February 3, 2025

The abstract love

Ep2

JK va S/I bir biriga sal vaximaliroq qarab yutinib qo'yishdi. Ularni reacsiyasini Mrs.Jeon ko'rib tushungandek bo'ldi

Mrs.Jeon: azizam boalalarni vaximaga solmasangizchi.(orqasiga bolalarga qaradi) Shunchaki uy o'sha merosxo'rniki bo'lgan. U vafot etgandan so'ng uy egasiz qolib ketgan. Oradan shuncha yil o'tib shaharlar qurila boshlagan va bu yerdagi odamlar ham ko'chib ketishgan. Bu uyni egasi bo'lmaganligi uchun davlat nomiga o'tib ketgan va sotuvga qo'yilgan. Bu yerlardagi deyarli birorta uyda odam yashamaydi. 2 3ta sal odamlardan zerikkan yoki dam olishni istagan odamlar bor xolos. Vaximaga o'rin yo'q.
JK: S/I meni oldimda yur bo'pdimi. Demoqchimanki yana biror ish qo'zg'ama deymanda
S/i: oyi daftarimni uzatib yuboring iltimos.
Mrs.Jeon: bo'pdi. Mana ol
S/i: raxmat
JK: oyi meniyam telefonimni bering.
Mrs.Jeon: yo'q
JK: nega. S/I ga qaytarib berdizku
Mrs.Jeon: u shunchaki daftarini so'radi.
JK: men ham shunchaki telefonimni so'rayapmanku
Mrs.Jeon: yo'q dedimmi bo'ldi. Gapni ko'paytirma.
JK: jin ursin. Doim shunaqa🔈

;; qadirli kundaligim. Hozir shahardan chiqdik. Uyimizga eltadigan yo'lni ko'rib etim junjikib ketti. Qandaydir sovuqlik va xalovatsizlik bor. Qo'rqinchli kinolardagidek arvoxlar bosib ketgan joyga o'xshaydi. Xali uyimiz ham bundan battar bo'lsa kerak. Dadamni aytishlaricha 2asrdan beri bu uyda odam yashamasmish. Uy egalari yo Avstraliya yoki Angliya fuqarolari bo'lishgan ekan. Uy egasi 21yoshli merosxo'r yigitni jasadini shu uydan topishgan ekan. O'zini joniga qasd qilgan ekan. O'shandan beri bu yerda hech kim yashamasmish. Uyni egasi bo'lmaganligi sababli uy davlat mulkiga aylanib sotuvga qo'yilgan ekan. 3 4ta qo'shnilar ham bor ekan faqat bizdan sal nariroqda emish. To'grisini aytsam meni bu cho'pchakka ishongim kelmayapdi. Menimcha akam va men bezovta bo'lganimizni oyim ko'rib bizni tinchlantirish uchun shunday dedilar. Menimcha buyoqda boshqa gap bor. Yoki ota onamni o'zlari ham bundan to'liq xabarlari yo'q. Qani uyga boraylikchi. O'shanda hammasi ayon bo'ladi :):

Mr.Jeon: mana uygaham yetib keldik. Hozir men tushub darvozani ochay.

Mr.Jeon mashinadan tushib darvozani ochdi. JK va S/I ni esa uyni ko'rib og'zi ochilib qoldi. Uy judayam katta edi. Hovlisi esa uydan 2ta kelardi. Juda hashamatli uy edi. Lekin 1kamchiligi juda xaroba axvolga kelib qolgan edi. Chiroyli naqshlarda yasalgan darvoza anchagina zanglab qimirlaganida quloqqa yoqimsiz eshitiliadiga g'ichirlagan ovoz chiqardi. Xar xolda 2asr davomida qolganini o'zi mo'jiza. Agar hozirgi darvozalar bo'lganida 50yilga bormay chirib tushardi. Ular hovli ichiga mashina bilan kirishdi. Va uy oldida to'xtashdi. Uy ro'parasida katta va chiroyli favvvora bo'lib uniham bir cheti sal o'pirilib tushgan edi. Uy devorlarini ham o't bosib ketgan edi. Ular mashinadan tushishdi

Darvoza
Uy

Mr.Jeon: xo'sh qalay. Chiroyliya. To'gri biroz tamirlanadigan joylari bor. Lekin hammasini to'g'irlasak xaqiqiy saroydek bo'ladi qoladi
JK: dada menga mashina olib berishizga to'gri keladi. Judayam zarur
Mr.Jeon: xali pravang olinmagan mashinani nma qilasan
JK: xonamdan oshxonaga tushgunimcha yarim kun o'tib ketadiku. Shu uchun mashina olib bering deyapman
S/i: bu uyda adashib qolish hech gap emas
Mr.Jeon: hayratda qoldingiza(o'zidan faxrlanib ketti) bilaman. Juda katta. Bo'pdi qani narsalarni ichkariga kirgizaylik. Keyin hamma o'ziga xona tanlaydi
JK: xona tanlash o'z qo'limizdami?!
Mr.Jeon: albatta. Xoxlagan xonangni tanla. O'sha xona seniki bo'ladi
JK: qoyil!!

S/i's imagination:: akam xursand bo'lib nasalarni tashiy boshladi. Men esa uyni tashqaridan turib kuzatdim va keyin men ham ularga yuklarni uyga kirgizishda yordamlashdim. Uyni eshigini ochib ichkariga kirdik. Uy tashqaridan tashlandiq ko'rinsa ham ichkarisi juda toza va saranjom ko'rinardi. Barcha jihozlari bor edi. Albatta eskicha lekin uy egasini didi yomon emas ekan. Bu uyga kirib o'zimni huddi boyvachcha graflarning farzandidek xis qila boshladim.

Mr.Jeon: qani endi hamma o'ziga xona tanlashga.
Hammamiz har yoqqa tarqadik. Akam va men 2-qavatga chiqdik. Akam o'ng tomonga men esa chap tomonga qarab kettik. Har bir xonalarni ko'zdan kechira boshladim. Barchasi bir biridan shinam chiroyli. Lekin bir narsaga xayronman. Qanday qilib 2asr mobaynida bu yerda hech kim yashamasa ham bunchalar saranjon narsalar ham ivirsimagan. Odatda 1oy uyda bo'lmasak hammayoqni tortanak bosib ketardi. Bu yerda esa tortanakni o'ligi ham ko'rinmaydi. Qiziq. Aytdimku bu yerda bir gap bor. Men xonalarni birmabir ko'zdan kechirayotib bir xonani eshigini ocholmadim.

S/i: tutqichi buzilib qolganmi nmabbalo. Aka yordamlashib yuboring
JK: mana hozir boryapman(kelib eshikni ochishga yordamlashdi) jin ursin nega ochilmayapdi. Shoshma men hozir dadamdan kalitlarni olib kelaman.
S/i: yaxshi. Sizni shu yerda kutaman.

Akam kalitlarni olish uchun ketti. Men esa eshikni bir so'kdimu urib qo'yib orqamga xafsalam pir bo'lib o'grilganimni bilaman eshik g'ichirlab ochilib ketsa bo'ladimi. Yo ajabo. Bu nma bo'ldi tag'in shuncha kuch ishlatib urindim hatto akam ham urindilar ochilmadi. Lekin bir chertib qo'yishimga ochildimi?! Yo tavba. Aniq bu yerda bir gap bor. Ewik g'ichirlab ochilganida yuragim oshqozonimga tushib ketgandek bo'ldi. Sekin orqamga o'grildim va qiya ochilgan eshikni itarib yubordim. U g'ichirlab borib devolga urildi. Xona juda toza va qandaydir jiddiylik aks ettirilgan. Xonaga sekin asta kirdim. Xonaga kirishim bilan nmadir ichimdan shuv etib uchib ketgandek bo'ldi. Nafasim ichimga qaytib ketti. Qotib qoldim. Shu payt orqamdan oyoq tovushlari ewitila boshladi. Ochig'i ichimdan nmadir o'tib ketgandan keyin xayolimga xar xil narsalar kela boshladi. Orqamga o'grilishga qo'rqdim. Qadam tobora yaqinlashib kelardi....

Xona