ARXIDEYA
Pov_avtor: Axir men seni sevaman..
Sevgi bunday bolmaydi..!
Daeyon oyoq uchida yurib ovoz chiqarmaslik uchun sekin yuqori qavatga kotarildi. Yeehi uxlayotgan eshikni ochib Jungkook jiyani bilan birga uxlab qolganini kordi. Eshikni asta yopib Jungkookni durtib qoydi.
~Shu yerda uxlab qolibsiz.
~Qayerda eding?
~Suv ichishga chiqqandim. Charchagansiz borib xonangizda uxlang
Jungkook yaxshi degandek bosh silkitib uyqu aralash xonadan chiqdi. Daeyon chuqur uhh tortdida Yeehini quchoģiga olib sochlarini silay boshladi. Taehyungning gaplarini miyyasida tahlil qila boshladi ozicha:
1soat oldin
~Daeyon yur ketaylik uzoqlarga..
~Shundoq ham ancha uzoqqa ketdingiz menimcha yetadi.
~Kechir..
~Kocha sovuq men uyga kiraman siz ham keting.
Daeyon ortiga ogirilib ketaman deganda kuchli qollar orasida qolganini his qildi. Taehyung xuddi yosh boladek uni quchib olgandi. Daeyon harakatlanaman desa kuchi yetmasdi. Harakatlanish samarasiz ekanligini tushungan Daeyon jim qarab turdi. Nihoyat Taehyung boshini kotarib musiqa kuylay boshladi. Daeyonning sochlarini silab boshini silkitib naqorat qilardi:
"Arxideya gullari dunyo uchun yaralgan
Bamisoli bir qushdek uchish uchun yaralgan
Gulning hidi har yoqda begonalar hayratda
Mening gulim yonimda jilmayadi mavjlanib
Qarang qarang kim keldi Arxideya guliku
Boshqalardan farqlanib qorakózdek keldiku..."
Daeyon hafsala bilan Taehyungni ozidan uzoqlashtirdi. Yiģlab yubormaslik uchun lablarini tishlab oxiri jasorat bilan gapira boshladi.
~Endi bu musiqa Arxideyangiz uchun emas. Sizning Arxideyangiz nobud bòldi. Oz qollaringiz bilan nobud qildingiz.
Daeyon shunday deb yugurib ichkariga kirib ketdi. Taehyung ortidan mavjlanib turgan koz yoshlari bilan qarab qoldi.
***
Quyosh allaqachon hamma yoqni yoritgandi. Daeyon kózlarini ochib atrofga qaradi. Yeehi hali ham uxlab yotardi. Qizining yuzidan opib pastga tushdi. Jungkook ancha oldin uyģongan oshxonada kuymalanib yurardi.
~Tinchlikmi ertalabdan
~Siqilib ketdim shu ish bolmasa aniq ozimni yeb bitiraman. Yeehi uxlabdimi?
~Ha
Daeyon Jungkookga yordamlasha boshladi. Ikkisi otirib ovqatlanishdi. Daeyon oradagi sukutni buzib:
~Bella..
~U haqida hech qanday malumot yoq Dae..
Daeyon endi oģiz juftlab gapiraman deganda yuqoridan yiģi ovozi eshitildi. Daeyon hozr kelaman dediyu yuqori qavatga chiqib ketdi. Oradan bir muncha vaqt otmay Daeyon xavotir tola yuz bilan pastga tushdi.
~Nima boldi?
~Aka Yeehini istmasi bor..
~Uyga shifokor chaqiraman
~Yoq shart emas. Yeehini ozini shifokori bor. Anchadan beri muolaja qiladi bilasiz undan boshqasiga Yeehi injiqlanadi.
~Kiyinib chiq unda sizlar oboraman
~Enaga bilan boramiz
~Bu xavfli
~Aka..xavotir olmang hammasi yaxshi. Shunchaki Yeehining issiģini tekshirtirib kelaman
~Nimadir boladigan bolsa qongiroq qil hopmi?
~Yaxshi
Daeyon apil tapil kiyinib Yeehini ham kiyintirib enaga qiz bilan birgalikda shifoxonaga ketishdi. Daeyon oģir paytda bolganda bu qiz Yeehiga qaragan.
Pov_Taehyung
Taehyung yelkasi ogrigan holda uygondi. Atrofga qarasa mashina ichida uxlab qolgan ekan. Hech narsaga tushunmay soatga qaradi. Vaqt allamahal bolibdi. Qanday qilib bu yerga kelib qolganini eslay boshladi. Sekin sekin kechagi voqealarni eslay boshladi.
~Obbo..
Taehyung zirqirab ogriyotgan boshini ushladi. Qotib qolgan yelkasini siqib mashinani haydadi.
Pov_Daeyon
Daeyon Yeehini kotarib mashinadan tushdi. Enaga qiz ham ularning ortidan ergashib ichkariga kirdi. 3 qavatga kotarilib Chxve Sung deb yozilgan xonaga kirdi.
~Salom janob Chxve
~Ouv Daeyon keling.
~Yeehining mazasi bolmayabdi. Issiģi baland bundan tashqari kechadan beri tinmay yiglayabdi.
~Qani bir koraychi..Janob Lee sizlarga koz quloq bolishimni tayinladi. U kelgancha ozim sizlarga qarayman.
Daeyon indamay hali ham yiglashdan toxtamayotgan qiziga xavotir bilan qarab qoydi.
~Mana hammasi yaxshi boladi degandimku bekorga xavotir olibsiz. Tishlari chiqayotgani uchun injiqlik qilgan.
Daeyon chuqur uhh tortib stulga otirdi. Yeehini kiyintirib enaga qiz bilan xonadan chiqishdi. Zinadan pastga tushaman deganda narigi xonadan tanish ovoz eshitildi.
Daeyon ortiga qaytib qiya ochiq eshikdan Emily bilan shifokor nimalarnidir gaplashayotganini korib qoldi. Yeehini enaga qizning qoliga tutqazib:
~Jeya Yeehini olib mashinaga otir. Bir gap bolsa darrov menga xabar ber tushundingmi?
~Hop
Enaga qiz va Yeehi shifoxonadan uzoqlashgach Daeyon suhbatga quloq sola boshladi.
~Doktor men harakat qilyabman biroq u qaysarlik qilyabdi.
~Emily hech bolmaganda bir marta bolsa ham men buni uddalayman.
Daeyon hech narsaga tushunmay qoshlarini chimirdida eshikga yaqinroq bordi.
~Buni iloji yoq. Men kop bora harakat qildim. Taehyung meni oziga yaqinlashtirmayabdi. Oxirgi marta tóydan oldin birga bolgandik bunga 1 yil boldi.
~Emily yana urinib kor
~Jin ursin uni qachongacha aldab yuraman. Mana bu matohni ham qornimga ilib yurishdan charchadim. Taehyung qornimdagi bola uchun men bilan yashayabdi. Biroq u bolaning ozi yoq.Ayting nima qilay
Eshik ortida hammasini eshitib turgan Daeyon karaxt ahvolga tushib qoldi. Muvozanatni yoqotib eshikka suyanib qoldi. Uni sezib qolishganini bilib zinalardan pastga tusha boshladi. Daeyon shu darajada tez tushardiki oyoģi qayrilib yerga yiqilib tushdi. Kuchli ogriqqa qaramay ornidanturdida shifoxonadan tashqariga chiqdi. Chuqur chuqur nafas olib atrofga qaray boshladi.
"Bu nima edi? Demak bari yolģon..hech qanday farzand yoq. Yani ular bizni aldashdi. Ming lanat! Taehyung.."
Daeyon nima qilishni bilmay mashinaga otirdi. Hali ham biroz injiqlik qilayotgan Yeehini tinchlantirib uyga haydashni buyurdi.
Uyda kelganda Jungkook yoq edi. Demak ishga ketgan. Daeyon Yeehini enaga qizga berib yuqori qavatga chiqib ketdi. Xonaning u-yogidan bu yogida tinmay yurardi.
Telefonga kelgan xabarga etibor qaratdi.
Jungkookdan
"Daeyon Bella topildi. Tez yetib kel u seni sorayabdi. Bir ahvolda. Tinmay Daeyon deb alahsirayabdi. Manzil Bella yóqolgan eski bino"
Daeyon xabarni eshitib shoshib xonadan chiqdi. Enaga qizga ustidan qulflab ehtiyot bolishni tayinlab uydan chiqib mashinaga otirdi.
Pov_Taehyung
Taehyung majlisda bir nimalarni tinmay tushuntirardi. Jungkook va hamkorlar uni diqqat bilan tinglashardi. Nihoyat Taehyung sózini yakunlab mamnun jilmayib qoydi. Shu payt telefoniga xabar keldi.
Taehyung muloyimlik bilan hamkorlardan uzr sorab tashqariga chiqdi. Telefoniga kelib tushgan xabarga qaradi. Bu video:
"Emily vannadan chiqib hól sochlarini qurita boshladi. Quritib bolgandan song ustidagi pijamani yechib yangi kiyimlarini kiya boshladi. Yotoq pastidan karobkani olib ichini ochdi. Taehyung hech narsaga tushunmay telefon ekranini yaqinlashtirdi. Emily qorniga bir nimani joylashtirib karobkani yana qayta joyiga qoydi. Videroda nimalar sodir bolayotganini tushunmagan Taehyung videoni qayta qayta kordi."
Taehyung vajohat bilan uyga kirdi. Atrofga qarab bor ovozida baqirdi.
~Emilyyy..Emily
Taehyung xonalarni korib chiqdi. Hech kim yoq. Telefonni qoliga olib Emilyga qóngiroq qilq boshladi. Ish bermadi. Taehyung asabiy telefonni devorga otdi. Alamini nimadan olishni bilmasdi. Yiglay desa koz yoshlar ham chiqmaydi.
Nihoyat Emily ikki qoli band holda sumkalar bilan uyga kirib keldi.
Emily yerda chil chil bolib singan guldonga bir qóli qonagan Taehyungga hayron qarab turardi. Taehyung zabd bilan yaqinlashib Emilyning qornidagi matohni yechib tashladi.
Emily qorquv bilan endi yóq bolgan qornidan ushladi. Qolidagi sumkalar yerga yiqildi. Taehyung Emilyga qol kotarmaslik uchun asabiy ortiga qaytib baqirdi. Bu baqirish..vajohat.
~Nega? Nega bunday qilding Emily? Shu paytgacha aldab keldingmi. Yo Xudo sen qanday balo bolding-a? Qorningdagi matohmi nima edi gapirr!
~Men sizni sevaman Taehyung. Boshqa ilojim yoq edi. Bu siz bilan qolishim uchun yagona sabab. Yoqsa men bilan 1 daqiqa ham qolmagan bolardingiz..
~Ha..hozir shunday qilaman. Sen bilan 1 daqiqa ham qolishni istamayman. Lanati oilang bilan birga bu yerlardan daf bol..seni burdalab tashlamasligim uchun birgina sabab ayt?
~Men sizni sevaman..
~Bir gapni takrorlashni bas qil Emily..sevgi bunday bolmaydi. Sen aqldan ozgansan ha. Chindan ham ruhiy kasalsan. Bir balo qilib qoymasimdan kozimdan kozimdan yoqol. Lash lushlaringni ham yigishtir!
~Sizsiz menga hayot yoq..haydamang Tae
~Unda ozingni oldir!
Pov_Jungkook
Taehyungni shoshilib chiqib ketganini korgan Jungkook hech narsaga tushunmay xavotir bilan Daeyonga qóngiroq qildi.
~Kotarmayabdi jin ursin!
Nima qilishni bilmay uy raqamini terdi.
~Nimaa? Men qachon Daeyonga bunday dedim? Aqldan ozibsiz. Bir gap bolsa menga yetkazing degandim. U qayerga ketdi?
Jungkook telefonni ochirib xonasidan otilib chiqdi.
Pov_Daeyon
Mashinadan tusharkanman. Xabarni yana bir bor oqib yana ósha qórqinchli xaroba tomon yaqinlashdim. Ichkariga kirib atrofga qaradim.
~Aka..Bella
Hech qanday ovoz yoq. Bu meni jazavaga solayotgandi. Bu yerda bir gap bor. Balki bu tuzoqdir? Oylagan fikrimdan etim jimirlab ketdi. Kim? Nega bunday qilyabdi?
Telefon qóngirogi xayollarimni boldi. Bu akam. Endi javob beraman deganimda kimdir kuchli qollari bilan yuzimga qandaydir matohni bosdi. Harakat qilish befoyda. Kuchdan qolayotgandim. Qólimdagi telefon yerga tushib begona erkakning qóliga yiqildim. Hech narsani korishga ulgurmadim osha ovozdan tashqari..
Kozlarimni ocharkanman atrof yoruglik bilan qorishgandi. Ornimdan turib oyoqlarimni yerga qoydim. Hamma yoqda gullar oyoq ostida ót olanlar.. nima men jannatdamanmi?
Ustimda oppoq harir koylak atrofda qushlar kapalaklar..ne koz bilan qaray yorim shu yerda..shahzodalardek kiyinib olgan. Bilaklarimdan ushlab raqsga tusha boshladi. Xuddi sevimli gulini sólib qolishidan qorqayotgan bolakaydek avaylab aylantira boshladi.
~Tae biz qayerdamiz?
~Jannatda
~Rostanmi? Yana birgamiz..
~Meni tashlab ketadi deb oyladingmi?
~Sizdan hali ham xafaman
Yorim miyiģida jilmayib peshonamdan opib qoydi. Songra qollarimdan ushlab qayergadir olib keta boshladi. Biz uzoq yurdik..yól sira tugay demasdi. Hozir noxush voqea róy berishini sezayotgandek:
~Taehyung azizim qayerga ketyabmiz shoshmang biroz dam olaylik..
U indamadi. Bilaklarimdan qattiqroq siqib harakatni tezlashtirdi. Jonim shu darajada qattiq ogriyotgandiki. Yoq bu u emas...Tae menga ozor bermaydi. Bor kuchim bilan uni qollaridan chiqishga harakat qildim. Biroq bu imkonsiz. Atrofga qarasam na quyosh bor na kapalaklar...hamma yoqni bulut qoplagan. Tutundan hatto yól ham korinmasdi. Xuddi kimdir bógayotgandek zórga nafas olardim. Taehyung sira toxtay demadi. Bilaklarim qonga tóldi. Oxiri bor kuchim bilan uni siltalab tashladim. U harakatdan toxtadi. Nihoyat ortiga ogirildi. Lekin bu u emas..yani aslida u lekin boshqa odamdek. Kozlarining atrofi qizģish tusga kirgandi. Taehyung miyiģida jilmayib:
~Jahannamga xush kelibsan Daeyon...
Ornimdan sapchib turdim. Ter bosgan yuzimni artib bu tush ekanini payqadim. Atrof juda yoruģ. Eng qizigi hamma yoqda mening suratlarim ilingandi. Ornimdan turib atrofni kozdan kechira boshladim. Hatto eski rasmlarim ham bor. Univerda tushganim, Taehyung bilan turmushimiz...
Deraza qarshisiga yaqinlashib qayerda ekanligimni bilishga urindim. Biroq oynalar sinlar bilan oralgan. Lekin qanday qilib xona yoruģ?
Oradan 2 soat otdi. Hech kim kelmadi hatto atrofda hech qanday tovush ham yoq nafas olishimdan tashqari.
Kimdir kelishini shu xonadan chiqib ketishimni kutib uxlab qolibman. Uygonganimda hali ham tong edi. Hech narsaga tushunmadim. Bu xona shunday yorugmi yoki 1 kun uxlab uygondimmi?
Kiyimlarim ózgartirilgan endi etibor beribman. Ming lanat! Kimning ishi bu. Xonadan kameralarni qidira boshladim.
~Xa mana qayerda ekan.
Chap tomonimda yuqori qismida kichik kamera qoyilgan edi. Sinchkovlik bilan etibor berib kamera ishlayotganini tushundim.
~Hoy sen kim bolsang ham bu yerga kel qorqoq. Nega meni bu yerda ushlab turibsan? Maydalashib otirmayman. Nima kerak senga pulmi..gapirsqngchi jin urgur!
Hech qanday sado chiqmadi. Gapirish foydasiz ekanini tushunib hafsala bilan ortimga ogirildim. Endi qadam tashlayman deganimda atrofda ovoz eshitildi.
~Menga sen keraksan!
Nihoyat qayerdandir sado chiqqanini bilib xursand bolib ortimga ogirildim.
~Eshikni och
Yana jim. Asabim buzila boshladi.
~Hoy senga aytyabman karmisan? Hozir vaysab turgandingku. Ovqatlanishim kerak
Yana jim. 10 daqiqa deganda eshik ochildi. Hayriyat degandek ornimdan turdim. Xizmatchi ovqatmi patnisi bilan qoydida yana eshikni qulfladi. Hatto bir oģiz ham gapirishga ulgurmadim.
~Bular nima axmoqmi?
Kameraga oqrayib qarab patnisga ham etibor bermasdan yotoqda otirdim. Oradan qancha vaqt otganini bilmayman oshqozonimdan chiqayotgan bu sharmandali ovoz ovqatlanishim kerakligini aytayotgandi. Hali yashashim kerakligini oylab ornimdan turdimda yerga turgan patnisni olib ovqatlana boshladim.
~Barakalla nihoyat ozingga kelding. 30 daqiqadan song pastga tushasan. Kiyimlaring tayyor.
Yeb turgan ovqatimni yutishga ulgurmay kameradan kelayotgan ovozni diqqat bilan tinglay boshladim.
~Qayerdadir eshitmaganmanmi? Juda tanish...
Yana shu ayol. Bugun ikkinchi marta korishim birinchisida ovqat tola patnis bilan birga edi. Hozir esa pushti karobka bilan jiddiy holatda kirib keldi. Kiyimni yonimga qoyib chiqib ketmoqchi bolganda:
~Hoy shoshmang..men qayerdaman?
~Uyingda..
~Nimaa?
Ayol hech nima demay ortiga ogirilib xonadan chiqib ketdi. Hech narsaga tushunmay qutini qolimga oldim. Ochganimda ichidan sutdek oppoq nozik did bilan yasalgan bazm uchun tayyorlangan maxsus koylak turardi. Nima qilishni oylay boshladim. Shunda ozimga:
~Bu yerdan chiqishni istasang shu kiyimni kiyishingga toģri keladi...