«SELECTION»
𝗛𝗮𝗿 𝗱𝗼𝗶𝗺 𝗵𝗮𝗺 𝗯𝗶𝘇 𝗼𝘆𝗹𝗮𝗴𝗮𝗻𝗱𝗲𝗸 𝗯𝗼'𝗹𝗮𝘃𝗲𝗿𝗺𝗮𝘆𝗱𝗶 . 𝗬𝘂𝗿𝗮𝗸𝗱𝗮𝗴𝗶 𝗯𝗲𝗴'𝘂𝗯𝗼𝗿 𝗼𝗿𝘇𝘂𝗹𝗮𝗿𝗻𝗸 𝘀𝗶𝗻𝗼𝘃𝗹𝗮𝗿 𝗾𝗼𝗿𝗮 𝗯𝘂𝗹𝘂𝘁𝗱𝗲𝗸 𝗯𝗼𝘀𝗶𝗯 , 𝘆𝗮𝘀𝗵𝗶𝗿𝗶𝗻 𝗸𝘂𝗰𝗵 𝗾𝘂𝗱𝗿𝗮𝘁 𝘃𝗮 𝗵𝗶𝘀𝘀𝗶𝘆𝗼𝘁𝗹𝗮𝗿𝗻𝗶 𝘂𝘆𝗴'𝗼𝘁𝗶𝘀𝗵𝗶 𝗺𝘂𝗺𝗸𝗶𝗻 . 𝗤𝗼𝗿𝗮 𝘁𝗮𝗾𝗱𝗶𝗿 𝗵𝗮𝗺 𝗼𝗿𝘇𝘂𝗹𝗮𝗿𝗻𝗶 𝗼'𝗹𝗱𝗶𝗿𝗮 𝗼𝗹𝗺𝗮𝘆𝗱𝗶 , 𝗮𝗴𝗮𝗿 𝗾𝗮𝗹𝗯𝗱𝗮 𝘂𝗺𝗶𝗱𝗻𝗶𝗻𝗴 𝘂𝗰𝗵𝗾𝘂𝗻𝗶 𝘆𝗼𝗻𝗶𝗯 𝘁𝘂𝗿𝗴𝗮𝗻 𝗯𝗼'𝗹𝘀𝗮 .
Aslida barchasi shunday qizning qiyinchiligi bilan boshlangan edimi ? Hammasi notoʻgʻri tushuncha boʻlsachi ? Erkakning hislarini sevgi deb tushungan qiz bu sevgi ortida qasos turganini biladimi ? Yoq chunki u buni hatto hoyaliga ham keltirmagan.
— Sulli qizim kelaqol ovqating sovib qoladi
Shoshilagancha oshhonaga kirib kelgan qiz stoliga joylashib ovqatini tezlik bilan pala partish yeya boshladi.
— sekinroq yesangchi tiqilib qolasan hozir
— menga hech narsa qilmaydi oyi - qiz ovqatini chaynar ekan
Qiz nonushtasini qilib boʻlib oʻrnidan turib onasini yuzidan opgancha hayrlashib uyni tark etdi. Ortida oʻychan qolgan ona qizi ketgan tomonga ancha vaqt qarab qoldi. Keyin ovqat idishlarini yuvib mitti qizi uhlayotgan honaga yol oldi . Xari endigina 6 yoshda edi Sulli esa 16 yoshda . Onasi necha yil farzandsizlikdan song 10 yil deganda Xarini dunyoga keltirdi. Shu yili baxtsiz hodisa bilan Janob Lee avftahalokat qurboni boʻldi. Yolgʻiz ona boʻlib qolgan Lee xonim ikki qizini 6 yildan ozi tarbiyalab kelmoqda. Kichik qizini yuzidan silab peshonasiga lablarini bosgan ona qizini issiq bagʻriga oldi. Necha yillik kutilgan farzand bolsa ham Xari nimjon edi. Oddiy shamollash ham juda ogʻir kechar edi qizda.
Yaqindagi natijalar bilan Lee xonim oq qon kassaligining 3 bosqichida ekanligi bildi . Qalbi shu darajada qattiq ogrirdiki , lekin koʻz yoshlarini tashqariga chiqara olmasdi. Koʻzlar oʻrnida yurak yigʻlardi. Sulli va Xarini keyingi hayoti haqida oylab oyiga yeta olmas bu kassalik Lee xonimni ozi bilan birga qabrga olib ketishini bilib turardi. Davolanish uchun ham yetarli mablagʻ mavjud emas edi , shu darajada ilojsiz edi Lee xonim. Qizini sochini silab sochlarini hidladi iforini soʻnggi bor his etayotgandek toyib hidladi . Yuzidan koʻzidan ohista oʻpdi . Sekin oʻrnidan turib honani sekinlik bilan ovoz chiqarmay tark etdi.
Oradan nechadir kunlar otib Lee xonimning ahvoli ogʻirlashib qoldi . Toʻshakga mixlanib oʻrnidan tura olmay qoldi. Xari kichik qollari bilan onasiga yordam berib , xizmat qilib yurardi. Sulli esa yosh bolishiga qaramay ishga kirib onasini dorisi va roʻzgʻor uchun ishlay boshlagandi. Maktabni ham tashlab kuni boyi faqat ishlay boshladi. Oilasiga tolliq ozini bagʻishladi. Uyi horgʻin charchoq bilan kirib kelgan Sulli uyida tez yordam mashinasini korib qorqib ketdi. Yugurib uyiga kirdi . Lee xonimni rangi oʻchib ahvoli ogʻirlashib qolgandi. Burchakda esa Xari piqqillab yigʻlardi.
— Sulli qizim - Lee xonim zoʻrgʻa oʻzida kuch topib qiziga gapirdi .
— oyi sizga nima boldi yaxshi edingizku , meni qorqitmang
— meni senga soʻnggi gaplarim bor diqqat bilan eshit .
Avvalo uzur soʻrayman yosh umringni harob qildim qizim , hamma kabi oʻynab kula olmading . Doimo ish bilan band boʻlib oʻqishingni ham tashlading , bilaman oʻqituvchi boʻlmoqchi eding harakat qilarding , ammo meni deb barchasi barbod boʻldi. Badbaxt onangni kechir. Bilib turibman men shifoxonadan qaytmayman soʻngi kunlarimni yashamoqdaman. Shunday ekan qizim oʻzingni va singlingni asra . Singling juda nozik sal narsaga ahvoli yomon boʻlib qoladi buni bilasan . Bankda senga va Xariga biroz pul oʻtkazib qoyganman , men vafot etsam shuni ishlat . Seni yaxshi koʻraman qizim tashlab ketayotganimdan afsusdaman - Lee xonim yana gapirmoqchi boʻldiyu qattiq yoʻtal sabab soʻzlarini ayta olmadi. Tez yordam Lee xonimni olib ketdi uyda esa ikki qiz kozyoshlar bilan qoldi.
Lee xonim toʻgʻri aytgandi bir kunga qolmay joni uzildi. Yaqinlari bir boʻlib dafn marosimi oʻtkazishdi. Hamma tarqalgach qabr ustida ikki qiz anchagacha oʻtirdi. Keyin esa Sulli Xarini yetaklagancha uyiga keldi.
Uyga yetib kelar ekan. Eshikka qistirilgan xatga koʻzi tushdi. Xatni ochib oʻqiy boshladi
Salom qizim bu xatni olgan ekansan demak men bu dunyoda yoʻqman . Senga osha kuni bir muhim xabarni aytmoqchi edim ammo kassalik bunga qarshilik qildi . Mayli choʻzib oʻtirmay muddaoga oʻtaman. Eshitishim boyicha otangni oilasi yani Lee sulolasi doimo bir oilaga qiz berib kelgan . Bu oila " Jeon " oilasi ammo shu otang tugilgan yildan boshlab bu anʼana tugatilgan yani Lee oilasi tomonidan. Ammo Jeon oilasi bunga rozi bolmay qizlarni majburan oladigan boʻlgan . Yolgʻiz boʻlganda oʻgʻirlab ketish holatlari boʻlgan . Men havotirdaman sen va singlingdan. Iloji boricha etibor markazida bolma hopmi. Singling yosh ammo sen katta boʻlib qolding oʻzingni ehtiyot qil qizim . Seni doim yaxshi koʻraman.
Xatni oʻqigan Sulli oʻylanib qoldi . 16 yoshida oila tashvishi unga qaratildi. Bundan song hayoti haqida aytmasa ham boladi. Onasini gaplarini oylab bir qarorga kelib chetroq viloyatdan uy sotib oldi . Hozirgi uyini sotib va onasi qoldirgan pullarni ham ozi bilan olib shaharni butunlay tark etdi. U yerda yangi ish ham topdi. Shahar boʻlmagani uchun oylik maoshi ham Sulli va singlisining harajatlariga bemalol yetardi.
Ammo har narsaning ikki tarafi bor degandek , yosh qizlarning hayoti ham ancha ogʻir kechdi . Yillar bir birini quvgan kabi juda tez otdi . Endi Sulli avvalgidek yosh va himoyaga muhtoj emas ozini va singlisini taminlay olar edi. 8 yil shunchaki raqamlar emas minglab millionlab hotiralar degani .
Onasi aytgani kabi kuzatuv va shubhali shahslar kuzatuvi ostida yashadi yashashdi. Bulardan qanchalik himoyalanmasin bari befoyda .
Sulli odatiy ish kunini yakunlab uyi tomon kelar , uyning eshigi katta qilib ochiq qolgan ichkarida esa begona erkakning sharpasi koʻrinar edi. Qorqib ketgan Sulli uyi tomon yugurdi , uyga kirib borar ekan qoʻlidagi paket va sumkasiga ham qaramay bir chetga otdi. Tahminlar toʻgʻri chiqqanday uy ichida Jeon Jungkook Xariga tikilgancha ovqatlanishini tomosha qilib oʻtirar , ora orada miyyasidagi hayollar sabab miyğida kulib qoʻyardi .
— amaki bu shirinlikning nomi nima - Xari bir qoʻlidagi shirinlikka bir Jungkokkga qarab gapirar edi
— nomini nima qilasan yoki yoqmadimi?
— yoq unday emas menga judaxam yoqdi . Yana sotib olish uchun soʻragandim
— yoqib qolgan bolsa senga doim oʻzim olib kelib beraman - Jungkook yana nimadir demoqchi boʻldi-yu lekin gapini eshikdan shoshib kirgan qiz boʻldi .
— shunchaki boʻlajak xotinimni koʻrgani keldim - yigit beparvolarcha sekin oʻrnidan turib Sulli tomon bordi - yo korishim mumkun emasmi ? Sen taqiq qoya olasanmi ozi ?
— Xari boshqa xonaga chiqib tur - Sulli singlisiga muloyim gapirdida qahr tola nigohini Jungkookga qadadi . Xari ham hech soz demay rozi boʻlgancha honani tark etdi.
— bizdan nima hohlaysan , senga necha marta nariroq yur deganman lanati - qizning asabiyligi choʻqqi darajaga chiqib endi soʻzlarini baland ovozda aytdi .
Jungkook qizni harakatini korib kulgancha - Nima hohlashimni juda yaxshi bilasan Sulli !
Jungkook Sulli tomon yana bir qadam bosdi , Sulli ozini ortga olish uchun orqaga yurgan edi hamki oyogʻi chalkashib yerga yiqildi . Tepasida vahshiylikcha kulgan yigit birozdan song jim boʻldi .
— sen hatto oʻzingni himoya qila olmaydigan ojizsan !
Yigit gapini yakunlab honani tark etish uchun shaylandi ammo
— nega aynan Xari meni tanlasang boʻladiku , u hali yosh kormayapsanmi - Sullini ovozi yigʻi aralash chiqdi .
— bilasanmi nima Xari sendek ojiz emas . Toʻgʻri hali kichkina dur ammo ulgayadi , oʻzim ulğaytiraman . Men sabrli insonman . Yana bir gap Xari yerga yiqilganda sendek yigʻlab koʻzyosh tokmaydi . Buni koʻp bor guvohi boʻlganman .
Jungkook avval honani keyin esa uyni butunlay tark etdi.
— lanatiii ufff qayoqdan chiqdi bu balo - Sulli eshikka qarab baqirib qoldi . Opasining yiği aralash ovozini eshitgan qiz honaga yugurib kirdi .
— ahvolingiz yaxshimi opa - opasini oʻrnidan turgizar ekan — lat yemadingizmi
— hammasi yaxshi Xari - Sulli oʻrnidan turar ekan ovozini buyruq ohangda — bugundan hech kimga eshikni ochma faqat meni kut ! Osha yigitni qayerdadir koʻrsang ham gaplashma tushundingmi
Opasining jon kuydirib gapirishini tinglagan qiz bosh silkib roziligini bildirdi.