Deanon: foydalanuvchi shaxsi qanday fosh bo‘ladi?
- Deanon (deanonymization) — internetda foydalanuvchi shaxsini aniqlash jarayoni. Ya'ni:
— ism-sharifi
— yashash manzili
— telefon raqami
— ijtimoiy tarmoqlardagi profil manzillari kabi ma'lumotlar topiladi.
Shaxsiy ma'lumotlar asosan, har xil norasmiy telegram bot, so'rovnoma va saytlardan ro'yxatdan o'tganda to'planib boradi.
Yig'ilgan ma'lumotlar bazasi (database) Dark Web (qora bozor) da sotiladi.
Ko'pchilik xavfsiz deb biladigan Telegram'ning o'zida ham deanon qilish imkoniyati mavjud, deyarli 90% foydalanuvchining shaxsiga oid ma'lumotlarni to'plasa bo'ladi. Bu kabi amaliyotlar bot va har xil servislar orqali amalga oshiriladi.
Deanon — "xakerlik" emas, 70-80% holatda ochiq axborot tahliliga asoslanadi ya'ni foydalanuvchi tomonidan qoldirilgan izlar (guruh yoki forumlardagi izoh, joy nomlari, sana va voqea hodisalari, profilidagi yozish uslubi va h.k).
Deanon va Doxing farqi
Deanon — anonim shaxsni aniqlash
Doxing — aniqlangan ma'lumotlarni ommaga tarqatish.
- Deanon bo'lishga olib keladigan ayrim xatolar mavjud, ular:
— eski akkauntlarni o'chirib turmaslik
— norasmiy sayt, bot va so'rovnomalardan ro'yxatdan o'tish
— telefon raqamingizni ko'rinmaydigan qilib sozlang
— shaxsiy hayotingizga oid mayda detallarni guruh va izohlarda oshkor qilmang
— noma'lum shaxslarni tekshiring, ishonch bilan har xil savollariga javob bermang
— har xil platformalarda turli avatar va nickname ishlating
Qisqa qilib aytganda imkon qadar ushbu ko'rsatmamizga amal qiling.
Yodda tuting, anonimlik — bu holat, kafolat emas!
Tez orada maqolaning 2-qismi ham tayyorlanib, joylanadi. Sizga manfaatli bo'lgan bo'lsa, bizni qo'llab-quvvatlang, izohlarda o'z fikringizni qoldiring, reaksiya* bildiring, do'stlarga ham ulashing.
Maqolani muallif ruxsatisiz ko'chirmang, manba qo'yish esdan chiqmasin ))
Kanal: @CybersUz
© UDG & CybersUz 2017-2025