𝖤𝖵𝖤𝖱𝖲𝖴𝖭
Taehyung xotinining bilagidan siqimlab chodir chetiga tortdi. Hali ham uning bu yerga kelganidan hayratda bir zum qarab turdi.
-Bu yerda nima qilib yuribsan tushuntir!
-Odamlarga yordam berish uchun keldim. Bekorga oʻqiyabmanmi
-Sen jinnimisan?? Bu yer Italiya, urush boʻlyabdi. Hozir bemorlarni olib kelish uchun ayrimlaringizni sharqiy tomonga yuborishadi. Orqaga qaytish qanchalik qiyinligini bu aqling qabul qilyabdimi seni??
-Bilaman Taehyung bilaman. Oʻzingiz nima qilib yuribsiz qiziq!
Tae asabiy xoʻrsindida unga qovogʻini uyib javob kutayotgan Daeyonga qaradi.
-Bu yerda yurtdoshlarimiz ham bor. Ularni uyiga qaytarishim kerak. Bu uchun esa har birini topishni oʻzi boʻladi deysanmi. Anzioni agʻdar toʻntar qilishyabdi. Bu Koreyadek tinch yurt emas Daeyon, tirik qolish uchun kurashish kerak.
Birdan mashina yetib kelib ichidan yana yarador bemorlar jodirga olib kirildi. Oʻrta yoshli ayol Daeyon tushunmaydigan tilda gapirganida eriga qaradi.
-Anzioga hamshiralardan ayrimlari yordamga borishi kerak ekan. Sen umid ham qilma! Oʻrningga oʻzim boraman. Shu yerda qolib yaradorlarga qara istasang, faqat joyingdan jilma!
Daeyon ogʻiz juftlab gapirishga ulgurmasidan, Taehyung mashina tomon yurib ketdi...
Anziodan amallab tirik qolganlarni olib kelishgach, koreyslarni qidirib sanab chiqdi. Kichik chodirga kirib telefonini qoliga oldida, (Favqulodda sayohat hujjatlari) elchixonasiga onlayn xabar yuboradi.
"Bizda hozircha hamshiralarimizdan tashqari 31 nafar koreys fuqarolari bor. Lekin ularda hujjat yoʻq, bizga muddati oʻtgan vaqtinchali hujjat kerak. Faqat tezlashtiring bir hafta ichida chiqib ketishimiz darkor. Tiriklar kam"
Noutbukini yopib oʻychan holda otirgan Taehyung ichkariga parishon holatda kirib kelgan Daeyonga nazar tashladi. Qoʻlidagi qaynatilgan suvni eriga uzatdi.
-Ortiqcha umidlanmang, nima boʻlganda ham insonmiz, bir-birimizga yordam qoʻlini choʻzishimiz kerak. Ertaga nima yuz berishini bilmaymiz..
-Sovuq niyat qilma, Xudo xoxlasa sogʻ-salomat chiqib ketamiz. Elchixonaga xat yubordim. Hujjatlarni olishimiz bilan bu yerlardan chiqib ketamiz.
Taehyung idishdagi qaynatilgan suvni chetga qoʻyib, sekin Daeyonning qoʻlidan ushladi.
-Vada beraman, Koreyaga sogʻ-salomat yetib borishingiz uchun qoʻlimdan kelganini qilaman. Lekin kelganing bekor boʻlibdi. Xavotirdan yuragim ushlab qolyabdi.
-Bunday jiddiy xabarni aytishim uchun yaqin emasmiz endi. Xuddi tanish begonalardekmiz. Aytganim bilanam kelishga ruxsat bermasdingiz..
Daeyon gapini tugatmasidan Taening barmogʻidagi ikkisining toʻyidagi uzukga koʻzi tushdi...
Tun tushganiga qaramay bolalar va yarador odamlarning ogʻriqdan chinqirib chiqgan ovozi, uyquni qochirib yuboradi. Mana Taehyung ham shu ovozlarni eshitib oʻz chodirida haligacha noutbukiga tikilib turardi. Elchixonadan sado ham yoʻq.
Bu orada yoshi kattaroq hamshira ayollar ogʻriqdan uxlay olmayotgan bemorlarni tinchlantirish uchun uyquni ham unutib tinim bilishmasdi. Birdan ayol kishining faryodi hammani choʻchitib yubordi. Taehyung shoshib tashqariga chiqsa, joni uzilgan bolasini bagʻriga bosib, farzandining oʻlimiga sababchi boʻlganlarni lanatlardi. Narigi tomonda qoʻli shu bolaning qoni bilan belangan Daeyon chiday olmay u yerni tark etdi. Tae yelkasidan ushlab oʻziga qaratdi.
-Qutqara olmadim, Taehyung bolachani qutqara olmadim hali juda kichkina ediku...
Ikkilanmay xotinini bagʻriga bosib qulogiga tinchlantiruvchi sochlarni pichirladi.
-Bilaman, tinchlan. Bu sening aybing emas. Qoʻlingdan kelganini qilding..Hali necha-necha oʻlimlarga guvoh boʻlasan, oʻzingni qoʻlga ol...
Uch kun deganda elchixonadan ijobiy xabar yetib keldi. Koʻzida quvonch bilan chodirdan chiqgan Taehyung, yelib yugurib yurgan Daeyonni yoniga chaqirdi.
-Tez kunda ona yurtimizga qaytamiz deb oʻylayman
-Faqat chegara ochiq yopiqligini tekshirishim kerak. Agar ochiq boʻlsa marra bizniki.
Taehyung shunday deya tezda yangiliklarni kuzatib, chegara ochiqligi haqida xabar oldi. Vaqtni behuda sarflamay yurtdoshlarini mashinaga yigib chegara tomon ketishlarini aytdi. Agar yana kutishsa, chegara yopilib qolishi mumkin.
Mashinani sekinlashtirib atrofni zimdan kuzatayotgan Taehyung, birdan zarb bilan eshik ochilishidan shoshib qoldi. Qora kiyim kiygan ayol chegara tomon piyoda yugurib borardi. Taehyung koʻzlarini siqib zimdan tekshirsa, dushman tomon askarlari kelayotgandi.
-Ortingizga qayting bu PISTIRMA!!! Ishonmang!!!
Taehyung bor ovozida baqirsa ham ayol ishonmay umidlanib yugurishda davom etdi. Biroq ayolning naqd peshonasiga uzilgan oʻq ovozi hammani muzlatib qoʻydi. Daeyonning quchogʻida qoʻrqib turgan 14 yoshli qizcha, qarshisida vaxshiylarcha oʻldirilgan onasining jasadini yerga yiqilishini tomosha qilib, bor ovozida yigʻlab yubordi.
Taehyung oʻylab otirmay mashinani orqaga burib, bor tezlikda haydab ketdi...
Yana eski joyga qaytishgach, ayollar va hamshira qizlar karaxt ahvolda chodirlariga kirib ketishdi. Daeyon qizchani tinchlantirgach, uxlab qolishi bahona Taening yoniga bostirib kirdi.
-Hammasi oʻxshaydi degandingizku. Bir ishni ham eplolmadingiz. Godakni onasiz qoldirganingiz qoldi xolos! Nega bunaqasiza nega?? Nega hammaga ozor beraverasiz!!
Daeyon ovozi boricha yigʻlab Taehyungning koʻksiga tinmay musht tushirardi. Bagʻriga bosib tinchlantirsa ham koʻz yoshlari tinmay yuzini yuvardi.
-Bunday boʻlishi bilmagandim, kechir. Ayol toʻqqisdan ish qildi. Hech birimiz bilmay qoldik. Koʻrganimda chegara ochiq edi...
-Bilmaslikda davom eting, ertaga hammamiz qirilib ketamiz bu ketishda!
Daeyon oxirgi gaplarini zarda bilan aytib muammodan boshi yorilayotgan Taeni chodirda yolgʻiz qoldirib chiqib ketdi. U haq edi. Birgina xatosi tufayli ayol oʻlim bilan yuzlashdi. Ayniqsa farzandining koʻz oʻngida...Qizchani yodga olib xolidan xabar olish uchun chodirdan chiqdi.
Ertangi kunda boshiga nimalar tushishini tasavvur ham qilmaydigan yosh bolalar chodirlar atrofida yugurib oʻynashardi. Faqat birgina qizcha tosh ustiga oʻtirib moviy osmonni tomosha qilardi.
-Oʻzingiz nima deb oylaysiz. Hozirgina onamdan ayrildim.
-Kechir..juda afsusdaman. Bunday bolishini xayolimga ham keltirmagandim..
-Siz aybdor emassiz. U oʻzi doim erta qaror chiqargan. Qanday qilib mashinadan shoshib chiqib ketganini barchamiz koʻrdik..
Qarshisidagi yosh qizchaning kattalardek fikrlashiga hayron qolgan Tae bir zum jim turdi.
-Isming nima? Nega bunchalik beparvo gapiryabsan..
-Leyla. Oilaviy munosabatlarimiz hechqachon yaxshi boʻlmagan. Ayniqsa ota mehrini koʻrmaganman, balki shungadir. Ha aytgancha meni bagʻriga bosib ovutgan qiz sizning sevgilimgizmi?
-Chiroyli ekan..Nima deb oʻylaysiz bu yerlardan chiqib keta olamizmi. Nahotki bizni qutqaradigan hechkim boʻlmasa. Boshqa davlatlar Italiyanni bilishmaydimi deyman.
Qizchaning oʻzi bilmagan holda bergan fikridan Taehyung unga yalt etib qaradi. Chindanam, nega boshqa davlatlar bilmaydi..?
Undan kam hayot tajribasiga ega boʻlsa ham, qizcha yaxshi taklif bergandi. Taehyung tuni bilan mijja qoqmay tong otishini kutdi. Agar Anziodagi ayanchli holatni koʻrishsa, balki boshqa davlatlar yordam qoʻlini choʻzar..?
Quyosh nuri attofni yoritishni boshlashi bilan, birin ketin uygʻonishdi. Taehyung noutbukidagi jonli efirni ishga tushurib, telefonni bolalarga uzatdi.
-Brchaga salom Koreya xalqi. Biz hozir Italiyadagi Anziodamiz urush ketyabdi, ota-onalarimiz ishlash uchun kelib halok boʻlishdi. Iltimos bizga yordam qoʻlini choʻzinglar. Bu yerda odamlar koʻp!!"
Axror jonli efirni butun dunyo koʻradi degan umidda joyladi. Oradan bir necha soat oʻtsada, videodagi koʻrishlar soni oshmadi. Taehyungning oxirgi umidi elchixona edi. Umid qilib yana onlayn xabar yubordi. Uyqusizlik va vaqtida ovqatlanmagani sabab ancha ozib qolgandi. Yuragi siqilib tashqariga chiqib katta tosh ustiga oʻtirdi.
Narigi tomondan erining tang ahvolini kuzatib turgan Daeyon, yoniga borib dalda berishdan oʻzini zoʻrgʻa tutib turardi. Soʻngi bor kichik umid bilan chodirga kirgan Tae yana noutbukini qoʻliga oldi. Kutilmaganda koʻrishlar soni oshib izohlarda butun xalq oyoqga turgandi.
Koʻzlariga ishonmayotgan yigit qayta-qayta qaradi. Qisqa vaqt ichida video Koreya, Fransiya va Yaponiya tillarida tarjima qilinib butun internetni portlatib yubordi. Oʻylab oʻtirmay video tagida oʻzining telefon raqamini belgilab qoydi.
Bir soat oʻtmay Taening telefoni qoʻngʻiroqdan tinmay qoldi.
-Bu Yaponiya xavfsizlik elchixonasi. Sizlarda chegaradan oʻtish uchun hujjat bormi? Hozirda u yerda qancha odam bor?
-Son-sanoqsiz. Bu yerda aloqa juda past. Hujjatlarimiz yoʻq, iloji boʻlsa yurtimiz bilan aloqaga chiqing. Taahqi ishlar vazirligi vaqtinchalik pasport beradi.
-Yaxshi, fuqarolarni chet eldan qabul qilish haqidagi vizalarni ham tayyorlaymiz. Faqat aniq odam sonini yozib yuborishingiz kerak. Biz tez orada chegara yoniga yetib boramiz.
Daeyon chodirga kirganida, telefonda tushunarsiz soʻzlarda gaplashayotgan eriga qaradi. Qoʻngʻiroq tugagach, tilga kirdi.
-Nima boʻlyabdi? Kim bilan gaplashdingiz.
-Yaponiya yurtimizga qaytishga yordam berishini aytdi. Odamlarni bir joyga toʻplashimiz kerak. Tez orada ketamiz tayyorlan.
-Iltimos Daeyon, shu safar ishon. Eson omon Yaponiyaga oʻtib olsak, buyogʻi Koreyagacha yetib borish hech gap emas.
Koreya ham oyoqga turib, malum sonli hujjatlarni yubordi. Yaponiya elchixonasidan ham kerakli odamlar chegaraga yaqinlashib narigi tomondan Taelarning kelishlarini kutishardi. Mashinaga oʻtirgan odamlarni barmogʻi bilan sanab chiqgan yigit, hechkim qolib ketmadimikin deya atrofni koʻzdan kechirdi.
-Daeyon, chodirlarni tekshirdingmi? Biror kim qolmadimi?
-Ha tekshirdim. Hamshiralar, bolalar va ayollar. Qachon ketamiz? Koʻnglim gʻash oxiri tinchlik boʻlsinda..
Daeyonning ikki yuzidan ushlab oʻziga qaratdida ichidagi bor gaplarni bugun aytishi kerakligini tushundi.
-Daeyon, qara seni sevishimni aytmoqchiman. Bilaman koʻp ishlarni qildim, dilingni ogʻritdim. Lekin menga ikki ogʻiz gaping kerak. Qalbim tinchlanishi uchun ayt..
-Nega tarki dunyo qilayotgan odamdek gapiryabsiz. Asabimni buzmang Tae. Ikkimiz ham Koreyaga sogʻ-salomat yetib boramiz.
-Gapimni eshit, mendan rozi ekanligingni ayt..iltimos..