April 29, 2025

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi JXD JTSX hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi hamkorligi

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi JXD JTSX hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi va viloyat IIB JXX JTSB mas'ul rahbar xodimlari tomonidan, Buxoro viloyati hududlarida odamlar hamda hayvonlar so'ligi uchun xavf tug'diradiga kasalliklar tarqalishining oldini olish, epizootik va epidemik vaziyatni barqarorlashtirish borasida viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining majlislar zalida (IIO Karantin tadbirlarini ta'minlash bo'linmasi, hududiy veterinariya bo'limi) xodimlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda asosiy e'tibor viloyat hududida faoliyat yuritayotgan dehqon bozorlar, mol bozorlar, qushxonalar, veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda uy sharoitida hayvonlar so'yilishi, ma'muriy amaliyot, oziq-ovqat xavfsizligi, epidemik va epizootik holatni barqarorlashtirish masalalariyuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilashlari bo'yicha mas'ullarga topshiriq va ko'rsatmalar berildi.