November 29

THE VILLAIN⛩

23QISM

Bir amaldor siyoh va cho'tka olib kelib misoning yoniga qoʻydi. Miso choʻtkani olishdan olishdan oldin qoʻlidagi qoʻlqoplarni yechdi buni koʻrgan beka ju misoning yoniga shoshdi.

- Malikam sovuq qotasiz qoʻlqoplarni yechmang)

- qoʻlqoplar juda ogʻir ularda yozish qiyin) miso past ovozda gapirdi beka ju xavotirda edi, lekin boshqa rad etmadi.

Beka ju

Beka ju ortga qadam tashlab oʻz joyini egalladi. Miso choʻtkani siyohga botirib rasm burchagiga yoza boshladi. Uning yozishni boshlaganini koʻrib hamma intiqlik bilan kuzatdi va natija qanday boʻlishiga qiziqishdi.

biz uchun jon bergan askarlar.....

Tangri ularning ruhini mahfirat qilsin....

Qirol uchun emas balki or Nomus uchun qon toʻkkanlarning nomi abadiy boʻlsin....

Xalq bolalari urishdan yiroq boʻlsin...

Onalar qalblari doimo osuda bo'lsin....

Otalar solihlikdan zavqlansin.....

Hammasi yaxshi, baxtli va tinch bo'lsin...

Miso ohirgi soʻzlarni yozgach choʻtkani qoʻydi soʻng imperator va ona qirolichaga ta'zim qildi.

- Janobi hazratlaringiz doimo sog'lom, baxtli boʻlsinlar).

Flashback

Ko'p yillar oldin, to'q yashil libosdagi shahzoda Jehun(jungkookning otasi) imperatori va qirolicha oldida turardi. Imperatorning tug'ilgan kuni sharafiga shahzoda she'r o'qidi.

biz uchun jon bergan askarlar.....

Tangri ularning ruhini mahfirat qilsin....

Qirol uchun emas balki or Nomus uchun qon toʻkkanlarning nomi abadiy boʻlsin....

Xalq bolalari urishdan yiroq boʻlsin...

Onalar qalblari doimo osuda bo'lsin....

Otalar solihlikdan zavqlansin.....

Hammasi yaxshi, baxtli va tinch bo'lsin...

Shahzoda sherini tugatgach otasiga tazim qildi.
- imperator ota doimo sog'lom, baxtli va tinch hayot kechiring)

- Ajoyib!) Imperator xursand bo'lib kuldi.

- jehun shunday ajoyib she'r. Bunday go'zal so'zlami qayerdan topdingiz? )

- Tripitakadan)

- Tripitaka? ) Imperator yana kulib yubordi.

- Tripitaka bunday she'rlar yoziladigan kitob emas Shoh onangga haqiqatni aytishing kerak) qirolicha ham oʻgʻliga qiziqish bilan qaradi.

- Qirol ona, she'r rostan ham Tripitakadan olingan)

- hop aytchi qaysi qator yoki varogʻida?) qirolicha boʻsh kelishni istamadi va oʻgʻli bilan kulib bahslashishda davom etdi.

- onajon, she'r shunchaki kitobdan olgan xulosam u aynan bir joyda koʻrsatilmagan)

- Sen shunchaki ziqnasan va menga aytging kelmayapti) qirolicha yolgʻon arazlagandek yuzini burdi.

Shahzoda Jehunning yorqin kulgisini eshitish har doim quvonchli edi. Bir paytlar shahzoda Jehun turgan joyda turib, yashil libosdagi yosh ayol xuddi shu so'zlarni aytdi.
Ayni damda mperatorning yuragidagi notinchlikni imperatordan boshqa hech kim tushuna olmadi.

Nafaqat imperator va qirolicha hayajonga tushishdi, balki bu she'r olomonning qalbini ham hayajonga soldi. Bir necha daqiqa oldin ular juda dahshatli deb topilgan rasm endi go'zal va qayg'uli sahnaga aylandi. Qizil tasvirga qarshi qora nafis harflar ma'no teranligini ochib berdi.

- Bu she'rni qayerdan bilasiz? ) qirolicha ovozidagi titroqni to'xtata olmay savol berdi. Xuddi shu she'rni uning eng aziz o'g'li shahzoda jehun katta tabassum bilan ularga o'qib bergandi. Oʻshanda oʻgʻli she'rning asl joyini aytishdan bosh tortganida, shahzodaning yaramas tabassum qilganini hamon eslab turardi.

- Malika buni tripkadan oʻqidilarmi?) birdan hammaning savoliga shahzoda keng leng javob berdi.
Tripitaka kamdan- kam uchraydigan qadimgi oyatlardan biri edi, bu kitobga faqat ibodatxonalar ustalarigina ega bo'lishlari mumkin edi. Ushbu Muqaddas Yozuvlarni o'qish juda qiyin va undan ham qiyinrogʻi ularni tushunishdir.

Shahzoda ken yuzida tatosi bor deb tasavvur qilila

- Tripitaka?) miso bu so'zni eshib dovdirab qoldi.

Bunday ohang shahzoda Ken Lengni yanada qiziqtirdi.

- Ha buni bilmaysizmi?) shahzoda Ken o'zini tutolmay, yoqimli misoga qarab ohista tabassum qildi.

Misoning bo'sh va dovdirab qolgan ifodasi aniq javob edi..

- Unday bo'lsa, men qiziqaman. Xonim buddistlarning Muqaddas Yozuvlaridagi so'zlarni qayerdan bildi. )

- Mening Vang Feyim so'roqqa qilinishga muhtoj emas) jungkook oldinga qadam tashladi va beka judan sharf olib misoni oʻrab oldi. Jungkook ataylab misoning yuzini sharf bilan yopganida, shahzoda ken Leng kulib yubordi

Miso

- Go'zallikni yashirish yaxshi emas shahzoda jeon)

- Agarda ko'zlaring joyida qolishini istasang ularni boshqa tomonga qarat!)

Albatta kenlan valiahd shahzodasi ham himoyasiz kelmagan. Uning o'z chodiri yonida o'nlab qo'riqchilar turardi. Ularning kuchli tomonlarini jungkookning qo'riqchilari bilan solishtirish mumkin.

Ammo shahzoda Ken Leng Jungkookning tahdidlariga faqat tabassum qildi va odamlarini musht ko'tarish bilan to'xtatdi. Vaziyat nazoratdan chiqib ketishidan oldin, imperator Hu o'ziga xos savol bilan nazoratni oʻz qoʻliga oldi.

- Miso bu sherni aynan qayerdan yod olding?) mperator Huning ko'zlari yozilgan so'zlardan uzoqlashmagan holda qirolichaning asl savolini takrorladi. Imperator Hu va qirolicha Ven uchun bu she'r ularning sevimli o'g'lining so'nggi xotirasi edi. Valiahd shahzoda va hozir bo'lgan bir necha amaldorlardan boshqa hech kim shahzoda jehun bu so'zlarni misodan oldin birchi marta tilga olganini bilmasdi.

Jungkook bobosi misoni so'roq qilayotganidan g'azablanardi. Ba'zilarning unga tegishli boʻlgan qizga maftun bo'lib qarashi uni yanada bezovta qildi. Misoni olib oʻz saroyining seyfiga qamab qoʻymoqchi edi.

- Janobi hazratlariga javoban men ancha oldin kitob topdim va bu sher unda yozilgan edi.)

- boʻlishi mumkin emas! U toʻgʻridan toʻgʻri yolgʻon gapiryapti. ) malika sewoon darhol tiz choʻkib imperatorga yolvordi.

Ammo imperatorning yuzidagi sovuq ifodani ko'rib, hech kim gapirmadi.

- oʻsha sen aytayotgan kitob, qayerda? ) imperator malika sewoonga e'tibor bermay yana misoga savol berdi.

- O'z joyingga qayt) malika sewoon yana gapirmoqchi boʻlganida qirolicha sovuq ohangda unga buyurdi sewoon noiloj oʻz oʻrniga qaytdi.

- oʻsha kitob ayni paytda mening Kutubxonamda....) miso imperator nima uchun kitob haqida so'rayotgonini tushunmasada rostini aytdi.

- Kutubxona? Borib oʻsha kitobni olib keling) imperator beka juga qarab buyurdi. Beka ju to'satdan berilgan buyruqdan biroz dovdirab qoldi ammo shu payt miso gapirdi.

- Jigarrang ustida hech qanday yozuvi boʻlmagan kitob..) miso ohistalik bilan tushuntirdi.

Beka ju misoni eshitgan zahoti ta'zim qildi va kitobni olish uchun shahzodaning bir necha qo'riqchilari bilan tezda jo'nab ketdi. Shahzodaning qarorgohi saroy tashqarisida bo'lgani uchun shahzoda beka juning qaytishi uchun biroz vaqt ketishini bilardi. Shuning uchun u misoni kutish uchun oʻz chodiriga qaytardi.

Miso

Kutish xuddi oʻlimga o'xshardi va havoda aniq eshitish mumkin boʻlgan sukunat hukm surardi. Katta ziyofat bayrami shovqinga toʻla boʻlishi kerak edi ammo nega ayni paytda hamma yer jim jit.

Beka ju nihoyat qaytib kelganida, barcha uning jigarrang kitobni amaldorga uzatganini tomosha qilishdi. Imperator eski kitobni varoqlarkan kitobga singib ketdi va birdan hech kim kutmagan voqea yuz berdi.

Aslida imperator yigʻlardi!!!!! Imperator kuchli sogʻinch bilan kitobga tikilar koʻzlaridan esa yosh tomardi.

- miso nega bu kitob senda bor?) imperator kitobdan koʻzini uzmay savol berdi.

- men shunchaki uni otamning eski kutubxonasidan topib oldim) miso hech oʻylamay javob berdi.

- Yolg'on!) bu gal ham qichqirgan malika sewoon edi.

- Malika Sewoon! Yana bir bor ruhsatsiz gapirsang onanga hamroh boʻlasan!) qirolicha ona bu gal shavqatsizlarcha malika sewoonga dakki berdi.

Sewoon yig'lab, ko'zlarida nafrat bilan qaytib joyiga o'tirdi.

- Miso menga haqiqatni ayting) imperator nihoyat boshini kitobdan koʻtarib misoga qaradi.

- men chindan ham kitobni otamning kutubxonasidan topdim) miso rostan ham Bir necha yil oldin hali ham Markiz saroyida yashaganida kutubxonadan oʻsha eski kitobni topib olgandi.

- Otang bu kitobni qayerdan oldi?) miso bu savoldan hayratlandi u aniq javobni bilmasdi u shunchaki kitobni topib oldi ammo kitobning kelib chiqishini bilmasdi.

- Bir qarasam maylimi, janoblari? ) shahzoda Ken to'satdan odatdagidek beparvo tabassum bilan gapirdi. Imperator kitobni qo'yib yuborishni istamadi, lekin keyin uni yonidagi amaldorga uzatdi.

- Aytishlaricha, Muqaddas Yozuvlar tinchlik va hayot yaxshi koʻrgan insonlarni topadi. Bu kitob ham o'sha malikani topgani ajablanarli emas)

- Nima demoqchisiz, shahzoda Ken?) shahzoda Ken endi javob bermoqchi boʻlganida birdan sovuq ovoz eshitildi.

- Boshqalar bilan solishtirganda, bu kitobning siyohi hali ham yangi. Old qismi belgilanmagan, muqovasi esa eng tekis matodan qilingan menimcha buni rohib rohib ustalardan biri asl kitobdan ko'chirib olgan ) jungkookning Sovuq, chuqur ovozi hammaning aytilmagan savoliga javob berdi.

- Toʻgʻri) shahzoda ken Leng shahzoda Jungkookga qarab jilmayib qo'ydi.

- Qanday qilib oddiy Markiz bunday kitobga ega boʻlishi mumkin?) qirolicha ven bunga ishonolmadi.

Vu Si qirolichasi sifatida ham u bunday Muqaddas Bitikning nusxasini ololmasdi. Koʻp yillar davomida keksa usta unga faqat ma'bad hududida o'qishga ruxsat bergandi.

- shunchaki tasodif ) shahzoda ven beparvo javob berdi.

- miso sen aytgan sher kitobning aynan qayerida?) Nega imperator juda xavotirli ko'rinardi? Nega u she'r bilan shunchalik tashvishlanadi? Miso xato qildimmi? U vaziga umuman tushunolmadi ammo haqiqatni aytdi.

- Birinchi bobda)

- Yolgʻon gapirma!!!) miso birdan yangragan qirolichaning jahldor ovozidan qotib qoldi. Nega qirolicha uni yolg'on gapiryapti deb o'yladi?.

Qirolicha

- Malika aytganidek She'r haqiqatan ham birinchi bobda) shahzoda Ken ham misoning soʻzlarini takidladi.

Qirolicha hali ham bunga ishonmadi. U har oyning birinchisida Tripitakani o'qish uchun ma'badga borardi. Bu o'g'lining so'nggi xotirasi bo'lgani uchun u Muqaddas Yozuvlardan uning she'rini qidirishda davom etdi. U birinchi bobni ko'p marta o'qigan va she'rni hech qachon topolmagan.

- Janobi oliylari bu she'r malikaning talqini Yani oʻz tushunganlari asosida yozilgan sherdir. ) Bu misoning talqinimi? Ammo bu qanday bo'lishi mumkin? Misoning hulosasi shahzoda jehun bilan bir xilmi?

Ikki kishi bir she'rni yaratish mumkinmi?

23QISM TUGADI........
DAVOMI BOR..............

MALUMOT‼️
( Tripitaka bu tarixiy Xitoy kitobi boʻlib xudi bizniki imom Buxoriy yozgan hadislarga oʻxshab ketadi ammo ularning din va etiqodida farq bor mazkur kitobda turli qirolliklar tarixi va ibratli voqealar yoritilgan. Bu kitob doim mabadda saqlangan hatto qirollik oilalariga ham olib ketishga ruhsat berilmagan kim xohlasa mabadda oʻqishi kerak boʻlgan)

( ffga kiritgan sherim asl hayotda ham bor va Xitoy tarixidagi eng ayanchli urushlar paytida yozilgan sher boʻlib hozirgi kunga qadar xitoyliklar tomonida qoʻshiq qilib kuylanadi. Uzbchada qofiyasi boʻlmasligi mumkin ammo xitoychada qofiyali (menimcha chunki men ham googledan oldim😁)

( ffda mabad ruhoniy va shunga oʻxshash soʻzlar ishlatildi iltimos jiddiy qabul qilmang ff voqealari boshqa din vakillari haqida boʻlgani uchun ularni dini haqida biroz yozdim va bu mani shaxsiyatimga hech qanday ta'sir koʻrsatmagan!)

Muallif #Ryuu_temi
Kanal @cruel_fanfic