May 7, 2025

CHOʻL ATIRGULI

5Qism

Hikoya Revenor tomondan........

Revenor ziyofatda qatnashar ekan atrofdagi shovqin uning gʻzazbini oshira boshladi. Imperatorga iltifot koʻrsatayotgan ikki yuzlamachi vaziru azanlarga qararkan ulardan jirkandi. Bu zaldagi barcha u uchun jirkanch axlat edi. Bu odamlarni oʻldirish shunchaki vaqtni bekorga sarflagan bilan teng.

Revenor bugungi ziyofatga faqatgina 1ta jamoadoshini olib keldi va uning maqomi oliy emasligi uchun revenordan ancha uzoqdagi quyi qatlamdagilar orasida oʻtirardi. Revenor bu kabi jaratilishdan nafratlanar bunday munosabatlar u uchun ahmoqlik edi.

Ziyofat zalida taniqli sozandalar yoqimli musiqa chalishar va bundan mehmonlar rohatlanib suhbat qurishardi ammo bunday yoqimli shovqinlardan nafratlanadigan revenorning sabr kosasi tobora toʻlib borardi.

Oʻzini biroz tinchilantirish uchun sharob ichdi. Imperatorning nigohini his qilganida ham indamadi shunchaki sezmaganlikka oldi. Imperator kabi qari tulki u uchun allaqanday tuzoqlar tuzayotgani aniq edi. Revenor imperatorning sanoqli kunlari qolganini juda yaxshi bilardi.

Atrof insonni aqildan ozadigan darajada shovqinli edi. Revenorning asab tolalari tobora taranglashib borardi ammo shu payt uning qulogʻiga allaqanday tanish yoki notanish ovoz yangradi.

- Nega yana yeyolmayman?? Yana bitta yasam boʻlmaydimi? ) qizning iltijoli ovozi Revenorni biroz toʻxtashiga sabab boʻldi.

- Yoʻq malikam mumkin emas! Shundoq ham 5 boʻlak shirinlik yedingiz. Bilasiz Kanizak jeon sizga 4boʻlakdan koʻp shirinlikni taqiqlagan bu sogʻligʻingiz uchun yaxshi emas! Ortiqcha shakar vazn ortishiga olib keladi.) Hayunning enagasi uni koʻndirishga harakat qildi.

- Yaxshi yaxshi yemayman. Menga biroz shoʻrva olib keling shuncha taomlanganimdan soʻng qornim biroz ogʻriyapti suyuq shoʻrva albatta yordam beradi.)

- Albatta malikam hozir darhol olib kelaman) Enaga shoshib qayergadir ketdi.

Enaga uzoqlashishi bilan Hayun stol ustidagi 1 boʻlak shirinlikni ogʻziga soldi va rohat bilan chaynay boshladi.

Qizni boshidan beri kuzatib turgan Revenor undan koʻzlarini uzmasdi. Qiz shu qadar rohat bilan shirinlik yerdiki erkak oʻylab qoldi oʻsha narsa shu qadar mazalimi??

Revenor doim shirin tamni yoqtirmas edi va shirinliklardan nafratlanadi. Shirinlikning shakar tami hamda yopishqoq shirasi unga umuman yoqmasdi.

Hayun

- Ahmoqgarchilik....) Revenor past ovozda mingʻilladi va nigohini oʻsha shirinlik yetayotgan qizdan uzoqlashtirdi. Nega bu qizga e'tibor qaratganini tushunolmadi. U ham boshqa ayollar kabi oltin boylikka oʻch, zerikarli va jirkanch mavjudod edi deb hisobladi. Ammo doim nafratlangan shovqin oʻsha qiz tomonidan yaratilganida u gʻazablanmadi. Yani qiz qanday shovqin chiqarmasin, uning tartibsiz yurak urishi, shirinlik chaynayotganda chiqarayotgan turli tovushlari negadir Revenorni bezovta qilmadi.

Revenor qoʻlidagi qadahni koʻtardida bir urinishda barcha sharobni ichib yubordi.

Revenor uchun ayollar shunchaki uning tanasidagi olovni bostirish vositasi edi. Fikirlashicha ayollar doim boylik va martabaga oʻch boʻlishadi. Qandaydir boy va kelishgan erkakni koʻrishlari bilan unga Noz karashma qila boshlashadi.

Revenor sovuqqon va shavqatsiz mahluq boʻlsada shu bilan birgalikda uning yuzi va tanasi oʻta mukammal erkak edi. Yillar davomida togʻ va sahrolarni kechib jang qilgan boʻlsada hali hamon yuzi oq va toza albatta qoshi ustidagi chandiqni hisobga olmaganda.
Shunday boʻlsada oʻsha chandiq uning yuziga allaqanday koʻrk qoʻshib turgandek edi.

Qora qoshlar, insonni choʻktirishga qodir boʻlgan sovuq qora koʻzlar hamda ingichka lablar bilan birgalikda u mamlakatdagi eng kelishgan erkak edi.

Balki shuning uchundir ayollar doimo Revenor bilan birga boʻlishni hohlashardi yani u qanchalar shavqatsiz boʻlmasin ayollar uni oʻziniki qilib oyoqlari ostida bosh egishini istashardi.

Ammo shu kunga qadar Revenor hech bir ayolga roʻyxushlik bermadi. Uning saroyida ham atiga 10ta kanizak bor edi. U odatda urishda boʻlgani uchun kanizaklar bilan juda kam vaqt oʻtkazardi.

Ayollar juda nozik hilqat ular Revenor uchun mos kelishmaydi poytaxtdagi ayollar issiq havoda yashab ulgʻayishgan va toʻsatdan shimol hudidiga borib qolishsa koʻp yashay olishmaydi yo poytaxtga qaytishadi yoki kasallikdan vafot etishadi Xullas hammasi muammo. Shuning uchun ham Revenor kanizak tanlayotganda ularning bardoshliligiga ham katta ahamiyat bergan.

Davlat sarkardasi sifatida unda 10 kanizak boʻlishi bu juda kam edi. Hatto oddiy vazirda ham 30dan ortiq kanizak bundan tashqari turli ziyofatlarda sovgʻa qilinadigan ayollarga ega edi.

Juda koʻp jiyofatlarda Revenorga ham ayollar taklif qilinadi. Turli amaldorlar Revenorga iltifot koʻrsatish uchun goʻzal qizlarni qul qilib Revenorga berishadi U esa qizlarni oʻz jamoasiga topshiradi.

Odatda uning kasali huruj qilmasa hech qachon ayollar bilan yaqin munosabatda boʻlmasdi.

Hali ziyofat tugamagan boʻlsada Revenor ortiq bunday shovqinli joyda qololmadi.

Goʻyo ulkan zulmat oʻtib ketgandek ziyofat zali yorishdi. Mehmonlar nihoyat oʻzlarini erkin his qilishdi. Boshidan beri allaqanday bosim Sarkarda Revenordan chiqayotgani ma'lum boʻldi. U ketishi bilan sovuq bosim ham gʻoyib boʻldi.

- Malikam! Sizga aytganmidim koʻp ovqat yeb yubormang deb! Mana endi qorningiz ogʻriyapti.) Enaga insu qarshisidagi qornini quchoqlab olgan malikaga qarab unga dakki berdi.

- Boʻlar ish boʻldi. Yuring biroz sayr qilamiz balki ogʻriq yengillashar.)

- Hop leking sizga yordam beraman) Enaga insu Hayunni chap tomonida turib unga ziyofat zalini tark etishga yordam berdi.

1 soatdan soʻng esa ziyofat butunlay tugadi. Imperator saroyiga ketayotganida oʻzi bilan bosh vazirni ham olib ketdi.

- Hazrati oliylari sizni nimadir oʻylantiryaptimi? ) bosh vazir imperatorga qarab soʻradi.

- Ha bilsang kerak oʻsha Revenor deganlari barmoqqa sanchilgan zirapcha boʻldi. Uni oʻzim tomonga oʻtkazishim yoki oʻldirishim kerak. Hozircha esa 2chi yoʻlni qoʻllashga qodir emasman.)

- Hazrati oliylari Revenorni qirollik oilasiga bogʻlashning yagona yoʻli bu nikoh) Bosh vazir ongsiz ravishda birinchi oʻylagan fikrini aytdi.

- Bilaman men ham shu fikrdaman hatto unga munosib malikani ham oʻylab qoʻydim)

- 2chi malikami? ) Vazirning hayoliga kelgan birinchi shahs bu 2chi malika edi. Mamlakatda 2chi malikadan goʻzalroq qiz yoʻq edida.

- Boshidan shunday qarorga kelgandim ammo endi men 5chi malikani nikohlab qoʻymoqchiman)

- 5 chi malika?? ) bosh vazir biroz hayratlandi sababi 5malika sobiq Qirolichaning qizi boʻlsada saroyda u qadar yuqori mavqeiga ega emasdi. Koʻpchilik hatto 5chi malikani unutib yuborishgan.

- Ha 5chi malika u allaqachon nikoh yoshida koʻrinishi ham chiroyli. Jeon kanizak uni juda yaxshi voyaga yetkazgan)

- Toʻgʻrikuya ammo Sarkarda Revenor bu nikohni hohlamasachi? Bilasiz u ayollar bilan muloqot qilishdan nafratlanadi. )

- Bilaman. Ziyofat paytida Revenor 5chi malikaga qanday qaraganini koʻrdim balki bu shunchaki tasodifdir ammo agarda Revenorga chindan ham 5chi malika yoqsa bu juda ajoyib imkoniyat.)

Imperator

5 qism tugadi✅
Mazkur fanfic nuqta verguligacha menga tegishli! Va uni boshqa kanallarda koʻrib qolsam boshingizga balo boʻlaman! Shu sababli iltimos uni boshqa kanallarga boshqa muallif nomidan tarqatmang!