FINAL⛓ yoxud YAKUN⛓
- Chekish inson sogʻligi uchun zararli buni bilmaysizmi? Amaki?)
Yosh yigit qarshisidagi yoqimtoy qizchaga termulib qoldi odatda uni tashqi koʻrinishi tufayli odamlar uni chetlab oʻtishar ammo ayni damda bu qizaloq undan qoʻrqmay hatto uni tergashga ham harakat qilardi.
- Amaki nima qulogʻingiz eshitmaydimi? ) qizaloq yoqimli ohangda gapirarkan qoshini chimirdi.
Ammo yigit hech nima demadi qizaloqning qoʻlidagi sigaretga ohirgi bor qarab qoʻydida oʻrnidan turdi.
- Hoy qayoqqa ketyapsiz! ) mitsuki yugurib borib yigitning kiyimi etagidan ushladi. Yigit toʻxtadi ammo ortiga qaramadi shunchaki jim turaverdi.
Mitsuki esa yigitning ortida turib uni kuzatdi yigit allaqachon 16 yoshda boʻlsada juda ozgʻin edi hatto 8yoshli mitsuki undadanda semizroq koʻrinardi.
- Bor boshqalar bilan oʻyna) birdan sovuq ovoz eshitildi sovuqqon va bogʻiq ovoz 16 yoshli bola ogʻzidan chiqqani biroz hayratlanarli edi. Mitsuki birdan sovuqni his qildi va yigitning kiyimini qoʻyib yubordi.
Eydn kiyimi boʻshaganini his qilgach yana oldinga yurish uchun qadam tashladi ammo bu gal kaftida iliqlikni his qildi. Eydnning tanasi birdan titrab ketdi kaftidagi iliqlik butun tanasiga tarqala boshladi. Ohiri chidolmay ortiga burildi va unga porlab turgan koʻzlar bilan qarab turgan qizchani koʻrdi.
- Amaki jarohat oldingizmi?) qizaloq jarangli ovozda savol berdi goʻyo biroz oldin yigitning sovuq ohangini eshitmagandek. Yigit kir boʻlgan kaftida turgan mitti oppoq qoʻlga qaradi va gapirish uchun ogʻiz ochganda ular tomon yugurib kelayotgan erkakni koʻrdi.
- Mitsuki!!!!! Yo xudoyim shu yerdamiding. Bobongni qoʻrqitib yubording. Nega mashinadan tushding a? ) janob min mitsukini quchogʻiga olib uni tekshirdi va nabirasida hech qanday jarohatni koʻrmagach tinchilandi.
- Bobo bu amakiga yordam kerak) mitsuki sekin eydn tomon ishora qildi. Janob min nihoyat ularni yonida turgan bolani sezdi va unga qaradi. Yigitning ahvoli achinarli yuzi va tanasida jarohatlar bor edi.
- Yigitcha isming nima? Qayerda yashaysan?) janob min bolanini qoʻrqitmaslik uchun yumshoq ohangda savol berdi. Lekin bola hech nima demadi shunchaki ortiga burilib ulardan uzoqlashdi.
- Bobo oʻsha amakiga yordam beraylik jarohatlari juda yomon koʻrinadi.) mitsuki uzoqlashib borayotgan eydnga qarab bobosini qoʻlida harhasha qila boshladi janob min ham yigitga rahmi keldi tezda mashina tomon bordi mitsukini orqa oʻrindiqqa sojunning yoniga qoʻydida mashinani oʻt oldirdi.
Eydn yoʻlak boʻylab ketarkan yoniga kelib toʻxtagan mashinani sezdi boshini koʻtarib yon tomonga qaradi.
- Oʻgʻlim mashinaga chiq! Hali voyaga yetmagansan koʻrinib turibdi koʻchada yolgʻiz yurish hafli manzilingni ayt seni olib borib qoʻyaman)
- Kerak emas Yetimxona ikki koʻcha narida) nihoyat yigitdan javob kelgach janob min biroz dovdirab qoldi.
- Ha men yetimxonada yashayman) Odatda odamlarga yetimxonada yashashini aytganida ular unga goʻyo oʻgʻri va allaqanday jinoyatchidek qarashardi ammo janob minning yuzida faqat biroz Hayrat sezilib turardi holos
- 2koʻcha ham uzoqlik qiladi qani koʻp gapirmay mashinaga chiq yoʻqsa voyaga yetmaganlar tashkilotiga qoʻngʻiroq qilaman) janob minning kichik tahdidi bolaga umuman ta'sir qilmadi u shunchaki janob minga qarab turaverdi.
- Hoy amaki qoʻrqmang bobom bola oʻgʻrisi emas!!) orqa eshik derazasi tushirilib qizaloqning mitti boshi koʻrindi. Eydn bahslashishdan zerikdi shekilli hoʻrsindi va mashinaning old eshigini ochib mindi.
- Juda soz endi yoʻlga chiqsak boʻladi) janob min mashinani dvigatelini ishga tushirdi va ikki koʻcha narida joylashgan Yetimxona tomon haydadi.
Manzilga yetib kelishganida eydn indamay tushdi va yetimxonaga kirib ketdi. Janob min indamay oʻsha yerda jim turdi mitsuki ham indamadi va ichida 10gacha sanay boshladi.
U janob minni juda yaxshi bilardi bobosi qattiq qoʻl koʻrinsada juda mehribon edi yordam kerak boʻlgan insonni koʻrsa indamay oʻtib ketolmasdi.
- Mitsuki sen ukang bilan mashinada tur men bir zumga manashu binoga kirib chiqishim kerak. )
- Bobo men ham borishni hohlayman mashina juda zerikarli!)
- Yaxshi unda birgalikda boramiz) janob min birinchi boʻlib mashinadan tushdi soʻng mitsuki va sojunni ham mashinadan chiqardi. Sojunni koʻtarib oldi mitsuki esa bobosining ortidan ergashdi.
Ular binoga kirishganida birdan baland ovozdagi baqiriq eshitildi.
- Yana nimani boshlading!!!! Sen hayvonni deb yana bu yerda tekshiruv boʻlsa seni ayab oʻtirmayman! Tanangni nimtalayman eshityapsanmi? Senga gapiryapman!) yoshi 40dan oshgan ayol qoʻlidagi tayoq bilan yosh yigitga tahdid qilardi. Mitsuki yaxshiroq qaraganida yigit eydn ekanligini koʻrdi.
Janob min oʻzini sezdirish uchun baland ovozda yoʻtaldi ayol shovqinni eshitganida darrov boshini koʻtarib eshik tomonga qaradi va uning yuzidagi biroz oldingi gʻazab tezda yoʻqoldi nafis jilmaygancha janob min tomon yurdi.
- Hayrli kun janob bu yerga qanday maqsadda keldingiz.)
- OH salom men... Anavi yigitni koʻchada uchratib qolgandim uning ahvoli yaxshi koʻrinmadi shu sababli ortidan kelgandim)
- Yigit.. Ha eydnni aytyapsizmi. Bu bola xudoning balosi umuman gapimga quloq solmaydi doim koʻcha bezorilari bilan urishib yuradi qoʻli hatto jinoyat sababli politsiyaga tushdi. Men unga va u kabi bolalarga masulman ularni oʻz farzandlarimdek koʻraman ammo ular menga munosib javob qilishmaydi.
- demak bu bolalar uyining mudirasimisiz? )
- Ha bu bolalar uyi bizning oilaga tegishli)
- Tushunarli.) janob min bosh chayqadi.
Mitsuki qarshisidagi ayolga qarab qoshlarini chimirdi hih ayyor tulki. Oʻzini mehribon kabi koʻrsatsada ich ichidan yomon ayol ekani sezilib turardi.
Davlat har bir bola uchun ma'lum bir miqdorda nafaqa ajratgan va pul oʻz oʻzidan bolalar uyining hisobiga tushadi yani bolalarni boqish uchun. Bu ayol esa davlat bergan pulni oʻzlashtirayotgani aniq yoʻqsa nega bolalar bunchalar ozgʻin va yomon ahvolda?
- Yigit haqiqatdan ham shu yerdanligini tekshirmoqchi edim uzur sizni bezovta qildim biz endi ketamiz)
- albatta Hayr janob) ayol jilmaygancha janob min ni eshikdan chiqarib yubordi.
- Bobo oʻsha xola umuman yaxshiga oʻxshamaydi anavi amakining tanasi juda nozik hatto sojun undan ogʻir boʻlsa kerak oʻsha xola anniq unga koʻp ovqat bermaydi.) mitsuki bobosini ortidan ketarkan gapirdi.
- Ha bu koʻrinib turibdiki! Bobo oʻsha amakiga yordam beraylik iltimos)
- Mitsu bu bizi ishimiz emas hamda davlat albatta bu bolalarni shundayligicha qoʻyib qoʻymaydi. Bolalar tashkiloti voyaga yetmaganlarni himoya qiladigan tashkilotlar albatta ularga yordam berishadi.)
- Yoʻq bobo oʻsha ayol ularni aldaydi va koʻp bolalar och qolishadi iltimos amakini qutqaraylik iltimossss) janob min nabirasining iltijoli koʻzlariga chiday olmay ortiga qaytdi.
Eydn mehmonda divanda oʻtirar ekan butun uyni koʻzdan kechirardi.
- Mana bu hujjatlarga barmoq izingni qoʻy) janob min qoʻlida hujjat bilan keldi va hujjatlarni eydnga uzatdi.
- Bugundan boshlab bizning bogʻbonimiz seni rasman vasiying men boʻlaman bu hujjatda esa 18 yoshga toʻlganingda hohlasang meni qaramogʻimdan chiqishing va hatto bu uydan ham ketishing mumkinligi aytilgan.)
- Bundan sizga nima naf? Bir tekintomoqni boqib nimaga erishmoqchisiz?) eydn hech qanday his tuygʻusiz savol berdi. Bunchalar qattiq ohangni eshitib janob min biroz hayratlandi soʻng javob berdi.
- 1 oy oldin yakkayu yagona qizimdan ayrildim hayotimda rafiqam va 3 nabiramdan boshqa hech kim yoʻq. Nabiram bugun ilk bor mendan nimanidir chin dildan iltimos qildi va men buni albatta bajaraman.)
- Demak nabirangiz uchun shunchaki ovunchoq boʻlishimni hohlaysizmi?)
- Qanday tushunsang ham farqi yoʻq. Boyligim yetarli yana bir tekintomoqni boqish men uchun muammo emas. Faqat uyimda oʻziga yarasha shartlar bor.
1 nabiralarimga ziyon yetkazmaysan!
2 hech qanday jinoiy ish boʻlishi mumkin emas!
3 chekish ichish mumkin emas!
4 itoatkor boʻlishing kerak!
Va men seni pul bilan taminlayman istalgan yerda oʻqitishim mumkin kiyim bosh va ovqatdan havotir olmasang boʻladi.
Eydn qoʻlidagi hujjatlarga qaradi va ularni oʻqib chiqa boshladi. Barcha shartlar juda yaxshi edi u shunchaki yana ikki yil shu yerda yashashi va 18 toʻlgach istagan yeriga ketishi mumkin edi.
- Yaxshi men roziman) yigit hali rasman pasport olmagan va oʻz imzosiga ega boʻlmagani uchun barmoq izini bosdi.
Shu vaqt ichida eydn minlar uyidagi insonlarga koʻnikdi va eng yoqtirgani bu mitsuki edi.
Qizaloq har tong unga shirinlik olib kelar u bilan biroz oʻynar edi. Eydn shirinliklarni yoqtirmasada qizni hafa qilishni istamay ularni qabul qilardi.
Janob min eydnni maktabga joyladi uni barcha kerakli narsalar bilan taminladi. Eydn maktabda qisqa vaqt ichida mashxur boʻldi. Yigit ozgʻin boʻlsada boʻyi 16 yoshli bolalarnikidan ancha baland va yuzi ham juda chiroyli edi. Sinfda hech qachon gapirmas boshqa sinfdoshlari bilan ham suhbatlashmas doim sovuq yuz bilan yurardi. Shunday boʻlsada baholari juda yaxshi edi sinfdagi top 3likka koʻtarildi.
Barchaga sovuqqon munosabatda boʻlgan yigit uyga qaytganida faqat bir qizaloqqa jilmayardi.
Mitsuki - bu uning qorongʻu hayotini yoritgan yagona nur edi. Qizaloq yaqinda 8 yoshga toʻlgan ammo boshqa tengdoshlariga nisbatan nimjonroq edi shu sababli bobosi va buvisi uni asrab avaylashardi.
Maktabda 1sinfda oʻqir ustiga kiygan yoqimli maktab formasi unga juda yarashar edi eydn mitsuki bunday yoqimli holatda koʻrganida oʻz oʻzidan jilmayib qoʻyadi. U kundan kunga bu qizaloqa ipsiz bogʻlanib qolayotagan edi.
Mitsuki 6 oy davomida eydnga yaxshi munosabatda boʻldi doim unga Tabassum qildi buvisi bergan shirinliklarni bir qismini eydn bilan oʻrtoqlashdi.
Bularning barchasi u kelajakda sodir boʻladigan oʻlimini oldini olish uchun edi. U eydn bilan yaqin boʻlar va kelajakda goʻyo aka singildek rishtalarni hosil qilmoqchi edi.
Eydin 2 yildan soʻng oʻz ishini boshlaydi va ulkan biznes imperiyasiga asos soladi aynan oʻshanda uni singlisi sifatida mitsuki ham ma'lum bir boylikka erishishga umid qildi.
Mitsuki bir necha yildan soʻng paydo boʻladigan ayol qahramonni yoʻliga Toʻgʻaloq boʻlishni albatta hohlamaydi hatto eydn va bosh qahramon ayol birga boʻlishlari uchun ularga yordam ham bermoqchi.
Mitsuki kelajakdagi rejalarni oʻylarkan oʻzini tutolmay kulib yubordi. Juda soz ishlar shunday ketsa u albatta juda uzoq va baxtli yashaydi albatta boy xonim boʻlib.
Ammo ulgʻayishni kutish kerak edi u aslida 20dan oshgan hozir esa 8 yoshli qizaloqning tanasida yosh bola kabi harakat qilish uni juda charchatardi.
Ertasi kuni eydn maktabdan qaytdi xonasida kiyimlarini oʻzgartirar ekan hovlidan shovqin eshitildi. Sekin deraza tomonga borib hovliga qaradi.
Bogʻda 4 5ta bolalar birgalikda quvonch bilan oʻynashar edi.
Eydin dera oldida toʻxtab qoldi koʻzlarini bolalardan uzmadi bolalar baland ovozda kulib bir birlarini quvlashar ular orasida eng yorqin jilmayayotgan qiz bu mitsuki edi.
Eydinni gʻazablantirgan narsa mitsuki boshqa bolalar bilan oʻynab shunday jilmayishi edi.
Mitsuki juda yoqimtoy qiz boʻlgani uchun uning doʻstlari juda koʻp edi. Barcha u bilan yaqin boʻlishni istardi. Sinfidagi barcha bolalar mitsukini yoqtirishardi.
Ammo eydnchi? Unda faqat mitsuki bor boshqa hech kim. Kunu tun hatto tushlarida ham shu mitti qizaloqni oʻylardi. Mitsukiga yaqin boʻlgan hammadan nafratlanar qiz doim unga qarashini faqat va faqat unga qarab kulishini istardi.
Bir kun kelib bu yoqimtoy qizaloqni oltin qafasga qamab faqat va faqat oʻzi koʻrishi uchun juda uzoqqa olib ketmoqchi edi.
Ammo hozirda uni qoʻlidan hech nima kelmaydi puli yoʻq malumoti yoʻq. Shularni oʻylab yigit mushtini qattiq siydi.
Kun kelib albatta boyib ketishni va mitsuki uchun hohlagan narsani sotib olib berishni oʻz oladiga maqsad qilib qoʻydi.
Kechagi payt mitsuki uxlash uchun xonasiga kirdi ammo uni kutib turgan eydnni koʻrib birdan qoʻrqib ketdi biroz tinchilangach eydnga qarab jilmaydi.
- Eydn kech boʻlganda bu yerda nima qilyapsiz?
- Nega kechki ovqat paytida aytmadingiz?)
- boshqalar eshitishini istamadim)
- OH tushunarli xoʻsh nima haqida aytmoqchisiz?) mitsuki qiziqish bilan eydnning javobini kutdi
Eydn sekin mitsuga yaqinlashdi.
Bugun sen bilan oʻynayotgan bolalar sinfdoshlaringmi?
- Ha sinfdoshlarim ular bilan juda yaqinman bugun bobom ularni uyga chaqirishimga ruhsat berdilar)
- Ammo nega oʻsha bola senga juda yaqin boʻlib sochlaringa tegdi!) eydn gʻazablana boshladi mitsuki uni savolidan hayratlandi javob berolmadi.
- Nega senga tegishiga yo'l qo'yding!!!) eydn mitsukining mitti tanasini kuch bilan siltadi.
- ......) qiz boshini egib turgancha javob bermadi mitsuki allaqachon 21yoshda boʻlsada uning tanasi va yuragi 8yoshli qizaloqniki edi va bunday ohang uni qoʻrqitdi.
- JAVOB BER nega senga tegishiga ruxsat berding?)
- U shunchaki soch-socharimni qu-qulogʻim ortiga oʻtkazadi) qiz duduqlangancha yig'lamaslikka harakat qildi ammo iloji boʻlmadi koʻzlaridan marvarid yosh oqa boshladi.
- Yo'q! Sochlaringa tegish "Shunchaki" Emas!! mendan boshqa hech kimga senga tegishiga ruhsat yoʻq!! )
- Mendan boshqa hech kim tegolmaydi...) yigit soʻzini qayta takrorlagancha qizni quchogʻiga qamadi.
- U shunchaki sochingni qulogʻing ortiga oʻtkazmadi. Balki butun 47 soniya davomida barmoqlari bilan senga tegib turdi)
16yoshli bolaning bu qadar egalik qilishi mitsuki juda hayratga soldi va qoʻrqitdi. Eydn mitsukining qizargan koʻzlaridagi yoshni artdi va yosh bolani aldagandek mitsukiga oʻgʻil bola doʻstlariga yaqinlashmaslik uchun ahmoqona sabablar aytdi soʻng xonadan chiqib ketdi.
- Mitsuki ortiq tik turolmay yotoqqa yiqildi.
JIN URSIN!!!! Nimalar boʻlyapti? Eydn nega unga bunday munosabatda boʻlyapti? Nahotki u meni yoqtirib qoldimi? Yoʻq yoʻq bunday boʻlishi mumkin emas!!! U bosh qahramonni yoqtirishi lozim.
- Oʻyla mitsu oʻyla endi nima qilishim kerak? Men bunday paranoid yigitni hohlamayman!! Yoʻq uni tezroq uzoqlashtirish lozim ammo qanday uni koʻchaga hayday olmagan!) mitsu boshini ushlab oʻylarkan birdan koʻzlari porladi.
Eydn janob minga Hayrat bilan qaradi va u aytgan soʻzlarga ishona olmadi.
- Eydn sen juda aqilli yigitsan va jiyanimga yordaming kerak. Uni farzandlari yoʻq eri 1yil oldin vafot etgan bugun erining aka ukalari undan merosni talab qilishyapti sen unga asrandi oʻgʻil boʻlib borasan va vaziyatni yaxshilashda yordam berasan)
- Ammo.... ammo u amerikada yashaydi va men bu yerdan uzoqqa ketishim kerak boʻladi bu degani boshqa koʻrmayman......) eydn mitsuki demoqchi edi ammo soʻzini tugatmadi.
- afsuski shunday havotir olma Sohe juda ajoyib ayol u senga mehr beradi.)
- Tushundi unda men narsalarimni yigʻaman)
Eydn zina boʻlab koʻtarildi oʻz xonasiga bormadi aksincha mitsukining xonasiga bordi.
- OH eydn salom. Bobom aytdi amerikaga ketyapsizmi?) mitsuki bilsada savol berdi.
- Ha... Ammo ketishni hohlamayman. Senchi ketishimni hohlaysanmi?) yigit unga iltijo bilan qarab turganini koʻrib mitsuki u fikridan qaytishidan qoʻrqib darrov gapirdi.
- Xolamning ahvoli juda ogʻir unga yordamingiz kerak men xolamni juda yaxshi koʻraman iltimos uni oʻsha yomon qarindoshlaridan himoya qiling.)
- Ammo men amerikaga ketishimga toʻgʻri keladi u yer uzoq seni boshqa koʻrolmayman!!!)
- yaxshi keling vada beramiz 10yildan soʻng yana uchrashamiz va oʻshanda men siz bilan doim qolaman)
- ha 10 yildan soʻng 18 toʻlaman nima meni shuncha vaqt kutolmaysizmi?)
- Yoʻq! Kutaman umirbod boʻlsa ham kutaman 10yildan soʻng qarshinga boy va kuchli erkak boʻlib qaytaman!)
- Yaxshi unda men ham kutaman) mitsuki eydnga jilmayib qoʻydi. Eydn oʻzida cheksiz gʻayratni his qildi va mitsuni soʻngi bor quchoqlab xonadan chiqib ketdi.
- Juda soz 10yil ichida u albatta meni unutadi ammo bugun qilgan yaxshiligim sababli hech qachon meni oʻldirmaydi) mitsuki past ovozda gapirdi va kayfiyati koʻtarildi.
Hikoya faqatgina @cruel_fanfic kanali uchun yozildi iltimos uni boshqa kanallarga tarqatmang‼️
Muallif @cruel_cr #Temi
Hikoya tarjima emas barchasi meniki yani teminiki nuqta verguligacha‼️
3qism 150+ fikrdan soʻng tashlanadi. Imloviy xatolar boʻlsa uzur 🩶