The abstract love
Tun. Hamma uxlabdi. Lekin S/I ni uyqusini qandaydir qadam tovushlari buzdi. Ovoz S/I ni xonasiga yaqinlashib kelardi. S/I esa yuragi chiqib ketgudek urardi. Ovoz eshik oldiga kelib to'xtadi va eshik sekin g'ichirlab ochildi. S/I eshikka teskari yotardi. Qadam tovushlari S/I tomon yaqinlashib keldi va uni kravati oldida to'xtadi. S/I borgan sari qo'rqib ketardi. Hozir qila oladigan yagona ishi bu shunchaki taqdirgan tan berib jimgina o'zini uxlaganga solib yotish edi. U S/I tomonga engashdi va S/I peshonasidan o'pib sochidan silab qo'ydi
Mr.Jeon: o'zimni qizim. Charchapdi. Yaxshi dam ol go'zalim meni.
S/Ini dami ichiga tushib ketti. Otasi chiqib ketgandan so'ng erkin va o'gir nafas chiqardi va ko'rpani ochib tepaga qarab yotib oldi
S/i's imagination:: jin ursin dadam ekanlarku. Men bo'lsam kim nma balolarni o'ylabman. Huh yuragim qinidan chiqib ketay dediya. Bundan buyog'iga eshikni qulflab uxlayman shekilli. Huh ey hudoyim o'zing asra. Bu uyda meni o'zing asra.
Hamma dasturxon atrofida yig'ildi.
Mr.Jeon: birinchi kecha qalay o'tti. Qalay uxladingiz
S/I kecha dadasi oldiga kirganini bilishini xoxlamadi va shu uchun indamadi
S/i: yaxshi. Faqat kechasi qandaydir qadam tovushlari eshitilganday bo'ldi. Yo uyqusiraganimgami shunaqa eshitildimi menga bilmadim
Mr.Jeon: kecha xonagnga men kirgan edim. Meni qadamlarimni eshitgansan. Tinchlikmi Jungkook seni ko'rinishing g'alati
JK: kecha meni ham xonamga kirganmidiz?
Mr.Jeon: yoq. Kecha singling bezovta bo'layotganiga undan xabar olgani kirgandim. Seni xonangga kirmadim
JK: lekin xonamga kimdir kirganini eshitdimku! Oyi, S/I yoki sizlar kirdingizmi?!
Mrs.Jeon: men kirmadim
S/i: men ham kirganim yo'q
JK: lekin aniq kimdir kirdi deyapmanku! Aniq kimdir kirdi! Lekin hech kim qaytib chiqib ketgani yo'q! Xonamni qidirdim hech kim yo'q edi!
Mr.Jeon: Jungkook o'zingni bos balki..
JK: qanaqasiga o'zimni bosay🔊Kim xonamga kiradi🔊Chunmayapman kim edi u🔊
Mr.Jeon: Jungkook sen alaxrisagansan. Shunchaki qattiq charchaganingdan tush va o'ngni farqiga bormayapsan. O'zingni bos buni hammasi shunchaki charchoqdan
JK: shunaqamikan
Mrs.Jeon: albatta bolam. Dadang xaq. Shunchaki yangi uyga ko'chganimizga joysirayotgan bo'lishingiz ham mumkin. Yana kecha juda charchagandingizlar. Xavotir olma. Hammasi o'tib ketadi. Yana 1 2kun sabr qilib o'rnashib olsak keyin bemalol hammamiz dam olamiz. Sen xavotir olma xo'p
JK: yaxshi
S/i: keyin. Xaligi oyi. Bugun maktabga bormasak maylimi. Xar xolda kechagi kundan so'ng juda charchadik. Yana uyimizdan xam anchagina uzoqda maktab. Baribir ulgurolmaymiz
Mrs.Jeon: mayli 1 2kun dam oling. Ungacha uygaham o'rnashib olamiz.
S/i: raxmat oyi.
Nonushta qilib bo'lgach S/I va oyisi uyni boshdan oyoq tozalashdi. Jungkook va dadasi esa tashqarini. Soat 12lar atrofida edi
JK: S/I suv ber juda chanqadim.
S/I: xozir aka. Mana oling
JK: raxmat(suvni ichib bo'lgach stakanni S/I ga uzata turib) S/I. Kecha xonamda kimnidir soyasini ko'rdim dedingga?
S/i: xa. Lekin aka bularni hammasi charchashdan. Yana yetmaganiga ko'p fantastic kitob o'qiganimdan. Shunchaki ko'zimga ko'ringan xolos
JK: unda kechqurun xonamga kirgan kishi ham meni alaxsiraganimdan deysanmi
S/i: albatta aka. Shunchaki charchagansiz xolos. Xavotir olmang. Hammasi yaxshi
JK: keyin e'tibor berdingmi kecha dadam tushlik qilayotganimizda uy muzey bo'lmay qolganini sababini aytayotib ikkilanib qoldilar.
S/i: ochig'ini aytsam buni o'zimham sezdim.
JK: menimcha bu yerda bir gap borga o'xshaydi. Bizdan nmanidir yashirayotganga o'xshaydilar
S/i: balkim shunaqadir. E bopdi. Xar xil hayollarga bormaylik. Hammasini vaqt ko'rsatadi
JK: to'gri aytasan.
Soat 1yarimlarga yaqin hamma ishni bo'lishdi. Uyni tashqarisi anchagina chiroyli bo'lgandi. Lekin baribir atrof muhit buzib turardi xolos.
;; qadrli kundaligim. Kecha kechqurun kimdir xonamga kirdi. Keyin bilsam dadam ekanlar. Peshonamdan o'pib xayrli tun tilab chiqib kettilar. Unda ham gapirganlaridan so'ng dadam ekanliklarini bildim. Keyin akam ertalab xonasiga kimdir kirib qaytib chiqib ketmaganini aytdi. Xonasini tintib chiqibdi lekin hech kim yo'q ekan. Ertalab dadam va onamdan ham so'radi. Lekin ular ham kirishmaganini aytishdi. Akam ancha jazavaga tushib qoldi o'shanda oyim bularni hammasi charchoqdan o'shanda alahsiraganini aytib uni tinchlantirishdi. Keyin hammamiz o'z ishimizni qildik. Hozir hamma ishimizni bo'ldik. Hozir soat taxminan 1yarim. Boya akam suv so'raganida kecha dadam tushlik qilayotib uy muzeyga aylanmaganini aytayotganlarida ikkilanib qolganini aytdi. Buni faqat men emas akam ham sezibdi. Uni tinchlantirish uchun bizga shunday tuyilyapdi bir gap bo'lar deb qo'yaqoldim. Mayli yashayveraylikchi. Nmadir yashirayotgan bo'lishsa hammasi ayon bo'lib qolar :):
JK: S/I nma qilyapsan?
S/i: hech nma shunchaki o'tirgandim
JK: charchamadingmi?
S/i: yo'q. O'zizchi
JK: biroz.
S/i: tinchlikmi xol axvol so'rashni boshlabsizmi?! Bu uyga ko'chishimiz sizga katta ta'sir qilibdi shekilli a(ustidan mazax qilib kuldi)
JK: (o'zi ham o'zgarib qolganini sezib kuldi) balkim. Bo'lishi mumkin. Aksincha bu yaxshi emasmi. Doim urushib yurganimizdan ko'ra
S/i: albatta yaxshi. Hattoki juda zo'r. Lekin ora orada bir birimizni jig'inizga tegib turaylik xo'p. Bo'lmasa zerikib qolamiz
JK: bu gapingga roziman yalmog'izcham.
S/i: kelishdik to'nkaginam
Mrs.Jeon: bolalar ovqatga
S/i: xo'p xozir. Qani yuring. Ovqatlanib olaylik keyin yana ish buyurishadi
JK: yur
Jungkook S/Ini yelkasiga qo'lini tashlab unga osilib ketti. Shu tarzda tushlik ham qilishdi. So'ng yana uy ishlari. 2 3ta narsalarni joylashdi. Shu tariqa kun ham o'tti. Va yana tun. Hamma uyquda.
Yarim tun. Oy shulasi hamma yoqni yorug' qilib tursada bu yerlarni qandaydir vaximali qilib ko'rsatardi. Va birdan hammani uyqusini qandaydir baqiriq ovozi buzib yubordi....