February 25, 2025

The abstract love

Ep5

Hammani uyqusini qandaydir baqiriq va o'kirish ovozi uyg'otib yubordi. Ovozi aynan JK ni xonasidan eshitilidi. Hamma yugurib turib JK ni xonasi tomon oshiqdi. Ichkariga kirishsa Jungkook yerda xushsiz yotardi

Mr.Jeon: Jungkook🔊
Mrs.Jeon: o'gliiim🔊
S/i: aka😳

Mr.Jeon yugurib borib Jungkook ni oldiga cho'kkalab oldi va boshini ko'tardi

Mr.Jeon: Jungkook. Jungkook. O'glim ko'zingni och bizni qo'rqitma. O'glim och ko'zingni
Mrs.Jeon: bolam. Jon bolam ko'zlaringni och. Meni qo'rqitma. Iltimos. Bolam ko'zlaringni och(yig'lab)
S/i: aka. Akajon. Ko'zizni oching iltimos. Bizni qo'rqitmang( ko'zlari yoshga to'ldi) Hozir men suv olib kelaman

S/I yugurib borib oshxonaga tushdi. Oshxonada esa kimdir nmadir pishirayotga o'xshardi. S/I sekin oshxona tomon yaqinlashdi va birdan eshikni ochdi. Lekin hech kim yo'q edi. S/I xayron qolib gaz plitani oldiga keldi. Gaz plitani ustida esa qandaydir qog'oz va unga nmadir yozilgan edi

S/I: bu nma bo'ldi tag'in. ✉️Akangga yordam berging kelyapdimi?✉️(xatni o'qib ko'zi qinidan chiqib ketay dedi) Sen kimsan. Nega bunday qilyapsan. Senga bizni nma zaririmiz tegyapdi. Nega akamni uyqusidan xalovatini olyapsan?(yig'lay turib atrofga alangladi)

Hech qanday javob yo'q. S/I yana bir qog'ozga qaraganda undagi yozuvlar o'chib boshqa yozuv paydo bo'ldi. S/I esa xayratda. Demak unga tuyilayotgan narsalar yolg'on emas.

✉️ akang u xonadan chiqib ketsin. Akang kerak bo'lsa uni bu xonadan chiqar. Bu uni xonasi emas✉️

S/I: xop.... xop. Chiqaraman. Faqat unga hech narsa qilmaysan. Tushnyapsanmi unga hech nima qilmaysan. Kelishdikmi(o'zini yig'idan tiyishga xarakat qilib)

Yana hech qanday javob yo'q. Qog'ozga qaradi. U yerda ham yozuv yo'q. S/I ko'zyoshlarini artdida stakanda suv olib akasini oldiga chiqdi

S/i: oyi mana suv olib keldim

Mrs.Jeon S/I ni qo'lidan stakanni oldida JK ni yuziga sepdi. JK ozgina boshini chayqab qo'ydi lekin xushiga kelmadi. Va keyin S/I esiga boyagi xatdagi yozuvlar keldi

S/i: oyi akamni bu yerdan chiqarish kerak
Mr.Jeon: nega
S/i: aytganimni qiling. Shunda yaxshi bo'ladi. Shunda o'ziga keladi
Mrs.Jeon: lekin S/I....
S/i: (onasini gapini bo'ldi) oyi xop deyaqoling. Tezroq chiqarish kerak uni bu yerdan. Iloji boricha tez. Uni meni xonamga olib boring

Mr.Jeon Jungkookni S/I xonasiga olib kirib kravat ustiga yotqizdi. S/I akasini oldiga kelib qo'llarini qovushtirib duo qila boshladi

S/i: qani aka. O'zizga keling endi. O'zizga keling. Qara sen aytganingdek akamni u xonadan chiqardim. Qani endi qanday akamni xushidan ketkazgan bo'lsang shunday xushiga keltir bo'l. Bo'laqolsangchi. Biz bunga kelishmagandikku. Nega endi nomardlik qilyapsan. Men qiz bola bo'la turib gapimni ustidan chiqdim. Sen qiz bolamisan yoki o'gil bolami bilmadim. Lekin sen ham gapinggda tur endi

S/I yig'isini tiya olmasdi. Ming asabiga tegsa ham akasiku axir. S/I tinmay yig'lab lablarini qimirlatib qo'llarini qovushtirib iltijo qilardi.

Mr.Jeon: bo'ldi qilsangizchi yig'ini. Hozir o'ziga keladi. Ha ha keladi.

Jungkook huddi nafas olishdan qolgan odam birdaniga nafas olgandek chuqur nafas oldi

S/i: aka. Aka yaxshimisz.
Jungkook:(atrofga alanglab alaxsiradi) nega o'zimni xonamda emasman
S/i: s.sizni biz bu yerga olib keldik.
JK: nega?
S/i: (sekin unga engashib past ovozda gapirdi) keyin tushuntirib beraman
Mrs.Jeon: bolam senga nma bo'ldi. Gapir. Gapiraqolsangchi
JK: hammasi joyida oyi. Men yaxshiman. Shunchaki xonam biroz dimligiga nafas olishga qiynaldim
Mrs.Jeon: unda nega xonangdan o'kirik ovozi eshitildi
JK: meni xonamdanmi?! Yog'e. Aytdimku biroz nafas olishga qiynalganim uchun xushimni yo'qotganman. Ovoz menimcha tashqaridan kelgan. Atrofimiz tashlandiq hech kim yo'q. Biror bir xayvon bo'lsa kerakda. Men yaxshiman.
Mr.Jeon: lekin xonangga kirganimizda sen yerda yotgandingku

JK: dada. Nafas olishga qiynaldim dedimku. Jonim qisib ag'anab tushdim. Shundan keyin xushimni yo'qotdim. Xavotirga o'rin yo'q. Hammasi joyida. Men yaxshiman. Sizlar borib yotavering
Mrs.Jeon: yo'q. Seni yolg'iz qo'ymayman. Sen bilan birga yotaman
S/i: oyi. Xavotir olmang. Akam bilan o'zimni xonamda yotamiz. U shu yerda qoladi. Unga o'zim qarayman
JK: ha oyi. Siz boravering men S/I bilan shu yerda yotaman

Mr.Jeon Mrs.Jeonni avrab olib ketti.

JK: xo'sh. Endi gapir. Nma bo'ldi
S/i: oldin siz gapiring. Sizga nma bo'ldi
JK: tinchgina yotgandim. Birdan qadam ovozlarini eshitdim. Kimdir xonamga kirdi. Ko'zimni ochdim. O'rnimdan turmasdan atrofga qaradim. Endi boshimni ko'targanimda kimdir shuv etib tepamga kelib oldi va bo'g'a boshladi. Qulog'im ostida esa qandaydir ovozlar eshitila boshladi. Menga qandaydir azob berardi. Shunda baqirdim. U esa batta bo'g'a boshladi. Xushimni yo'qota boshlaganimda esa olib otib yubordi. Buyog'ini bilmayman. Keyin qarasam seni xonangdaman. Xo'sh endi sen gapir. Nega seni xonangda edim
S/i: ovozni eshitganimizdan so'ng sizni xonada bexush polda yotganizni ko'rdik. Keyin men suv olish uchun oshxonaga tushdim. Oshxonada esa kimdir nmadir pishirayotgandek tuyildi. Oshxonani eshigini birdan ochdim. Lekin hech kim yo'q edi. Gaz plita oldiga borganimda uni ustida qandaydir qog'oz turardi. Qog'ozda akangga yordam berging kelyapdimi deb yozilgan edi. Keyin qog'ozdagi yozuvlar o'zgardi unda akang u xonadan chiqib ketsin akang kerak bo'lsa uni bu xonadan chiqar bu uni xonasi emas deb yozilgandi. Men unga chiqarishimni aytdim lekin javob kelmadi. Keyin sizni o'zimni xonamga olib kirdim.
JK: menimcha bu o'sha merosxo'r. U bu xonada xolishimni xoxlamayotganga o'xshaydi. Menimcha..... muzey bo'lmay qolganini sababi ham shu. Uy egasi bu yerga kelgan odamlarni qo'rqitib halovat bermagan. Lekin buni oyim bilan dadamga qanday aytamiz
S/I: ularga hech nma demaymiz. Ertadan boshlab u xonada men yotaman. Keyin uni maqsadi nma ekanini aniqlab olamiz. Hozir esa keling uxlaylik juda charchadim. Kravat katta u burchagida siz yoting bu burchagida men yotaman
JK: xop. Yaxshi dam ol
S/i: siz ham

S/I chiroqni o'chridi va ikkalari ham uyquga ketishdi

Tong

Doimgiday tong otti. Bu safar hech qanday mash-mashalarsiz. Tinchgina oila jam bo'lib nonushta qilishdi

Mr.Jeon: bolalar. 3kundan beri oyingam menam ishga borganimiz yo'q. Endi uyimiz katta. Yana ta'mir talab. Tabiiyki buyog'iga xarajatlar ko'payadi. Shu uchun oying va men ko'proq ishlashimiz kerak. Bugundan ishga chiqamiz. Sizlar ham 1 2kunda maktabga chiqib qolasizlar. Biz esa hozir ketishimiz kerak. Yo'l uzoq. Barvaqtroq chiqmasak kechga qolamiz

S/I va JK bir biriga sal xayiqibroq qaradida huddi bir biriga hammasi yaxshi bo'ladi degandek qarashdi

JK: xop dada. Sizlar bemalol ketaveringlar. Bizdan xavotir olmang.
Mrs.Jeon: xop bolmasa. Biz ketaqolaylik. Har vaqtdan habar olib turaman. Telefonlaringgiz yoninggizda bo'lsin. O'chib qolmasin. Bizni xavotirga soladigan jinniliklar qilmanglar xazillashaman deb. Tushunarliya

Mrs.Jeon ikkalasiga ham boshqacha qaradi. S/I va JK ham onasi nma deganini tushundi va bir biriga qarab kulib qo'ydi

JK: xop xop oyijon. Jimgina uyda aqilli bola bo'lib o'tiramiz.
Mrs.Jeon: ko'zingizga qaranglar

Mrs.Jeon va Mr.Jeon o'rinlaridan turishdi. Mr.Jeon mashinaga ketti. Mrs.Jeon esa JK va S/I ni peshonasidan o'pib u ham Mr.Jeon orqasidan ketti. S/I va JK ota onasini kuzatib bo'lgach uyga kirishdi.

S/i: aka iloji boricha birga yuraylik. Xar xolda kechagi ishlardan so'ng nma bo'lishini bilib bo'lmaydi
JK: yaxshi. Yur.

.........

S/i: aka. O'ziyam shu uyga ko'chib kelganimizdan beri faqat oshxona va yotoqxonalarni bilamiz. Uy esa katta. Yana qanaqa xonalari bo'lsa a?
JK: bilmadim. Xona ko'pku. Lekin hozir umuman yurgim kelmayapdi. Faqat yotgim kelyapdi.

S/i: ufff. Nega buncha dangasasiz a!! Hech bo'lmasa narsalarimni u xonaga ko'chirishga yordam bering.
JK: o'sha xonaga kirgim kelmayapdi ishon. Oyog'im tortmayapdi
S/i: ee turing. Men bormanku. Bu safar bir o'ziz emassiz. Yana kuppakunduzi hech nma bo'lmas. Shunchaki narsalarimni ko'chirishga yordamlashasiz xolos. Qani turing. Turing turing. O'zizniyam narsalarizni olib o'tasiz. Turing dedim
JK: ufff bopdi bopdi mana turdim. Bezor qilarkaningda

Taxminan 2soatni ichida JK va S/I narsalarini o'z xonalariga o'tkazib bo'lishdi.

JK: vanihoyat. Charchadim(kravati ustiga o'zini tashladi)
S/i: nma qilib charchadiz. Qilgan ishiz bo'lmasa.
JK: seni narsalaring qanchalik ko'p ularni tashiyman deb belim chiqib ketay dedi
S/i: menikidan ko'ra sizni narsalariz ko'proqku. Meni narsalarim 1shkaf chiqadi sizniki esa 2shkaf. O'g'il bola degan shu darajadayam lattafurush bo'ladimi
JK: sen o'zing lattafurushsan. Tavba qildim.

Shu tariqa kunlar o'ta boshladi. 2 3kundan so'ng S/I va JK maktabga ham chiqishdi. Maktab uzoqligi lekin ota onasini ishi ularni maktabiga teskari yo'nalishda bo'lganligi sabab Mr.Jeon ularni o'zlarini ishxonalari tomon ketadigan bekatta tashlab o'tishadi. Ular esa o'zlariga kerakli aftobus bilan maktablariga yetib olishadi. Shu tariqa oradan 1hafta ham o'tti. Uyga birinchi kelganlaridagi mash mashalar va aqilga sig'mas tasodiflar ro'y bermay qo'ydi. 1hafta oldin bo'lgan voqealar ham JK va S/I ni esidan chiqib ketti. Huddi hech nima bo'lmagandek yashay boshlashdi.