sarkarda Revenor shafqatsiz mahluq boʻlsada ajoyib sarkarda edi. Uning qoʻl ostida yuz minglab askarlar mavjud va u mamlakatni koʻp bora turli janglarda himoya qilgan.
Revenor oʻz chodiriga kirishi bilan hansirashni boshladi uning koʻzlari qizarib qotillik niyatini ochib berdi.
- hoʻjayin olib keldim! ) birdan chodirga Revenorga oʻxshab kiyingan ammo undan biroz past boʻlgan erkak bir ayol bilan birgalikda kirdi.
- Sen ketaver) buyruq eshitilishi bilan erkak tazim qilib chodirni tark etdi.
- oʻz ishingni boshla) Revenor qarshisidagi ayolga hissiz qarab buyurdi. Ayol ancha tajribali fohisha boʻlgani sababli darhol tushunib kiyimini yecha boshladi....
Revenor va uning odamlari haqidagi mish mishlarda biroz boʻlsada haqiqat bor edi.
Revenor va uning 11 yordamchisi aslida oddiy inson emasdi. Ular juda kichikligida oilalaridan ajratib olingan hamda maxsus joyda tarbiyalangan. Ularni huddi it kabi tarbiyalashdi ularning barcha sezgi organalrini eshitish koʻrish his qilish barchasini 10 karra kuchaytirishdi. Bu qora iblislar oddiy odamdan ancha qudratli va shafqatsiz mavjudodlar edi ularni odam oʻldirish uchun tarbiyalashdi ammo bu loyihaning boshliqlari tirik qolishmadi revenor hammani oʻldirdi va odamlari bilan ozodlikka chiqdi.
Toʻgʻri Revenor juda kuchli askar ammo uning bir muammoli tomoni mavjud yani u kimnidir oʻldirsa qonni koʻrsa boshqaruvni yoʻqotib qoʻyadi yani uni hech kim toʻxtatolmaydi va oldidan chiqqan tirik jonni oʻldiradi. Uning tanasidagi bu ishtiyoqni ikki yoʻl bilan biroz bostirish mumkin 1chisi minglab odamlarni oʻldirgach oʻzi toʻxtab qoladi. 2chisi esa ayollar. U tanasidagi olovni ayollar bilan jinsiy aloqa qilish yordamida bostirishi mumkin. Minglab odamlarni oʻldirgandan koʻra bir ikki fohishani yollash har tomonlama qulay edi.
Reveron va uning odamlari turli janlarda qatnashishdi shundan soʻng ularning qobilyatiga qoyil qolgan imperator revenorni bosh sarkarda etib tayinladi ohirgi 6 yil ichida hech bir jang magʻlubiyat bilan tugamadi.
Imperator Revenordan hohlagan narsasini soʻrashni aytdi va erkak imperatordan shimol hududini soʻradi.
Shimol....... Yilning 9oyida muz va qor bilan qoplangan hudud u yerda 9oy qish 3 oy bahor boʻladi holos. Bu hududda oʻsimlik oʻsmaydi ammo shimol hududi mamlakatning juda katta qismini tashkil qilardi imperator boshida ikkilandi ammo Revenordan qoʻrqqani bois noiloj rozi boʻldi.
2 yil ichida Revenor yanada kuchaydi va uning qoʻshining soni 800.000ga yetdi bu Vuyan davlati uchun juda katta qoʻshin edi.
Mana bugunga kelib imperator Reverondan china kamiga hadiksiray boshladi. Valiahd shahzodadan tashqari qirol tahdiga egalik qilishi mumkin boʻlgan inson bu mamlakat sarkardasi edi. Sarkarda bir bor katta qoʻshini yordamida bir bir isyon koʻtarsa butun boshli mamlakatni bosib olishi mumkin.
Revenor kabi Iblis esa oddiy sarkardalarda 10 karra xavfliroq edi uning qoʻlida 800.000 askar hamda shimol hududi bor edi.
Endi esa u katta jangda yutibgina qolmay dushman davlat qirolini oʻldirdi. Uning obroʻsi yanada oshdi.
Vuyan davlati imperatori oyogʻi kuygan tovuq kabi tipirchilab qoldi.
Odatda mamlakatga general tahdid solsa imperator uni lavozimidan tushuradi ammo Revenor kabi insonni hafa qilib boʻlmaydi uni gʻazablantirgan tirikjon oʻsha zahoti shavqatsizlarcha oʻldiriladi.
Boshqa yoʻli esa imperator oʻz qizlaridan birini revenorga nikohlaydi shu yoʻl bilan ikki tomonni bogʻlab turuvchi koʻprik paydo qilinadi va oʻz oʻzidan boʻlajak urish oldini olinadi. Ammo muammo shundaki Revenor Ayollardan nafratlanadi uning haramida ham atiga 10ga yaqin kanizagi bor holos.
Imperator qay yoʻl bilan boʻlsa ham oʻz qizlaridan birini revenorga vangfey yoki hech boʻlmaganda kanizak sifatida nikohlashi kerak.
- Malikam uygʻondingizmi? Bu qul xonaga kirishga ruhsat soʻraydi.)
- Uygʻondim kiravering) xona ichidan past shirali ovoz yangradi. Xizmatkorlar ehtiyotkor ammo chaqqon harakatlar bilan xonaga kirishdi. Ulkan yotoqni oʻrab turgan toʻr pardalarni ochishdi.
Yotoqda yotgan qiz erinib koʻzlarini ochdi..
- Bugun qandaydir tadbir bormi? ) .
- OH malikam sizning habaringiz yoʻq shekilli biz urishda gʻalaba qildik dushman Jonsi mamlakati toʻliq bosib olindi 1haftadan soʻng bosh sarkarda va uning askarlari poytaxtga qaytishadi hozirda gʻalaba bayrami uchun tayyorgarlik boshlab yuborishgan. )
- Haa tushundim) qiz bu habardan hayratlanmadi u mamlakat malikasi sifatida sarkarda reveron haqida ozmikoʻpmi eshitgan edi va bu odamning magʻlub boʻlishi ilojsizligini bilardi.
- Unda men sizga choʻmilishga va kiyinishingizga yordamlashaman) bosh beka hushmuomila jilmaygancha malikaga jilmaydi.
5chi Malika hayoon ( hayun deb talaffuz qilinadi) imperatorning 5chi qizi hamda bobiq qirolichaning yagona qizi.
Imperatorning 20dan ortiq farzandlari bor ulardan 12nafari malika qolgan 8tasi esa shahzodalar. Ularning qon qarindoshlik rishtasi ushlab tursada ular bir birni yoqtirishmaydi toʻgʻrida ularning otasi bir boʻlgani bilan onalari turli edi.
Hayoon imperator va 1chi qirolichaning qizi edi. Qirolicha koʻp yillar davomida farzandli boʻla olmadi kanizaklarning homilador ekanligidan habar topgach yuragi ezilardi ammo yillar oʻtib u nihoyat homilador boʻlib hayoonni dunyoga keltirdi ammo koʻp oʻtmay vafot etdi. Tabiblar qirolichaning oʻlimiga tugʻruqdan keyingi jarohat va kasalliklar sabab boʻlgan deyishsada asl sabab zahar edi kanizaklardan biri qirolichani zaharlab oʻldirdi.
Shundan soʻng hayoon yolgʻiz qoldi u hali juda kichik boʻlgani uchun uni boshqa kanizakka tarbiyalashi uchun berishdi. Hayoonni 15yil davomida Jeon kanizak tarbiyaladi Jeon kanizakning 5yoshli shahzoda oʻgʻli bor u Hayoonni yoqtirmasada har holda yomon ham koʻrmasdi. U 5chi malikani mehr bilan emas shunchaki tartib bilan voyaga yetkazdi.
Ma'lumot : Vang fei - bu qadimgi Xitoyda qonuniy xotin mavqeidir. Oʻsha davrda har bir erkak 1 vang fey hamda 3va undan ortiq kanizak olish huquqiga ega boʻlgan.
Ichki saroy - Saroy ikkiga boʻlinadi bosh saroy hamda ichki saroy. Bosh saroy imperator yashab istiqomat qiladigan saroydir. Ichki saroy esa qirolicha va kanizaklar yashaydigan saroy hisoblanadi.
Hikoya toʻla qonli toʻqima asar! Undagi barcha voqea va qahramonlarni muallif #temi oʻylab topgan.
Xitoy yoki boshqa mamlakatlar tarixini uncha yaxshi bilmayman Google orqali qoʻldan kelgancha yozishga harakat qilaman. Ba'zi sahanarlarda Yevropa, Korea yoki boshqa mamlakat tarixi aralashib ketishi mumkin iltimos toʻgʻri qabul qiling men tarixchi emasman.
Davomi bor...........
Muallif #Ryuu_Temi
Kanal @cruel_fanfic