𝖤𝖵𝖤𝖱𝖲𝖴𝖭
Tong otishi bilan oilaviy nonushta boshlanganida Daeyon qarshisida tirjayib turgan Leyladan koʻzini uzmasdi. Boʻynidagi qizargan izlarni yashirish uchun yengli narsa kiyib ham olgan. Lekin Daeyon bilishidan xabar ham yoʻq edi.
-Dae opaa katta raxmat. Kuyib-pishib shirinligu mana bu men istagan qimmatbaho marjonni sovgʻa qilganingiz uchun. Biram xursandmanee
-Ha bu issiqda boʻyinni yopadigan kiyim kiyib nima bor Leyla. Tugʻilgan kuningda yasan-tusan qilasan deb oʻylagandim!
Leylaning dovdirab qolishidan battar shubhalanib qoldi. Birdan oʻrtaga Heosun oʻrtaga aralashdi.
-Daeyon tongdan nima boʻlyabdi senga. Chap yoning bilan turdingmi?? Qoʻysangchi bugun tugʻilgan kuni boʻlsa. Istaganini kiysin.
Leyla achchiq qilib nonushtani ham qilmasdan sumkasini qoʻliga olib oshxonadan chiqib ketdi. Heosun xoʻrsingancha, qoʻlini peshonasiga bosdi.
-Endi koʻngling joyiga tushdimi? Hech boʻlmasa shu bugun tinch qoʻy!
-Oxirgi paytlar oʻzgarib qolgan sezmayabsizmi?? Yurishlari bejo. Maktabida biror bir yigit bilan oʻralashib yurmayotganmikin. Qachon koʻrgandingiz mendan shunday yuz burganini!
-U oʻtish davrida Daeyon! Hali endi 18 yoshga kirdi nega tushunmaysan. Sen ham oxirgi paytlar ja ezmalanib ketyabsanda! Maktabga olib borish bahona kayfiyatini koʻtarishim kerak endi!
Daeyon asabiy yemagan ovqatini nari surib eshik tomon yurayotgan Heosunni jimgina kuzatdi...
-Daeyon namuncha xavotirlanasan. Bekorga xafa qilganing qolibdi.
-Men senga nima deb turibman boyadan beri. Boʻynida qizarish izi bor. Bu oddiy qizarish emas..xullas tushundingku. Yigiti bormikin yoki...
-Mayli qoʻy indama. Oʻziga kelib qolsa bafurcha gaplasharsan. Bugun tugʻilgan kuni
-Heosunni qilganini qararada. Yonini olib oʻtiribdi. Leyla ichidagi dardini menga aytmasayam unga aytadi. Doim pichir-pichir qilib yuradi bu qitmirchalar...
-Mehri tushganda endi nima deysan..
Daeyon Leylaga qilgan yomon munosabatidan chindan ham afsuslanib qoldi. Balki oshirib yuborgandir, bugun endigina 18 yoshga kirgan boʻlsa. Bekor qildim deya kechki bayramga tayyorlanishni boshladi. Leyla sinfdoshlarini uyga mehmonga chaqirishi haqida oldindan ogohlantirgandi. Shu sababdan shifoxona ishlarini yaqin dugonasi Yeoringa topshirib, oʻzi shaxsan shu ish bilan shugʻullanishga qaror qildi.
Qiz shifoxona ochganidan beri ishlar ancha oldinga ketib qolgandi. Uy ishlariga vaqti boʻlmay qolgani uchun oʻrta yoshli ayolni xizmatchi qilib tayinlagandi. Mana bugun ikkisi uy ishlari bilan band boʻlishayotganida, ayol hayron boʻlib shoshilib Leylaning xonasidan chiqdi.
-Daeyon qizim, bunga bir qara..
Daeyon stol bezatishdan uzoqlashib xizmatchi opaning yoniga borsa, bir tola soch va qon dogʻlari bilan qoplangan choyshabni ushlab turganini koʻrdi.
-Leyla bunchalik etiborsiz yurmasdiku . Bolaga qarayabsanmi oʻzi qizim.
-Balki hayz koʻrgandir opa. Mayli yangisi bilan almashtirib qoʻying. Hozir kichik muammolarga vaqt ajratolmaymiz. Hademay kech tushadi. Leylaning doʻstlari kelib qolishi mumkin.
-Unda bu soch tolasi nima? Xuddi kimdir yulib olgandekku. Menga qara, bilasan ikki yildan beri shu yerda xizmat qilaman. Sizlarni bilib olmasligim mumkinmi? Leyla hechqachon xonasiga kiritmagan meni. Doim oʻzim tozalayman siz urinmang deb.
-Nimadir boʻlyabdi demoqchimisiz??
Sinfdoshlaridan uyga oldinroq kelgan Leyla, tugʻilgan kuni uchun yangi sotib olgan koʻylagini kiyish maqsadida shoshib xonasiga kirdi. Eshik ortida qoʻlida koʻylak bilan uni kuzatib turgan Daeyon oldinga chiqdi.
-Mana buni qidirmayabsanmi mabodo?
Choʻchib tushgan Leyla qoʻrqib ortiga oʻgirildi.
-Bu yerda nima qilyabsiz Daeyon opa?? Bilasizku xonamga ruxsatimsiz kirganlarni yomon koʻraman. Chiqib turing, kiyinishim kerak!
Baribir qaysarlik qilib Leyla norozi holatda koʻylagini olib hammomga kirib ketdi. Tashqariga chiqgach, oynadan oʻziga termulib keng jilmaydi.
-Agar sochimni turmaklab qoʻysangiz, yarashib olarmidik. Yoki xafa qilganingizni darrov unutdingizmi??
Daeyon bosh chayqab kuldida qoʻlini sochlariga tekkizishi bilan birgalikda qoʻshilib keldi.
-Leyla sochlaring rosa toʻkilyabdiku..Nimadandir tushkunlikga tushyabsanmi?
-Bitiruvchimanku opa! Imtixonlarim yaqin tayyorlanaverib asab qoladimi odamda. Bosim bilan oʻqiyabman
-Menga qara, nega oqini kiyib olding. Oʻzingni noqulay his qilmaysanmi?
-Nega noqulay his qilar ekanman. Hali hayz kunlarim kelmagan.
Gap bilan qizni qarmogʻiga ilintirib qoʻyganini bilgan Daeyon, Leylani yelkasidan ushlab oʻziga qaratdi. Xizmatchi opa bergan choyshabni unga koʻrsatdi. Qiz gapira olmay yuzi oqarib ketdi...
Kech tushishi bilan Leylaning sinfdoshlari birin-ketin uyga tashrif buyurishni boshlashdi. Qoʻllarida turli xil sovgʻalar bilan tabriklashardi. Daeyon boʻlsa qani shulardan qaysi biri uning qoʻshtirnoq ichidagi yigiti ekanligini bilish uchun sinchkovlik bilan tekshirdi.
-Tugʻillgan kunimga hurmat qilib kelganlaringiz uchun katta raxmat. Marhamat opam Daeyon oʻz qoʻllari bilan tayyorlagan noz nematlardan tatib koʻring. Yoʻq demay rozi boʻlgani uchun avvalambor opamga, buni uyushtirga pochchamga esa alohida raxmat!
Bu gapdan Daeyon yalt etib eshikga suyangancha jilmayib turgan Heosunga qaradi. Yoshlar bilan yuzaki salomlashib erining yoniga borib:
-Demak buni men uyushtirdim deng!
-Ha nima boʻlibdi. Leylaning xursandligini qara. Oʻtgan yili onasini eslab yolgʻiz oʻzi nishonlagandi. Hech boʻlmasa bir marta quvonch bilan kutib olsin. Bitiruvchi boʻlsa, yangi hayoti boshlanadi...
-Hmm..toʻgʻri aytasiz. Bir tomondan yaxshi ish qilibsiz. Sinfdoshlarining orasida yigiti boʻlishi mumkin. Etibor beraychi...
-Hechnima ichimliklarni oshxonadan olib keling deyman. Hademay tort kesamiz.
Leyla va sinfdoshlari musiqa ostida zavqlanib raqsga tushishayotgan bir paytda baland boʻyli kelishkan yigit u tomon yaqinlashib bilagidan ushladi. Daeyon sergak tortib yaxshiroq qarasa, yigit Leylaning boʻyniga bejirim taqinchoqni taqib qoʻydi.
-Demak sen ekansanda oʻsha zumrasha...
Tort kesib ovqatlanib boʻlishgach yana oʻyin kulgu boshlandi. Haligi bola bolsa Leyladan koʻz uzmay shsharbat ichib davrada yolgʻiz oʻtirganida Daeyon u tomon yaqinlashadi.
-Hoy kechirasan..bir daqiqaga mumkinmi?
-Tinchlikmi opa qandaydir yordam kerakmi?
-Ha shu idishlarni oshxonaga tashishga yordam bera olasanmi? Leylani bezovta qilgim kelmadi. Agar istamasang..
Daeyon idishlar bahona yigitni oshxonaga olib kirayotgan bir paytda, chetdan barini kuzatib turgan Heosun paytdan foydalanib sezdirmay Leylani doʻstlarini yonidan tortqilab oʻz xonasiga sudrab olib keta boshladi...
Daeyon yigitcha norozilik bildirmay idishlarni yuvishga yordamlashayotganini koʻrib, yaxshi ekan degan fikr xayolidan oʻtdida sekin gap boshladi.
-Minxo, Leylani yoqtirasanmi deyman. Davrada koʻzlaringni uzmay turganingdan bilindi oʻzi..
Yigitcha birdan idish yuvishdan toʻxtab Daeyonga yalt etib qaradida ogʻir yutundi. Nihoyat sekin tan oldi.
-Yomon fikrga bormang. Masofadan sevaman uni. Shu paytgacha qoʻlimning uchini ham tekkizmaganman. Bitiruv kechamiz kelganida tan olmoqchi edim lekin...
-Fikrimcha yigiti bor. Doim darsga kech keladi. Kelgandayam uxlab qoladi. Tunlari dars qilib uxlamasmikin deb ham oʻyladim, toki maktabda burnidan qon kelib xushini yoʻqotmagunicha...
Daeyon karaxt ahvolda idish yuvishni ham unutdi. Shu paytgacha Leyla maktabda xushidan ketgani yoki uyqusizlikdan qiynalayotgani haqida aytmagan ekan. Minxo tomonga burilib yelkasidan ushladi.
-Kim! Kimning yoniga boradi koʻrdingmi??
-Afsuski xabarim yoʻq opa. Shuni bilish payida yuribman hozir.
Leylani tortqilab yotoqga uloqtirgan Heosun barmoqlarini hali bitmagan koʻkarish izlari bilan qoplangan beliga sanchidi. Qiz ingrab yuborganida ogʻzini bosim bilan yopib vaxshiyona pichirladi.
-Hech boʻlmasa bugun kuningni rasvo qilmoqchi emasdim. Nega anu lapashang yoningda oʻralashib yuribdi. Oʻzingdan uzoqlashtir deb ogohlantirganmidim! Boʻyninga shu arzimagan narsani taqib qoʻydimi quvongandirsana!!
Heosun boʻynidagi taqinchoqni bir urinishda uzib tashladi. Leyla qoʻrquvdan orqaga chekinishni boshlaganda oyogʻidan ushlab qayta oʻziga yaqinlashtirdi.
-Noshukursan Leyla. Qachon faqat menga tegishli ekanligingni tushunib yetasan! Boshqa erkakning qoʻli tekgan kuni sen ham oʻsha badbaxt ham oʻz jazosini oladi. Xavotirlanma anu terakga ham navbat keladi xali!
-Heosun unday qilmang axir bir-birimizni yoqtiramizku..!
Yigit choʻntagidan kichik rusumdagi pichoqni chiqarib, qizning koʻylagini yuqoriga koʻtardida sovuq temirni yurgʻizishni boshladi.
-Albatta sevaman jonginam. Sevganim uchun ham jazolayabman. Kel shu sutdek oppoq tanangni oʻz sanat asarlarim bilan bezataman...
Leyla bir ahvolda doʻstlarining yoniga chiqdida indamay stolga oʻtirdi. Butun tanasi zirqirab ogʻrir, koʻylagi ham oʻzgartirilgandi. Ortidan Heosun ham hechnima boʻlmagandek xotirjam holatda yoniga oʻtirib oldi.
-Opang kelib soʻrasa charchadim deb ayt. Nojoʻya harakat qilganingni bilib qolsam bundan battari boshingga tushadi
Leyla titragancha bosh irgʻab indamay raqsga tushayotgan sinfdoshlarini kuzatdi. Oshxonadan Daeyon chiqsa qiz kayfiyatsiz holatda oʻtirgan ekan.
-Ha faqat charchadim..Uxlamoqchiman opa, sinfdoshlarim ketishini kutyabman...
Oraga Heosun aralashib oʻrnidan turdida, Daeyonning yelkasidan yengil ushlab dalda berdi.
-Sen uni xonasiga olib bor. Men oʻzim bolalarni uy-uyiga kuzatib qoʻyaman. Kun uzun boʻldi charchagan koʻrinadi..
Daeyon avaylab qizni oʻz xonasiga olib kirdi. Leyla charchaganidan kiyimlariga ham etibor bermay adyoliga oʻralib koʻzlarini ogʻir yumdi. shkafdan pijama olib unga Qiz kiyintirmoqchi bĺlganida Leyla quturib ketdi.
-Nima qilyabsiz opaa menga tengmang dedimku! Kerak boʻlsa kiyinib olaman!
Afsuski juda kech edi. Daeyon allaqachon koʻylagini yuqoriga koʻtarishga ulgurib, qonab ketgan yalang terisini koʻrgandi. Eski va yangi chandiqlardan titrab nafas olayotgan Leyla sapchib oʻrnidan turdida Daeyonni xonasidan itarib chiqarishni boshladi.
Qiz choʻntagidan Leylaning telefonini olishga ulgurgani uchun soʻngi qoʻngʻiroqlarni tekshirish uchun pastga tushdi. Heosun allaqachon sinfdoshlarini kuzatib qoʻyish bahonada Minxoga dars berishni oʻylab mashina oynasidan teshuvchi nigohlari bilan kuzatib turdi.
Daeyon soʻngi qoʻngʻiroqdagi Minxo (Leylani yoqtirib qolgan maktabdagi sinfdoshi) ning raqamini koʻrib asabiy pichirladi...
Heosun uyga kirib kelishi bilan Daeyon shoshib oʻrnidan turdi.
-Haliyam uxlamadingmi? Tinchlikmi nega hovliqasan??
-Bugun bazmda Minxo ismli sinfdoshi Leylaga koʻz suzib turganini koʻrdingizmi?? Oʻzi bilan gaplashganimda qoʻlimni ham uchini tekkizmadim deb aldabdi yaramas! Qizning har yeri tirnalgan yara izlaridan toʻlib ketibdi. Telefonidagi soʻngi qoʻngiroq ham shu yigitdan boʻlgan. Tazirini berish kerak uni!
-Sendan oldin xabar topib boʻldim. Oshxonadan yigitcha bilan chiqayotganingda Leylaning yomon kayfiyatdaligini koʻrib kelganingni eslaysanmi? Bekorga emasdi, menga yigʻlab aytib bergandi. Uyigacha olib borgunimcha zimdan kuzatdim. Bilasan palitsiyachiman ertaga tergovni boshlaymiz.
-Hechnima qilolmaydi. Chunki ertaga Leyla sinfdoshlari bilan lagerga ketadi bizni ogohlantirib qoʻygandi. Men oʻzim ularni olib boraman. Sen boʻlsa Minxoni chalgʻitib tur. 10 daqiqaga qolmay ortingdan yetib boramiz!
Daeyon Heosun aytganidek tong otishi bilan Minxoning uyiga tashrif buyurdi. Eshikni ochgan yigit sevgan qizining opasini koʻrib hayratdan qotib qoldi.
-Iye Daeyon opa bu yerda nima qilyabsiz tinchlikmi? Leylaga nimadir qildimi!!
Minxoning xavotirli ohangini soxta deb oʻylab ichkariga itarib yubordida eshikni qulfladi. Choʻntagidan kichik pichoqni chiqargan qiz tahdid bilan yigitga oʻqtarib yaqinlashishni boshladi.
-Aqldan ozgan axmoq! Shunga oʻxshagan pichoq bilan uni qiynadingmi? Sevaman deb aldab diliga ozor berdingmi nomard! Qanday bolasan sen ozi, palitsiya kelaman degunicha oʻzim burdalab tashlayman seni!!
Minxo hayrat va qoʻrquvdan devorga orqasi tekkuncha tisarildi. Yigitning bilagidagi va yuzidagi koʻkarish izlariga endi etibor bergan Daeyon yurgan joyida toʻxtab qoldi. Axir kechagina tuppa-tuzuk ediku...
-Oilaviy aqldan ozgan ekansizlar! Kelsin shu palitsiya oʻzim sizni topshirib yuboraman. Siz va eringizga oʻxshagan pastkashlarning qoʻlida Leyladek qizning qiynalib qolishi nohaqlik. Kecha eringiz kelib kaltaklab ketdi, bugun siz pichoq bilan tahdid qilmaysiz!!
-Nima deding? Heosun uyingga keldimi?
-Keldimi deganingiz nimasi. Kaltaklab tahdid ham qilib ketdi. Shu yerda xato qildingiz. Leylani xafa qilayotgan men emas ruhiy nosogʻlom eringiz edi!! Sizni laqqa tushirib oʻzi Leylani olib ketdi!!