«Xiyonat»
Oʻxshash ikki taqdir haqida hikoya .🍃
Soxta muhabbatlarga koʻnikib qolgan insonlar sizni sevishini kutmang ! Zero , ularning qalbi hattoki ularning oʻziga ham yolgʻon soʻzlaydi . Bundan xatto bexabar boʻla turib , sizni sevishi mumkunmi ?
1 BOB
Kanal : @royal_fanfic
— Oğlim meni tushunsangchi yolgʻiz ona boʻlib men ham bir roshnolik koʻray kelaqol men aytgan qizga uylan
— oyi qanday qilib u mening singlimdek bolsa koʻnglim yoq unda
— yaxshi emasmi koʻz ostingda osgan juda yaxshi qiz bolsa , yoki yoqtirgan qizing bormi ?
— yoq bilasizku hech kim menga yoqmaydi . Xari ga kelsak hali u yosh oʻqisin erga ham tegar tengi uchrab - Jungkook beparvolarcha gapirdi .
— Gap tamom meni rozi qilishni istasang uylanasan , ertaga bu dunyodan koʻz yumsam - u seni toʻyingni koʻrolmasam qattiq rahjiyman tushundingmi
Yigit biroz oylangancha taqdirga tan bergancha — mayli bilganingizni qiling - dedida honasi tomon chiqib ketdi .
Rejasi amalga oshganini bilgan Jeon honim hursand boʻlgancha oy hayollar qila boshladi .
Ertasi kuni ertalab Jeon honim turli qimmatbaho sovgʻalar bilan qizning uyiga bordi
— qizim hali yoshku, oʻqisin keyin yana qarindoshimiz qanday boladi ekan
— siz hech tashvishlanmang , Xarini oʻzim oʻqitaman kerak bolsa oʻzim katta qilaman . Bilsangiz kerak Xarini oz qizimdek korganim uchungina yoningizga keldim .
— ah sizga yoq ham deb bolmaydida mayli biz rozimiz
— ana endi oʻzingizga keldingiz , mayli endi boray toy kunini ertaga bizning uyda belgilab olamiz .
— shoshilmayapmizmikan nima deysiz
— qanaqa shoshilish hammasi oz vaqtida bolyapti tashvishlanmang .
— taklifimni oylab kor Seulda yaxshigina ish topasan , men senga yordam beraman Suna .
— tushunyapman ammo onamni ozini tashlab keta olamanmi yana kasal holidaya
— sen bir yildaxam onangni operatsiyasi uchun bu yerda pul topa olmaysan , onangni o'lish havfi ortadi . Yaxshisi taklifimga rozi bol, ertaga javobingni ayt
Qiz noilojlikdan boshini silkitib qoydi . Ortga uyi tomon ketar ekan ortidan kelayotgan sharpani his qilib ortiga oʻgirildi . Uzoqdan yugurib kelayotgan Namjoon qizga arang yetib olib hansiragancha nafas oldi .
— (hansirab nafas olgancha ) ha zarur edi bu , Seulga ketayotgan ekansan
— ( koʻzlarini yerga tikib ) ha shunday qilishimga toʻgʻri keldi . Bilasanku onamni davolatishim kerak
— (havotir bilan ) ketmasdan ham shu yerda Busanni oʻzida yaxshi ish topishing mumkun , men senga yordam beraman.
— qoysangchi hech qachon bu darajada katta pul topa olmayman . Yaxshisi ozing uchun ish izla - qiz homush yoʻlini davom ettiraman deganda begona qollar uni tohtatdi
— Suna sen menga yoqasan , men senga uylanmoqchiman
— ahmoqmisan Namjon men nima deyapmanu sen nima deyapsan . Ish kerak pul kerak bera olasanmi sen buncha katta miqdordagi pulni hiim - qiz endi noilojlikdan koʻzlariga yosh olgancha qadamini tezlatib uyi tomon ketdi .
Ortda qolib ketgan yigit hislari bilan yolgʻiz tashlab ketilgan edi. Qizni ham tushunish kerak onasi uchun qancha harakat qildi , yolgʻiz ozi qiz bola bolishiga qaramay tinim bilmay har qanday ishda ishladi ammo foydasiz u topgan kichik pul hech narsaga yaramas edi .
Qiz yol boyi koʻz yosh tokdi, barcha harakatlari zoye ketib onasi hech oziga kelmas yaxshi bolmasligi qizni ancha qiynab qoydi . Suna uyiga yoshli koʻzlarini aytib onasining oldiga kirdi , onasi ham qizini kutganday eshikka qarab oʻtirgan ekan .
— mehribon oyijonim ahvolingiz yaxshimi (biroz tabbasum bilan)
— ha havotirli hech narsa yoq qizim , ozing yaxshimisan men sababli ancha qiynalib qoldingda yosh boshingga sen ham - onasi koʻzlariga yosh olgancha gapirar ekan
— yaa oyi yigʻlamang , bunaqasi ketmaydi men yoshman va qiynalganim ham yoq , siz bularni oʻylamang boʻldi . Oyi sizga bir gap aytmoqchi edim
— men Seulga ketyapman , yaxshi ish bor ekan , koʻproq pul toʻplab kelmoqchiman
— (havotirli ohangda) qizim u yerda yashash qiyin deb eshitganman , mana oʻzimizda ham ishlasang boʻladiku , begona joy begona odamlar bolsa kim biladi ular yaxshimi yo yomon
— tashvishlanmang oyi men yolgʻiz ketganim yoq sinfdoshim Jimin bilan birga ketyapmiz havotirli hech narsa yoq
Toy kuni belginar ekan Jungkook hech ham bunga rozi bolgisi kelmas edi , osha kuni jahl ustida rozilik bildirganiga endi afsus qilayotgan edi . Xarini oz singlisidek koʻrar hattoki bir marta boʻlsada yuragi " jiz" etmagan . Endi afsus uchun kech onasi uchun bariga chidashga majbur boʻladi.
Bugun tush vaqtida Jungkook va Xari uchrashib olishi kerak edi. Soat millari 12:45 ni koʻrsatar ekan restoranda yolgʻiz oʻtirgancha Jungkook qizni kutar edi . Toqati toq boʻlib ketmoqchi boʻldi ham ammo ichidagi bir ovoz yana ozroq kutishi kerak ekanini aytdi . Biroz vaqtdan keyin oʻzidan yorqinlik taratayotgandek goʻzal yuz tuzulishiga ega Xari restoranga kirib keldi .
— (ayibdorona ohangda ) kechirasiz sizni kuttirib qoydim - dedi Jungkook ning qarshisiga joylashar ekan .
— hechqisi yoq men ham hozirgina kelgandim - dedi Jungkook mulozamat bilan
Xari bir soz gapira olmas yanoqlari qizarib ozini chalgʻitishga urinar ekan , jungkook esa buning aksi qizni qachon bunday goʻzal boʻlib osganiga hayrat bilan qizga termulib otirar edi . Ikki yoshning iliq suhbatidan song yigit qizni uyiga kuzatib , oz uyiga qaytar ekan hayollari chalkash edi . Qizga nisbatan oʻzgacha tuygʻularni his qilar ekan , tanlov toʻgʻri boʻlganiga ozgina bolsa ham quvondi .
Suna narsalarini tayyorlab yol chetida Jimin kelishini kuta boshladi , 5 daqiqadan song qora mashina tohtatdi va ichidan Jimin tushar ekan Sunaga "kel" ishorasini qildi .
Yoʻlda ketishar ekan birinchi bor boshqa joyga ketayotgan Suna juda hayajonda edi. Jimin buni korib miygida kulgancha
— shu oddiy manzaradan quvonsang Seulni koʻrsang nima boladi ekana - dedi Jimin tasavvur qilib kulgancha
— menga Seulni ham koʻrsatgan toʻgʻrimi Jimin - qiz koʻzlarini moltillatib yigitga qarar ekan
Yigit bu holni korib balandroq kuldi . — yosh bolaga oʻxshaysan Suna albattada sen yoq demasang boʻlgani .
Qiz ham endi hijolat chekib mashina oynasidan yoʻlni tomosha qilib jim ketdi . Ora orada oyna orqali Jimin Sunani harakatlariga qarab ketardi.
Qiz Seul tomon kelar ekar ichida ajib hislar uygʻongan edi . Birinchi bor uyidan onasidan uzoqroqqa bordi .
Qora rangdagi zamonaviy sport mashinasi koʻp qavatli uylar yonida tohtadi .
— Suna ikkinchi qavat 4 chi xonada joylash ertaga ishingni boshlaysan
Qiz yoʻldagi charchoq sabab ancha holsiz boʻlib qolgani uchun yigitni gaplariga boshini silkitib qoʻyib sumkasini qoliga olgancha zina tomon yurib ketdi . Qiz uyiga kirar ekan ortida qolgan yigit jilmaygancha qoliga telefonini oldi
— yetib keldik janob qiz ertaga yoningizda boladi , faqat odatiy ish deb bilsin hozirdan qoʻrqitib qoʻymang - uzor kulgan yigit qoʻngʻiroqni yakunlab mashinaga oʻtirgancha oz manziliga yol oldi .