Samarqand veterinariya ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar o'tkazildi
Buxoro viloyatida Veterinariya va chorvachilik sohasida amalga oshrilayotgan ishlarni takomillashtirish va ilim fan bilan uzviy bog'lash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda Samarqand veterinariya ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar o'tkazildi
Tadbirda sohaga aloqador mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, tajribali fermerlar va viloyatdagi veterinariya xodimlari ishtirok etdi.
Seminar davomida chorvachilik tarmog‘ida zamonaviy yondashuvlar, hayvonlar salomatligini saqlashda profilaktika va diagnostika usullari, emlash jarayonlarini takomillashtirish hamda mahsuldorlikni oshirishga oid tavsiyalar berildi. Shuningdek, ilmiy-nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir yakunida mutaxassislar o‘rtasida uzviy hamkorlikni kuchaytirish, malaka oshirish va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishga doir taklif va tavsiyalar ilgari surildi.