September 26

𝘙𝘦𝘥 𝘊𝘰𝘥𝘦

RED CODE

Author: Gunohning eng og'ir jazosi uni qilgan emas, uni ko'targan qalblarga tushadi.

1-qism

Tungi 3:47 Busan shahridagi kichik qishloqchada joylashgan tor koʻchalardan birida uy chirogʻi miltillab atrofni yoritib turardi. Och malla rangli sochga ega qiz burchakda yoʻtalishdan toʻxtamayotgan ayolga suv berish uchun shoshildi.

-Kunim yetib qolganga oʻxshaydi. Ahvolim soniya sayin yomonlashyabdi. Jon kuydirganingdan foyda yoʻq bolam.

-Odamni tobini qochiradigan sovuq gap qilmang xola. Kasalingiz xuruj qilganining sababi qimorboz eringizligini ikkimiz ham bilamiz.

-Singling vaqtida ketib ulguribdi

Soni qoʻlidagi dorini siqimlab choʻkkalab oʻtirdida xolasiga suv berdi. Lekin oʻrtaga tashlangan doimiy javob qiz tomonidan etiborsiz qoldirildi.

-Uni chaqir...

-Baribir kelmaydi. Ishonchim komil

-Vaziyatni tuahuntir balki yumshar. Koʻzim ochiqligida koʻrib ulguray deyman...

-Yana boshladingizmi? Qoʻysangizchi. Hayronman bu yer yutgur oʻsimtayam kelib-kelib sizda paydo boʻladimi, eringizga jin ham urmaydi

Soni muhitni tozalash uchun nomiga hazil qildi, haqiqat boʻlsada. Xolasining sekin-asta koʻzi yumilayotganini kuzatib turgach sezdirmay xonadan chiqib, oshxona deb ham boʻlmaydigan chakalakzorga oyoq uchida kirib bordida telefonidagi tanish raqamga uzoq tikilib qoldi.

1 yil..Qoʻngʻiroq qilsa javob berarmikin deb oʻylab-oʻykab oxiri qildi. Oʻn soniyali sukutdan soʻng yosh qizning kinoyali ovozi narigi tomondan eshitildi.

-Chon Soni, qaysi shamollar biz tomonga qarab seni yetaklab keldi. Toʻxta taxmin qilay, pulsiz qoldingmi?

-Kunim senga qolmabdi shukur. Mavzu men haqimda emas ikkimizni yuvib taragan ayol haqida ketyabdi

-Taxminimcha hali tirik. Joni uzilganda xabar yuborarding, qoʻngʻiroq qilishga jasorat topibsan demak meni soʻragan. Javobimni bilasan

-Aytmadi deb oʻylaysanmi??? Men ham siz bilan koʻrishishga koʻzim uchib turgani yoʻq. Keladigan boʻlsang kel, ulgurmasang vijdoningga havola. Xolamning ruxi seni taqib qilmasin yana, ogohlantirmading dema

Soni oxirgi gaplarini aytib qoʻngʻiroqni tugatdida oshxona tokchasiga boshini qoʻyib chuqur xoʻrsindi...Singlisi bilan orasi sovuqlashib ketganiga oʻzi sababchi ekanligini yaxshi bilardi. Yana eski xotiralar qurshovuda qoldi...

Chxve Soni

FLASHBACK

Uyga yigʻlamsirab kirib kelgan qiz ikki kishilik yotoq ustidagi choyshablarni yerga uloqtirishni boshladi. Shovqinni eshitgan Soni shoshilib kirdi.

-Erta kelibsanmi? Nega zanjiri uzilgan quturgan hayvondek harakat qilyabsan Daeyon!

-Ming lanat hammasiga!!!! Nega bunday boʻldi...3 haftamni ketqazgandim

-Konkursda yutqazibsanda..Oxirgi umid ham bizdan yuz oʻgiribdi demak...

-Qanaqa umid??? Uyimizdagi betayin cholning sharofati bilan boʻldi. Tiktirgan koʻylagimni boyning qiziga arzimagan pul evaziga sotib yuboribdi eshityabsanmi??? 3 haftam ketgandi...! Uni topsam burdalab tashlayman

-Shoshma..Young-Chulni nazarda tutyabsanmi?? Bunchalikga bormasa kerak

-Yonini olyabsanmi? Yoki qanday odamligini unutdingmi? Imkonimiz bor edi..Bu eskizni 3 hafta davomida chizdim..Hattoki oʻsha betayin sinfdoshimga ham yalinib tiktirgandim.

-Boʻlar ish boʻldi..

Daeyon ortiga burilib bamaylixotir gapirayotgan opasiga ishonqiramay qaradida unga asabiy yaqinlashdi.

-Nega xotirjamsan??? Yoki qoʻling bormi, koʻra olmadingmi meni. Yolgʻiz shu botqoqdan chiqaman demagandim!

-Aqldan ozdingmi oʻsha qiz meni sharofatim bilan bu koʻylakni tikib berganini unutma Daeyon!

Qiz asabiy kulib bosh chayqadida shkafdan sanoqli ham chiqmaydigan kiyimlarini yigʻishni boshladi. Shu ish bilan oʻzini bostirmasa opasiga chapchib berishini yaxshi bilardi.

-Hali balogʻatga yetmagansan, qayerga ketmoqchisan

-Jahannamning tubiga! Shu gʻurbat bosgan uydan ketsam boʻldi. Gapinga keladigan boʻlsak...toʻgʻri bir chaqaga arzimaydigan biliming evaziga oʻsha qiz rozi boʻlganini bilaman. Men qilmadim deyabsan, unda birga ketaylik buni isbotla!

Tashqaridan xolasining zaif shaqirigʻini eshitgan Soni eshik tomon bir qaradida keyin asabiy singlisi tomon yuzlandi.

-Pasporting bormi?? Hattoki menda yoʻq, kimga kerakmiz! Qanday yashaymiz. Rejang boʻlsa ayt yoki nima...faxshga boshlamoqchimisan ikkimizni ham..?

Daeyon chiqib ketishdan oldin bu gapdan joyida toshdek qotib, unga savol nazari bilan qarab turgan opasiga ensa qotirgancha faqat ikkisi eshitadigan ohangda gapirdi.

-Topgan dugonang bilan taqqoslayabsanmi? Sal qoldiku oʻzing faxshga kirib ketishinga. Bu vijdoning va doʻstparastliging bir kun umringni yeydi...yoki uydagi gʻurbat bosgan bu erkak sabab badnom boʻlasan

Daeyon odirgi gaplarini aytib uni toʻxtatishga harakat qilayotgan xolasini turtqilab chiqib ketdi...

COMEBACK

Tokchadan boshini koʻtargan qiz qanday qilib qora mehnat orqali amallab pasport olganini esladi. Olingan kuni nihoyat uning ismi ham tirik insonlar roʻyxatiga kiritilgandi...

Daeyon chizgan kiyim eskizi

Kechqurun it ham sangʻimiydigan bu koʻchalarda istar-istamas qadam bosib kelayotgan Daeyon ichidagi asabiy hayajonni bostirishfa harakat qilardi. Bir yildan beri yuz koʻrmaa boʻlib kelgan opasi Soni yoki ota-onasi tomonidan yodgora qilib topshirilgan pochchasi ham emas, uyga kirganda unga yana oʻsha mungli koʻzlar bilan qarshi oluvchi xolasidan basabrlanardi.

Chuqur uh tortib tavakkal bilan ichkariga kirdi. Lekin uy bexosiyat qabristondek tinch edi. Uyda hech kim yoʻqdir deb ortiga burilishi bilan xirrilab chiqqan ovozdan toʻxtadi.

-Soni...keldingmi?

Xolasining ovozi...Demak hali tirik...Bu ayol oxirgi bir yildan beri zoʻrgʻa nafas olyabdi. Oʻlimi yaqinligini nafaqat ayol balki Daeyon ham bilardi. Vijdonsiz eri xotinidan ayagan pullarini doim qimorga tikgan. Shungayam barakasi yoʻqdir. Hech yutganini eshitmadik. Qimorda qachondir baraka boʻlganini koʻrganmisiz oʻzi?

Daeyonning yengil etigi ham chirigʻan taxtalarda baland ovoz chiqarardi. Ayol tanidi shekilli biroz qoʻzgʻalib erta quvondi.

-Dae...nihoyat kelding. Uzoq kutdim. Vaqtida kelding..

-Ekstrosenslik qobiliyatim bor shekilli. Umringiz poyoniga yetayotganini sezyabman.

-Adashmading. Soniga ahvolimni koʻrib achinishing uchun chaqirmadim toʻgʻrisi...Uni bu yerlardan olib ket. Koʻnglim noxush narsani sezyabdi

-Koʻnglingiz endi ishga tushdimi. Bu botqoqdan ertaroq olib chiqish imkoningiz bor edi. Keyin...u ketmoqchi emas. Qayta yalinmayman. Kunini koʻrsin

-Pochchangdan himoya qila olmagan kunlarim alamini olayotganingni bilaman. Lekin hozr jiddiy gapiryabman bolam. U nimanidir boshlagan...

Daeyonning yuzi burishib ketdi. "U" kim deysizmi? Albatta xirsga toʻla pochchasida. Yana kim.

-Nima, yana nima qildi?

-Qimorda yutqazdi shekilli...Buyum emas...

Daeyon shartta xolasi tomonga qaradi. Buyum emas? Unda inson...Shunda bu Sonimi???

-Voy qari takaye. Oʻzgarmabdida. Ogohlantirib yaxshi qildingiz.

Daeyon ikkilanmay ortiga burilib ketishga oshiqdi.

-Kelganing uchun raxmat..

-Siz uchun emasligi aniq..Lekin oʻzingizni ayblamang. Tirik qolishimiz uchun sababchisiz. Shunday eringiz borligini bilib oʻz joniga qasd qilgan ota-onamiz uyalsin aslida...

Oxirgi gapimni aytib ortimga burildim...va bundan afsuslandim. Allaqachon narigi dunyoga ravona boʻlgan xolamning ahvolini koʻrib koʻzim yoshga toʻldi. Borib quchoqlab yigʻlashni istadim...ammo gʻururim yoʻl qoʻymadi...

Chxve Daeyon

Pov_Daeyon

Mahallaning narigi burchagida turgan qora uslubdagi Cadillac mashinasini koʻrib, darrov sezdim. Bundan mashinalar boy koʻpincha qoʻriqchi yoki mafia odamlarida boʻladi.

Oyoq uchida yurib daraxt ortiga bekindim. Uzoqdan eshitilayotgan boʻgʻiq ovozlar orasida jirkanchli pochchamning ovozini tanib, tahminim toʻgʻri chiqqanidan ichimda lanatladim.

-Vaqtimiz tigʻiz. Xoʻjayinimiz bugun kechqurun qizni koʻrishni istayabdi. Pulni oldindan olgansan. Aldasang murdangni shu koʻchadan topishadi.

Ikkinchi qoʻriqchi tasdiqlab bosh irgʻadi.

-Doʻkonga chiqqan. Egnida nima borligi esimda yoʻq. Sariq sochlaridan tanib olasiz. Axir rasminj koʻrgansizku. Olib ketaverasizlarda!

Oxirgi gaplarni aniq eshitib qoʻriqchilar bosh irgʻab mashina ichiga kirib ketganini koʻrishim bilan orqamga qaramay yugurdim. Bir qoʻlimda telefon Sonini raqamini teryabman. Ishqilib ulgurayda, yetmaganiga bunisi koʻtarmaydi ham...

Qoʻlida oq paket bilan salqin havoda qaltirab kelayotgan tanish qomatni koʻrishim bilan yugurib uni sudradimda uyga itarib yubordim.

-Hoy nima qilyabsan?? Qachon kelding...qayerga!!

Pachakilashib ortiqcha vaqt ketqaza olmasdim. Noiloj uyni tashqaridan qulfladim. Baxtimga uyni kalitini oʻzgartirishmabdi. Menda eskisi bor edi.

-Nega baqirasan Soni. Dumingni tugib oʻtir, uyda hechkim yoʻq deb oʻylashsin. Qolganini keyin tushuntiraman!

Majburan qilganim uchun qoʻngʻiroqni tugatib oʻljasini kutayotgan yirtqichdek atrofga alangladim. Oʻzida yoʻq xursand pochcham qoʻliga sigʻmas pullarni choʻntagiga solish bilan ovvora edi.

Yerda biror tosh borligiga umid qilib oyoq ostimga qaradim. Endi uyga kirmoqchi boʻlishi bilan boshiga zarba berdim

-Jagʻingni yum lanati. Rejang oʻxshamadi xafa boʻlmaysan endi.

Bir qoʻlim bilan ogʻzini yopib ikkinchisi bilan choʻbtagidagi telefonini olib oxirgi raqamga xabar joʻnatdim. Soatidan aynan oʻsha qoʻriqchilardan biri ekanligini bilish qiyin emasdi.

"Qizni tushlaringda koʻrasan, tagi past koʻppaklar!"

-Bunday qilma..Topishadi..

-Menimi? Shubham bor. Tirik qolmasligingga esa ishonchim komil!

Qappaygan choʻntagidan pullarni yulqilab oldim. Yoqasidan sudrab uyga olib kirarkanman Sonining qizargan koʻzlariga ham etibor bermay pochchamni yerga yiqitdim. Pullarni yarmini atrofga sochib qolganini shkaf ichiga solib qoʻydim. Qoʻlim qichib olmoqchi edim, muammo chiqmasin dedim.

-Ovutishga vaqtim yoʻq. Ketishimiz kerak. Yur!

Opamni sudrar ekanman Soni kuch bilan oʻzidan itardi.

-Seni shuning uchun chaqiruvmidim. Koʻchalarda daydidek yurib jinoyatchiga aylanibsan! Xolam oʻldi axir

-Tiling uzilib tushkur. Bir gal yon bosgin. Eshit, mana bu qimorboz yutqazib seni tikibdi. Mafiozlar kelib olib ketmoqchi. Qimirlasangchi, qolganini yoʻlda tushuntiraman. Xolamni oʻlganidam esa afsusdaman

Mashina rusumi

Sonini gaplaridan unga aqldan ozgan odamdek qaradim.

-Ishonmayman deganing nimasi choʻntagidagi pullarni koʻrdingku, umringda koʻruvmiding?

-Bu isbot boʻla olmaydi.

-Boshqa paytdayam.shu aqling ishlasaydi. Oʻz singlisidan isbot talab qiladi bilagʻon. Yur tomga chiqamiz.

Qargʻab-qargʻab narvondan yuqoriga chiqdim. Haligi koʻrgan mashinam uyimiz tomon kelib toʻxtadi. "Koʻryabsanmi?" degandek yelkasiga turtib qoʻydim. Pastki derazamiz ochiqligi omadimiz ekan. Gaplarni aniq eshitdik.

-Ogohlantirgandik. Pul joyidaligi seni qutqarib qolmaydi. Chuqur ingroq ovozdan keyin jahannam laychasi boʻlmish pochchamiz yerni iflos qoni bilan bulgʻadi.

-Janob Ian (i-yan) ga nima deymiz endi?? Qizsiz borsak bizni ham qoʻshib gumdon qiladi.

-Balki...biror qizni ilakishtirib olib borarmiz?

-Aqldan ozdingmi?? Mana bu axmoq qizining rasmini shaxsan koʻraatgan unga. Tanib qoladi. Yaxshisi..rostini aytamiz. Qizni topish qiyin boʻlmaydi...

Saldan keyin ovozlar tindi. Atrofda esa oʻlik sukunat choʻkdi. Ensamni qotirgancha Soniga qaradim.

-Xoʻsh endi ishondingmi?

Soni boshini bir urganchs tomga suyanib qoldi. Bilishimcha yana oʻyga choʻmgan bechora. Hayron qolishi aniq, lekin men boshidan hayotimiz endi yanada murakkablashishini bilardim.

-Boshimda shuyam bor ekan

-Nolima. Muhumi tirikmiz.

-Ular meni topishsachi...Aytgan odamlari ismini nima dedi...?

-Qandaydir Ian janoblari...

Dedim tishlarim orasidan vishshilab. Yoqmagani aniq edi.

-Katta odamga oʻxshaydi, topib oladi.

-Oʻylashimcha yoʻq...men bir joyni bilaman. Ketishimiz kerak. Borganimizda tushunib olasan. Xolam...uyga kirolmaymiz Soni. Anu barzangilar istalgan paytda sen uchun qaytib kelishadi. Lekin jasadini shunday qoldirib ham keta olmaymiz. Qoʻshnini chaqirishga toʻgʻri keladi.

Dalda bergandek yelkasiga qoʻlimni qoʻydim. Kimsasizdek oʻlish...imkonimiz yoʻq edi. Xoʻrsingancha narvondan tusha boshladim. Soni ham tushgach 2 eshik naridagi uy eshigini qayta-qayta chertdimda yugurdim. Uyimiz eshigini ochib qoʻygandik. Yerdagi qon izidan falokat boʻlganini payqash qiyin emas.

Boʻlib oʻtgan voqealardan Soni hali ham oʻzida emasdi. Men ham mustasno emasman. Soatga qaradim. Borayotgan joyimiz ochilishiga hali erta edi...Yaqinroq joydagi daraxt orqasida qolib ketgan skameykalardan biriga joylashdim.

-Oʻtir. Gaplashib olamizmi?

Oxirgi 1 yil ichida bu gapni faqat Soni aytdi. Nihoyat vaqti kelganini payqagach sal oʻziga keldiyov yonimga oʻtirdi...