January 31, 2025

The abstract love

Ep1

S/i: oyi. Ko'chmasak nma qiladi.
Mrs.Jeon: bu nma deganing. O'zing emasmi ketaylik deb bezor qilib yubormagan
S/I: to'gri.... o'zim aytdim. Lekin bularni hammasi jaxl ustidan edida. Bu yerdan ketgim kelmayapdi. Negadir ko'nglim g'ash
Mrs.Jeon: e ko'p gapirma. Ol manabu qutilarni. Ko'ngli g'ash emish. Seni ko'nglim doim g'ash

Mrs.Jeon qutilarni mashina olib borgancha g'uddillab bordi. S/I esa istamaygina qutilarni mashinaga joylashga uyidagilariga yordamlashdi.

Mr.Jeon: ana bo'ldi. Hamma kerakli narsalarini oldiya?
Jungkook: men oldim
S/i: menam oldim
Mr.Jeon: yaxshi. Unda yo'lga chiqsak ham bo'laveradi. Qolgan narsalarni eltish xizmati yetkazib beradi.

Hamma mashinaga chiqdi. Yo'l yo'lakay dadasi bolalarga yangi uy haqida hikoya qilib ketardi. Lekin koshkiydi bolalarga bu narsa qiziq bo'lsa. JK qizlarni avrash bilan band S/I esa o'zini jonajon kundaligiga yozish bilan band.

;; qadirli kundaligim. Barcha sir asrorlarimni faqatgina sen bilasan. Yaxshiyu yomon damlarimni ham aynan sen bilan bo'lishaman. Vanihoyat men xoxlamaydigan kun keldi. Biz eski uyimizdan kettik. Hozir soat taxminan 10:51. Ertalab saxarlab turganimiz. Ertalabdan beri narsalarni yig'ib joylash bilan ovoramiz. Ochig'i juda charchadim. Dadamni aytishlaricha Shahar tashqarisida bo'lsa ham uy juda katta emish. Menimcha qo'shnilar ham bo'lmasa kerak. Hozir ham uy haqida nmalardir deb ketyapdilar. Lekin qaniydi hozir o'sha gaplar ko'nglimga sig'sa. O'zimizni uyni juda sog'insam kerak. Axir u uyda yaxshiyu yomon kunlarimni o'tkazganman. Ex mayli borib ko'raylikchi. Buyog'ini vaqt ko'rsatadi :):

S/I kundaligini yopdida ruchkasiniham yoniga qistirib qo'ydi

Mr.Jeon: xo'sh nma deysan S/I
S/i: a?
Mr.Jeon: o'zi meni eshityapsizlarmi? Ikki soatdan beri kimga valdirayapman?
JK: dada biz sizdan biror nma deyng deb so'radikmi? O'ziz gapirib ketyapsiz 1000 martta eshitgandan 1martta ko'rgan yaxshi deyishgan(telefondan ko'z uzmay gapirdi)
Mr.Jeon: voy tirranchayey. 16ga kirvolib nma katta bo'ldim deb o'yladingmi. Hali maktabni tamomlaganing yo'q. O'qishga ham qo'yib qo'ygansan. Bu ketishda nma qilasan. Ko'chada arava tortib yurmoqchimisan
JK: 16 emas 17. Keyin meni g'amimni yemay qo'yaqoling. Jonim o'zimga shirin bo'lsa o'zimni o'zim eplab ketaman.
Mr.Jeon: shu telefoningdan ko'zingni uzsangchi. Fikru xayoling telefonda. Hatto dadangni ham pisand qilmayapsan. Meni gapimni bir tiyinlaringga ham olmaysanlar. Sohyon ikkalasini ham qo'lidagini ol.
Mrs.Jeon: kechiring bolalar. Lekin majburman(Mrs.Jeon orqasiga qarab S/I va JKni qo'lidagini tortib oldi
JK: oyii
S/i: oyii. Axir bor yo'g'i bitta daftarku. Bir kami shuni qo'limdan tortib olganinggiz qolgandi. Akamga o'xshab bir parcha temirni ichiga kirib ketganim yo'qku.
Mr.Jeon: Jim bo'l. Gap qaytarma. Biz seni ota onangmiz
S/i: sizga shu bir parcha qog'oz ham kerak. Qo'limda nma ko'rsangiz tortib oling. Bu uyda it o'rnida ham ko'rishmaydi🔈
Mr.Jeon: nmalar deb g'uddillayapsan
S/i: hech nma o'zimga o'zim gapiraman. Musiqa xirgoya qilyapman. Musiqa. Maylimi. Yoki bu ham mumkin emasmi. Balki nafas olishni ham to'xtatib qo'yarman. Sizlarga xalal bermayapdimi ishqilib. Agar shunaqa bo'ladigan bo'lsa aytavering.
Mr.Jeon: sen qizni tiling ko'p o'smayapdimi mobodo!
Mrs.Jeon: bo'ldi. Tortishuvni bas qiling. Senam ozgina tilingni tiy. Undan ko'ra yangi uyga ko'chib o'tayotganimizga xursand bo'lsangizchi.
S/i: bundan siz xursandsiz biz emas🔈

Aka singil bir biriga bir yovqarash qilib olishdida ikkalasiham bir biriga teskari o'grilib derazaga boshini qo'yib arazlab o'tirishdi. Keyin yarim soatcha yoki undak ko'proqmi yo'lda bo'lishdi.

S/i's imagination:: taxminan bir soatga yaqin yo'lda yurdik. Shaxar tashqaridan chiqqandan so'ng odamovi ko'rinishlari sovuq g'alati joylarga o'ttik. Uyimizga boradigan yo'lni ko'rib etlarim jimirlab ketti. Qandaydir vaxima bosdi. Menimcha bunaqa joyni ko'rgan duch kelgan odamni vaxima bosishi aniq edi. Bu manzarani ko'rib arazlayotganim ham esimdan chiqib ketti. Mujmaygan basharamni hayrat va vaxima egallab akamga qaradim. Akamni ham yuzida huddi shu ifoda.

So'ng akam bir yutunib qo'ydida dadamga yuzlandi

JK: haligi... dadajon. Uy haqida gapirib berayotgandingiz. Davom eting.
Mr.Jeon: uyimiz juda katta. Huddi saroyga o'xshaydi. Faqat anchadan buyon odam yashamaganligi sababli biroz tamir talab.
JK: qo'shnilar, odamlar degandek. Ulardan ham bormi?
Mr.Jeon: yo'q. Shaharni chetida bo'lganligi uchun bizni atrofda uy yo'q. Balkim bizdan nariroqda bordir.
JK: nega bunaqa it topmas joydan oldik? O'zimizni uy ja saroyga o'xshamasa ham 4kishi uchun yaxshi va qulay uy ediku. Yana odam ko'p qo'shnilar bor va.... ancha tartibli va chiroyli edi.
Mr.Jeon: uyimizni sotgan pulimizga shu uyni oldik. Tasavvur qilyapsanmi. Bu uy seni uyingdan 4ta keladi. Hozir bunaqa uyni 30.000$ga(o'zimizni uyni narxlaridan kelib chiqdim) qayerdan topasan. O'zingni uyingni shunchaga sotgan bo'lsang.
S/i: dada. Anchadan beri odam yashamagan dediz. Aynana qanchadan beri
Mr.Jeon: XI- XII(11-12) asrlarda angliyami avstraliyami xullas shunga o'shshash fuqarolar yashashgan ekan. Shu uchun uy o'sha paytlarda urf bo'lgan angliya dizayni asosida qurilgan.
S/i: demak XI- XII(11-12) asrdan beri hech kim yashamaydi. Shundaymi?
Mr.Jeon: ha
JK: nega?
Mr.Jeon: aytishlaricha uy sohibi merosxo'r 21 yoshli yigitchani murdasini shu yerdan topgan ekanlar.
S/i: aynan nma sababdan vafot etgan
Mr.Jeon: bilmadim. Qaysidir cho'pchakda jinni bo'lib o'zini osib o'ldirgan deyishadi. Qaysinisidadir zaxar ichgan deyishadi. Xullas o'zini joniga o'zi qasd qilganmish.
JK: o'sha yigit o'lgandan so'ng bu yerda umuman odam yashamaganmi?
Mr.Jeon: yo'q

JK va S/I bir biriga sal vaximaliroq qarab yutinib qo'yishdi.

S/i

JK

Mrs&Mr Jeon